645
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
O‘ZBEKISTONDA BEVOSITA VA BILVOSITA SOLIQQA TORTISH
METODOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
Qodirov Baxodir Qudratovich
Termiz Davlat universiteti
Moliya kafedrasi dotsent, ifn.
bakhodirkodirov07021968@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.17589087
Mamlakatlarining o‘zaro siyosiy-iqtisodiy munosabatlari ziddiyatli tus olayotgan bugungi sharoitda
O‘zbekistonning barqaror taraqqiyoti iqtisodiy islohotlarning samaradorligiga bog‘liq bo‘lib, bunda bevosita
va bilvosita soliqqa tortish metodologiyasini optimal tashkil etis masalasi muhim ahamiyatga ega. Chunki,
daromad va foyda olish maqsadida tashkil etilgan tadbirkorlik sub‘ektlarining moliyaviy faoliyatiga soliqqa
tortish tizimi jiddiy ta‘sir qiladi. Shuning uchun, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va
tashkilotlar soliq bilan bog‘liq munosabatlarini strategik maqsadlarga yo‘naltirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Shunga ko‘ra soliq solinadigan daromadlar, mol-mulklar va boshqa aktivlarni hisobini samarali amalga
oshirish bilan bir qatorda soliqqa torish metodologiyasini optimmallashtirish maqsadi belgilanadi.
O‘zbekistonda isloxotlar davrining ikkinchi to‘lqini boshlangan 2017-2030 yillardagi strategik vazifalarida
“xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti
tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish”
1
maqsadlari belgilangan. Bu ustuvor
vazifalarning ijrosini ta'minlash uchun eng avvalo soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortish tizimini
soddalashtirish, soliqlarni unifikatsiya qilish, soliqqa tortishni raqamli iqtisodiyot asosida tashkil etish, soliq
hisobotlarini qisqartirish, buxgalteriya xisobi va soliq xisobi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlardagi
qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni bartaraf etish, soliq to‘lovchilarning buxgalteriya va soliq xisobini
yaxlitlashtirish, buxgalteriya va soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish bilan bog‘liq strategic
metodologiyani tashkil etish lozim bo‘ladi. Bu vazifalarning ijrosini amalga oshirish uchun tarmoqlar va
soxalardagi korxona va tashkilotlarning aktivlari va ularning manbalarini xarakatini hisobini yuritish,
tadbirkorlik faoliyatlaridan olingan daromadlar va boshqa soliq solish ob'ektlarining hamda ulardan budjetga
to‘lanadigan bevosita va bilvosita soliqlarning buxgalteriya hisobini yuritish talab etiladi. Bu ishlarni samarali
tashkil etish uchun raqamli iqtisodiyot asosida elektron dasturiy mahsullaridan oqilona foydalanishga, soliq
ma‘muriyatchiligini samaradorligini oshirishga zaruriyat tug‘ilmoqda.
1-rasm
O‘zbekiston respublikasi YAIM va budjet daromadlarida bevosita va bilvosita soliqlar tarkibining
o‘zgarish dinamikasi
2
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 07-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
xarakatlar strategiyasi to‘g‘risida” PF-4947-son farmon, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son.
2
Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлигининг расмий интернет сайтларидан (openbudget.uz) олинган
маълумотлар асосида муаллиф томонидан тайёрланди.
646
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
Olib borilgan tadqiqotlarimiz natijalari keltirilgan 1-rasm ma'lumotlaridan ayyon bo‘ladiki,
Oʻzbekistonning strategik dasturlari va ustuvor yoʻnalishlariga asosan olib borilgan isloxotlar natijasida 2016-
2024 yillarda xar tomonlama makroiqtisodiy oʻsish roʻy berganligi, bu oʻsish sur'atlari 2025 yilda ham davom
etishi kutilayotgani va soliqqa tortish imkoniyatlari kengayib borayotganligi kuzatilmoqda.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, tadbirkorlik sub'ektlarida bevosita va bilvosita soliqlar hisobini
yuritishning va byudjetga o‘z vaqtida o‘tkazishning samarali mexanizmlari sifatida buxgalteriya va soliq
hisobini elektron dasturiy maxsullarini jadal va samarali tatbiq etilishi istiqbollidir. Bu amaliyot rivojlangan
mamlakatlarda allaqachon oqilona qo‘llanib, yuksak natijalarga erishilgan. Endilikda, O‘zbekistonda ham
soliq hisobini yuritish amaliyoti bevosita elektron dasturiy hukumatni yaratish va samarali takomillashtirib
borish bilan uzviy bog‘liqlikda amalga oshirilmoqda. Hozirgi global lashuv sharoitida, O‘zbekiston
iqtisodiyotiga keladigan zararlarni bartaraf etish va barqaror taraqiyot yo‘liga erishish yo‘llarini tezkor
aniqlash masalalari elektron dasturiy maxsullarning qay darajada tatbiq etilishiga bog‘liqdir. Xolbuki, soliq
qonunchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar mavjud soliq turlarini ixchamlashtirilishga, soliqlarni
hisoblash va undirish tartiblarini elektron avtomatlashtirishga va soddalashtirilishga, soliq imtiyozlarini
oqilona yaxlitlashtirilishga qaratilgan bo‘lib, bu islohotlar tadbirkorlik sub‘ektlarining daromadlarini va
boshqa soliq solinadigan ob‘ektlarini samarali hisobini tashkil etishga bog‘liq jarayondir. Ma'lumki, soliq
kodeksiga binoan belgilangan soliq imtiyozlarini amalda tatbiq etish uchun buxgalteriya va soliq hisobining
elektron tizimini yaratish va elektron xukumatning dasturiy maxsullarini takomillashtirib borish davlat uchun
xam, tadbirkorlik sub'ektlari uchun xam manfaatlidir. Albatta, bu o‘rinda soliq to‘lovchi tadbirkorlik
sub'ektlarini va soliq undiruvchi davlatning manfaatlarini uyg‘unlikda ifodalovchi oqilona hisob siyosatini
tashkil etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shu maqsadda, soliq solinadigan aylanmalar, daromadlar va boshqa
ob‘ektlarni buxgalteriya hisobini samarali tashkil etish uchun amaldagi soliq tizimini iqtisodiy mohiyatiga
asoslanib tavsiflash lozim. Chunki, solq tizimi iqtisodiy mohiyatiga binoan bevosita soliqlar va bilvosita
soliqlarga tavsiflanib, soliq to‘lovchilarga va ularning daromadiga turlicha ta‘sir ko‘rsatadi. Bu ta‘sir darajalari
ushbu soliq guruhlarining ta‘riflarida batafsilroq ko‘rinadi.
0%
10%
20%
30%
40%
50%
60%
70%
80%
90%
100%
2016 yil
2017 yil
2018 yil
2019 yil
2020 yil
2021 yil
2022 yil
2023 yil
2024 yil
Yalpi ichki mahsulot
Budjet daromadi
Shundan soliq tushumlari
Bilvosita soliqlar
Bevosita soliqlar
Soliqsiz boshqa daromadlar
647
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
Bevosita soliqlar
– soliq to‘lovchilarning daromadiga, foydasiga va boshqa soliq solinadigan ob‘ektlariga
belgilanib, soliq to‘lovchilarning bevosita daromadga ta‘sir ko‘rsatadi va foydasini kamaytiradi.
Bilvosita soliqlar
– ishlab chiqarilgan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlarning realizatsiya
qiymatiga ustama tarzda belgilanib, istemolchi va xaridorlardan undirilib, soliqni budjetga to‘liq va o‘z
vaqtida o‘tkazib berish majburiyati soliq agenti bo‘lgan korxonalar zimmasiga yuklatiladi.
Mazkur ta‘riflardan ko‘rinadiki, bevosita soliqlar – soliq to‘lovchilarning foydasini kamaytirsa, bilvosita
soliqlar realizatsiya qiymatiga ustama tarzda belgilanib, xaridorlardan undirilsada, ikki holatda ham soliqlarni
budjetga o‘tkazib berish majburiyati va javobgarligi korxonalar zimmasiga yuklatiladi. Bu majburiyatlar
tadbirkorlik sub‘ektlari uchun soliq solinadigan ob‘ektlar, jumladan daromadlar va harajatlar hisobining
samarali yuritish talabini qo‘yadi. Soliq idoralari tomonidan o‘tkazilgan soliq nazorati tadbirlari natijasining
ko‘rsatishicha, tadbirkorlik sub‘ektlarida buxgalteriya va soliq hisobi samarali tashkil etilmaganligi oqibatida
katta summalarda soliq solinadigan daromadlarni va boshqa ob‘ektlarni yashirish hamda soliq to‘lashdan
bo‘in tovlash huquqbuzarliklari yuz bermoqda. Natijada, tadbirkorlik sub‘ektlari moliyaviy va jinoiy
javobgarlikka tortilib, moliyaviy yoqtishlari o‘sib bormoqda. Shuning uchun, moliyaviy faoliyat yurituvchi
tadbirkorlik sub‘ektlari tomonidan soliq hisobini samarali yuritish masalasi har doim dolzarb bo‘ib
qolaveradi. Shunga ko‘ra, soliq hisobining amaliy jihatlari soliq tizimining iqtisodiy mohiyatiga nisbatan
tavsiflanishiga ham bog‘liqdir.
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-599-sonli qonuni bilan qabul qilingan va
doimiy ravishda islohiy o‘zgartirishlar asosida takomillashayotgan soliq kodeksi bilan belgilangan amaldagi
soliq tizimi iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra tavsiflanishi 2-rasmda keltirilgan.
2-rasm.
2-rasm. O‘zbekiston respublikasi soliq tizimini iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra tasnifi.
