598
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
KORXONALAR BANKROTLIGINI BAHOLASH ZARURIYATI
Nasiriddinov Bahouddin Nuriddinovich
“Moliya va bank ishi” kafedrasi doktaranti
Orcid id: 0009-0003-8033-3197
b.nasriddinov@dtpi.uz,
tel: +998919660135
https://doi.org/10.5281/zenodo.17536092
Annotatsiya:
Korxonalar bankrotlik extimolini baholash amaliyoti moliyaviy barqarorlikni tahlil qilish va
potentsial moliyaviy inqirozlarni oldindan bashorat qilishning muhim usullaridan biridir. Ushbu tadqiqotda
bankrotlikni prognoz qilishning eng muhim vositalaridan biri sifatida Edvard Altman tomonidan ishlab
chiqilgan Z-score modeli asosida korxonalar moliyaviy holatini baholash amaliyoti ko‘rib chiqiladi. Ushbu
modelning afzalliklari soddaligi, yuqori aniqlik darajasi (bir yil oldindan bashorat qilishda 95% gacha) va
universal qo‘llanilishi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, modelning cheklovlari sifatida moliyaviy ma’lumotlar
sifatiga bog‘liqlik, moliyaviy bo‘lmagan omillarni hisobga olinmasligi va zamonaviy iqtisodiy sharoitlarda
koeffitsientlarni yangilash zarurati keltiriladi. Tadqiqotda modelning O‘zbekiston korxonalari misolida
qo‘llanilishi tahlil qilinadi, bu esa iqtisodiy transformatsiya sharoitida biznesning barqarorligini oshirish uchun
moliyaviy monitoring tizimiga integratsiyalash imkoniyatini ko‘rsatadi. Model investorlar, kreditorlar va
menejerlar uchun moliyaviy xavflarni erta aniqlash va asosli qarorlar qabul qilishda muhim vosita sifatida
xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar:
Altman modeli, bankrotlik, likvidlilik, korxona riski, to‘lovga qobiliyatlilik.
Kirish
O'zbekiston iqtisodiyoti 2024 yilda yalpi ichki mahsulot (YaIM) 6.5% o'sish sur'atini qayd etdi
1
, bu
mintaqadagi eng yuqori ko'rsatkichlardan biridir. Bu o'sish asosan islohotlar, investitsiyalar oqimi va eksport
hajmining o'sishi (ayniqsa, qishloq xo'jaligi va sanoat mahsulotlari) bilan bog'liq. Biroq, iqtisodiy o'sish
barqaror bo'lishi uchun korxonalar, xususan, davlat va xususiy sektor sub'ektlarining moliyaviy barqarorligi
muhim ahamiyatga ega. Korxonalar bankrotligi iqtisodiy tizim uchun jiddiy xavf tug'diradi, chunki u nafaqat
korxonaning o'ziga, balki uning sheriklari, kreditorlari va ishchi xodimlariga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Masalan, 2023 yilda O'zbekiston bank tizimida to'lanmagan kreditlar (NPL) darajasi davlat banklarida 5%,
xususiy banklarda esa 9.5% ni tashkil etdi
2
. Bu ko'rsatkich korxonalar moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelishi
va bankrotlik xavfi yuqori ekanligini ko'rsatadi. Bankrotlik ehtimolini erta aniqlash va baholash orqali ushbu
xavflarni yumshatish va iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash mumkin.
Bankrotlikni O‘zbekiston Respublikasi “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra, “sudning
qaroriga asosan toʻlovga qobiliyatsiz deb topilgan va oʻziga nisbatan tugatishga doir ish yuritish yoki mol-
mulkini sotish tartib-taomili qoʻllaniladigan qarzdorlik” deb tariflangan
3
.Korxonalar bankrotligi
iqtisodiyotning turli sohalari, xususan, ish o'rinlari va ijtimoiy barqarorlikka ta'sir qiladi. O'zbekistonda
aholining 33% dan ortig'i yoshlar bo'lib, ular uchun ish o'rinlari muhim ahamiyatga ega
4
. Agar yirik korxonalar
moliyaviy inqirozga uchrab, bankrot bo'lsa, bu ishsizlik darajasining oshishiga va ijtimoiy noroziliklarning
kuchayishiga olib kelishi mumkin. Masalan, tekstil sanoati yoki qishloq xo'jaligi kabi sohalarda bankrotlik
holatlari minglab ishchilarga ta'sir qilishi mumkin.
