Авторы

  • Niyetulla Tleuov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejmtcs.138912

Аннотация

Mazkur maqolada yashil iqtisodiyot tamoyillari asosida oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish yo‘llari batafsil yoritilgan. Jumladan, yashil iqtisodiyot tamoyillarini oziq-ovqat sanoatiga tatbiq etish orqali erishiladigan natijalar asoslab berilgan. Oziq-ovqat sanoatining yashil transformatsiya modeli taklif etilgan.

background image

554

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

YASHIL IQTISODIYOT TAMOYILLARI ASOSIDA OZIQ-OVQAT

SANOATINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI

Tleuov Niyetulla Raxmanovich

Qoraqalpoq davlat universiteti dotsenti, if.f.d. (PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.17535752

Annotatsiya:

Mazkur maqolada yashil iqtisodiyot tamoyillari asosida oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish

yo‘llari batafsil yoritilgan. Jumladan, yashil iqtisodiyot tamoyillarini oziq-ovqat sanoatiga tatbiq etish orqali
erishiladigan natijalar asoslab berilgan. Oziq-ovqat sanoatining yashil transformatsiya modeli taklif etilgan.

Kalit so‘zlar:

oziq-ovqat sanoati, yashil iqtisodiyot, oziq-ovqat xavfsizligi, yashil iqtisodiyot tamoyillari,

yashil oziq-ovqat platformasi.
So‘nggi yillarda global iqtisodiy rivojlanish jarayonlarida yashil iqtisodiyot konsepsiyasi barqaror
taraqqiyotning markaziy yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. Jahon miqyosida iqlim o‘zgarishi, tabiiy
resurslarning cheklanishi, suv va yer resurslarining tanqisligi, shuningdek, aholining tez o‘sib borishi fonida
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalasi dolzarb tus olmoqda. Shu nuqtayi nazardan, oziq-ovqat sanoatini
yashil iqtisodiyot tamoyillari asosida rivojlantirish nafaqat iqtisodiy samaradorlikni oshirish, balki ekologik
barqarorlikni ta’minlashning ham muhim omilidir.
Shu boisdan, mamlakatimizda ham bu yo‘nalishda jadal islohotlar olib borilmoqda. Xususan, “2022-2026-
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” [1] va “O‘zbekiston Respublikasining oziq-
ovqat xavfsizligi va sog‘lom oziqlanishni ta’minlashning 2030-yilgacha mo‘ljallangan strategiyasi”lari [2]
qabul qilingan. Shuningdek, “Yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi (2023-2030-yillar)”, “Oziq-ovqat
xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasi” hamda “Agro-sanoat klasterlarini rivojlantirish dasturi”lari ushbu
yo‘nalishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.Ammo, amaliyotda oziq-ovqat sanoati
korxonalarining aksariyatida energiyani hisobga olish tizimi to‘liq avtomatlashtirilmagan, chiqindilarni qayta
ishlash samaradorligi past, hamda yashil texnologiyalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yetarli
darajada shakllanmagan. Shu bois, ushbu muammolarni ilmiy yondashuv asosida hal etish va sektorni yashil
iqtisodiyot talablariga mos holda modernizatsiya qilish zarurati tug‘ilmoqda.Ta’kidlash joizki, oziq-ovqat
sanoati – bu milliy iqtisodiyotning aholi salomatligi, oziq-ovqat xavfsizligi va ijtimoiy barqarorlik bilan
bevosita bog‘liq tarmog‘idir. Ushbu soha ishlab chiqarish, qayta ishlash, qadoqlash va logistika bosqichlarida
katta energiya va suv resurslarini talab qiladi. Shu sababli, an’anaviy ishlab chiqarish modelidan resurs
tejamkor, chiqindisiz va ekologik xavfsiz texnologiyalarga o‘tish jarayoni strategik ahamiyat kasb etadi.
Yashil iqtisodiyot tamoyillarini oziq-ovqat sanoatiga tatbiq etish orqali quyidagi muhim natijalarga erishish
mumkin:
- ishlab chiqarish jarayonlarida energiya va suv tejamkor texnologiyalarni joriy etish;
- chiqindilarni qayta ishlash va “aylanma iqtisodiyot” tamoyillarini amaliyotga tadbiq qilish;
- mahalliy xomashyoni ekologik standartlarga mos holda qayta ishlash orqali eksport salohiyatini oshirish;
- oziq-ovqat xavfsizligini barqaror ta’minlaydigan “yashil klaster” tizimini shakllantirish.
O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatining barqaror rivojlanishini ta’minlashda yashil iqtisodiyot tamoyillarini
amaliyotga joriy etish – sohaning zamonaviy transformatsiyasi uchun muhim shartdir. Jahon tajribasi shuni
ko‘rsatadiki, ishlab chiqarishning ekologik jihatdan toza, resurs tejamkor va innovatsion yo‘nalishda tashkil
etilishi nafaqat iqtisodiy samaradorlikni oshiradi, balki tabiiy resurslar bosimini kamaytiradi hamda oziq-ovqat
xavfsizligini mustahkamlaydi.
Shu ma’noda, “Oziq-ovqat sanoatining yashil transformatsiya modeli” oziq-ovqat sanoatini ekologik,
institutsional, moliyaviy va texnologik jihatdan kompleks rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan tizimli
yondashuvdir. Modelning asosiy g‘oyasi – ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida ekologik xavfsizlik,
resurs tejamkorlik, ijtimoiy mas’uliyat va innovatsion faoliyat o‘rtasida muvozanatni ta’minlashdir.

1-jadval

Oziq-ovqat sanoatining yashil transformatsiya modeli

1

1

Muallif ishlanmasi.


background image

555

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

Yo‘nalishlar

Asosiy mazmuni

Amalga oshirish vositasi

Institutsional

Yashil iqtisodiyotga oid qonunchilik,

davlat siyosati, xalqaro standartlar (ISO 14001,

ISO 50001) integratsiyasi

“Yashil sanoat agentligi”,

“Yashil oziq-ovqat platformasi”

Texnologik

Energiya va suv tejamkor, chiqindisiz

ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish

R&D markazlari,

texnoparklar, innovatsion klasterlar

Moliya-

investitsiya

Yashil investitsiyalar, grantlar, “green

credit” va “green bond” instrumentlari

Yashil bank tizimi, xalqaro

moliya institutlari bilan hamkorlik

Ijtimoiy-

ekologik

Ishlab chiqarishda ekologik mas’uliyat,

ekologik ta’lim va iste’molchi madaniyatini

rivojlantirish

Ekologik o‘quv dasturlari,

“Yashil mahsulot” yorlig‘i,

jamoatchilik nazorati

Mazkur model O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatini barqaror, raqobatbardosh va ekologik muvozanatli tizimga
aylantirish uchun nazariy asos va amaliy yo‘l xaritasi sifatida xizmat qiladi. U orqali sanoat korxonalari
ekologik samaradorlik darajasini baholash, resurslardan foydalanish siyosatini optimallashtirish va xalqaro
“yashil” standartlar asosida ishlab chiqarish madaniyatini shakllantirish imkoniyati yaratiladi.
Usbu modelni amalga oshirish bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Tashkiliy bosqich (2025-2026 y.):
- yashil siyosatni oziq-ovqat sanoati strategiyasiga integratsiya qilish;
- yashil investitsiyalar uchun huquqiy va moliyaviy asos yaratish.
2. Texnologik modernizatsiya bosqichi (2026-2028 y.):
- energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish;
- raqamli hisob tizimi (IoT, AI) asosida resurs monitoringini yo‘lga qo‘yish.
3. Barqaror transformatsiya bosqichi (2028-2030 y.):
- “Yashil klasterlar” va eksportga yo‘naltirilgan ekologik toza mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish;
- Xalqaro yashil sertifikatlash tizimlariga integratsiya qilish (Global G.A.P, HACCP, ESG).
Oziq-ovqat sanoatining yashil transformatsiya modeli joriy etilganda quyidagi natijalarga erishish mumkin:
- energiya sarfi 25-30 % ga qisqaradi;
- chiqindilarning 60 % gacha qismi qayta ishlanadi;
- suv tejamkor texnologiyalar orqali suv sarfi 20-25 % ga kamayadi;
- mahsulotlarning ekologik tozaligi va eksport salohiyati ortadi;
- oziq-ovqat xavfsizligi va aholi salomatligi darajasi yaxshilanadi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatini yashil iqtisodiyot tamoyillari asosida
transformatsiya qilish – bu milliy iqtisodiyotda barqaror oziq-ovqat tizimini shakllantirish, ekologik
xavfsizlikni ta’minlash va xalqaro raqobatbardoshlikni oshirishning asosiy yo‘lidir. Oziq-ovqat sanoatining
yashil transformatsiya modeli mamlakatdagi oziq-ovqat sanoati korxonalarining ekologik samaradorligini aniq
baholash, investitsiya ustuvor yo‘nalishlarini belgilash hamda yashil innovatsiyalar tizimini strategik
boshqarish imkonini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga

mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni.
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini

ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-36-son Farmoni.
3.

https://stat.uz

4.

https://lex.uz.