ЗНАЧЕНИЕ СМИ И ТЕХНОЛОГИЙ В ИДЕОЛОГИЧЕСКОЙ ЗАЩИТЕ МОЛОДОГО ПОКОЛЕНИЯ В ИНФОРМАЦИОННОМ ОБЩЕСТВЕ

CC BY f
70-79
3
0
Поделиться
Хужанова, Т. (2023). ЗНАЧЕНИЕ СМИ И ТЕХНОЛОГИЙ В ИДЕОЛОГИЧЕСКОЙ ЗАЩИТЕ МОЛОДОГО ПОКОЛЕНИЯ В ИНФОРМАЦИОННОМ ОБЩЕСТВЕ. Предпринимательства и педагогика, 5(1), 70–79. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/22069
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статъе анализируются методы и способы идеологической профилактики в повышении и совершенствовании ответственности молодежи. В то же время сегодняшнее сложное время еще более актуальными вопросами сохранения и укрепления нашей мировой жизни, обеспечения гарантированной безопасности нашего народа. Важно повысить нравственную, эстетическую и интеллектуальную культуру молодежи Нового Узбекистана, особенно поднять на высокий уровень ее культуру потребления информации, чтобы не допустить отчуждения от своей национальной идентичности. Современный быстро меняющийся мир открывает перед человечеством новые и большие возможности. В то же время они подвергаются различным злым опасностям, которых раньше не видели. Поэтому в нашей стране необходимо создавать здоровую среду, чтобы молодежь не поддавалась различным чужеземным идеям под влиянием глобализации и информации, эффективно использовать национальные обычаи и традиции для воспитания из них как всесторонне развитых людей, как а также целенаправленно и планомерно в этом отношении, духовно - актуальное значение имеет дальнейшее расширение нравственно-воспитательной работы.


background image

70

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

IJTIMOIY FANLAR

Xo‘janova Tamara

Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

UВK: 001(031):28:29.11

AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA YOSH AVLODNI GʻOYAVIY

HIMOYALASHDA OAV VA MAFKURAVIY TEXNOLOGIYALARNING

AHAMIYATI

Kalit so‘zlar:

mafkura,
profilaktika,
mas’uliyat,
ma’naviyat,
globallashuv,
mafkuraviy
immunitet.

Annotatsiya.

Maqolada yoshlar mas’uliyatini oshirish va takomillashtirishda

mafkuraviy profilaktika qilishning usullari tahlil qilingan. Shu bilan birga,
bugungi murakkab davrda tinch-osoyishta hayotimizni asrab-avaylash va
mustahkamlash, xalqimizning kafolatlangan xavfsizligini ta’minlash masalasi
yanada dolzarbligiga e’tibor qaratilgan. Yangi O‘zbekiston yoshlarini milliy
o‘zligidan begonalashuvini oldini olishda axloqiy, estetik, intellektual
madaniyatini yuksaltirish, ayniqsa, ulardagi axborot iste’mol madaniyatini
yuksak darajaga olib chiqish muhim hisoblanadi. Bugungi tez o‘zgarayotgan
dunyo insoniyat oldida yangi-yangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan
birga, ularni ilgari ko‘rilmagan turli yovuz xavf-xatarlarga ham duchor qilmoqda.
Shu boisdan mamlakatimizda yoshlarni globallashuv va axborotlashuv ta’sirida
turli yot g‘oyalarga berilib ketmasliklari uchun sog‘lom muhitni yaratish, ularni
barkamol inson qilib tarbiyalashda milliy urf-odatlar, an’analardan samarali
foydalanish, shuningdek bu borada maqsadli, tizimli ravishda ma’naviy-axloqiy
va ma’rifiy tarbiyaviy ishlarni yanada kengaytirish dolzarb ahamiyatga ega.

ЗНАЧЕНИЕ СМИ И ТЕХНОЛОГИЙ В ИДЕОЛОГИЧЕСКОЙ ЗАЩИТЕ

МОЛОДОГО ПОКОЛЕНИЯ В ИНФОРМАЦИОННОМ ОБЩЕСТВЕ

Хужанова Тамара

Доцент, доктор философии (PhD) философских наук

Денауский институт предпринимательства и педагогики

Ключевые слова:

идеология,
профилактика,
ответственность,
духовность,
глобализация,
идеологический
иммунитет.

Аннотация.

В статъе анализируются методы и способы

идеологической профилактики в повышении и совершенствовании
ответственности молодежи. В то же время сегодняшнее сложное
время еще более актуальными вопросами сохранения и укрепления
нашей мировой жизни, обеспечения гарантированной безопасности
нашего народа. Важно повысить нравственную, эстетическую и
интеллектуальную культуру молодежи Нового Узбекистана,
особенно поднять на высокий уровень ее культуру потребления
информации, чтобы не допустить отчуждения от своей национальной
идентичности. Современный быстро меняющийся мир открывает
перед человечеством новые и большие возможности. В то же время
они подвергаются различным злым опасностям, которых раньше не
видели. Поэтому в нашей стране необходимо создавать здоровую
среду, чтобы молодежь не поддавалась различным чужеземным
идеям под влиянием глобализации и информации, эффективно


background image

71

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

использовать национальные обычаи и традиции для воспитания из
них как всесторонне развитых людей, как а также целенаправленно и
планомерно в этом отношении, духовно - актуальное значение имеет
дальнейшее расширение нравственно-воспитательной работы.