Adabiyotlar sharhi.
To‘lovga qobiliyatsizlikni baholash, korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish masalalari mamlakatimiz
iqtisodchi olimlari va mutaxassislarining diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Xususan, Abdujabbarova
o‘zining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning to‘lovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) ehtimolini bashoratlash
modellari tahlili” maqolasida to‘lovga qobiliyatsizlik masalalariga atroflicha to‘xtaladi. Uning fikricha, “joriy
davr uchun to‘lovga qobiliyatsizlikni ma’lum jihatdan bartaraf etish mumkin, biroq unga olib keluvchi omillar
1
https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/national-accounts-2
2
.https://cbu.uz/uz/statistics/bankstats/?arFilter_DATE_ACTIVE_FROM_1=&arFilter_DATE_ACTIVE_FROM_2=&ar
Filter_ff%5BSECTION_ID%5D=3504&year=2025&month=09&set_filter=&set_filter=Y
3
https://lex.uz/docs/-5957612
4
//stat.uz/uz/rasmiy-statistika/national-accounts-2
599
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
har tomonlama o‘rganilmas ekan, tez orada ushbu holat yana takrorlanadi. Shu bois to‘lovga qobiliyatlilikni
uzoq muddat saqlab qolish uchun strategik tahlil o‘tkazilishi lozim” (Abdujabborova, 2023).Shuningdek
Nabiev o‘zining “korxonalarning to‘lovga qobiliyatsizligi hisobi va tahlilining xorijiy tajribalarini
mamlakatimizda qo‘llash imkoniyatlari”maqolasida to‘lovga qobiliyatsizlik masalalariga ailmiy izlanishlarini
bayon qilgan. Uning fikricha, “O‘zbekistonda hozirgi iqtisodiy sharoitda korxonalar uchun to‘lovga
qobiliyatsizlik xavfini baholash muhim ahamiyatga ega. Korxonani rivojlantirishda yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan muammolarni aniqlash va bankrotlik ehtimoliga tashxis qo‘yish orqali moliyaviy barqarorlikni
ta’minlash rejasini tuzish mumkin” (Nabiev, 2024).
Tadqiqot metodologiyasi.
Korxonalarning to‘lovga qobiliyatsizligi hisobi va tahlilining xorijiy tajribalarini mamlakatimizda qo‘llash
imkoniyatlariga bag‘ishlangan mazkur maqolaning kontseptsiyasidan kelib chiqqan holda, tadqiqotda ilmiy
bilishning guruhlash, tasniflash, qiyoslash va umumlashtirish usullaridan keng foydalanildi va bunda to‘lovga
qobiliyatsizlik hisobi va tahlilining xorijiy tajribalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tahlil qismi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston korxonalarning ochilishi va bankrot yoki bankrot bo‘lmasdan korxonalar
yopilishi jarayoni sezilarli darajada oshdi. Shu bilan birga, bankrotlikka moil korxonalarning ulushi ham
ma’lum darajada o‘sish tendensiyasini namoyon etmoqda.Statistika qo‘mitasining rasmiy ma’lumotlariga
ko‘ra, 2027-yilda korxonalarning ochilish tendensiyasi jadallashib ko‘tarilish jarayonini ko‘rsatgan xolda 2022
yildan boshlab korxonalar ochilish tendensiyasida tushush kuzatilmoqda. Shuningdaek ayrim korxonalarning
bankrot bo‘lib yoki uz ixtiyori bilan yopilish tendensiyasi 2023-2024 yillarda jadallashib ketgan. Buni quyidagi
jadvalda ko‘rishimiz mumkin.
