619
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
QISHLOQ XO’JALIGIDA INVESTITSION FAOLLIKNI OSHIRISHNING
USTUVOR YO‘NALISHLARI
Nurmatov Norbek Jo‘rayevich
Termiz davlat universiteti katta o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.17570087
Agrar sohaga jalb qilingan investitsiyalar hajmini va samaradorligini oshirish qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish va aholi turmush farovonligini yuksaltirish imkonini beradi. Buning
uchun agrar sohaga jalb qilinadigan investitsiyalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish talab
etiladi.Mamlakatimizdagi va chet ellik iqtisodchi olimlar tomonidan agrar sohani investitsiyalash
samaradorligini oshirish masalalari chuqur tadqiq qilingan. Xorijlik iqtisodchi olimlardan A.Yemelyanov agrar
sohaga sarflangan investitsiyalar samaradorligiga salbiy ta’sir etuvchi asosiy omil sifatida baholar o‘rtasidagi
nomutanosiblikni ko‘rsatadi. Uning fikriga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari baholarining o‘sish sur’ati
agrar soha ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan resurslar narxlarining o‘sish sur’atidan sezilarli orqada
qolayotganligi investitsiyalash uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni jamg‘arish imkonini bermayapti. Agrar
sohadagi investitsiyalarni moliyalashtirish mexanizmining ayrim nazariy va amaliy jihatlari iqtisodchi
olimlarimizdan A.Vahabov, D.G‘ozibekov, S.Umarov, E.Shodmonovlarning ilmiy izlanishlarida tadqiq
qilingan. A.Vahobov ilmiy tadqiqotlariga asoslangan holda, agrar sohani investitsiyalash jarayoni davlat
tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishi shart degan xulosaga kelgan. E.Shodmonov esa, qishloq xo‘jaligi
korxonalari moliyaviy holatining beqarorligi, investitsion xarajatlarni moliyalashtirish manbalaridan
foydalanish imkoniyatining cheklanganligi sharoitida lizing asosida investitsiyalarni moliyalashtirish
amaliyotini kuchaytirish maqsadga muvofiqligini asoslab bergan.
Investitsiyalarning mamlakat iqtisodiyoti va qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati ulkan.
Birinchidan
, investitsiyalar jami xarajatlarning asosiy qismi hisoblanadi. Investitsiyalardagi o‘zgarishlar
yalpi talabga yetarlicha ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek aholining bandligi va yalpi milliy daromad hajmining
ham o‘zgarishini ta’minlaydi.
Ikkinchidan
, investitsiyalar korxonaning asosiy fondlari jamg‘arilishiga, ya’ni ko‘payishiga olib keladi.
Bunda ishlab chiqarish kuchlarini kengaytirishga sarf qilingan pul mablag‘lari kelajakda iqtisodiy o‘sish uchun
zarur bazani yaratadi.
Uchinchidan
, investitsiyalarning noratsional sarf qilinishi ishlab chiqarish resurslari, xarajatlar o‘sishiga
olib keladi, natijada yalpi milliy daromad qisqaradi. Ular sarflanayotgan investitsiyalarning qiymati o‘sishiga
hamda samaradorligi pasayishiga ta’sir etadi.
Investitsiyalar qishloq xo‘jaligining har tomonlama rivojlanishiga ko‘maklashadi, chunki ularning evaziga
tarmoqning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi. Ulardan to‘liq va samarali foydalanish natijasida jonli
mehnat xarajatlari qisqarib, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi ko‘payadi, sifati yaxshilanadi. Bu hol qishloq
xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talab yanada yaxshiroq qondirilishini ta’minlaydi. Shu bilan birgalikda sof
foyda summasi ko‘payadi. Natijada qishloq xo‘jaligini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish asosida
rivojlantirish imkoniyati paydo bo‘ladi, aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli yanada yuksaladi. Bular
investitsiyalarning ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligi mavjudligidan dalolat beradi.