THE SIGNIFICANCE OF THE MEDIA AND TECHNOLOGIES IN THE

IDEOLOGICAL PROTECTION OF THE YOUNG GENERATION IN THE

INFORMATION SOCIETY

Khojanova

Tamara

Associate Professor, Doctor of Philosophy (PhD) in Philosophical sciences

Denau Institute for Entrepreneurship and Pedagogy

Keywords:

ideology,
prevention,
responsibility,
environment,
spirituality,
globalization,
ideological
immunity.

Annotation.

The article scientifically analyzes the methods and the method of

ideological prevention in increasing and improving the responsibility of young
people. At the same time, today's difficult time is an even more urgent issue of
preserving and strengthening our peaceful life, ensuring the guaranteed security
of our people. It is important to improve the moral, aesthetic and intellectual
culture of the youth of New Uzbekistan, especially to raise their culture of
information consumption to a high level in order to prevent alienation from their
national identity. The modern rapidly changing world opens up new and great
opportunities for mankind. At the same time, they are exposed to various evil
dangers that have not been seen before. Therefore, in our country it is necessary
to create a healthy environment so that young people do not succumb to various
foreign ideas under the influence of globalization and information, to effectively
use national customs and traditions to educate them as comprehensively
developed people, as well as purposefully and systematically in this respect,
spiritually relevant what matters is the further expansion of moral and
educational work.

Kirish

Ma’lumki, «Informatsiya» tushunchasi dunyoqarashni ifodalaydigan bilimlarning

ifodasi sifatida qadimdan mavjud bo‘lgan. Kibernetikaning kelib chiqishi va
rivojlanishi bu tushunchani «aloqa» va «boshqaruv» tushunchalari bilan birga keng
ko‘llanishiga olib keldi. Hozirgi vaqtda axborotlar hosil qilish, qayta ishlash, saqlash,
ko‘paytirish va tarqatish alohida ilmiy soha – informatika (lot. tanishtirish,
tushuntirish, sharq tillarida «xabar», «axborot») sohasini tashkil etadi. Ana shu soha
bilan bog‘liq shakllangan «Informatsiologiya» (lot. tanishtirish, tushuntirish va
yunoncha: so‘z, ta’limot) tirik xamda notirik tabiatdagi va umuman, olamdagi barcha
jarayonlarni axborotlar asosida umumlashtirib o‘rganuvchi fan hisoblanadi.

Jamiyatning kompyuterlashuvi va Internet tufayli vujudga kelayotgan

muammolarning muhim spektri ijtimoiy taraqqiyot, uning manbalari, bosqich va
rivojlanish mezonlari bilan bog‘liq. Axborotlar sohasining tez sur’atlar bilan o‘sishi,
uni avtomatlashtirish usullarining rivojlantirilishi kompyuter-larning yaratilishi va
kishilar hayotining turli sohalarini kom-pyuterlashtirishga olib keldi. Bu esa, o‘z
navbatida, «Informa-sion jamiyat» nazariyasini maydonga keltirdi.


background image

72

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

Asosiy qism

Bu nazariya hozirgi zamon industrial jamiyat to‘g‘risidagi ta’limotlar (Dj. Bell,

U.Rostou, Zbjezinskiy va boshqalar) doirasida ilgari surilgan. Uning mualliflari
O.Toffler, E.Masuda, Dj. Pelon, Dj. Martin va boshqalar hisoblanadi. Bu mualliflar
insoniyat hayot tarzi modelini an’anaviy-industrial (sanoatlashgan) va postindustrial
ko‘rinishda qarab, so‘nggi bosqich kelajagini axborotli-texnikaviy yoki axborotli-
ekologiyaviy tarzda yuz berishini bashorat qilganlar. Kompyuterlashuvni
umumsotsiologik pozitsiyadan turib anglash jamiyat taraqqiyoti-ning yangi «triada»
shaklidagi konsepsiyasini ilgari surishni taqozo qildi. Bu konsepsiyalardan keng
tarqalgani amerikalik sotsiolog D.Belga taalluqli bo‘lib, u asosiy ijtimoiy rivojlanish
bosqichi sifatida agrar, industrial va postindustrial jamiyatlarni ajratib ko‘rsatadi
(postindustrial jamiyatni keyinchalik u informatsion jamiyat deb atagan). XXIasrning
boshiga kelib postindustrial jamiyat fazasiga D.Bell hisoblashicha, AQSH, Yaponiya,
G‘arbiy Evropa davlatlari qadam qo‘yadi.

Agar industrial jamiyat, D.Bell fikriga ko‘ra, mahsulot ishlab chiqarish uchun

mashinalar va insonlarni uyushtirishdan iborat bo‘lsa, postindustrial jamiyatda esa
markaziy o‘rinni bilim, xususan, nazariy bilim egallaydi. «Postindustrial jamiyat
ramzi» va «XXasr ikkinchi yarmi jamiyatini transformatsiya qilish omili» kompyuter
hisoblanadi. U «ommaviy jamiyat boshqaruv apparati bo‘lib, ijtimoiy axborotni qayta
ishlash mexanizmidir. Uning katta hajmi sotsial aloqalarning kengayib borishi bilan
deyarli birgalikda o‘sib boradi» . Ko‘rinib turibdiki, hozirgi zamonda jamiyatning
globallashgani va axborotlashgani (internetlashgani ham) – aniq dalil. Xo‘sh, bu dalil
jamiyatning sohalarida qanday namoyon bo‘lmoqda? Iqtisodiyot sohasida ishlab
chiqarish bilan xizmat ko‘rsatish nisbatida birinchisining hisobiga ikkin-chisining
kengayishi ro‘y bermoqda. Ma’naviy-madaniy sohadagi tub o‘zgarishlar ommaviy
ruhiyatda, ta’lim tizimida, har bir inson saviyasida o‘z ifodasini topmokda. Odatda, bu
sohadagi o‘zgarishlar boshqa soxalar o‘zgarishlariga zamin tayyorlaydi. Ma’naviy
hayotdagi o‘zgarishlar dastavval fanning yangi ratsional ko‘rinish-larida hayot va
inson haqidagi bilim tarmog‘i bo‘lgan biologiyada vujudga kelmoqda. Dastlab
mikroorganizmlarga tatbiqan shakllangan gen injeneriyasida xozirgi vaqtda inson
genomi, irsiylikning genetik kodi masalalari jiddiy o‘rganilmoqda. Ilmiy tadqiqotlar
doirasiga alohida kishilarning o‘ta sezgirlik qobiliyati-ni, biomaydonini o‘rganish
kiritilmokda. Insonning imkoniyatlari, qobiliyatlari va qator sifatlari to‘g‘risida yangi
qarashlar paydo bo‘lmoqda. Shuningdek, olamning kelib chiqishi va rivojla-nishi
qonuniyatlariga, koinotdagi jarayonlarning kishilar hayotiga ta’siriga oid masalalar
bo‘yicha ham yangicha nuqtai nazarlar shakllanmoqsa. Kompyuterlashtirish kishilik
jamiyati dinamikasining navbatdagi yo‘nalishi sifatida, hayotning qator sohalarida
bo‘lgani kabi, san’atda ham jadal tatbiq etilmoqda. Maorif sohasida jiddiy o‘zgarishlar
bo‘lmoqsa. Jumladan, kechayotgan fan inqilobi va axborotlashuv tufayli o‘qish,
o‘qitish ishlarining samarador-ligini yanada oshirish imkoniyati yaratilmokda. Buning
natijasida rivojlangan mamlakatlar bo‘lgan AQSh va Yaponiyada XXI asrda yalpi
elektron oliy ta’limga o‘tish vazifasi kun tartibiga qo‘yilmoqda. Siyosiy sohada ham
axborotlashuv inqilobi tufayli jiddiy o‘zgarishlar kutilmoqda. Chunonchi, davlat


background image

73

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

hokimiyati markazlashganligi o‘rniga shaxs erkinligi salmog‘i oshib bormokda.
Natijada har bir fuqaroning demokratik qarorlar qabul qilishda bevosita ishtirok etishi
ta’minlanadi. Boshqa tomondan qaraganda, davlat markazlashganligining
kuchsizlanishi axborotlarga egalik qilish natijalari bilan ham bog‘liq bo‘lmoqda.

Informatsion jamiyat belgilari tashqi siyosat sohasida, ayniqsa, yaqqol namoyon

bo‘lmoqda. AQShdan tashqari qator mamlakatlar, jumladan, Xitoy, Yaponiya,
Germaniya, Rossiya jahon miqyosida etakchi o‘ringa da’vogarlik qilmoqda. Ayni
vaqtda mintaqalararo ittifoqlarning (masalan, G‘arbiy Evropa, Shimoliy Amerika)
o‘rni kuchaymoqda. Shuningdek, xalqaro tashkilotlarning ahamiyati tobora ortib
bormoqda. Jamiyatning axborotlashuvi ijtimoiy, texnologik, iqtisodiy, siyosiy va
madaniy mexanizmlarning oddiygina bog‘liqligi emas, balki uyg‘unlashgan, umumiy
rivojlanish jarayonidir. Axborotlashuv an’analari va jarayonlari tahlili rivojlangan
informatsion jamiyatlarda barcha yoki deyarli barcha intellektual industriya
markazlashuvi, ular asosiy intellektual resurslar manbai, saqlovchisi, texnologiyalar
ishlab chiqaruvchisi, asosiy madaniy va ijtimoiy-gumanitar zaxiralar egasi bo‘lishini
ko‘rsatmoqda. Dunyoning boshqa dav-latlari esa informatsion texnologiyalar va
informatsion ma’-lumotlar xaridori bo‘lib, ular nisbatan oddiyroq mahsulot ishlab
chiqaruvchiga aylanib boradi. Mazkur masalalar bilan shug‘ullanayotgan ba’zi
mutaxassislar bu hol resurslarning importi va tiklanmaydigan xom ashyo resurslari
eksporti jarayon-lari bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar dolzarbligini oshiradi, deb
hisoblamoqda. Bu, ayniqsa, o‘ziga xos «informatsion koloniya»larga aylanib
borayotgan davlatlar uchun nihoyatda muhim. Ana shu nuqtai nazardan, insoniyat
bilimining umumiy zaxirasi, informatsion aloqadorlik, intellektual daxlsizlik
muammolari ham e’tiborni talab qiladi. Bu masalalar mazkur mavzuga sig‘maydi,
biroq ularni anglash va o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Internet.

