СУЩНОСТЬ И ТЕОРЕТИКО-МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВАНИЯ КОНЦЕПЦИИ НАЦИОНАЛЬНО-ДУХОВНОГО ПОТЕНЦИАЛА

CC BY f
146-154
12
0
Поделиться
Суюнов , Ш. (2023). СУЩНОСТЬ И ТЕОРЕТИКО-МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВАНИЯ КОНЦЕПЦИИ НАЦИОНАЛЬНО-ДУХОВНОГО ПОТЕНЦИАЛА . Предпринимательства и педагогика, 1(2), 146–154. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/27334
Шерзодбек Суюнов , Денауский институт предпринимательства и педагогики
Заведующий кафедры “Дошкольное образование” Денауский институт предпринимательства и педагогики
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье отражены сущность понятия «национально-духовный потенциал» и теоретико-методологические основания. Авторское определение понятия «национально-духовный потенциал» разработано путем выяснения содержания понятий «национальная духовность» и «компетентность», обобщения мнений и определений, представленных в научных источниках. Также обсуждаются определения содержания духовного потенциала, существующая концепция и деятельность духовного воспитания.

Похожие статьи


background image

147

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

PEDAGOGIKA FANLARI

Suyunov Sherzodbek jamolovich

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

“Maktabgacha ta’lim” kafedrasi mudiri, mustaqil izlanuvchi

sh.suyunov@dtpi.uz

UDK: 37.017.922: 37.018.11

MILLIY MA’NAVIY SALOHIYAT TUSHUNCHASINING MOHIYATI VA

NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI

Kalit so‘zlar:

tarbiya, millat,
ma’naviyat,
salohiyat,
rivojlanish, oila.

Annotatsiya.

Maqolada

“milliy-ma’naviy

salohiyat”

tushunchasi mohiyati, nazariy-metodologik asoslari aks
ettirilgan. “Milliy ma’naviyat” va “salohiyat” tushunchalari
mazmunini yoritish, ilmiy manbalarda keltirilgan fikr va ta’riflar
umumlashtirgan

holda

“milliy-ma’naviy

salohiyat”

tushunchasiga mualliflik ta’rifi ishlab chiqilgan. Shuningdek,
ma’naviy salohiyat mazmuniga doir ta’riflarga, mavjud
konsepsiya va ma’naviy tarbiya faoliyatiga munosabat keltirib
o‘tilgan.

СУЩНОСТЬ И ТЕОРЕТИКО-МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВАНИЯ

КОНЦЕПЦИИ НАЦИОНАЛЬНО-ДУХОВНОГО ПОТЕНЦИАЛА

Суюнов Шерзодбек Жамолович

Заведующий кафедры “Дошкольное образование”

Денауский институт предпринимательства и педагогики

Ключевые
слова:

воспитание,
нация,
духовность,
потенциал,
развитие, семья.

Аннотация.

В статье отражены сущность понятия

«национально-духовный

потенциал»

и

теоретико-

методологические основания. Авторское определение
понятия «национально-духовный потенциал» разработано
путем выяснения содержания понятий «национальная
духовность» и «компетентность», обобщения мнений и
определений, представленных в научных источниках. Также
обсуждаются

определения

содержания

духовного

потенциала, существующая концепция и деятельность
духовного воспитания.


background image

148

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

ESSENCE AND THEORETICAL AND METHODOLOGICAL

FOUNDATIONS OF THE CONCEPT OF NATOINAL SPIRITUAL

POTENTIAL

Suyunov Sherzodbek Jamolovich

Head of the Department “Preschool Education”

Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy,

independent researcher

Keywords:

upbringing,
nation,
spirituality,
potential,
development,
family.

Annotation.

The article reflects the essence of the concept of

"national-spiritual potential" and theoretical and methodological
foundations. The author's definition of the concept of "national-
spiritual potential" was developed by clarifying the content of
the concepts of "national spirituality" and "competence",
summarizing the opinions and definitions presented in scientific
sources. The definitions of the content of spiritual potential, the
existing concept and activities of spiritual education are also
discussed.

KIRISH

“Milliy-ma’naviy salohiyat” nisbatan yangi tushuncha bo‘lib, fanga kirib

kelganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Shu bois bu tushuncha ifodalaydigan hodisalar
konsepsiyasi to‘la ishlab chiqilmagan va bu tushuncha deyarlik o‘rganilmagan. Bu hol
o‘z navbatida mazkur tushunchani alohida va o‘zaro uyg‘un holda tahlil qilish
zaruriyatini vujudga keltiradi.

Prezident Sh.Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga

kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining 2016-yil 14-
dekabrdagi qo‘shma majlisidagi nutqida “Barchamizga ayonki, O‘zbekiston boy
qazilma va tabiiy resurslarga, qudratli iqtisodiy va insoniy salohiyatga ega. Biroq
bizning eng katta boyligimiz – bu xalqimizning ulkan intellektual va ma’naviy
salohiyatidir”[1, 13-b.], - deya ilk bora “ma’naviy salohiyat” jumlasini tilga oldi. Zero,
har bir mamlakatning davlatchilik tarixida aholining ma’naviy salohiyati muhim o‘rin
tutgan. Singapur mo‘jizasi muallifi Li Kuan Yuning tizimi ham, “Koreya iqtisodiy
mo‘jizasi otasi” deb ataluvchi, Janubiy Koreyaning o‘n sakkiz yillik rahbari Pak Chon
Xi g‘oyalari asosida ham xalqning ma’naviy kamoloti va salohiyati, mehnatsevarligi
va vatanparvarligi aks etadi. Mamlakatimiz boshdan kechirayotgan jadal rivojlanish
davrida ham mazkur jumla ahamiyati bot-bot tilga olindi. Shulardan, “Harbiy-jangovar
salohiyat va yuksak ma’naviy salohiyat O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining ikki buyuk
tayanchiga aylanishi zarur” [2] hamda “... ulkan-ulkan rejalarni amalga oshirish uchun
bizda barcha imkoniyatlar – tabiiy resurslar ham, iqtisodiy, insoniy, intellektual va


background image

149

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

ma’naviy salohiyat ham yetarli”[3] kabi misollarni keltirib o‘tish mumkin. Ma’naviy
salohiyatning milliylik xususiyatlari, uning milliy yuksalish va rivojlanish bilan
bog‘liq jihatlari uni ilmiy o‘rganish va tadqiq qilish uchun asos bo‘lib xizmat qildi.

Milliy ma’naviyat tushunchasi ilk bora mahalliy va xorij olimlarining ilmiy

adabiyotlari hamda tadqiqot ishlarida asoslab o‘tilgan nazariyalar orqali nazariy
jihatdan tadqiq etildi.

ASOSIY QISM

Manbalar tahlili.

Ma’naviyat kishining bor-u yo‘g‘i, inson tanasini tutib

turuvchi suyak va paylar bo‘lsa, insoniy qiyofasini tutib turuvchi jihat bu
ma’naviyatdir. Buyuk fransuz yozuvchisi Onore de Balzak “XIX asr fransuz
yozuvchilariga maktub”ida asarida ham Russoning uch bora degan hayqirig‘ini keltirib
o‘tganida ham hikmat bor. Muddao shuki, ma’naviyat tushunchasi qachon eng qimmat,
qadrli boylikka aylansa, nufuzi o‘z o‘rniga qo‘yilsa, ayni shu yerda, shu zamonda
haqiqiy orzu qilingan muhit yaraladi.

“Millat”, “milliylik”, “milliy g‘urur”, “milliy odob”, “milliy ma’naviyat”

tushunchalarining o‘zagini arabcha “mil” so‘zi tashkil qiladi. Bu so‘z arabchada “tub
mohiyat”, “o‘zak” yoxud “negiz” ma’nolarini anglatadi [4, 131-b.].

Millat - arabcha so‘z bo‘lib, ko‘p manbalarda xalq ma’nosida keladi. “Falsafa”

qomusiy lug‘atida “millat” tushunchasiga zamonaviy ta’rif berilgan. Jumladan, unda
“Millat bu – til, ma’naviyat, milliy o‘zlikni anglash, ruhiyat, urf-odatlar, an’ana va
qadriyatlar yagonaligi asosida muayyan hududda yashovchi, ijtimoiy aloqalar bilan
bog‘langan, mustaqil subyekt sifatida o‘ziga xos moddiy va ma’naviy boyliklarni
yaratuvchi kishilarning etnik birligidir” [5, 134-b.] - deb ta’rif beriladi.

Michael

A.Peters

tahriri ostidagi “Ta’lim falsafasi va nazariyasi

ensiklopediyasi” [6, 1502-b.]da “Millat bu – alohida jihatlari bilan boshqa jamoalardan
ajralib turuvchi va o‘zini o‘zi boshqarish bilan xarakterlanuvchi odamlar birligi”, -
degan ta’rif keltiriladi.

“Millat” tushunchasini ta’riflash murakkab, millat real shaxslardan tashkil

topgan, shu bois ular turli ichki his-hayajon, ruhiy salohiyatga egadirlar. Ularning
darajalariga oxirgi nuqtani qo‘yishga intilishning o‘zi masalaga g‘ayriilmiy
yondoshuvdan boshqa narsa emas. Chunki “milliy jarayon uzluksiz, doimo
harakatdadir” [7, 23-b.] - deb ta’rif beradi, yetakchi olim S.Otamurodov.

“Milliylik” tushunchasi haqida yetarlicha tasavvur hosil qilish uchun “millat”

so‘zining boshqa talqinlariga to‘xtalib o‘tish lozim. Faylasuf A.Erkayev “millat”
so‘zining bir-birini to‘ldiruvchi uch xil ma’nosini farqlaydi. “Millat” so‘zi arabchadan
tarjima qilinsa, birinchidan – din, mazhab; ikkinchidan – ummat; uchinchi holda – xalq,
qavm kabi ma’nolarda keladi [8, 14-b.]. Bu fikrni tasdiqlovchi asoslardan biri sifatida
muqaddas islom dini ahli o‘zlarini Ibrohim alayhis-salom millatidan deb bilishini


background image

150

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

keltirish mumkin. Millat tushunchasi Qur’onda ham keltirilgan. Ya’ni millatga o‘zini
doxil hisoblovchi har bir mo‘min qadriyatlarni rivojlantirishi savob ekanligi qayd
etilgan.

“Ma’naviyat” asosiy tushunchalar izohli lug‘atida “milliy ma’naviyat”

tushunchasiga quyidagicha ta’rif keltirilgan:

“Milliy ma’naviyat – muayyan millatning tabiiy, tarixiy va ijtimoiy rivojlanish

jarayonida yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklari, u yashayotgan hudud, madaniy
meros, milliy madaniyat, til, milliy ong, millat tarixi, o‘tmishi, turmushi va yashash
tarzi, hayotining tartib-qoidalari hamda bu bilan bog‘liq milliy xususiyatlar majmui”
[9, 209-b.].

Milliy ma’naviyat tushunchasining mazmuni I.Karimovning “Yuksak

ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida batafsil tahlil etilgan bo‘lib, ushbu manbaga
tayanib, “milliy-ma’naviy salohiyat” tushunchasining quyidagi tarkibiy qismlarini
ajratib ko‘rsatish mumkin:

1. Millat genefondi, tabiiy betakrorligi, o‘ziga xosligi, tarixiy o‘zgaruvchanligi

va ijtimoiy rangbarangligi.

2. Millatning tarixi, qadimi va kelajagi, ma’naviy merosi.
3. Milliy hudud, jamiyat hayoti, moddiy va madaniy turmush tarzi, iqtisodiy va

ijtimoiy asoslari bilan bog‘liq jihatlar.

4. Milliy urf-odatlar, marosim va an’analar, turmush tarzidagi milliy jihatlar va

ularning o‘ziga xos xususiyatlari.

5. Milliy til, madaniyat, ma’naviyat, ruh, ong, tuyg‘u va g‘oyalarning milliy

jihatlari.

Ma’naviyat tushunchasi mutaxassislar tomonidan milliy, mintaqaviy va

umuminsoniy miqyosda tasniflab o‘rganiladi. Jumladan, milliy ma’naviyat – ma’lum
bir hududda tarixan yashovchi millatning o‘z taraqqiyi jarayonida vorisiylik asosida
shakllantirilgan ma’naviy merosi va boyliklaridir.

Xorijlik olimlardan B.Vilson, J.M.Gottman, J.Kim, V.A.Kanke, T.Parsonslar

ilmiy izlanishlarida shaxs xulq-atvori va strategiyalarining o‘zaro aloqadorligi, shaxs
rivojining intellektual, motivatsion, axloqiy, ijtimoiy va qadriyatli yo‘nalishlarining
o‘ziga xosliklari bayon etilgan [10].

Insonning axloqiy qarashlari, ijtimoiy voqelikka munosabatlari, subyekt

sifatidagi o‘z imkoniyatlarini namoyon qilishi, o‘zligini topishi, aniq maqsad bilan
harakat qilishi, o‘z oldiga vazifa qo‘yishi, muayyan bir g‘oyaga sadoqat zohir etishi
kabi o‘nlab ma’naviy fazilatlar umuminsoniy ma’naviyatning bir qismi sifatida
qaraladi. Ammo bizning tadqiqotlarimizning mavzusi hisoblangan masalalarda,
xususan, oilaning farzand tarbiyasiga munosabat masalasida umuminsoniy va milliy
ma’naviyat o‘rtasida sezilarli tafovut ko‘zga tashlanadi. Xususan, mashhur amerikalik


background image

151

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

psixolog Roy Baumeyster o‘zining “Hayoting tizginini o‘z qo‘lingga ol” nomli ilmiy-
ommabop kitobida bolani tarbiyalashning “sharqona” usulini juda qattiqqo‘llik deb
hisoblaydi va “qat’iyatlilik, ota shaxsining keragidan ortiq darajada ulug‘lanishi
bolaning axloqiy qarashlariga, binobarin, unda shakllanayotgan ma’naviy
fazilatlarning, xususan, mustaqillik, o‘z pozitsiyasini himoya qila olish kabi
sifatlarning ham mo‘tadil rivojlanish jarayonlariga to‘sqinlik qiladi” [11, 164-b.], – deb
hisoblaydi. Holbuki, bizning milliy ma’naviyatimizda, shuningdek, diniy-axloqiy
tarbiyamizda ota-ona farzand tarbiyasida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Buni biz milliy
xususiyatlarimiz aks etgan maqollar va hikmatli so‘zlarda ham ko‘rishimiz mumkin:
“Ota rozi – Xudo rozi”, “Otang o‘tirgan uy tomiga chiqma”, “Otaning ko‘ziga tik
qarama: qiyomating kuyadi” va shu kabilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Ma’naviy-

ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PQ-4307-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi
“Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarida o‘sib kelayotgan yosh avlodning milliy-ma’naviy
salohiyatini rivojlantirish, ularni ma’nan va ruhan sog‘lom, barkamol shaxslar qilib
tarbiyalash umummilliy va davlat ahamiyatiga molik masala sifatida qayd etilgan.

Milliy-ma’naviy salohiyatning mukammal tarzda namoyon bo‘lishini

ta’minlashi kutilayotgan ushbu muhim hujjatda jumladan shunday deyiladi:
“Tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, bolada tayanch fazilatlarni kafolatli
shakllantirishda oila, maktabgacha ta’lim, umumiy ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar va
oliy ta’lim muassasalari, mahallalarning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini to‘liq
yuzaga chiqarishni va ular orasida ilmiy-metodik uzviylikni yangi darajaga ko‘tarishni
taqozo etadi” [12, 1-ilova, 2-band 2-xat boshi].

Hozirgi ilmiy adabiyotlarda salohiyat tushunchasiga ko‘plab ta’riflar berilgan.

So‘zning tub negiziga e’tibor qaratsak, Sh.Rahmatullayev muallifligidagi “O‘zbek
tilining etimologik lug‘ati” 2-jildida keltirilishicha, “salohiyat” so‘zi arabcha so‘z
bo‘lib, “loyiqlik”, “maqsadga muvofiqlik”, “vakolatlilik”, “imkoniyatlilik”
ma’nolarini anglatib, o‘zbek tilida “yuksak qobiliyat - imkoniyatlarga egalik”
ma’nosini anglatish uchun ishlatiladi [13, 373-b.]. “Salohiyat” ko‘plab sohalarga
taaluqli tushuncha hisoblanadi (masalan, siyosiy salohiyat, iqtisodiy salohiyat,
intellektual salohiyat, madaniy salohiyat, ma’naviy salohiyat va h.k.).

O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida “salohiyat” tushunchasi arabcha

“qobiliyat” ma’nosida [14, 84-b.], qobiliyat esa - insonning individual salohiyati va
imkoniyatlari” tarzida keltiriladi. Mazkur tushuncha Rossiyalik madaniyatshunos
mutaxassis L.I.Shayxlislamova tomonidan shunday ta’riflanadi: “Salohiyat - muayyan
maqsadga erishish uchun, ma’lum vazifalarni hal qilishda ishlatilishi mumkin bo‘lgan,


background image

152

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

ma’lum bir sohadagi mavjud bo‘lgan barcha imkoniyat va imkoniyatlar majmuidir”
[15, 102-b.].

“Ma’naviyat” asosiy tushunchalar izohli lug‘atida salohiyatga quyidagicha ta’rif

keltiriladi. “Salohiyat (arabcha – yaroqlilik, vakolat, hukmdorlik) – iste’dodning bir
turi bo‘lib,

insonning muayyan tarzda o‘z ilhomini qabul qilishga tayyorlangandan

so‘ng beradigan sifat. Salohiyat so‘zi kishi yoki millatning ichki imkoniyatlari, to‘la
namoyon bo‘lmagan kuch-quvvati ma’nosida ham ishlatiladi. Salohiyat – millat, xalq,
mamlakat, jamiyat kuch-quvvati, vaqti-soati kelganda namoyon bo‘ladigan iqtisodiy,
ilmiy, ma’naviy va boshqa imkoniyatlaridir” [8, 275-b.].

“Salohiyat” so‘zi psixologik-pedagogik manbalarda keng qo‘llaniladigan

“potensial” tushunchasining ma’nosini o‘zida mujassam etadi. Tadqiqotchi A.Glinka
ushbu tushunchani, ya’ni potentsialni “subyektning ochilmagan, muayyan bir
faoliyatga yo‘naltirilmagan imkoniyatlari” [16, 24-b.], deya ta’rif beradi. Ma’lumki,
muayyan bir qobiliyatning, mahorat va umuman, faoliyatni amalga oshirishga imkon
beradigan ongli harakatning sodir bo‘lishi (kechishi) uchun ma’lum darajada shart-
sharoit zarur bo‘ladi. Mazkur shart-sharoit qanchalik yuqori darajada yaratilsa, shaxs
potensiali ham shunchalik keng miqyosda namoyon bo‘ladi.

Yuqoridagi ta’riflarni umumlashtirib, biz salohiyatga shunday ta’rif beramiz:

salohiyat – muayyan maqsadga erishish jarayonida rivoj topib boruvchi va shaxs yoki
millatning ichki, to‘la namoyon bo‘lmagan yashirin imkoniyatlari va kuch-quvvati
majmuidir.

“Ma’naviyat” tushunchasiga ulkan e’tibor va katta ehtiyoj respublika istiqlolga

erishgandan so‘ng yuksak darajaga ko‘tarildi. Milliy g‘oya va istiqlol mafkurasini keng
joriy etish oldidan xalqning, xususan, yoshlarning qalbidagi g‘oyaviy bo‘shliqni
to‘ldirish ulkan ijtimoiy-ma’naviy masala sifatida oliy minbarlardan turib aytildi.
Masalaning yechimi sifatida “shaxsning axloqiy sifatlarini, botiniy mukammalligini,
ichki ijobiy potensialini, borliq va jamiyatga munosabatlarini, madaniy kamolotini
o‘zida mujassam etgan “ma’naviyat” tushunchasining iste’molga kirishiga zamin
yaraldi, ya’ni ma’naviyat bu borada eng zaruriy, shaxs botiniy-g‘oyaviy ehtiyojini
qondiruvchi muhim “ozuqa” bo‘ldi” [7, 42-b.]. Ozod Sharofiddinovning
ta’kidlaganidek, “o‘z tarixi, ko‘hna madaniyati, milliy qadriyatlariga ehtiyojmand xalq
uchun ma’naviyat uning tom ma’noda uyg‘onishini ta’minlovchi buyuk omil bo‘ldi”
[17, 2-s.].

Izlanishlar natijalaridan kelib chiqib, ma’naviyatga quyidagicha ta’rif beramiz:

ma’naviyat – shaxsning axloqiy va intellektual salohiyati, dunyoqarashi, e’tiqodi va
estetik didi majmuasi.

Yuqorida keltirib o‘tgan fikrlarni umumlashtirgan holda, milliy-ma’naviy

salohiyatga quyidagicha ta’rif keltirmoqchimiz.


background image

153

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

Milliy-ma’naviy salohiyat – ma’lum bir etnos, xalq, millatga xos umumiy milliy

negizlar asosida ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shakllanadigan, ularning turmush tarzi,
tili, urf-odat va an’analari, qadriyatlariga xos va mos bo‘lgan ma’naviy xususiyatlari,
fazilatlarining ichki imkoniyat darajasi, vaqti-soati kelganda namoyon bo‘ladigan
kuch-qudrati majmui.

XULOSA

Ma’naviyat – hayotni, umrni ma’no bilan to‘ldirish, sermazmun qilish. Shu

yo‘ldagi zahmatli zavqdir. Ma’no avvalo, inson ong-u shuuri, tafakkurida, bolalikdan
boshlangan hayotiy saboqlar, tajribalarda, keyinchalik adabiyot, san’at, ilm-fan
vositasida paydo bo‘ladi. Bolalikdagi ezgulik va yomonlik haqida shakllangan ilk
tushunchalar inson ma’naviy dunyosining poydevoriga aylanadi. Muayyan millatning,
xalqning ham ma’naviyati ayni shu zayl shakllanadi, rivoj topadi.

Millat taqdiri uchun o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’nan yetuk bo‘lib kamol

topishi, ijtimoiy reallikda o‘z ma’naviy salohiyatini namoyon qilishi ustuvor masala.
Milliy-ma’naviy salohiyatning rivojlanishi uchun milliy madaniyat, qadriyatlar, san’at,
diniy, ijtimoiy va oilaviy marosimlar, urf-odatlarga qadriyatli munosabatning
rivojlanishi, tarbiyada hamkorlik tizimining amalda faoliyat yuritishi, o‘zaro
munosabatlar ko‘lamining kengayishi, tarbiyada vorisiylik tamoyilining amalda
ishlatilishi kabi vositalar zarur.

Milliy-ma’naviy salohiyat rivojlanishida avvalo, milliy tarbiya va ma’naviy-

axloqiy tarbiyalanganlik darajasi yuzasidan aniq mezon va indikatorlar ishlab chiqish,
har bir yosh davrlaridagi tadrijiylik va uzluksizlik tamoyillariga asoslangan tarbiya
metodikasini ishlab chiqish, farzand tarbiyasi borasidagi amaliy faoliyatda milliy va
zamonaviy pedagogikaning ilg‘or tajriba va yutuqlaridan foydalanish, ma’naviy
tarbiyada bosqichma-bosqich rivojlanish va uzluksizlik tamoyillariga asoslanish lozim.

“Milliy-ma’naviy salohiyat” tushunchasi mazmun-mohiyati keng va ko‘pqirrali

bo‘lib, ilmiy izlanish va o‘rganishlar tadrijiyligini talab etadi. Ma’lum bir shaxs,
millatning milliy-ma’naviy salohiyatini oshirish esa, asrlar tajribasida sinalgan bir
qator omil va vositalariga ehtiyoj paydo qiladi. O‘tmishda bir tilli va ozaro yaqin
qavmlardan iborat davlatlar hukm surganini bilamiz. Qanchalik ulkan va qudratli
bo‘lmasin, oqibatda tanazzulga yuz tutgan. Ularni halokatga olib kelgan sabablardan
biri – o‘sha davlatlardagi elatlarning yagona millat tarzida shakllanmaganidir. Illo,
davlat tuzish ishi qanchalik murakkab bo‘lsa, millatning shakllanishi undan-da og‘ir
va qiyin jarayondir. Millat nafaqat moddiy, balki ma’naviy mushtaraklik natijasida
ham dunyoga keladi. Ma’naviy salohiyat esa millat ustunlarini tutib turuvchilik
vazifasini o‘taydi. Uningsiz millat yo‘qlikka uchraydi, ming afsuski, bunda qayta
tiklash imkonisiz abadiy yo‘qoladi.


background image

154

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

Xalq va jamiyat taraqqiy etar ekan, inson qadri ulug‘lanar ekan, milliy-ma’naviy

salohiyatga ehtiyoj ortaveradi. Chunki, xalq ham, davlat ham yuksak ma’naviyatli
fuqaro, salohiyatli yoshlar bilan o‘z belgilab olgan taraqqiyot yo‘lidan odimlab
borishdan doimo manfaatdordir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Mirziyoyev, Sh.M. (2017). Erkin уа farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz. Toshkent: O‘zbekiston. 32.

2.

Mirziyoyev, Sh.M. (2023). 13.03.2023-yildagi Surxondaryo viloyati Termiz
shahridagi “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyiga tashrif davomidagi
nutq.

3.

Mirziyoyev,

Sh.M.

(2021).

O‘zLiDePdan

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentligiga nomzodning 22.09.2021-yildagi Xiva shahrida Xorazm viloyati
saylovchilari bilan uchrashuvdagi nutqi.

4.

Quronov, M. (2014). Bolam baxtli boʻlsin, desangiz…: tarbiya kitobi. Oʻquv
qoʻllanma. Toshkent: Ma’naviyat. 320.

5.

Falsafa qomusiy lug‘at. (2004). Q.Nazarov tahriri ostida. Toshkent: Sharq. 496.

6.

Michael A. Peters. (2017). Encyclopedia of Educational Philosophy and Theory.
Singapore: Springer Science. 2448.

7.

Otamurodov, S. (2008). Globallashuv va millat. Toshkent: Ma’naviyat. 204.

8.

Erkayev, A. (2009). Ma’naviyat va taraqqiyot. Toshkent: Ma’naviyat. 480.

9.

O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. (2010). “Ma’naviyat” asosiy tushunchalar
izohli lug‘ati. Toshkent: G‘afur G‘ulom. 760.

10.

Wilson, B. J., & Gottman, J. M. (1996). Attention-the shuttle between emotion and
cognition: Risk, resiliency, and physiological bases. In E. M. Hetherington & E. A.
Blechman (Eds.),

Stress, coping, and resiliency in children and families

. Lawrence

Erlbaum Associates, Inc. 189-228.

11.

Baumeyster, R. (2022). Hayoting tizginini o‘z qo‘lingga ol. Toshkent: Omad
Nishona Nur. 56.

12.

Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori,
31.12.2019-yildagi 1059-son.

13.

Rahmatullayev, Sh. (2003). O‘zbek tilining etimologik lug‘ati 2-jild. Toshkent:
Universitet. 600.

14.

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi (S harfi). (2005). Toshkent: O‘zbekiston milliy
ensiklopediyasi DIN. 840.


background image

155

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

15.

Shayxlislamova, L.I. 2013. Културный потенциал: определение, сущност,
специфика // В мире науки и искусства: вопросы филологии,
искусствоведения и културологии: сб. ст. по матер. ХХIII междунар. науч.-
практ. конф. – Новосибирск: СибАК. Cтр. 102.

16.

Глинка, А.Н. (2008). Сила воли – как способ проявления потенциала
личности. Mосква: Вестник МГУ. Стр. 24.

17.

Sharofiddinov, O. (1996). Bozor – ma’naviyat ko‘zgusi. Toshkent: Tafakkur
jurnali. 1-son. 6-17.

Библиографические ссылки

Mirziyoyev, Sh.M. (2017). Erkin уа farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent: O‘zbekiston. 32.

Mirziyoyev, Sh.M. (2023). 13.03.2023-yildagi Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyiga tashrif davomidagi nutq.

Mirziyoyev, Sh.M. (2021). O‘zLiDePdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning 22.09.2021-yildagi Xiva shahrida Xorazm viloyati saylovchilari bilan uchrashuvdagi nutqi.

Quronov, M. (2014). Bolam baxtli boʻlsin, desangiz…: tarbiya kitobi. Oʻquv qoʻllanma. Toshkent: Ma’naviyat. 320.

Falsafa qomusiy lug‘at. (2004). Q.Nazarov tahriri ostida. Toshkent: Sharq. 496.

Michael A. Peters. (2017). Encyclopedia of Educational Philosophy and Theory. Singapore: Springer Science. 2448.

Otamurodov, S. (2008). Globallashuv va millat. Toshkent: Ma’naviyat. 204.

Erkayev, A. (2009). Ma’naviyat va taraqqiyot. Toshkent: Ma’naviyat. 480.

O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. (2010). “Ma’naviyat” asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. Toshkent: G‘afur G‘ulom. 760.

Wilson, B. J., & Gottman, J. M. (1996). Attention-the shuttle between emotion and cognition: Risk, resiliency, and physiological bases. In E. M. Hetherington & E. A. Blechman (Eds.), Stress, coping, and resiliency in children and families. Lawrence Erlbaum Associates, Inc. 189-228.

Baumeyster, R. (2022). Hayoting tizginini o‘z qo‘lingga ol. Toshkent: Omad Nishona Nur. 56.

Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.12.2019-yildagi 1059-son.

Rahmatullayev, Sh. (2003). O‘zbek tilining etimologik lug‘ati 2-jild. Toshkent: Universitet. 600.

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi (S harfi). (2005). Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi DIN. 840.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов