572
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
МINTAQA IQTISODIYOTINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA
RAQAMLI MOLIYAVIY XIZMATLARDAN FOYDALANISH DARAJASINI
OSHIRISH STRATEGIYALARI
Kobilova Zebo Bobokulovna
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
“Iqtisodiyot” kafedrasining mustaqil izlanuvchisi
Zebokabilova 2003@ mail.ru.
orcid: 0009-0003-8400-5801
tel.998-99- 677-33-78
https://doi.org/10.5281/zenodo.17535931
Annotatsiya:
Maqolada mintaqa iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida raqamli moliyaviy xizmatlardan
foydalanishning o‘rni va ularni rivojlantirish strategiyalari bo’yicha xulosa, tavsiya va takliflar berilgan.
Kalit so‘zlar:
raqamli moliyaviy xizmatlar, mintaqaviy rivojlanish, barqaror iqtisodiyot, raqamli
transformatsiya, fintech, elektron to‘lov tizimlari.
Аннотация:
В статье представлены выводы, рекомендации и предложения относительно роли
цифровых финансовых услуг в устойчивом развитии экономики региона и стратегии их развития.
Ключевые слова:
цифровые финансовые услуги, региональное развитие, устойчивая экономика,
цифровая трансформация, финтех, электронные платежные системы.
Annotation:
The article provides conclusions, recommendations, and suggestions on the role of digital
financial services in the sustainable development of the region's economy and strategies for their development.
Keywords:
digital financial services, regional development, sustainable economy, digital transformation,
fintech, electronic payment systems.
Kirish
Mintaqalar iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida moliyaviy resurslardan samarali foydalanish, kapitalga
kirish imkoniyatlarining kengayishi va tadbirkorlik faoliyatining qo‘llab-quvvatlanishi muhim ahamiyat kasb
etadi. So‘nggi yillarda jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, raqamli moliyaviy xizmatlar iqtisodiy
tizimlarning transformatsiyasida eng muhim innovatsion omillardan biriga aylangan. Elektron to‘lov
platformalari, mobil bank xizmatlari, fintech yechimlari, onlayn kreditlash hamda blokcheyn texnologiyalariga
asoslangan moliyaviy vositalarning keng joriy etilishi iqtisodiy jarayonlarning tezkorlashuvi va moliyaviy
xizmatlar qamrovining oshishiga imkon bermoqda.O‘zbekistonda ham raqamli iqtisodiyot va moliyaviy
modernizatsiya yo‘nalishida qator izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.Xususan, aholining bank
xizmatlaridan foydalanish darajasi oshib, to‘lov tizimlari raqamlashtirilmoqda, fintech infratuzilmasi
shakllanmoqda. Biroq, mintaqalar kesimida raqamli moliyaviy xizmatlardan foydalanish darajasi notekis
bo‘lib, qator hududlarda infratuzilmaning rivojlanmaganligi, internet qamrovining pastligi, moliyaviy
savodxonlik yetishmasligi hamon dolzarb muammolar sirasiga kiradi. Bu esa hududlar rivoji o‘rtasida
tafovutlar saqlanib qolayotganini, mintaqalarning iqtisodiy salohiyati to‘liq ishga solinmayotganini
ko‘rsatadi.Shu nuqtayi nazardan, mintaqaviy iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, aholi farovonligini oshirish,
yangi ish o‘rinlarini yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun raqamli moliyaviy xizmatlardan foydalanish
darajasini oshirish strategiyalarini ishlab chiqish dolzarb vazifadir (1-jadval).
Raqamli moliyaviy xizmatlardan foydalanish darajasiga ta’sir qiluvchi omillar tahlili
1
(1-jadval).
№
Tahlil yo‘nalishi
Muammo
Kutilayotgan natija
1
Raqamli infratuzilma
Internet qamrovining
notekisligi
Hududlarda raqamli xizmatlar
qamrovi kengayadi
2
Moliyaviy savodxonlik
Aholining bilim darajasi
past
Raqamli xizmatlardan foydalanish
ko‘payadi
3
Fintech xizmatlar
Innovatsion mahsulotlar
cheklangan
Moliyaviy tranzaksiyalar tezlashadi
va arzonlashadi
1
International Finance Corporation (IFC).
Enhancing Financial Capability and Inclusion in Uzbekistan.
2020.
573
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
4
To‘lov tizimlari
Naqd pulga yuqori tayanish
Naqdsiz iqtisodiyot ulushi oshadi
5
Xavfsizlik va ishonch
Kiberxavf xavflari
Iste’molchilar himoyasi kuchayadi
1-jadvalda raqamli moliyaviy xizmatlar rivojlanishida eng asosiy omillardan biri - raqamli infratuzilmaning
sifat va qamrov darajasidir.
Hududlarda internet imkoniyatlarining notekisligi raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini keskin
farqlantirib yubormoqda. Shu bois infratuzilmaviy modernizatsiya mintaqalar bo‘yicha teng rivojlanishni
ta’minlaydi.Aholining moliyaviy va raqamli savodxonlik darajasi pastligi raqamli xizmatlarning keng joriy
etilishiga to‘siq bo‘lmoqda. Savodxonlik oshishi esa xizmatlardan foydalanishni kuchaytirib, iqtisodiy
faollikni kengaytiradi.
Fintech xizmatlarining cheklanganligi innovatsion moliyaviy yechimlarni keng tatbiq etishga imkon
bermayapti. Fintech ekotizimini rivojlantirish tranzaksiyalar narxini pasaytiradi va jarayonlarni tezlashtiradi.