Mamlakatimizda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar va uning tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik
tarmog‘ining ulushi haqidagi ma’lumotlar 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval
Mamlakatimizda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar va uning tarkibida qishloq, o‘rmon va
baliqchilik tarmog‘ining ulushi
Ko‘rsatkichlar
2020
2021
2022
2023
Asosiy kapitalga kiritilgan nvestitsiyalar,
mlrd so‘m
210195,1
239552,6
266240,0
356071,4
Shu jumladan: qishloq, o‘rmon va
baliqchilik xo‘jaligida, mlrd so‘m
14776,8
17727,9
15703,6
17004,4
620
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik
xo‘jaligining ulushi, foiz
7,0
7,4
5,9
4,8
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, so‘nggi uch yilda mamlakatimizda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar va
uning tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik tarmog‘ining ulushi ancha past va u yanada kamaymoqda.
Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligiga kiritilgan investitsiyalar to‘g‘risidagi
ma’lumotlar 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval
Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligiga kiritilgan
investitsiyalar
2021
2022
2023
Hajmi,
mlrd.
so‘m
Salmog’i,
%
Hajmi,
mlrd.
so‘m
Salmog’i,
%
Hajmi,
mlrd.
so‘m
Salmog’i, %
Jami
17727,9
100,0
15703,6
100,0
17004,4
100,0
Shu jumladan:
respublika budjeti
mablag‘lari
1231,9
7,0
1428,7
9,1
1495,0
8,8
korxona va
tashkilotlar
mablag‘lari
3038,6
17,1
3461,4
22,0
3218,0
18,9
tijorat banklari
kreditlari va boshqa
qarz mablag‘lari
2746,9
15,5
2209,9
14,1
865,7
5,1
xorijiy investitsiya
va kreditlar
7659,4
43,2
5067,0
32,3
7390,0
43,5
boshqa
moliyalashtirish
manbalari
3051,1
17,2
3536,6
22,5
4035,7
23,7
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligiga kiritilgan
investitsiyalarning tarkibida tarmoqqa jalb etilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar ulushi ancha yuqori.
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga jalb etilgan xorijiy investitsiyaga misol tariqasida 2020-yil 11-avgustda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot
uyushmasi ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4803-sonli qarori asosida jalb etilgan invstitsiyani keltirishimiz
mumkin. Umumiy qiymati 659,3 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan ushbu loyiha 6 yilga (2020-2026-yillar)
mo‘ljallangan. Loyiha doirasida Jahon banki tomonidan 30 yil muddatga 500 mln. AQSh dollar ajratilgan.
Qarorda Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihaning ustuvor yo‘nalishlari, etib quyidagilar
belgilangan:
-qishloq o‘jaligida ilmiy-tadqiqot, ta’lim va maslahat xizmatlarining ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan
samarali tizimini yaratish;
- qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, statistic ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va tarqatishning ishonchli va
shaffof usullarini joriy etish;
- oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda “daladan iste’molgacha”
tamoyili asosida sifat nazoratini kuchaytirish, agrologistika, yo‘l va boshqa zarur infratuzilmani yaratish;
- eksportni rag‘batlantirish, xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, eksportbop yuqori qo‘shilgan qiymatli qishloq
xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish borasida qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini
yaratish;
621
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
- qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ini diversifikatsiyalash, sohada davlat ishtirokini kamaytirish,
kooperatsiya tizimini rivojlantirish, hamda sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish;
- yer va suv resurslari, o‘rmon fondidan oqilona foydalanish;
-sohaga boshqaruvning zamonaviy tizimlarini joriy etish, xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish.
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligiga kiritilgan investitsiyalarning tarkibida tijorat banklari kreditlari
va boshqa qarz mablag‘lari ulushining so‘nggi yillarda keskin kamayganligini ko‘rishimiz mumkin.
Mazkur tarmoqqa jalb etilayotgan investitsiyalarni boshqa tarmoqlar bilan taqqoslaganda ularning salmog‘i
past darajani tashkil etadi. Shuni inobatga olgan mamlakatimiz hukumati tomonidan mazkur tarmoqda
investitsiyalar hajmini oshirishga alohida e’tibor berilmoqda. Bunda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan
shug‘ullanuvchilarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash,
issiqxonalar tashkil etish, sug‘orishning zamonaviy tejamkor usullarini joriy etish, qishloqlarning qiyofasini
zamonaviylashtirish, qishloq infratuzilmasini rivojlantirish va boshqa shu kabi maqsadlarga katta miqdordagi
mablag‘lar sarflanmoqda.Qishloq xo‘jaligiga talabni qondiradigan darajada investitsiyalar sarflanishini
kelajakda ishonchli ta’minlash uchun investitsiyalarni amalga oshiruvchi yuridik hamda jismoniy shaxslar
ko‘lamini kengaytirish talab etiladi. Ular respublikamiz yoki chet davlatlardan bo‘lishi mumkin, ularni qishloq
xo‘jaligidagi investitsion jarayonga faolroq jalb etishga alohida e’tibor berish lozim.
Investitsiyalarni amalga oshirishda banklarning ko‘lamini kengaytirishga erishish muhim ahamiyatga ega.
Buning uchun zarur barcha huquqiy, iqtisodiy shart-sharoitlar yaratib berilgan. Shu bilan birga qishloq
xo‘jaligi korxonalari tomonidan tuziladigan turli birlashmalar, jumladan agrofirmalar va boshqa shu
kabilarning ham imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadga muvofiq. Chunki, fermer xo‘jaliklari birikib
agrofirma tashkil etishi ularning investitsion imkoniyatlarini kengaytiradi.Qishloq xo‘jaligida investitsion
faollikni yanada oshirish uchun quyidagilarga e’tibor berish lozim:
- qishloq hududlarida investitsiya infratuzilmasini rivojlantirish – avtomobil va temir yo‘llari, uzluksiz elektr,
gaz va suv ta’minoti, sifatli aloqa xizmati, banklar, sug‘urta kompaniyalari va boshqa shu kabilar faoliyatini
rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ularning ishtirokini samarali yo‘lga qo‘yish;
- qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning biznes ko‘nikmalari, shu jumladan, investitsiya
loyihalari bilan ishlash tajribasini shakllantirish va huquqiy bilimlarini oshirish – hududlarda konsalting,
marketing va yuridik xizmat ko‘rsatuvchi markazlar tashkil etish va faoliyatini rivojlantirish;
- qishloq xo‘jaligida investitsiya takliflari va loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslarini sifatli ishlab chiqishga
e’tibor berish – tadbirkorlarga investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda tijorat banklari, hududlardagi savdo-
sanoat palatasi va boshqalar tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilishini mahalliy hokimliklar tomonidan tashkil
etish va doimiy nazoratga olish;
- xorijiy investorlarni mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar bilan ta’minlashni
tashkil etish – xorijiy investorlarni to‘laqonli ravishda axborot (investitsiya loyihalari va biznes takliflar bazasi,
turli bukletlar, hududiy matbuot nashrlari, xomashyo va mehnat salohiyati to‘g‘risidagi hamda yaratilgan
imkoniyatlar haqidagi ma’lumotlar) bilan ta’minlash, maxsus veb-portal tashkil etish, shuningdek, investitsiya
faoliyatiga oid konferensiyalar, seminarlar va respublika hududida hamda xorijiy mamlakatlarda taqdimotlar
o‘tkazish.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent. “O‘zbekiston” NMIU, 2021.-464 b.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq
xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-
5853-sonli Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2019-y., 06/19/5853/3955-son;
01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son.
3.
Nurmatov N.J. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti. Darslik. -Termiz: “Termiz publishing center”, 2025. -630 b.
4.
Murtazayev O., Ahrorov F.B. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti. Darslik. –T.: “ILM ZIYO”, 2017. -415 b.
5.
Ergashev R.X., Fayziyeva Sh.Sh., Xamrayeva S.N. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti. Darslik. –T.: “Iqtisod-
moliya”, 2018. -404 b.
6.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi. Statistik to‘plam. Toshkent, 2024.