3
O‘zbekistonda 2016-2024 yillarda soliq hisobini yuritilishi bo‘yicha qabul qilingan buxgalteriya va soliq
qonunchiligi me'yorlari tahliliy ko‘rib chiqilganda, amalga oshirilayotgan iqtisodiy isloxotlarga mutanosib
holda soliqqa tortish hisobi takomillashib borayotganligi, bu jarayonda bevosita va bilvosita soliqlarning
hisobini yuritish va budjetga undirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari muxim rol o‘ynayotgani
kuzatiladi. Xususan, tadbirkorlik sub'ektlarining daromadlari va xarajatlarini buxgalteriya xisobini yuritish,
bevosita va bilvosita soliqlarni xisoblash, buxgalteriya va soliq xisobotlarini soliq idoralariga taqdim etish va
soliqlarni budjetga to‘lash amaliyoti elektron dasturiy maxsullar asosida onlayn tartibida amalga oshirilmoqda.
3
Soliq kodeksiga asoslangan holda muallif tomonidan tayyorlangan.
O ‘zbekiston respublikasining soliq tizimi
Bebosita soliqlar
Bilvosita soliqlar
Foyda
solig ‘i
Jismoniy
shaxslard
an
olinadig
an
Ijtimoiy
soliq
Aylanma
dan
olinadiga
n soliq
Mol-
mulk
solig‘i
Yer
solig‘i
Suv
resursla
ridan
foydala
nganlik
uchun
soliq
Yer
qa‘ridan
foydalan
ganlik
uchun
soliq
Qo‘shil
gan
qiymat
solig‘i
Aksiz
solig‘i
Bojxona
boji
648
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
Shunday bo‘lsada, bevosita va bilvosita soliqlar hisobini yuritish va byudjetga o‘z vaqtida to‘lash borasidagi
ishlarni yanada takomillashtirish, samarali elektron dasturiy maxsullarni tatbiq etish ishlarini yanada
yuksaltirish talab etiladi.
Keyingi yillarda buxgalteriyaga oid elektron dasturiy maxsullarni yaratilishi va takomillashtirilishi
buxgalteriya va soliq hisobini samarali yuritish imkonini berdi. Xususan, soliq hisobotlarini elektron tuzilishi
va onlayn tarzida soliq idorasiga topshirilishi soliq hisobini yuritishning elektron tizimini yanada
takomillashtirib borish va rivojlangan mamlakatlar darajasiga erishish talabini qo‘ymoqda. Hisob tizimini
elektron dasturiy maxsullarda tashkil etish va yanada takomillashtirib borish natijalari tadbirkorlik sub'ektlari
uchun samarali va arzon hisob tizimini shakllanishiga olib kelishi bilan bir qatorda makroiqtisodiy
barqarorlikni ta'minlanishiga, soliqqa tortiladigan daromadlarni ko‘payishiga va o‘z navbatida budjetga
soliqlarni barqaror tushishiga olib keladi.
Xulosa va takliflar.
O‘zbekistonda investitsiyaviy jozibadorlikni ta‘minlash uchun bevosita va bilvosita soliqqa tortish
metodologiyasini optimal tashkil etishga yo‘nasltirilgan strategic islohotlarni amalga oshirish, bu yo‘nalishda
quyidagi tizimli choralarni ko‘rish maqsadga muvlfiq, deb xisoblaymiz:
-Bevosita va biolvosita soliqqa tortishni optimal tashkil etish metodologiyasining 2025-2050 yillarda
mo‘ljallangan strategiyasini belgilash;
-Elektron hukumat tizimini rivojlantirish kontseptsiyasi loyihasi doirasida bevosita va bilvosita soliqlarni
hisoblash va undirishning raqamli dasturiy mahsullarini yanada takomillashtirish;
- Bevosita va bilvosita soliqlarni elektron hisoblash va undirish mexanizmlarida davlat, aholi va biznesning
samarali o‘zaro hamkorligini ta'minlash, jahonning elektron makoniga integratsiyalashlash, yagona milliy
elektron tizimini shakllantirish va bu ishlarni istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash;
-Elektron dasturiy maxsullar asosida soliqqa tortiladigan daromadlarni va mulklarni to‘liq ro‘yxatga olinishi
va soliqqa tortilishini dasturiy shaffovligini ta'minlash;
- soliqqa oid axborotlarni to‘plash, qayta ishlash, saqlash, uzatish borasidagi yangi usullar generatsiyasiga
hamda raqamli kompyuter texnologiyalariga asoslangan bevosita va bilvosita soliqqa tortishning oqilona
tizimini shakllantirish va boshqalar.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 07-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha xarakatlar strategiyasi bevositasida”gi PF-4947-sonli farmoni O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasining soliq
siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasi to‘g‘risida»gi PF-5486-sonli farmoni.
3.
O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi soliq Kodeksiga
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-599-qonuni.
4.
Davlat soliq qo‘mitasining soliq.uz rasmiy sayti.
5.
Iqtisodiyot va moliya vazirligining imv.uz sayti.