Moliya tizimida naqd pulga tayanishning yuqoriligi naqdsiz iqtisodiyot rivojiga to‘sqinlik qilmoqda. Elektron
to‘lov tizimlarini keng qo‘llash natijasida rasmiy iqtisodiyot hajmi ortadi va iqtisodiyotda shaffoflik
kuchayadi.Shuningdek, kiberxavfsizlikka oid xavotirlar iste’molchilarning raqamli moliyaga bo‘lgan
ishonchini pasaytiradi. Kuchli himoya choralari esa foydalanuvchilarni jalb qilish hamda raqamli operatsiyalar
xavfsizligini ta’minlaydi (2-jadval).
Strategik yechimlar va ularning iqtisodiy ta’siri
2
2-jadval
№
Strategiya yo‘nalishi
Tavsiya etilayotgan yechimlar
Iqtisodiy ta’siri
1
Raqamli moliya
infratuzilmasi
Optik tolali internet, mobil aloqa
kengaytirilishi
Investitsion jozibadorlik va
ish o‘rinlari o‘sadi
2
To‘lov ekotizimi rivoji
QR-to‘lovlar, tezkor hisob-kitob
tizimi
Savdo hajmi va soliqlar
tushumi ortadi
3
Kichik biznesni qo‘llash
Onlayn kreditlash, fintech
platformalar
Tadbirkorlik faolligi
kuchayadi
4
Moliyaviy inklyuziya
Arzon bank xizmatlari va raqamli
hamyonlar
Aholining daromadlari va
farovonligi oshadi
2-jadvalda ko’rinadiki Strategik yechimlar mintaqaviy iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirishda raqamli moliya
imkoniyatlaridan samarali foydalanishni ko‘zda tutadi. Birinchi yo‘nalishda - raqamli moliya infratuzilmasini
kuchaytirish orqali optik tolali internet va mobil aloqa xizmatlarining kengayishi investitsion jozibadorlikni
oshiradi hamda yangi ish o‘rinlarini yaratadi. Bu mintaqalarning iqtisodiy faolligini bevosita rag‘batlantiradi.
Ikkinchi yo‘nalish - to‘lov ekotizimining rivoji natijasida QR-to‘lovlar va tezkor hisob-kitob platformalari
joriy etilishi savdo jarayonlarini tezlashtirib, naqd pulga bog‘liqlikni kamaytiradi. Bu esa rasmiy iqtisodiyot
hajmini oshirib, davlat byudjetiga soliqlar tushumini ko‘paytiradi.Uchinchi yo‘nalish - kichik biznesni qo‘llash
orqali onlayn kreditlash va fintech platformalardan samarali foydalanish tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy
kirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu yangi startaplar va kichik korxonalar o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
To‘rtinchi yo‘nalish - moliyaviy inklyuziyani kuchaytirish orqali arzonlashtirilgan bank xizmatlari va raqamli
hamyonlar joriy etilishi aholining moliyaviy ishtirokini kengaytiradi. Natijada aholi daromadlari, bandlik va
farovonlik oshadi.Mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish jarayonida raqamli moliyaviy xizmatlar tobora
muhim ahamiyat kasb etmoqda.Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Raqamli to‘lov tizimlari, mobil bank xizmatlari,
fintech platformalari, onlayn kreditlash va raqamli sug‘urta kabi innovatsion moliyaviy mahsulotlar iqtisodiy
munosabatlarni jadallashtirib, tranzaksion xarajatlarni kamaytiradi, moliyaviy resurslarga kirish
imkoniyatlarini kengaytirishda.
Shu nuqtai nazardan, quyidagi takliflarni ilgari surish mumkin:
2
Saidmurodova. Farangiz. The Role of Digital Payment Systems in Promoting Financial Inclusion: The Case of
Uzbekistan and International Practices. SSRN, June 15 2025.
574
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
-mintaqalarda optik tolali internet va mobil tarmoqlar sifatini oshirish zarur;
-raqamli tengsizlikni kamaytirishga qaratilgan davlat dasturlarini kuchaytirish lozim;
-startaplar uchun soliq va kredit imtiyozlari, grant dasturlari ko’paytirish zarur;
-sifatli va tezkor mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatlari ko’paytirish lozim.
Raqamli moliyaviy xizmatlar - mintaqa iqtisodiyotini barqaror, inklyuziv va innovatsion rivojlantirishning
eng muhim drayverlaridan biridir.
Strategik yondashuvlarning kompleks qo‘llanilishi iqtisodiy tenglikni ta’minlashga va aholining farovonligini
yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.: O‘zbekiston, 2018.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. Toshkent:
“O‘zbekiston”, NMIU, 2019. 64 b.
3.
Nort D. Institutsionalьnыe izmeneniya i ekonomicheskoe razvitie.
4.
Sankt-Peterburg: Ekonomicheskaya shkola, 2017. 432 b.
5.
Аbduraxmonov Q.X. Regionalnaya ekonomika. Toshkent: Moliya, 2019.368 b.
6.
Joʼraev А.J. Hududiy iqtisodiyot va innovatsion rivojlanish yoʼnalishlari. Toshkent: Iqtisod, 2020.254 b.
7.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning
taraqqiyot strategiyasi” PF-60-son Farmoni. Toshkent, 2022.
8.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” PQ-307-son Qarori. Toshkent, 2023.
9.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. Hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
ko‘rsatkichlari. Toshkent, 2023.
