639
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
O’ZBEKISTONDA INVESTITSIYA MUHITINI RIVOJLANTIRISH
MUAMMOLARI
Jurayeva Munisa Rahmatovna
Saidov Behruz Bekzod o’g’li
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Iqtisodiyot yo’nalishi talabalari
E-mail; jurayevamunisa1204@gmail.com
E-mail; saidovbehroz@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.17573322
Annotatsiya:
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini rivojlantirishning hozirgi
holati, mavjud muammolari hamda ularni bartaraf etish yo‘llari ilmiy asosda tahlil qilingan. Unda mamlakat
iqtisodiyotiga investitsiyalar oqimini kengaytirish, investitsion jozibadorlikni oshirish, xorijiy sarmoyadorlar
uchun barqaror va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish masalalari yoritilgan. Shuningdek, investitsion
faoliyatni cheklovchi asosiy omillar — huquqiy-me’yoriy bazaning takomillashmaganligi, infratuzilma
tizimining yetarli darajada rivojlanmaganligi, byurokratik to‘siqlar, shaffoflikning past darajasi va moliyaviy
xavflar tahlil etilgan.
Abstract:
This article analyzes the current state of the investment climate in the Republic of Uzbekistan,
identifies the main problems hindering its development, and proposes practical solutions for their elimination.
The study highlights issues related to increasing the inflow of foreign and domestic investments, improving
investment attractiveness, and creating a stable and favorable business environment for investors. It also
examines the main factors constraining investment activity, such as insufficient development of the legal
framework, infrastructural weaknesses, bureaucratic barriers, lack of transparency, and financial risks.
Аннотатция:
В данной статье рассматривается современное состояние инвестиционного климата в
Республике Узбекистан, выявляются основные проблемы, сдерживающие его развитие, и
предлагаются пути их решения. В исследовании освещены вопросы привлечения иностранных и
внутренних инвестиций, повышения инвестиционной привлекательности и создания стабильной
деловой среды для инвесторов. Также анализируются факторы, ограничивающие инвестиционную
активность — несовершенство правовой базы, недостаточное развитие инфраструктуры,
бюрократические барьеры, низкий уровень прозрачности и финансовые риски.
Kalit so‘zlar:
Investitsiya muhit, To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, Investorlar, Investitsiya siyosati,
Byurokratik to‘siqlar, Hududiy tengsizlik, Moliyaviy instrumentlar, Kadrlar siyosati, Ishonch va barqarorlik
Key words:
Foreign direct investment, Investors, Investment policy, Bureaucratic obstacles, Regional
inequality, Financial instruments, Human resources policy, Trust and stability
Ключевые слова:
Инвестиционная среда, Прямые иностранные инвестиции, Инвесторы,
Инвестиционная политика, Бюрократические препятствия, Региональное неравенство, Финансовые
инструменты, Кадровая политика, Доверие и стабильность
Kirish:
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida investitsiya siyosatini erkinlashtirish, biznes yuritish
uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda xorijiy kapitalni jalb etish yo‘nalishida izchil islohotlar amalga
oshirilmoqda. Xususan, iqtisodiyotni liberallashtirish, soliq yukini kamaytirish, litsenziyalash va ruxsat berish
tartib-taomillarini soddalashtirish, shuningdek, investorlarga huquqiy kafolatlar berish borasida sezilarli
o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Biroq, mazkur sohada hali ham bir qator tizimli muammolar mavjud bo‘lib, ular
investitsiya muhitining to‘liq shakllanishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Birinchi navbatda,
huquqiy va tartib-taomillar sohasidagi murakkabliklar
alohida e’tiborga loyiq. Xalqaro
ekspertlar fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik tizimi bir qator
islohotlardan o‘tgan bo‘lsa-da, ayrim normativ hujjatlarning o‘zaro uyg‘un emasligi, ruxsat va litsenziya olish
jarayonlarining byurokratikligi investorlar uchun qo‘shimcha vaqt va xarajat talab qiladi. Ayniqsa, mahalliy
darajadagi idoralarning muvofiqlashtirilmagan faoliyati investorlarning ishonchini pasaytiruvchi omil sifatida
namoyon bo‘lmoqda.
Ikkinchidan,
shaffoflikning yetishmasligi va davlat korxonalarining iqtisodiyotdagi ulushi yuqoriligi
ham
raqobat muhitini cheklovchi omil hisoblanadi. Davlat ishtirokidagi yirik korxonalar bozorda ustun mavqega
640
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
ega bo‘lib, xususiy sektorning kirib kelishini qiyinlashtiradi. Bu holat, o‘z navbatida, adolatli raqobat
tamoyillarining to‘liq ishlamasligiga va xorijiy investorlar uchun risklarning ortishiga olib keladi.
Uchinchidan,
infratuzilma va logistika cheklovlari
ham investitsion jozibadorlikka bevosita ta’sir
ko‘rsatmoqda. Ayrim hududlarda ishlab chiqarish uchun zarur energetika, transport va kommunikatsiya
tarmoqlarining rivojlanmaganligi, logistika xarajatlarining yuqoriligi va infratuzilmaning notekis
taqsimlanishi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishda muhim to‘siq bo‘lmoqda. Shu sababli,
investitsiyalar asosan yirik shaharlarga va rivojlangan hududlarga to‘planib, iqtisodiy o‘sishning hududlar
bo‘yicha notekis taqsimlanishiga sabab bo‘lmoqda. Bundan tashqari,
malakali kadrlar yetishmasligi va
mehnat bozorining moslashuvchan emasligi
ham investitsion muhitga salbiy ta’sir etadi. So‘nggi yillarda
kasbiy ta’lim tizimi takomillashtirilayotgan bo‘lsa-da, ishlab chiqarish tarmoqlari uchun zarur texnik
mutaxassislar, muhandis va menejerlar soni yetarli emas. Bu esa investitsiya loyihalarining amalga
oshirilishida malaka va mehnat unumdorligi jihatidan muammolarni keltirib chiqaradi. Yana
moliyaviy
bozorlarning rivojlanmaganligi
ham jiddiy masalalardan biridir. Hozirda O‘zbekistonda kapital bozorlari,
qimmatli qog‘ozlar savdosi va uzoq muddatli moliyaviy instrumentlar yetarli darajada rivojlanmagan.
Natijada, investorlar ko‘pincha tijorat banklarining kreditlariga tayanishga majbur bo‘lmoqda. Bu esa
moliyalashtirish manbalarining cheklanganligini, kredit foiz stavkalarining yuqoriligini va investitsion
xavflarning oshishini anglatadi.
Shuningdek,
ekologik xavflar va tashqi iqtisodiy omillarga nisbatan sezgirlik
ham investitsiya muhitiga
ta’sir etuvchi omillar sirasiga kiradi. Iqlim o‘zgarishi, suv resurslari tanqisligi, energiya ta’minoti va tabiiy
ofatlar kabi ekologik omillar iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga tahdid soladi. Shu bilan birga, global
bozor kon’yunkturasidagi o‘zgarishlar va siyosiy omillar ham xorijiy sarmoyadorlarning uzoq muddatli
rejalari uchun noaniqlik tug‘diradi. Yana bir muhim jihat — bu
siyosiy va huquqiy ishonchlilik
masalasidir.
Investorlarga huquqiy kafolatlar berilgan bo‘lishiga qaramay, amaliyotda ayrim shartnomalarning
bajarilmasligi yoki o‘zgaruvchan normativ-huquqiy baza investorlar orasida xavotir uyg‘otadi. Bu esa, o‘z
navbatida, mamlakatning xalqaro investitsion reytinglaridagi o‘rniga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Umuman olganda, O‘zbekistonda investitsiya muhitini rivojlantirish yo‘lida salmoqli natijalarga erishilgan
bo‘lsa-da, yuqorida ko‘rsatilgan tizimli muammolar hali to‘liq bartaraf etilgani yo‘q. Ularning hal etilishi
uchun huquqiy bazani yanada soddalashtirish, xususiy sektor ulushini kengaytirish, moliyaviy instrumentlar
xilma-xilligini oshirish hamda kadrlar tayyorlash tizimini bozor talablariga moslashtirish zarur. Shu yo‘sinda
mamlakat investitsion muhitining barqarorligi va jozibadorligi yanada ortadi. Investitsiya jarayonlarida
byurokratik to‘siqlarning saqlanib qolishi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator qaror va
farmonlari bilan tadbirkorlik muhitini yaxshilash choralari belgilangan bo‘lsa-da, amaliyotda ayrim idoralar
o‘rtasidagi muvofiqlashtirish yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagan. Natijada investorlar uchun ruxsatnomalar
olish, yer ajratish yoki loyiha hujjatlarini tasdiqlash jarayonida vaqt talabi va ortiqcha hujjatchilik saqlanib
qolmoqda. Iqtisodiyot fanlari doktori A. Abdurahmonovning fikricha, “tadbirkorlik faoliyatiga davlat
aralashuvi darajasi pasaygan bo‘lsa-da, ayrim mahalliy hokimliklar va idoralarda markazlashmagan
byurokratik to‘siqlar saqlanib qolmoqda, bu esa investorlarning tashabbuskorligini cheklaydi
i
”. Hududlar
bo‘yicha investitsion tengsizlik. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda hududiy investitsiya dasturlari ishlab
chiqilayotganiga qaramay, sarmoya oqimi asosan Toshkent shahri va iqtisodiy rivojlangan markaziy
viloyatlarga to‘planmoqda. Uzoq hududlarda ishlab chiqarish uchun zarur infratuzilma, energetika tarmoqlari
va transport logistikasi yetarli darajada rivojlanmagan. Bu borada iqtisodchi B. Islomov ta’kidlaydi: “Hududlar
o‘rtasidagi investitsion faollik tafovuti O‘zbekiston iqtisodiyotining muvozanatli rivojlanishiga salbiy ta’sir
etmoqda. Xorijiy investorlar asosan tayyor infratuzilma mavjud joylarni tanlayapti
ii
” Mahalliy investorlarga
nisbatan cheklovlar. Investitsiya siyosati asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalarni jalb etishga qaratilgan
bo‘lib, bu ba’zan mahalliy investorlarning imkoniyatlarini cheklaydi. Kredit resurslariga kirishdagi
qiyinchiliklar, kafolat mexanizmlarining cheklanganligi hamda soliq imtiyozlarining notekis taqsimlanishi
mahalliy tadbirkorlik tashabbuslarini sustlashtiradi. Bu haqda iqtisodchi Z. Qodirov quyidagicha yozadi:
“Ichki investorlar uchun moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyati past, bu esa ularning ishlab chiqarish
hajmini kengaytirishiga to‘sqinlik qilmoqda
iii
”. Investitsiya muhitining axborot shaffofligi va statistika
641
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
tizimidagi kamchiliklar.
Investitsiya jarayonlarida ma’lumotlarning ochiqligi va ishonchliligi ham muhim omil
hisoblanadi. Afsuski, ayrim tarmoqlarda investitsiya oqimlari, loyiha natijalari va ularning samaradorligi
bo‘yicha ma’lumotlar to‘liq shakllantirilmagan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti olimasi M. Tojiboyeva
shunday yozadi: “Investitsion faoliyatning monitoring tizimi to‘liq shakllanmaganligi sababli ayrim
loyihalarning iqtisodiy natijalarini baholash murakkab. Bu holat investitsiya siyosatining samaradorligini
aniqlashni qiyinlashtiradi”. Kadrlar siyosatidagi tizimli kamchiliklar. Investitsiya muhitining barqarorligi ko‘p
jihatdan inson resurslari bilan belgilanadi. Biroq ishlab chiqarishning texnologik yangilanishi jarayonida
malakali muhandislar, texnik mutaxassislar va menejerlar yetishmayapti. Moliyaviy instrumentlarning
yetarlicha rivojlanmaganligi. Mamlakatda kapital bozori hali to‘liq shakllanmagan. Fond birjasi faoliyati
cheklangan, qimmatli qog‘ozlar bozorida likvidlik past, uzoq muddatli moliyaviy resurslarni jalb qilish
mexanizmlari sust. “Moliyaviy bozor infratuzilmasining sustligi investitsiyalar oqimini to‘liq yo‘naltirishga
imkon bermayapti. Bank tizimi asosiy moliyalashtiruvchi bo‘lib qolmoqda, bu esa iqtisodiy faollikni tor
doirada ushlab turadi”. Siyosiy barqarorlik va ishonch muammosi. Investorlarda mamlakat siyosiy va iqtisodiy
muhitining barqarorligi bo‘yicha ishonch bo‘lishi muhim. So‘nggi yillarda O‘zbekiston bu borada sezilarli
yutuqlarga erishgan bo‘lsa-da, ba’zi sohalarda qonunlar tez-tez o‘zgarib turishi va hujjatlarning ijrosi to‘liq
ta’minlanmasligi xavf sifatida baholanmoqda. Huquqshunos D. Rustamov bu borada shunday yozadi:
“Investitsion shartnomalar ijrosini ta’minlash mexanizmlari mukammal ishlamayapti, bu esa investorlar uchun
huquqiy kafolatlar tizimini mustahkamlash zaruratini keltirib chiqarmoqda”
Quyida keltirilgan jadvalda
mamlakatimizda ushbu muammolar bo’yicha amalga oshirilayotgan islohotlar majmui keltirilgan.
Yo‘nalish
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar Kutilayotgan natijalar Mavjud muammolar
Iqtisodiyotni liberallashtirish
Bozor mexanizmlarini keng joriy etish, davlat aralashuvini kamaytirish
Investitsiya uchun ochiq iqtisodiy muhit yaratiladi
Ayrim sohalarda islohotlarning sekinligi
Davlat boshqaruvini isloh qilish Tashkiliy tuzilmalarning optimallashtirilishi, raqamlashtirish
Boshqaruv
samaradorligi oshadi
Muvofiqlashtirish yetarli emas
Soliq va bojxona tizimi Soliq yukini kamaytirish, tartiblarni soddalashtirish
Tadbirkorlar uchun qulay
sharoit yaratiladi
Ayrim hududlarda qo‘llanishdagi murakkablik
Infratuzilma rivojlantirish
Hududlarda zarur infratuzilma barpo etish
Investitsion
loyihalarning
amalga oshish tezlashadi
Mablag‘ taqchilligi
Byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish
Ruxsat va litsenziya jarayonlarini qisqartirish Investorlarning
davlat siyosatiga ishonchi ortadi
Mahalliy darajada sust nazorat
Huquqiy kafolatlar
Insofli investorlar zararini davlat tomonidan qoplash
Investitsion xavf kamayadi
Sud amaliyotida yagona yondashuv yetishmasligi
Quyidagi jadvalda O‘zbekistonda investitsiya muhitini rivojlantirishdagi asosiy muammolari yoritilgan.
№ Muammo Ta’siri (investitsiyaga salbiy ta’siri)
1 Byurokratik to‘siqlar
Investorlar ruxsatnomalarni olishda vaqt va xarajatlarni ko‘p sarflaydi,
tashabbuskorlik kamayadi
2 Hududlar bo‘yicha investitsion tengsizlik
Sarmoya asosan markaziy viloyatlarga to‘planadi, mintaqalar
rivojlanishi sust bo‘ladi
3 Mahalliy investorlar imkoniyatlarining cheklanishi Ichki investitsiyalar faolligi pasayadi, iqtisodiy
diversifikatsiya sekinlashadi
4 Investitsiya muhitining axborot shaffofligi yetishmasligi
Investorlar qaror qabul qilishda to‘liq
ma’lumotga ega bo‘lmaydi, loyihalar samaradorligi baholanishi qiyinlashadi
5 Kadrlar siyosatidagi kamchiliklar
Malakali ishchi kuchi yetishmasligi loyihalar samaradorligini
kamaytiradi
6 Moliyaviy instrumentlar rivojlanmaganligi Kapital bozorining sustligi, uzoq muddatli moliyalashtirish
imkoniyati cheklangan
7 Siyosiy barqarorlik va ishonch muammosi Investorlar huquqiy kafolatlar yetarli emas deb hisoblab,
sarmoyani cheklaydi
642
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
Xulosa:
O‘zbekistonning investitsiya muhitini rivojlantirish borasida so‘nggi yillarda sezilarli islohotlar amalga
oshirildi. Davlat boshqaruvi soddalashtirildi, soliq va bojxona tartiblari takomillashtirildi, investorlar uchun
imtiyozlar joriy qilindi va infratuzilma loyihalari amalga oshirildi. Shu bilan birga, yuqorida tahlil
qilinganidek, amaliyotda bir qator muammolar saqlanib qolmoqda.
Byurokratik to‘siqlar, hududlar o‘rtasidagi investitsion tengsizlik, mahalliy investorlar imkoniyatlarining
cheklanishi, ma’lumotlarning yetarli darajada shaffof bo‘lmasligi, malakali kadrlar tanqisligi, moliyaviy
instrumentlarning rivojlanmaganligi va siyosiy barqarorlikka bo‘lgan ishonch masalalari investorlar uchun
jozibadorlikni kamaytiradi. Bu muammolar investitsion jarayonlarning samaradorligini pasaytiradi va
iqtisodiy rivojlanishni sekinlashtiradi.
i
(Abdurahmonov A.
Investitsiyalarni jalb etishning ijtimoiy-iqtisodiy omillari
, Toshkent: “Iqtisodiyot”, 2019, 132-bet).
ii
(Islomov B.
Investitsiyalar iqtisodiy o‘sish omili sifatida
, Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2020, 87-bet).
iii
(Qodirov Z.
O‘zbekistonda investitsiya faoliyatini rivojlantirish masalalari
, Toshkent moliya instituti, 2021, 94-bet)
Quyida keltirilgan jadvalda mamlakatimizda ushbu muammolar bo’yicha amalga
oshirilayotgan islohotlar majmui keltirilgan.
Yo‘nalish
Amalga oshirilayotgan
chora-tadbirlar
Kutilayotgan
natijalar
Mavjud
muammolar
Iqtisodiyotni
liberallashtirish
Bozor mexanizmlarini
keng joriy etish, davlat
aralashuvini
kamaytirish
Investitsiya uchun
ochiq iqtisodiy
muhit yaratiladi
Ayrim sohalarda
islohotlarning
sekinligi
Davlat
boshqaruvini
isloh qilish
Tashkiliy
tuzilmalarning
optimallashtirilishi,
raqamlashtirish
Boshqaruv
samaradorligi
oshadi
Muvofiqlashtirish
yetarli emas
Soliq va bojxona
tizimi
Soliq yukini
kamaytirish, tartiblarni
soddalashtirish
Tadbirkorlar
uchun qulay
sharoit yaratiladi
Ayrim hududlarda
qo‘llanishdagi
murakkablik
Infratuzilma
rivojlantirish
Hududlarda zarur
infratuzilma barpo etish
Investitsion
loyihalarning
amalga oshish
tezlashadi
Mablag‘ taqchilligi
Byurokratik
to‘siqlarni
bartaraf etish
Ruxsat va litsenziya
jarayonlarini
qisqartirish
Investorlarning
davlat siyosatiga
ishonchi ortadi
Mahalliy darajada
sust nazorat
Huquqiy
kafolatlar
Insofli investorlar
zararini davlat
tomonidan qoplash
Investitsion xavf
kamayadi
Sud amaliyotida
yagona yondashuv
yetishmasligi
643
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
Quyidagi jadvalda O‘zbekistonda investitsiya muhitini rivojlantirishdagi asosiy
muammolari yoritilgan.
№
Muammo
Ta’siri (investitsiyaga salbiy ta’siri)
1
Byurokratik to‘siqlar
Investorlar ruxsatnomalarni olishda vaqt va
xarajatlarni ko‘p sarflaydi, tashabbuskorlik
kamayadi
2
Hududlar bo‘yicha
investitsion tengsizlik
Sarmoya asosan markaziy viloyatlarga
to‘planadi, mintaqalar rivojlanishi sust bo‘ladi
3
Mahalliy investorlar
imkoniyatlarining cheklanishi
Ichki investitsiyalar faolligi pasayadi, iqtisodiy
diversifikatsiya sekinlashadi
4
Investitsiya muhitining
axborot shaffofligi
yetishmasligi
Investorlar qaror qabul qilishda to‘liq
ma’lumotga ega bo‘lmaydi, loyihalar
samaradorligi baholanishi qiyinlashadi
5
Kadrlar siyosatidagi
kamchiliklar
Malakali ishchi kuchi yetishmasligi loyihalar
samaradorligini kamaytiradi
6
Moliyaviy instrumentlar
rivojlanmaganligi
Kapital bozorining sustligi, uzoq muddatli
moliyalashtirish imkoniyati cheklangan
7
Siyosiy barqarorlik va ishonch
muammosi
Investorlar huquqiy kafolatlar yetarli emas deb
hisoblab, sarmoyani cheklaydi
Xulosa:
O‘zbekistonning investitsiya muhitini rivojlantirish borasida so‘nggi yillarda sezilarli
islohotlar amalga oshirildi. Davlat boshqaruvi soddalashtirildi, soliq va bojxona
tartiblari takomillashtirildi, investorlar uchun imtiyozlar joriy qilindi va infratuzilma
loyihalari amalga oshirildi. Shu bilan birga, yuqorida tahlil qilinganidek, amaliyotda
bir qator muammolar saqlanib qolmoqda.
Byurokratik to‘siqlar, hududlar o‘rtasidagi investitsion tengsizlik, mahalliy investorlar
imkoniyatlarining cheklanishi, ma’lumotlarning yetarli darajada shaffof bo‘lmasligi,
malakali kadrlar tanqisligi, moliyaviy instrumentlarning rivojlanmaganligi va siyosiy
barqarorlikka bo‘lgan ishonch masalalari investorlar uchun jozibadorlikni kamaytiradi.
Bu muammolar investitsion jarayonlarning samaradorligini pasaytiradi va iqtisodiy
rivojlanishni sekinlashtiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
:
1.
Sodiqov A.
Moliyaviy tizim va investitsion jarayonlar
, Toshkent: “Fan”, 2018,
203-bet.
644
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
2.
Tojiboyeva M.
Investitsion muhitni shakllantirishda davlatning o‘rni
, Toshkent:
“Iqtisodiyot”, 2022, 156-bet.
3.
Rustamov D.
O‘zbekiston Respublikasida investitsiya huquqi asoslari
, Toshkent:
“Adolat”, 2021, 175-bet.
4.
Kun.uz
5.
https://lex.uz/mact/-3845273?ONDATE=30.04.2021%2000
6.
https://invexi.org/press/accelerating-private-sector-and-green-transformation-in-
uzbekistan-challenges-and-opportunities/?utm_source=chatgpt.com
