Авторы

  • Said Rustamov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejmtcs.138961

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining Jahon Savdo Tashkiloti (WTO)ga a’zo bo‘lish jarayoni hamda bu jarayonning mamlakat moliya va iqtisodiy tizimiga ta’siri atroflicha tahlil qilingan. WTOga a’zo bo‘lish O‘zbekiston uchun xalqaro savdoga integratsiyalashuv, investitsiyalarni jalb etish, moliyaviy xizmatlar sifatini oshirish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish va iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashda muhim bosqich hisoblanadi. Shu bilan birga, ushbu jarayon bilan bog‘liq xavf va muammolar ham mavjud bo‘lib, ular davlat tomonidan samarali siyosat va islohotlar orqali bartaraf etilishi kerak. Maqolada ana shu imkoniyat va muammolar chuqur o‘rganilgan, statistik ma’lumotlar, xalqaro tajriba va O‘zbekiston misolida tahliliy xulosalar berilgan

background image

629

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

O‘ZBEKISTONNING JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZO BO‘LISHI

VA O’ZBEKISTONNING IQTISODIYOTIGA TA’SIRI

Rustamov Said Kamol o’g’li

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

Tel:+998990738629

https://doi.org/10.5281/zenodo.17571100

Annotatsiya:

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining Jahon Savdo Tashkiloti (WTO)ga a’zo

bo‘lish jarayoni hamda bu jarayonning mamlakat moliya va iqtisodiy tizimiga ta’siri atroflicha tahlil
qilingan. WTOga a’zo bo‘lish O‘zbekiston uchun xalqaro savdoga integratsiyalashuv, investitsiyalarni jalb
etish, moliyaviy xizmatlar sifatini oshirish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish va iqtisodiy barqarorlikni
mustahkamlashda muhim bosqich hisoblanadi. Shu bilan birga, ushbu jarayon bilan bog‘liq xavf va
muammolar ham mavjud bo‘lib, ular davlat tomonidan samarali siyosat va islohotlar orqali bartaraf etilishi
kerak. Maqolada ana shu imkoniyat va muammolar chuqur o‘rganilgan, statistik ma’lumotlar, xalqaro tajriba
va O‘zbekiston misolida tahliliy xulosalar berilgan.

Kalit so‘zlar :

O‘zbekiston, Jahon Savdo Tashkiloti, WTO, xalqaro avdo, moliyaviy xizmatlar,

investitsiyalar, iqtisodiy integratsiya, eksport, iqtisodiy barqarorlik, islohotlar, moliya tizimi, iqtisodiy raqobat,
tashqi savdo siyosati

.

Kirish :

1992 yildan buyon O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida o‘zining iqtisodiy siyosatini

shakllantirib kelmoqda. Globalizatsiya jarayonlari sharoitida davlatlarning iqtisodiy o‘sishi va barqarorligi
ko‘p jihatdan xalqaro integratsiyaga bog‘liq. Jahon Savdo Tashkiloti (WTO) mamlakatlar o‘rtasidagi savdo va
iqtisodiy hamkorlikni tartibga soluvchi asosiy tashkilot sifatida dunyo iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi. JSTga
a’zo bo‘lish har bir davlat uchun o‘zining iqtisodiy siyosatini modernizatsiya qilish, yangi bozorlarga chiqish
va investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlarini beradi. O‘zbekistonning JST a’zoligi uzoq davom etgan
muzokaralar va tayyorgarlik jarayonlaridan so‘ng 2026-yilda yakunlanishi belgilangan. Ushbu maqola
O‘zbekiston uchun bu jarayonning moliya va iqtisodiyotga ta’sirlarini chuqur tahlil qilishga qaratilgan. Jahon
Savdo Tashkiloti — 164 ta a’zosiga savdo qoidalari asosida o‘zaro hamkorlik qilish imkonini beruvchi xalqaro
tashkilotdir. Uning asosiy vazifalari: savdo tariflari va bojxona to‘siqlarini kamaytirish, xalqaro savdoda adolat
va oshkoralikni ta’minlash, savdo nizolarini hal qilish mexanizmlarini yaratishdan iborat. O‘zbekiston JSTga
a’zo bo‘lish jarayonida qonunchiligini global talablar bilan uyg‘unlashtirib, soliq, bojxona va moliyaviy
regulyatsiya sohalarida islohotlar amalga oshiradi. Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi — O‘zbekistonning
Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish jarayonining mamlakat moliya va iqtisodiyotiga ta’sirini tahlil
qilish, uning ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlash hamda ushbu jarayonni yanada samarali amalga oshirish
bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdir. Tadqiqot obyekti sifatida O‘zbekiston iqtisodiyoti va moliya tizimi
tanlangan bo‘lsa, predmeti esa Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni hamda uning mamlakat
iqtisodiyotiga ko‘rsatgan ta’siri hisoblanadi.

Asosiy qism :

Tadqiqot jarayonida bir qancha usullar qo‘llaniladi. Avvalo, mavzu bo‘yicha mavjud

ilmiy adabiyotlar, hukumat hisobotlari, JST rasmiy materiallari hamda xalqaro tashkilotlarning tahlil hujjatlari
keng qamrovda o‘rganiladi. Bu usul orqali tadqiqotning nazariy asoslari shakllantiriladi va JSTga a’zo
bo‘lishning iqtisodiyotga ta’sirining asosiy jihatlari yoritiladi. Shuningdek, tadqiqotda statistik ma’lumotlar
tahlili katta o‘rin tutadi. Milliy statistika qo‘mitasi, Jahon Savdo Tashkiloti va boshqa xalqaro moliya
tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar, jumladan, eksport-import hajmi, investitsiyalar
darajasi va moliyaviy tizim ko‘rsatkichlari batafsil tahlil qilinadi. Bu orqali O‘zbekistonning JSTga a’zo
bo‘lishidan oldingi va keyingi davrdagi iqtisodiy o‘zgarishlar aniqlanadi. Tadqiqotda taqqoslash usuli ham
qo‘llanilib, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni boshqa davlatlar tajribasi bilan solishtiriladi. Bu esa
mamlakat iqtisodiyotining xalqaro standartlarga moslashuvi va uning global iqtisodiyotga integratsiyasi
darajasini baholashga yordam beradi. Bundan tashqari, tadqiqot amaliy jihatlarini yanada boyitish maqsadida
iqtisodchilar, moliya sohasidagi mutaxassislari hamda davlat tashkilotlari vakillari bilan intervyu va
so‘rovnomalar o‘tkazadi. Ushbu metodlar orqali tadqiqot sub’ektlarining fikrlari va JSTga a’zo bo‘lish
jarayonidagi tajribalari o‘rganiladi.Tadqiqotning empirik qismida esa, iqtisodiy ko‘rsatkichlar va savdo
statistikasi asosida turli statistik usullar — xususan, regressiya tahlili qo‘llanib, JSTga a’zo bo‘lishning