Korxonalarning ochilishi va yopilishi to‘g‘risida
2025-yil 1-yanvar holatiga ma’lumot-jadval
5
№
Yillar
Faoliyat yuritayotgan
korxonalar
Yangi tashkil etilgan
korxonalar
Yopilgan korxonalar
1
2010
200 951
34 326
21 193
2
2011
214 084
32 715
18 063
3
2012
228 736
21 890
21 449
4
2013
229 177
27 819
15 795
5
2014
241 201
26 933
21 447
6
2015
246 687
27 915
16 844
7
2016
257 758
32 747
22 077
8
2017
268 428
41 013
23 910
9
2018
285 531
55 011
17 025
10
2019
323 517
96 743
22 127
11
2020
398 133
95 311
18 247
12
2021
475 197
102 804
49 072
13
2022
528 929
93 611
30 169
5
https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/usreo-2
600
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
14
2023
592 371
88 787
196 134
15
2024
485 024
79 667
139 851
Yuqoridagi jadval asosida 2020-2024 yillarni Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarga nisbatan solishtirib
ko‘rilganda 2023 yilda ochilgan korxonalar 15 foizni tashkil qilgan xolda yopilgan korxonalar 33 foizni
ko‘rsatmoqda. 2024 yilda esa bu ko‘satgichlar mos ravishda yopilgan korxonalar 29 foizni, ochilgan
korxonalar 16 foizni tashkil etmoqda. Ushbu taxlil malumotlarini quyidagi diagrammada
ko‘rishimiz mumkin.
Korxonalarning ochilishi va yopilishi to‘g‘risida
2020-2024 yillardagi tahliliy diagramma
6
.
Yuqoridagi tahlillar korxonalar uchun yangi imkoniyatlar yaratgani bilan birga, moliyaviy xavflarni
boshqarishda yangi talablarni, yani korxona moliyaviy, to’lovga layoqatsizlik xolatlarni doim tahlil qilish
zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.
O'zbekistonda korxonalar bankrotlik ehtimolini baholash amaliyoti bo'yicha bir qancha ilmiy tadqiqotlar
va tahlillar mavjud bo'lib, ular asosan moliyaviy holatni tahlil qilish modellariga asoslanadi.
Xulosa va takliflar
O'zbekiston iqtisodiyotidagi o'sish (2024 yilda YaIM 6.5%) va islohotlar sharoitida korxonalar bankrotlik
ehtimolini baholash nafaqat moliyaviy barqarorlikni ta'minlash, balki iqtisodiy xavfsizlik, investitsion
jozibadorlik va ijtimoiy barqarorlikni oshirish uchun strategik ahamiyatga ega. Davlat va xususiy sektor
korxonalaridagi moliyaviy xavflarni aniqlash orqali iqtisodiy tizimning mustahkamligini ta'minlash mumkin.
Global tajribalarni mahalliy sharoitlarga moslashtirish, shaffoflikni oshirish va zamonaviy tahlil vositalarini
joriy etish orqali O'zbekiston iqtisodiyoti global raqobatbardoshlikni yanada mustahkamlashi mumkin.
O'zbekistonda bankrotlik baholash amaliyoti asosan xorijiy modellarning mahalliy sharoitlarga
moslashtirilishiga asoslangan, ammo ma'lumotlar yetishmasligi va davlat korxonalari ustunligi muammolar
yaratadi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, xavfni kamaytirish uchun korxonalar ishchi kapitalni oshirishi,
qarzlarni optimallashtirishi va moliyaviy shaffoflikni ta'minlashi kerak. Kelajakda mashina o'rganishi va EWS
tizimlarini kengroq qo'llash tavsiya etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasining 12.04.2022 yildagi “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-763-son
qonuni.
2.
Abdujabborova М. (2023) Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning to‘lovga qobiliyatsizlik (bankrotlik)
ehtimolini bashoratlash modellari tahlili //Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil.– Т. 1. – №. 2. – С. 86-95.
3.
Nabiev G‘. (2024) Korxonalarning to‘lovga qobiliyatsizligi hisobi va tahlilining xorijiy tajribalarini
mamlakatimizda qo‘llash imkoniyatlari //Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil.– Т. 1. – №. 12. – С. 128-137.
6
Malumotlar asosida muallif tomonidan tayyorlangan.
5
10
6
33
29
24
22
18
15
16
0
10
20
30
40
2020
2021
2022
2023
2024
fa
oli
yat yuritayotgan
tash
kilo
tga
n
isb
atan
%
yillar
Сумма по полю
yopilish_foiz
Сумма по полю
ochilish_foiz
601
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
4.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy vebsayti— www.cbu.uz
5.
O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasi rasmiy vebsayti— www.stat.uz
6.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik milliy bazasi— www.lex.uz.