Tizimidan to‘g‘ri foydalanishni yoshlarni g‘oyaviy himyalashdagi

ma’no-mazmunini va ahamiyatiga to‘xtalganimizda ular quyidagilardan iboratdir.
Bugungi dunyo mislsiz ko‘lamdagi axborotlar oqimi-ning bosimi ostida yashamoqda.
Insoniyat hayotining barcha sohalari uning asosiy strukturaviy elementi bo‘lgan
Internet tizimi bi-lan qamrab olingan. O‘tgan asrning 80-yillari o‘rtalariga kelib
ko‘pgina mamlakatlar axborot rivojlanishi yo‘liga – Internet, multimedia,
kosmonavtika, OAV, uyali, radio va sun’iy yo‘ldosh aloqasiga asoslangan axborot
tizimiga o‘tdi. Shuni ta’kidlash ke-rakki, bugungi dunyoda axborot texnologiyasi
sohasida sifat jihatidan ham juda muhim o‘zgarishlar yuz bermoqsa. Agar birinchi
kompyuterlardan 30-yillarda elektromexanik rele asosida hisoblash maqsadida
foydalanilgan bo‘lsa, 60-yillardagi ikkinchi av-loddan boshlab kompyuterlar yarim
o‘tkazgichli tranzistorlar asosida tayyorlanmokda. Ilgari bu kompyuterlar bir-biri bilan
juda yaqin masofada boglangan bo‘lsa, endilikda dunyoning xohlagan nuqtasidagi
kompyuter boshqa joydagisi bilan bemalol bog‘lanishi mumkin. Kompyuterlararo
uzatilayotgan xabar esa oddiy yozishma, shaxsiy maktub yoki insoniyat va xalqlar
taqsiriga xavf solayotgan terroristik harakatlar dasturi bo‘lishi ham mumkin. Kompyu-
terlarning beshinchi avlodi hatto intellektual vazifalarni ham echishga qodir.
Kompyuterlarning oltinchi va ettinchi avlodlari har birining protsessorida 80-100


background image

74

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

million tranzistor bo‘lib, har soniyada 2 milliardgacha vazifani bajara oladi. Ular
bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab ro‘y berayotgan voqealar oqimiga mos holda ax-
borotlarni Internet tarmog‘i orqali tarqatmoqda.

Texnik mo‘‘jizalar dunyoni zabt etayotir, so‘zlashuv hajmi ham sezilarli oshib

bormoqda, dunyoda mobil telefon abonentlari soni oddiy telefon abonentlari sonidan
ancha oshib ketdi. Bir qarashda, axborotlar dunyosidagi aloqa tizimi – uyali telefonlar
va Internetning goyalar falsafasiga aloqador emasdek tuyuladi Ammo aynan ana shu
tizim insoniyat hayoti va aloqalari tuzilmasida katta inqilobiy o‘zgarishga olib keldiki,
hozircha mutaxassislar asosan uning axborot almashuv funksiyasiga ko‘proq e’tibor
bermoqsalar. Faqat keyingi yillardagina ushbu tarmoqlar nihoyatda tezlik bilan
tarqalayotgan yuyalar oqimi ekashshgi ayonlashib, uning ta’siri bilan bog‘liq
masalalarga e’tibor qaratilmokda.

Bu yangi texnologiyadan insoniyat jamiyati taraqqiyotini ja-dallashtirish emas,

balki uning taraqqiyotiga to‘sqinlik qilish maksadida foydalanish holatlari ham
mavjud. Bunga kiberter-rorizm yaqqol misol bo‘la oladi. Kiberterrorizm (kiber –
urush). – kompyuter va Internet tizimlariga hujum ma’nosini angla-tadi. Bu hodisa
1990 yillarda birinchi marta sodir etildi. Uning maqsadi muayyan hujjatlar biron-bir
kompyuterda saqlangani-ni hisobga olib, uning faoliyatida uzilish hosil qilish, muhim
axborotlarni yo‘qotish, pul ishlab olish hisoblanadi. Masalan, 2005 yil avgustida
kiberguruhlar Shri-Lanka davlatining «Qora tigrli Internet» nomli elektron pochtasiga
hujum qilganlar, 2006 yilda xakkerlar hindlarning yadro qurolini sinab ko‘rishiga
qarshilik qilib, Badha shahridagi Xind atom tadqiqotlari markazining kompyuterdagi
kayd daftarchasini hamda elektron pochtasini yo‘q qilishgan. 2008 yilda birgina
Kanada davlatida turli mahkama va tashkilotlarning kompyuter zaxirasiga 862 ta ana
shunday xurujlar sodir etilgan. Ko‘pgina hollarda bunday xatti-harakatlar banklarga
qaratilgan bo‘lib, ba’zida xakker-lar mo‘maygina pul ishlab olgan hollar ham
kuzatilmoqsa.

Shuningdek, kiberterroristlar o‘zlarining ba’zi buzg‘unchi g‘oya, maqsad va

vazifalar»ini tarqatishda uyali telefon hamda Internetdan ham foydalanishmoqda.
Muayyan mafkuraviy poligonlarning muttasil tarqatilgan axborotlaridagi yovuz va
zararli g‘oyalar oqimi, teleekranlar orqali doimiy namoyish etiladigan jangari filmlar,
yosh avlodga ayniqsa bolalarga mo‘ljallangan buzg‘unchi g‘oyalar asosida ishlangan
o‘yinlar, kompyuter tarmoqlari dasturlarini ishdan chi-qaradigan «virus»larni tarkatish
bunga yaqqol misol bo‘ladi.

Yuqoridagi mulohazalar globallashuv jarayonining mazmun-mohiyati, ijobiy va

salbiy jihatlarini teran anglash, uning jamiyatimiz hayotining siyosiy, ijtimoiy-
iqtisodiy, ayniqsa, ma’naviy sohasiga ta’sirini chuqur idrok etishni, g‘oyalar falsafasi
nuqtai nazaridan har tomonlama jiddiy o‘rganishni taqozo etadi. Globallashuvning
milliy davlatchilik, xalqlarning azaldan mavjud bo‘lgan qadriyatlari, urf-odat va
an’analariga nisbatan tahdidi, milliy taraqqiyot tamoyillarini saqlab qolish va
mustaqillikni mustaxkamlash bilan bevosita bog‘liq blgan masalalar ham ushbu
fenomen (hodisa)ning turli jihatlariga muttasil e’tiborni talab qiladi.


background image

75

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

Ana shu sababdan ham bugungi kunda yosh avlodni mamlakatimizning mil-liy

xavfsizligini ta’minlash, xalqimizning barcha qatlamla-ri, ayniqsa, yoshlar qalbi va
ongida bunyodkor g‘oyalarga ishonch va e’tiqod tuyg‘usini shakllantirish nihoyatda
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada Vatan ravnaqi, Yurt tinchligi, aholining
ma’naviy kamoloti uchun mas’ul bo‘lgan barcha davlat va jamoat tashkilotlari, oila,
mahalla va ommaviy axborot vositalarining faoliyati samarasini, ma’naviy-ma’rifiy
ishlarning ta’sirchanligini yanada oshirish hozirgi davrning eng dolzarb vazifalaridan
biriga aylanib bormoqda.

Mustaqillik o‘zbek matbuotini, ommaviy axborot vositalarini o‘z milliy zaminiga

qaytardi, oyoqqa turg‘izdi, o‘zbek davlatchiligining asl ifodachisiga, g‘oyaviy
himoyachiga aylantirdi, unga huquqiy poydevor yaratdi. O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasida shunday deyilgan: “Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga
muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda
javobgardirlar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi”.

Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2010 yil 12 noyabrda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma
majlisidagi ma’ruzasida axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini
ta’minlash masalalariga to‘xtalib o‘tib: “Bugun biz demokratik jarayonlarni
chuqurlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakatimiz
siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki haqida so‘z yuritar ekanmiz, albatta,
axborot erkinligini ta’minlamasdan, ommaviy axborot vositalarini odamlar o‘z fikr va
g‘oyalarini, sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabati va pozitsiyasini erkin ifoda
etadigan minbarga aylantirmasdan turib, bu maqsadlarga erishib bo‘lmasligini
o‘zimizga yaxshi tasavvur etamiz”, deb ta’kidladilar.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari rivojini

ta’minlashga xizmat qiladigan demokratik talab va standartlarga to‘la mos keladigan
mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi. Ushbu davrda ommaviy axborot vositalarini
erkin va jadal rivojlantirishga, axborot sohasining samarali faoliyat ko‘rsatishini
ta’minlashga qaratilgan 10 ga yaqin qonun hujjatlari qabul qilindi.

Mavjud bosma davriy nashrlarning 43 foizi, telekanallarning qariyb 53 foizi,

radiokanallarning 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositalari hisoblanadi.

Axborot va so‘z erkinligining mamlakatimizda yuqori darajada ta’minlanishi

birinchidan, fuqarolarning konstitutsion shaxsiy huquqlarini kafolatlash bilan birga,
o‘sib kelayotgan yosh avlodning bilim olish jarayonida o‘ziga kerakli axborotni
ishonchsiz va noxolis tashqi axborot manbalaridan emas, balki mamlakatda ro‘yxatga
olingan va har bir berilgan axboroti uchun javob beradigan manbalardan olishiga
imkoniyat yaratadi.

Demokratik islohotlarni, milliy g‘oyani hayotga tadbiq etishda, yangicha ong,

yangicha tafakkur, yangicha dunyoqarashni shakllantirishni, ommani g‘oyaviy
qurollantirishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni va ahamiyati beqiyos bo‘lib:

birinchidan,

ommaviy axborot vositalari mustaqillikni mustahkamlashga,

erkinlik va islohotlarni amalga oshirishga, yangicha tafakkur va zamonaviy
dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qiladi. Darhaqiqat, O‘zbekistonda barpo


background image

76

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

etilayotgan o‘ziga xos demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyat ommaviy axborot
vositalari faoliyatining ko‘lamini, maqsad va vazifalarini belgilab beradi;

ikkinchidan,

ommaviy axborot vositalari milliy mustaqillikning Vatan, xalq,

millat taqdiridagi o‘rni va ahamiyatini, o‘tmish rejalari va xalqimizning bunyodkorlik
faoliyati misolida yoshlarni g‘oyaviy tarbiyalaydi, ularda Vatanga sadoqat,
mustaqillikka muhabbat tuyg‘ularini avj oldiradi;

uchinchidan,

ommaviy axborot vositalari demokratik islohotlar ahamiyatini,

davlatning ichki va tashqi siyosatini odamlar, yoshlar ongiga etkazadi. Inson va jamiyat
manfaatlarini himoya qilishda davlat va jamiyat o‘rtasida vositachilik vazifasini
bajaradi;

to‘rtinchidan,

axborot vositalari ijtimoiy fikrni shakllantiruvchi omillardan biri.