background image

630

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

iqtisodiyotga ta’siri aniqlanadi. Bu usul orqali o‘zgaruvchilar orasidagi bog‘liqlik va JST a’zoligining iqtisodiy
o‘sishga ta’siri ko‘rsatiladi. Tadqiqotda foydalanilgan asosiy ma’lumotlar milliy statistika hisobotlari, JSTning
rasmiy hujjatlari, Jahon Banki va Xalqaro Valyuta Fondining iqtisodiy tahlillari, shuningdek, ilmiy maqolalar
va intervyu natijalaridan iborat.Shu bilan birga, tadqiqotda ba’zi cheklovlar ham mavjud. Jumladan, ayrim
ma’lumotlarning to‘liqligi va yangiligi cheklanganligi, xalqaro iqtisodiy sharoitlarning tez o‘zgarishi hamda
milliy iqtisodiyotning ayrim sohalaridagi noaniqliklar tadqiqot natijalariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. JSTga
a’zo bo‘lish bilan O‘zbekiston moliyaviy bozorlari uchun xorijiy investorlarning ishonchini oshiradi. Bu esa
yangi investitsiya loyihalarining paydo bo‘lishi, xorijiy kapitalning kirib kelishi va bank tizimining
rivojlanishini ta’minlaydi. Bank, sug‘urta, auditorlik, investitsiya xizmatlarida xorijiy kompaniyalar
ishtirokini oshirish orqali xizmatlar sifati va raqobat oshadi.Valyuta risklari, kiberxavfsizlik va kredit risklarini
boshqarish tizimlari zarur bo‘ladi. Bank va moliyaviy institutlar yangi texnologiyalarni joriy etishga majbur
bo‘ladi.
Yangi bozorlar ochilishi, bojxona to‘siqlarining kamayishi orqali eksport hajmi ortadi.Import esa ichki
raqobatni.kuchaytiradi.Ichki ishlab chiqaruvchilar xalqaro kompaniyalar bilan raqobatga kirishadi. Bu ularni
innovatsiyalar va sifatni oshirishga undaydi.Investitsiyalar va savdo o‘sishi iqtisodiy barqarorlik, daromadlar
o‘sishi va soliq tushumlarining ko‘payishiga xizmat qiladi. Raqobat bosimi ostida ayrim sohalar qisqa
muddatda muammolarga duch keladi. Davlat siyosati orqali ularni qo‘llab-quvvatlash, texnologiyalarni joriy
etish va eksportchilarga subsidiyalar berish zarur. JSTga a’zo bo‘lish, O‘zbekiston uchun eksport-import
sohasida yangi imkoniyatlar ochadi, bojxona va savdo to‘siqlarining kamayishiga olib keladi .Jahon Savdo
Tashkilotining qoidalari va talablariga muvofiq, O‘zbekiston moliya tizimini modernizatsiya qilishga majbur
bo‘ladi .Bu jarayonda mamlakat bank tizimi va moliyaviy institutlari xalqaro standartlarga moslashadi, xorijiy
investitsiyalarni jalb qilish imkoniyati oshadi. Shu bilan birga, moliyaviy barqarorlik va shaffoflik darajasi
oshishi kutiladi.O‘zbekiston iqtisodiyotining eksport qobiliyati oshadi, yangi bozorlar ochiladi,
raqobatbardoshlik kuchayadi Shuningdek, JSTga a’zo bo‘lish, import qilinadigan mahsulotlar narxini
pasaytiradi va iste’molchilar uchun tanlov imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu esa ichki bozorni rivojlantirishga
va iste’molchilarning xarid qobiliyatini oshirishga yordam beradi.JSTga a’zo bo‘lish orqali O‘zbekiston
xalqaro hamkorlikni kengaytiradi, xorijiy investitsiyalar hajmi oshadi .Bu esa ishlab chiqarish, innovatsiyalar
va texnologiyalar rivojlanishini tezlashtiradi, natijada mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga xizmat
qiladi.Ba’zi manbalarda esa JSTga a’zo bo‘lish bilan bog‘liq xavf-xatarlar ham ko‘rsatiladi, masalan, milliy
ishlab chiqaruvchilar raqobatga bardosh bera olmasligi, ayrim sektorlarning zaiflashishi mumkinligi .Shuning
uchun O‘zbekiston hukumati va iqtisodiy tizimi JST qoidalariga moslashishda izchil siyosat yuritishi lozim..
Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish mamlakat iqtisodiyotining diversifikatsiyasi va rivojlanishini
rag‘batlantiradi. Bu eksportni ko‘paytirish, yangi bozorlarni egallash, shuningdek, ichki ishlab chiqarishni
modernizatsiya qilish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Bojxona tariflari va boshqa savdo to‘siqlari
qisqarib, iste’molchilarga kengroq va arzonroq tovarlar taqdim etiladi. Bu ichki bozorda raqobat muhitini
yaxshilaydi, natijada mahsulot sifati va narxlari yaxshilanadi.Biroq, JST ga a’zo bo‘lish bilan bog‘liq xavf va
muammolar ham mavjud. Masalan, ayrim milliy ishlab chiqaruvchilar xalqaro raqobatga bardosh berolmasligi,
iqtisodiyotning ayrim sektorlarida vaqtinchalik qiyinchiliklar yuzaga keltirishi mumkin. O‘zbekistonning
eksport mahsulotlari hajmi sezilarli darajada o‘sadi, ayniqsa paxta, to‘qimachilik, oziq-ovqat va kimyo
mahsulotlari sohalarida. Jahon Savdo Tashkiloti qoidalari asosida yaratilgan ishonchli biznes-muhit natijasida
xorijiy investitsiyalar hajmi oshadi, bu esa yangi ish o‘rinlari yaratish va texnologiyalarni joriy etish
imkoniyatini beradi. O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish sur’ati yaxshilanadi, mamlakat iqtisodiyoti global bozor
bilan chuqur integratsiyalashadi. Bank va moliya tizimlari xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi, bu
moliyaviy barqarorlik va rivojlanishga xizmat qiladi. Ichki bozor va eksport uchun mahsulotlar sifatining
oshishi va narxlarning raqobatbardoshligi mustahkamlanadi.

Xulosa:

O‘zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lishi mamlakat iqtisodiyoti va moliya

tizimiga keng ko‘lamli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Eng avvalo, eksport va savdo hajmi sezilarli darajada oshadi,
bu esa yangi xalqaro bozorlarni egallash va O‘zbekiston mahsulotlarining raqobatbardoshligini kuchaytirishga
imkon beradi. Bu esa mamlakatda ishlab chiqarishni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini


background image

631

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

beradi. Moliya tizimining xalqaro standartlarga moslashuvi moliyaviy barqarorlikni ta’minlaydi va sarmoya
oqimini oshiradi. Bundan tashqari, iqtisodiy integratsiyaning kuchayishi texnologiyalar va innovatsiyalarni
joriy etishni tezlashtiradi. Ichki bozorda esa savdo to‘siqlarining kamayishi va raqobatning kuchayishi
mahsulot sifati va narxlarining yaxshilanishiga olib keladi. Shunga qaramay, Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo
bo‘lish jarayonida ayrim salbiy tomonlar va xavflar ham yuzaga keladi. Xususan, milliy ishlab chiqaruvchilar
uchun xalqaro bozorda kuchaygan raqobat bosimi muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Ayrim sanoat va
qishloq xo‘jaligi sohalarida JST qoidalariga moslashish qiyinchiliklari mavjud bo‘lib, bu tarmoqlarning
rivojlanishiga to‘siq bo‘lishi ehtimoli bor. Shuningdek, savdo siyosatidagi muvofiqlik talablaridan kelib
chiqib, davlat iqtisodiy strategiyasini o‘zgartirishga to‘g‘ri kelishi, qisqa muddatda iqtisodiyotga ma’lum
bosimlar yaratishi mumkin. Shu sababli, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va
raqobatbardoshlikni oshirish uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish zarurati mavjud. Bundan
tashqari, O‘zbekiston iqtisodiyoti global iqtisodiy jarayonlarga yanada bog‘langanligi sababli, xalqaro
bozorlarning o‘zgarishlari ta’sirida iqtisodiy noaniqliklar yuzaga kelishi xavfi ham mavjud. O‘zbekistonning
Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lishi mamlakat iqtisodiyotining xalqaro maydondagi integratsiyasini
sezilarli darajada kuchaytiradi. Bu jarayon eksport hajmining oshishi, yangi bozorlarga kirish imkoniyatlari va
savdo hajmining kengayishiga olib keladi. Xorijiy investitsiyalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi
mamlakat moliya tizimining modernizatsiyasiga turtki beradi. Moliya sektoridagi shaffoflik va barqarorlik o‘z-
o‘zidan iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatladi hamda moliyaviy xizmatlar sohasi sifatining yaxshilanishiga
sabab bo‘ladi. JST a’zoligi O‘zbekiston iqtisodiyotida raqobat muhitini kuchaytiradi, bu esa milliy ishlab
chiqaruvchilarni mahsulot sifatini yaxshilashga, samaradorlikni oshirishga undaydi. Shu bilan birga, mamlakat
iqtisodiyotining diversifikatsiyasi va eksport salohiyatining kengayishi yuzaga keladi, bu esa ichki bozorda
islohotlarni tezlashtiradi va yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi. Biroq, ushbu jarayon bilan bog‘liq
qator muammolar ham yuzaga keladi. Jahon bozorlaridagi kuchli raqobat milliy ishlab chiqaruvchilar uchun
qiyinchiliklar keltirib chiqarishi mumkin, ayniqsa, ishlab chiqarish sohalarida malakali kadrlar va
texnologiyalar yetishmasligi natijasida. Shuningdek, JST talablariga moslashish uchun ba’zi milliy siyosat va
tariflarni qayta ko‘rib chiqish zarurati paydo bo‘ladi, bu esa qisqa muddatda iqtisodiy faoliyatda noaniqliklarni
yuzaga keltirishi mumkin. Yana bir muhim jihat shundaki, O‘zbekiston iqtisodiyoti global iqtisodiy
o‘zgarishlarga yanada bog‘liq bo‘lib qoladi, bu esa xalqaro iqtisodiy sharoitlarning salbiy ta’siriga qarshi
chidamlilikni oshirishni talab qiladi. Shu bois, mamlakat uchun xalqaro integratsiyani davom ettirish bilan
birga ichki iqtisodiy siyosatni kuchaytirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy
xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha izchil strategiyalar ishlab chiqish muhimdir. Umuman olganda,
O‘zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lishi — iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, moliyaviy
tizimni takomillashtirish va xalqaro bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish uchun keng imkoniyatlar
yaratgan murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. Ushbu jarayonda yuzaga kelgan ijobiy natijalar mamlakat
iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga xizmat qilsa, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish uchun ham qat’iy
va tizimli yondashuv zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Jahon Savdo Tashkiloti rasmiy sayti - www.wto.org

2.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi — www.invest.gov.uz

3.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki statistik hisobotlari — www.cbu.uz

4.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (IMF) 2023–2024 yillardagi hisobotlari

5.

World Bank: “Uzbekistan Trade Policy Review”, 2023

6.

Global Trade Analysis Project (GTAP) ma’lumotlari.