622
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
FOYDANI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Hakimov Faxritdin Abdusattorovich
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.17570129
Annotatsiya:
Maqolada foydaning iqtisodiy mohiyati va uni shakllantirishning dastlabki nazariy
asoslarining xususiyatlari antik davrlar, shuningdek ayrim iqtisodiy maktablarning namoyondalarining
qarashlari orqali izohlanib, ularning natijasida xulosalar keltirilgan.
Kirish.
Foyda moddiy va nomoddiy nuqtayi-nazaridan ko‘p qirrali tushuncha bo‘lsada, asosan foyda moddiy borliq
sifatida qabul qilinib, ushbu moddiy borliqning mazmuni iqtisodiy subyektlar ruxiyatida ijobiy xususiyatni
tavsiflaydi. Iqtisodiy kategoriya sifatida esa mazmunan turlicha anglashiladi. Foydaning mazmunini turilicha
qabul qilish, uning oddiy va murakkab iqtisodiy kategoriya sifatida talqin qilishni yuzaga chiqaradi. Foyda
bozor sharoitida tadbirkorlik subyektlarining faoliyat davrlari oralig‘idagi uzluksiz asosiy marrasi hisoblanadi.
Ushbu jihatning o‘zi tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida asosiy omilni yuzaga chiqaradi.
Iqtisodiy nazariyalar tizimida foyda nazariyasi asosan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq holda o‘rganilgan
bo‘lsada, foydaning shakllanishi turlicha qarashlarni paydo qilgan. Iqtisodchi va mutaxassilarni dastlab uni
shakllanishi va undan foydalanish, ko‘proq qiziqtirgan. Zamonaviy iqtisodiy rivojlanish sharoitida ularni
foydaning tabiati emas, balki uni shakllantirishning maqbul yo‘nalishlari, miqdori, sifati ko‘proq
qiziqtirmoqda.
Muhokama va natijalar.
Qadimgi hind iqtisodiy tafakkuri haqidagi Arxashastra traktatida boylikning mehnat orqali yaratilishi
hamda savdo foydasining savdogar va davlat o‘rtasida taqsimlanish jarayonini boshqarish zaruriyati haqida
to‘xtalib, foydani taqsimlanish jarayoni davlat tomonidan tartibga solinishini targ‘ib qilingan. Foydaning
shakllanish jarayoniga nisbatan taqsimlanish jarayoniga ye’tibor qaratilgan.
Shuningdek foydaning shakllanishi va uning mohiyati haqidagi dastlabki iqtisodiy qarashlar qadimgi
yunon olimlari Ksenofont, Aflotun davridan boshlanib, ular asarlarida aynan foyda haqida tizimli
o‘rganilmagan. Jumladan Ksenofont pul yordamida tovar muomalasi amalga oshirilishi va boylik jamg‘arish
uchun insonlar tomonidan kashf yetilganligini ta’kidlaydi. Pulni boylik tarzida jamg‘arishga qarshi bo‘lib,
ayniqsa sudxo‘rlikni keskin tanqid qilishgan.
Aflotun narx haqida fikr yuritib, uni davlat boshqarishi kerakligi va uning natijasida foyda olinishini
ta’kidlaydi. Iqtisodiy tafakkur taraqiyotida Arastu o‘z qarashlarida o‘rganilgan fikrlarni tizimlashtirib,
iqtisodiyot va xrematistika tushunchalariga mezonlar asosida yondoshib, foyda haqida mulohazalarni
bosqichma bosqich shakllanishiga hissasini qo‘shdi. “, ...ularning foydani to‘plash vositasi sifatida
qo‘llanilishi, ya’ni sudxo‘rlik kapitali sifatida, - xrematistikaga sohasiga tegishlidir.” [1]. Uning iqtisodiyot
va xrematistika haqidagi konsepsiyasidan shuni xulosa qilish mumkinki, foydaning shakllanishi aynan
xrematistika faoliyati bilan bog‘liq. Xrematistikani savdo orqali barqarorlik holatini paydo qilish ekanligi,
bunda mulkka, boylikka yegalik qilishlik yekanligini ta’kidlaydi. “Boylik ortirish san’atida maqsadga
erishishda hech qachon chegara bo‘lmaydi, balki bu yerda maqsad boylik va pulga yega bo‘lishdir.” [2].
Shuningdek savdo foydasini ko‘pirtirilganligi, sudxo‘rlik kapitalini pulga egalik qilishning notabiiy yo‘li
ekanligii izohlaydi. Arastu oddiy tovar muomalasida va pulning kapital sifatida muomalasida kapitalni pulning
harakati natijasida ko‘payishi ta’kidlaydi. Qadimgi yunon olimlarining iqtisodiy qarashlarida stixiyali
ravishda savdo foydasi tushunchasi keng o‘rganilganligini ko‘rish mumkin. Demak mazmunan qadimgi yunon
olimlari jamiyatda jamg‘arilgan boylik va yegalik qilingan mulk, shuningdek pul mablag‘larini foyda sifatida
talqin qilishgan. Ushbu qarashlar esa o‘rta asrlarda faoliyat yuritgan iqtisodchi olimlar tomonidan keng
o‘rganilishi ilmiy asoslangan g‘oyalarni rivojlanishga olib keldi.
Bozor iqtisodiyotining dastlabki nazariy konsepsiyasi- tarixiy iqtisodiy qarashlar nuqtayi-nazaridan foyda
nazariyasi tamoyillari rivojlanishining dastlabki bosqichlari merkantilistlar iqtisodiy tahlillari bilan bog‘liq.
Merkantilistlar xalqaro savdo nazariyasiga shubhasiz yirik salmoqdagi nazriy hissasini qo‘shish bilan
birgalikda, bir qator iqtisodiy kategoriyalarni mazmunini ochib ham berishgan. Merkantilistlar T.Mann,
D.Yum, J.Kolberlarning nazariy yondashuvlarida boylik - foydani shakllanish manbalarini tadqiq qilish asosiy
623
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
o‘rinni egalladi. Merkantilistlar ichki va tashqi savdo faoliyatiga keng e’tibor qaratib dastlab foyda
ayirboshlashdan paydo bo‘lishini ta’kidlashgan. Lekin ular foydani shakllantirishda tashqi savdoni afzal
bilishgan. “Ularning fikricha, boylikni ko‘paytirishning asosiy manbasi bo‘lib, tashqi savdo hisoblanadi.
“Bizning boylik va pulimizni ko‘paytirishning odatiy vositasi, - ta’kidlaydi Men,- tashqi savdo hisoblanadi.”
Boshlang‘ich va so‘ngi merkantilizm namoyondalari foydani keng shakllantirish omillari sifati yuqori narxlar
belgilash, importni chegaralash, oltin va kumushni mamlkatdan chiqarmaslik, arzon tovarlar vositasida
bozorlarni yegallash, aktiv savdo balansi sharoitida tovarlar importga ruxsat berish, maqbul savdo bitimlari
uchungina oltin va kumushni mamlakatdan olib chiqishga ruxsat berishlarni keltirishadi. Ularning
ta’kidlashicha, albatta ayirboshlash jarayoni foydani paydo bo‘lishini boshlang‘ich nuqtasi bo‘lib, shundan
so‘ng uni o‘zlashtirish mumkin. Ammo foydaning paydo bo‘lish manbasi haqidagi savolni qaysi bosqichda
o‘zlashtirilishi haqidagi savol bilan aralashtirmaslik zarur. Merkantilistlar fikricha foyda ayirboshlash
bosqichida o‘zlashtirilishini ta’kidlashib, foydaning tabiati va haqiqiy manbaidan uzoqlashib, ular foyda ishlab
chiqarish jarayonida paydo bo‘lishini bilishmagan. Shunga mos ravishda ularning ilmiy qarashlariga asosan
tashqi savdo foyda oqimini ta’minlash maqsadida davlatning faol aralashuvini qo‘llab-quvvatlashgan.
Yuqoridagilardan shuni xulosa qilish muminki, merkantilistlar asosan tashqi savdo orqali foydani ko‘paytirish
natijasida iqtisodiyotni o‘sishini ta’minlash, milliy boylikni oshirishga e’tibor qaratishgan.
Foyda nazariyasining rivojlanishi fiziokratlar iqtisodiy maktabining namoyondalari – F.Kene, J.Tyurgolar
faoliyati bilan ham bog‘liq. Ularning fikricha, iqtisodiyotning shakllanishi va faoliyatinining asosini tabiiy
tartib belgilaydi. Fiziokratlar asosan foydani maxsus ishlab chiqarish kuchi - yer natijasi sifatida tasvirlashgan.
Ular ziroat mahsulotlarini yetishtirishning miqdoriy o‘sishini qiymat o‘sishi bilan aralashtirib yuborishadi.
Shuning uchun ular noto‘g‘ri ravishda ishlab chiqarish sohasidagi foydani qishloq xo‘jaligi bilan chegaralab
va mohiyatan iste’mol qiymati o‘sishini qiymat o‘sishi bilan almashtirishdi. Fiziokratlar maktabining
namoyondalarining konsepsiyasiga ko‘ra davlatning iqtisodiy siyosati qishloq xo‘jaligi munosabatlari orqali
amalga oshirilish zarurligi va foydani shakllantirishda yagona manbasi yer ekanligini qayd etishadi. Foydani
shakllanishini F.Kene “sof mahsulot” tushunchasi orqali tushuntirishga harakat qiladi. Tabiat ishtirokida yer
egasining mehnati foyda -“sof mahsulot”ni yaratishini ta’kidlaydi. Shakllangan foyda yer egalarining ilgari
yerga qilgan harajatlari uchun mukofot ekanligini qayd etadi. Sanoat va sadoda mehnat mahsuldor emasligi,
masalan savdoda mehnat materiyaning shaklini o‘zgartirishi, savdoda esa tovarlar harakati sodir bo‘lishi, eng
asosiysi yangi materiya hosil bo‘lmasligini ta’kilashadi. Sanoatda “sof mahsulot” hosil bo‘lmaydi, sanoat
mahsuloti qiymati ishlab chiqarish xarajatlariga teng ekanligi, ular foydani xodimlar ish haqi ko‘rinishida
olishadi. Savdo foydasini hisoblash va aldov natijasi sifatida ko‘rishadi. Shuning uchun foydani shakllanishini
yana qishloq xo‘jaligi tizimi nuqtayi-nazari orqali dalolatlaydi: “foyda – tabiat inomi emas, u foizga o‘xshash
bo‘lib, uning paydo bo‘lishi yer rentasidan “kelib chiqadi”. [4]
Klassik siyosiy iqtisod maktabining dastlabki vakillari A.Smit va D.Rikardolar foydaning mohiyatini jiddiy
tadqiq etishdi. Dastlab foydani tadqiq etishni sanoat ishlab chiqarishda, so‘ngra tadqiqot sohlarini kengaytirib
noishlab chiqarish sohalari bo‘yicha keng o‘rganishdi.
A.Smit foydani iqtisodiy kategoriya sifatida mehnat qiymati nazariyasi bo‘yicha ifoda yetdi. Foydani
shakllanishi bilan bog‘liq xususiyatlarini qiymatni mehnat yaratishi asosida o‘rgandi. Shuning uchun ishlab
chiqarish xarajatlari nazariyasi bo‘yicha emas, balki mehnat orqali tovarlarning qiymatini aniqlash bilan birga,
A.Smit daromadlar yig‘indisi sifatida qiymat iqtisodiy kategoriyasini shakllantirdi.
Bu kabi foydani shakllantirishning asosiy xususiyatlari keyingi tadqiqotlarga asos qilinib, foyda nazariyasini
rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shdi.
Xulosa.
Foydaning iqtisodiy mohiyatining ko‘rib chiqar ekanmiz, zamonaviy iqtisodiy nuqtai nazardan uning quyidagi
tavsiflarini qayd etishni muhim hisobladik:
✓
foyda aniq bir faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorning daromad shaklini ifodalaydi. Bu foydani
ifodalashning oddiy shakli bo‘lib, uning mazmunini to‘liq ochib bermaydi. Negaki ayrim sohalardagi faoliyat
natijalari foyda olish bilan bog‘liq bo‘lmaydi.
624
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
✓
foyda tadbirkorning daromad shakli bo‘lib, tijorat muvaffaqiyatiga erishish maqsadida qo‘yilgan kapitalni
anglatadi. Negaki foyda kategoriyasi ishlab chiqarishning asosiy omili bo‘lgan kapital kategoriyasi bilan
bog‘liq.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ядгаров Я.С. История экономических учений: Учебник. 4-е изд., перераб. и доп. -М.: ИНФРА-М,
2009. с.54
2.
Бартенев С. А. История экономических учений: Учебник- 22е изд., перераб. и доп. -М: Магистр
ИНФРА-М, 2013. с.37
3.
Бартенев С. А. История экономических учений: Учебник- 22е изд., перераб. и доп. -М. : Магистр :
ИНФРА-М, 2013. с.59
4.
Бартенев С. А. История экономических учений: Учебник- 22е изд., перераб. и доп. -М. : Магистр :
ИНФРА-М, 2013. с.68.