U jamoatchilikni hokimiyatni boshqarishda qatnashishga jalb etadi, qonunlar, qarorlar
qabul qilishda qatnashishga da’vat qiladi, shy tariqa ularni sissiy, g‘oyaviy ruhda
tarbiyalaydi;

beshinchidan,

mustaqil O‘zbekistonda axborotlarning mafkurasidan mutlaqo

xoliligi nazarda tutiladi, jamiyatning xolisona, haqqoniy, xilma-xil axborotlarga
bo‘lgan ehtiyoji qondiriladi;

oltinchidan,

mamlakat aholisini, chet el jamoatchiligini O‘zbekistonning siyosiy-

iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy hayotidagi o‘zgarishlardan xabardor qilish va hokazolar.

Mamlakatimizda o‘tgan tarixiy davr mobaynida ommaviy axborot vositalarini

maqomini yuksaltirishga qaratilgan keng qamrovli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar
amalga oshirildi.

Yurtimizda, avvalo, ommaviy axborot vositalari rivojini ta’minlaydigan,

demokratik talab va standartlarga to‘la mos keladigan mustahkam qonunchilik bazasi
yaratildi. Ushbu davrda ommaviy axborot vositalarini erkin va jadal rivojlantirishga,
axborot sohasining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan bir nechta
qonun hujjatlari qabul qilindi.

Yuridik va jismoniy shaxslarning, axborot texnologiyalari va tizimlarini qo‘llagan

holda, axborot resurslaridan foydalanish mexanizmlarini belgilab bergan yangi
tahrirdagi “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi ommaviy
axbarot vositalarini modernizatsiya qilishni jadal rivojlantirishda muhim ahamiyat
kasb etadi. O‘zbekistonda keyingi yillarda sun’iy yo‘ldosh aloqa tarmog‘i orqali
teleradio dasturlarni tarqatish yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda mamlakatimiz
telekommunikatsiyalar tizimi dunyoning 180 ta mamlakatiga 28 ta yo‘nalish bo‘yicha
to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqadigan xalqaro kanallarga ega. YUrtimizdagi teleradiokanallar
tomonidan tayyorlanayotgan ko‘rsatuv va eshittirishlar Internet global tarmog‘i orqali
real vaqt rejimida jahonga uzatilmokda.

So‘nggi yillarda yangi tahrirdagi “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi

Qonunga, shuningdek, “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”, “Reklama to‘g‘risida”,
“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi va boshqa bir qator qonunchilik
hujjatlariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu esa yangi siyosiy shart-
sharoitlarda ommaviy axborot vositalari sohasidagi demokratik islohotlarni yanada
chuqurlashtirishni ta’minladi. SHu bilan birga, nodavlat ommaviy axborot vositalarini


background image

77

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

rivojlantirish, ularning axborot sohasini demokratlashtirishda faol ishtirokini
ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli institutsional islohotlar amalga oshirildi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) kun sayin jadal sur’atlar bilan

rivojlanib borayotganligi sababli ham, ulardan ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha
sohalarida, ayniqsa,ta’lim sohasida foydalanish asrimizning eng dolzarb vazifasi bo‘lib
bormoqda. 1997 yilda davlatimiz tomonidan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning sifat bosqichida mamlakatimizda AKTni joriy
etish, ta’lim tizimiga xorijiy yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish va
uning ijobiy tajribalarini jalb etish ta’lim sohasidagi muhim vazifalardan biridir. SHu
nuqtai iazardan, mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida etuk mutaxassis kadrlar
tayyorlash, ta’lim samaradorligini oshirish, ta’limning yuqori sifat darajasida o‘kuv
mashgulotlarini o‘tishni ta’minlash, mustaqil ta’lim olish va o‘z-o‘zini mustaqil
nazorat qilish imkonini yuzaga keltirish, bilim oluvchilarning ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirish, axborotni mustaqil o‘rganishning turli uslublarini qo‘llash, o‘quv
materiallarni o‘rganish vaqtini tejash va boshqa bir qator mas’uliyatli vazifalarni
amalga oshirishda AKTdan keng ko‘lamda foydalanilmokda. Bu borada ta’lim tizimini
isloh qilish bo‘yicha “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da bozor iqtisodiyoti
talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlovchi ta’lim muassasalarida o‘quv
jarayonini zamonaviy AKT, kompyuterlashtirish va komiyuter tarmoqlari negizida
tashkil etish zarurligi alohida ta’kidlab O‘zbekiston Respublikasining
“Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni (“O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
to‘plami”, 2004 yil, 6-son), Birinchi Prezidentimizning 2002 yil 30 maydagi
“Kompyuterlashtirishni

yanada

rivojlantirish

va

axborot-kommunikatsiya

texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida” PF-3080-sonli Farmoniga (“Xalq so‘zi”, 116
(2944)-son, 2002 yil, 1 iyun) muvofiq, bugungi kunda mavjud vazirlik va
idoralar,jamoat birlashmalari tomonidan ta’lim sohasida AKT xizmatlarini
rivojlantirish borasida aniq maqsadga yo‘naltirilgan muhim vazifalar amalga
oshirilmoqda.

Bugungi kunda oliy ta’lim olishga intilayotgan yoshlar salmog‘i kundan-kunga

o‘sib borayotganligini kuzatish mumkin. Agar mamlakatimizda 2005 yilda oliy ta’lim
muassasalarida tahsil olayotgan talabalar soni 263600 nafarni tashkil etgan bo‘lsa,
2006 yilda ushbu ko‘rsatkich 278700 nafarga, 2007 yilda 286300 nafarga, 2008 yilda
300000 nafarga etganini, 2009 yilda esa mamlakatimizning 60 dan ortiq oliy ta’lim
muassasalarida tahsil olayotgan talabalar soni 300000 dan ham oshganini e’tirof etish
o‘rinli. Bu raqamlardan shuni aytish mumkinki, mamlakatimizda ta’limga, xususan,
oliy ta’limga bo‘lgan talab yillar dvomida ortib bormokda. Demak, bugungi
yoshlarning tafakkuri va onggi o‘smoqda. Ular kelajakda jamiyat uchun kerakli shaxs
bo‘lib etishishlari uchun zamon talabiga javob beradigan kadrlar orasida o‘z o‘rinlarini
topishlari kerakligini anglab etganlar. Kelajak avlod kun sayin yangilanib borayotgan
texnologiyalar bilan ishlash, marketing va menejment faoliyatini yaxshi bilgan holda
ishlab chiqarishda faoliyat yuritish, yangiliklar yaratish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
AKTni ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha jamiyatimizning tez sur’atlar bilan o‘sib
boruvchi ehtiyojlari oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayonida elektron darslik va


background image

78

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

qo‘llanmalar, virtual stendlar, intellektual tizimlar, AKT vositalari va Internet
imkoniyatlaridan foydalangan holda masofaviy o‘qitish, shuningdek, masofaviy
ta’limni joriy etish bilan bog‘liq nazariy va amaliy tadbirlar bajarilishini taqozo etadi.
Shu bilan birga, O‘zbekistonda AKTning yuqori darajada rivojlanganligi ham
masofaviy ta’limni amalga oshirish uchun etarli shart-sharoitlar mavjudligini bildiradi.
Internet xizmatining tobora yuksalib borayotgani, o‘qitish jarayonida undan to‘g‘ri va
unumli foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj yurtimiz ta’lim tizimida AKTning milliy
strategiyasini izchil joriy etishni taqozo etmoqda. Ushbu strategiya o‘zida oliy ta’lim
maskanlarini AKT bilan ta’minlash orqali iqtisodiy-ijtimoiy ta’lim sifatini oshirish,
elektron o‘quv dasturlarini yaratish, o‘qituvchi va o‘quvchilarning AKTdan
foydalanish bilim va ko‘nikmalarini oshirish kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
Mashg‘ulotlar chog‘ida AKTdan keng foydalanish o‘quv materiallarini talabalar
tomonidan qabul qilish va o‘zlashtirish samaradorligini yuksaltiradi.

Aytish lozimki, ta’lim sohasi jamiyat hayotining iqtisodiy sohasida o‘ziga xos

muhim ahamiyat kasb etsa, ta’lim faoliyati esa, jamiyat iqtisodiy rivojlanishining
muhim bir bo‘lagi hisoblanadi. Shu sababli iqtisodiy ta’lim jarayonini axborotlashtirish
orqali shaxsning intellektual salohiyati va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, jamiyatdagi
har bir fuqaroning iqtisodiy bilim va malakasini oshirish, tezkor ta’lim uchun shart-
sharoit yaratish mumkin. Hozirgi kunda nafaqat ta’lim sohasiga, balki milliy
iqtisodning barcha tarmoqlariga Internet, elektron tijorat, elektron biznes, virtual
tijorat, virtual ta’lim, masofaviy o‘qitish, virtual stend texnologiyalaridan keng
ko‘lamda foydalanilmoqda.

O‘zbekiston axborot hamjamiyatini rivojlantirish haqida gap ketganda, shuni

alohida qayd etish kerakki, so‘nggi 10 yil davomida jami 2,5 milliard AQSH dollariga
teng bo‘lgan 40 dan ortiq loyihalar amalga oshirildi. Natijada barcha shaharlararo va
xalqaro hamda 98 foiz mahalliy telefon stansiyalari raqamlashtirilishiga erishilib, bu
aholiga zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishda qo‘l kelmokda.
Internetning www.uza.uz, www.google.co.uz, www.ziyonet.uz, www.islom.uz,
www.ziyo.uz,

www.lex.uz,

www.norma.uz,

www.kun.uz,

www.gazeta.uz,

www.parliament.gov.uzva shu kabi boshqa saytlaridan unumli foydalanish mumkin.

Muxtasar

qilib

aytish

mumkinki,

keyingi

yillardagi

kompyuter

texnologiyalarining tezkorlik bilan rivojlanishi ularning o‘quv jarayoniga keng
miqyosida joriy qilinishiga olib keldi. Ma’lumki, 2002 yil 30 mayda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Shu
asosda O‘zbekiston Respublikasida axborotlashtirishni rivojlantirish konsepsiyasi
ishlab chiqildi. Shuningdek, bu konsepsiyada axborot xavfsizligini ta’minlashga
qaratilgan quyidagi masalalargi alohida e’tibor qaratildi:

- axborot xavfsizligi sohasidagi me’yoriy huquqiy ba’zani yanada

takomillashtirish;

- foydalanuvchilarning shaxsiy xatini himoya qilish va ularning xavfsizligini

ta’minlash.


background image

79

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

Butun jahon internet to‘ri dunyo axborot makonining ajralmas muhim bo‘g‘iniga

aylanib bo‘ldi. Hozirda internetdan nafaqat kompyuter tarmoqlari orkali, balki kosmik
aloqa yo‘ldoshlari, planshet, kabel televideniyasi, radiosignallar, uyali aloqa vositalari
orqali ham foydalanish mumkin.

Yoshlar ma’naviyatini yanada shakllantirish uchun OAV va internetdan to‘g‘ri

foydalanish talab etiladi. Ulardan to‘g‘ri foydalangan holatdagina biz yoshlardan,
ularning ma’naviy olamidan eng ezgu o‘y va g‘oyalar hamda ulkan marralarni hech
ikkilanmasdan kutish mumkin.

Xulosa

Xulosa qilib shuni aytish keraki

y

oshlarni g‘oyaviy jihatdan himoyalanishini

shakllantirish hamda rivojlantirish uzoq davom etadigan dialektik jarayon bo‘lib,
jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy va boshqa
o‘zgarishlarga butunlay bog‘liq.Yoshlarning g‘oyaviy himoyalanish profilaktikasini
bilish va zarur ijobiy yo‘nalishda shakllantirishda “turmush tarzi” kategoriyasini to‘g‘ri
tushunishning ahamiyati katta.Milliy mustaqillikning qo‘lga kiritilishi o‘zbek xalqi
uchun ma’naviy yangilanishning, binobarin, jamiyatning ma’naviy hayotida,
mafkuraviy profilaktika hamda ijtimoiy ong shakllarida yuz berayotgan jarayonlarni
yangicha anglashning boshlanishi bo‘ldi.Mustaqil O‘zbekistonning a’naviy-axloqiy
yangilanishining asosiy belgilariga quyidagilarni kiritish zarur: milliy va
umumbashariy

qadriyatlarga

sadoqat;

xalqimizning

ma’naviy

merosini

mustahkamlash hamda rivojlantirish; har bir kishi ma’naviy salohiyatini o‘zi ro‘yobga
chiqarishi; vatanparvarlik, gumanizm.

Foydalangan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.: “O‘zbekiston”, 2019.

2.

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida YOshlarga oid

davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonuni 1991 yil 20 noyabr, 2014 yil 6 fevral
yangi tahrirda.

3.

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida YOshlarga oid

davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni. Xalq so‘zi. 2016 yil 15 sentyabr, №182 (6617).

4.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 2006yil 25avgustdagi “Milliy g‘oya

targ‘iboti va ma’naviy ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi PQ-454
sonli qarori “Xalq so‘zi” gazetasi 2006 yil 26 avgust

5.

O‘zbekiston Respublikasining “Bola hukuqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi

Qonuni. 2008 yil 7 yanvar. “Xalq so‘zi” 2008 yil 8 yanvar.

6.

Juraevna, K. T. (2020). Ideological and theoretical bases and problems of

protection of young generation from the effects of globalization.

International Journal

on Integrated Education

,

3

(3), 67-69.

7.

Juraevna, K. T. (2020). Professional profile-as an important way of protecting

the young generation.

International Journal on Integrated Education

,

3

(3), 70-72.

8.

Dilfuza, D. (2017). HUMANITY AND DIVINITY RESEARCHES IN THE

ORIENTAL PHILOSOPHY.

Theoretical & Applied Science

, (10), 51-53.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.: “O‘zbekiston”, 2019.

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida YOshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonuni 1991 yil 20 noyabr, 2014 yil 6 fevral yangi tahrirda.

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida YOshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni. Xalq so‘zi. 2016 yil 15 sentyabr, №182 (6617).

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 2006yil 25avgustdagi “Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi PQ-454 sonli qarori “Xalq so‘zi” gazetasi 2006 yil 26 avgust

O‘zbekiston Respublikasining “Bola hukuqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni. 2008 yil 7 yanvar. “Xalq so‘zi” 2008 yil 8 yanvar.

Juraevna, K. T. (2020). Ideological and theoretical bases and problems of protection of young generation from the effects of globalization. International Journal on Integrated Education, 3(3), 67-69.

Juraevna, K. T. (2020). Professional profile-as an important way of protecting the young generation. International Journal on Integrated Education, 3(3), 70-72.

Dilfuza, D. (2017). HUMANITY AND DIVINITY RESEARCHES IN THE ORIENTAL PHILOSOPHY. Theoretical & Applied Science, (10), 51-53.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов