ИСТОРИЧЕСКОЕ ФОРМИРОВАНИЕ ТОЛЕРАНТНОСТИ В УЗБЕКИСТАНЕ И ЕЕ ЗНАЧЕНИЕ СЕГОДНЯ

CC BY f
158-164
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Ташболтаева U. . (2024). ИСТОРИЧЕСКОЕ ФОРМИРОВАНИЕ ТОЛЕРАНТНОСТИ В УЗБЕКИСТАНЕ И ЕЕ ЗНАЧЕНИЕ СЕГОДНЯ. Предпринимательства и педагогика, 3(3), 158–164. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/48345
Умида Ташболтаева , Узбекско-Финляндский педагогический институт
Теория и история педагогики (по видам деятельности) магистрант 2 курса
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье описывается историческое становление и развитие толерантности в нашей стране, ее роль и значение в государственной политике сегодня. Сегодня отношение к толерантности растет во всем мире. В то время, когда религиозный экстремизм и нетерпимость находятся на подъеме, путь к спасению лежит через толерантность. В каждом периоде были свои нетерпимости и войны. От правителей требовались качества справедливости, терпимости, дружбы, доброты, смирения и доброжелательности, чтобы вести мирную и мирную жизнь и обеспечивать благополучие народа. Ведь надо быть хорошим примером для благородных людей. Толерантность – это не понятие, появившееся сегодня, а одна из ценностей, формировавшаяся и развивавшаяся на протяжении многих лет. Толерантность также прошла определенные этапы и не утратила своего значения и по сей день. В статье описывается становление и развитие толерантности в Узбекистане. Как сказал Фараби, когда толерантность будет удалена из сердец, праведных людей в государстве станет меньше, а невежественных - прибавится.


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].

158

PEDAGOGIKA FANLAR

O‘ZBEKISTONDA TOLERANTLIKNING TARIXIY SHAKILLANISHI VA

BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI

TOSHBOLTAYEVA UMIDA SOBIROVNA

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

Pedagogika nazariyasi va tarixi

(faoliyat turi bo‘yicha) 2-kurs magistranti

Email:

umidasobirovna0604@gmail.com

UDK:1(09):371

https://orcid.org/0009-0006-5016-3264

Kalit soʻzlar:

Tolerantlik,
Avesto, Islom
madaniyati,
jadidlar, diniy
ekstremezm,
shaxslararo
munosabat,
bagʻrikenglik.

Annotatsiya:

Maqolada yurtimizda tolerantlikning tarixiy

shakillanib rivoj topishi va bugungi kunda davlat siyosatida
tutgan o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Bugungi kunda dunyo
miqyosida tolerantlikka bo‘lgan munosabat jadalligi ortib
bormoqda. Diniy ekstrimizm va murosasizlik avj olgan bir
davrda najot yo‘li tolerantlikda ask etadi. Har bir davrda ham
o‘ziga xos murosasizliklar va urushlar bo‘lgan. Tinch va
osoyishta hayot kechirish, xalq farovonligini taminlash yo‘lida
hukmdorlardan adolat, bag‘rikenglik, do‘stlik,

mehr-

muruvvatlilik, kamtarlik va xayrixohlik sifatlari talab etilgan.
Zero, hukmdor xalqiga yaxshi namuna bo‘lishi lozimdir.
Tolerantlik bugungi kunda paydo bo‘lgan tushuncha emas,
balki yillar, arslar davomida shakillanib, rivojlanib kelayotgan
qadryatlardan biridir. Tolerantlik ham o‘zining ma’lum bir
bosqichlarini bosib o‘tdi va bugungi kunga qadar o‘z
ahamiyatini

yo‘qotmadi.

Maqolada

tolerantlikning

O‘zbekistonda shakillanish va rivojlanish yo‘li yoritib o‘tiladi.
Forobiy aytganidek, bag‘rikenglik qalblardan yiroqlashar
ekan, davlatda solih insonlar kamayib, johil insonlar
ko‘payadi.





background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].

159

ИСТОРИЧЕСКОЕ ФОРМИРОВАНИЕ ТОЛЕРАНТНОСТИ В

УЗБЕКИСТАНЕ И ЕЕ ЗНАЧЕНИЕ СЕГОДНЯ

Ключевые слова:

Толерантность,
Авеста,
исламская
культура,
джадиды,
религиозный
экстремизм,
межличностные
отношения,
толерантность.

Аннотация:

В статье описывается историческое

становление и развитие толерантности в нашей стране, ее
роль и значение в государственной политике сегодня.
Сегодня отношение к толерантности растет во всем мире.
В то время, когда религиозный экстремизм и
нетерпимость находятся на подъеме, путь к спасению
лежит через толерантность. В каждом периоде были свои
нетерпимости и войны. От правителей требовались
качества справедливости, терпимости, дружбы, доброты,
смирения и доброжелательности, чтобы вести мирную и
мирную жизнь и обеспечивать благополучие народа.
Ведь надо быть хорошим примером для благородных
людей. Толерантность – это не понятие, появившееся
сегодня, а одна из ценностей, формировавшаяся и
развивавшаяся

на

протяжении

многих

лет.

Толерантность также прошла определенные этапы и не
утратила своего значения и по сей день. В статье
описывается становление и развитие толерантности в
Узбекистане. Как сказал Фараби, когда толерантность
будет удалена из сердец, праведных людей в государстве
станет меньше, а невежественных - прибавится.

HISTORICAL FORMATION OF TOLERANCE IN UZBEKISTAN AND ITS

SIGNIFICANCE TODAY

Key words:

Tolerance,
Avesta, Islamic
culture, Jadids,
religious
extremism,
interpersonal
relations,
tolerance.

Abstract:

The article describes the historical formation and

development of tolerance in our country and its role and
importance in state policy today. Today, the attitude towards
tolerance is increasing globally. At a time when religious
extremism and intolerance are on the rise, the way to salvation
lies in tolerance. Each period had its own intolerances and
wars. The qualities of justice, tolerance, friendship, kindness,
humility and benevolence were demanded from the rulers in
order to lead a peaceful and peaceful life and ensure the well-
being of the people. After all, it is necessary to be a good
example for the noble people. Tolerance is not a concept that
appeared today, but one of the values that has been formed and


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].

160

developed over the years. Tolerance also went through certain
stages and has not lost its importance to this day. The article
describes the formation and development of tolerance in
Uzbekistan.


KIRISH

Tolerantlik bugungi davrda paydo bo‘lgan tushuncha emas. Balki asrlar

davomida shakllanib, bizgacha yetib kelgan qadriyatlardan biri deyish mumkin.
Tolerantlik dastlab ta’lim jarayonida komil shaxsni tarbiyalash negizida shakllanib
bo‘lsa, bugungi kunga kelib ta’lim jarayonining asosiy bo‘g‘inini tashkil etdi.
Yurtimizda qadimdanoq turli diniy e’tiqodga mansub bo‘lgan kishilarning bir zaminda
tinch va totuv, hamjihat bo‘lib hayot kechirganliklari hech kimga sir emas. Turli xil
madaniyatga ega bo‘lgan aholi vakillari o‘zaro ahil-inoq yashab kelayotgan
O‘zbekistonda milliy va diniy bag‘rikenglik hukm surmoqda. Turli millat va elatga
mansub kishilarning bu zaminda buyuk g‘oya, orzu-maqsadlar yo‘lida hamkor va
hamjihat bo‘lib yashashi bag‘rikenglikning yorqin namunasidir. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti M.Sh.Mirziyoyev xalqimizning dunyoqarashida tobora chuqur
va mustahkam o‘rin egallayotgan bag‘rikenglik tamoyili to‘g‘risida shunday deydi:
“Bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda ko‘p asrlar davomida turli millat va elat,
madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan. Mehmondo‘stlik, ezgulik, qalb
saxovati va tom ma’nodagi bag‘rikenglik bizning xalqimizga doimo xos bo‘lgan va
uning mentaliteti asosini tashkil etadi” [1, 23-24].

Bugun tolerantlik haqida gapirar ekanmiz, avvalo uning tarixini, bosh g‘oya-

maqsadini, rivojlanish yo‘lini bilmasdan turib uni anglash mumkin emas. Tolerantlik
insonlarning turli ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, irqi, nasl-nasabi, iqtisodiy
ahvoli, dini va e’tiqodiga qaramasdan muvozanatni saqlab turish me’yorini anglatadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tolerantlik ta’lim va tarbiyalashga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan uzoq muddatli,

davomiy va izchil olib boriladigan jarayondir. Bunda insonda ezgu fazilatlar,
millatlararo hamjihatlik va hurmat shakllanib boradi. Beruniyning “Qadimgi
xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida quyidagilar ta’kidlanadi: boshqa xalq, millatlar
qadrini bilmagan odam o‘z xalqi, millatining ham qadriga yetmaydi [2, 72]. Tolerantlik
negizini boshqa madaniyat vakilini xuddi o‘zidek qabul qila olish, uni hurmat qilish,
boshqa millat va din vakillarining urf-odatlari, qadriyatlari va madaniyatini tushunish,
qabul qilish va hurmat ko‘rsatish kabi sifatlar tashkil etadi.

G.Kushakova tadqiqotida qadimgi sivilizatsiya tarkibida inson axloqiga oid

talablar tarkibida tolerantlik tushunchasining milliy-hududiy mazmuniga quyidagilarni
kiritadi:


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].

161

1. Shaxs komilligiga doir milliy qarashlar tizimining tarixiy shakllanish

bosqichlari va bag‘rikenglik omillari.

2. “Avesto”, “Sug‘d yozuvlari”, “Urxun-Enasoy” bitiklarida komil shaxsga doir

qarashlar va bag‘rikenglikka oid tariflar.

3. Islom dini va Movarounnahr ulamolari tomonidan islom madaniyati tarkibida

shakllantirilgan komil inson g‘oyasi xususiyatlari va uning tarkibida bag‘rikenglik
tamoyillarining hal etilishi.

4. O‘rta Osiyoda tasavvuf taraqqiyoti va “komil inson” g‘oyasi madaniy, diniy,

dunyoviy bag‘rikenglik sifatida.

5. Temuriylar davri madaniyatida bag‘rikenglik talablari.
6. Ma’rifatparvarlik harakati va komillik asoslarida bag‘rikenglik tamoyillari.
7. Jadidlar harakati va adabiyotida komil shaxs belgilari: yangi davrda yangi

mazmundagi bag‘rikenglik xususiyatlari.

8. Milliy ozodlik harakatlari va komil inson talablari: bag‘rikenglik shaxs ozodligi

sifatida.

9. Totalitar tuzum hukmdorligi davrida shaxs rivojlanishiga doir shakllantirilgan

g‘oya va uning inqirozi: internatsionalizm va soxta bag‘rikenglik.

10. Mustaqillik davrida an’anaviy “komil inson” g‘oyasidan yangi zamonaviy

“barkamol shaxs” g‘oyasiga o‘tilishi va tolerantlikning pedagogik mazmuni kun
tartibiga qo‘yilishi [5, 30-31].

Forobiy inson kamolotida ta’lim-tarbiyaning muhimligini ta’kidlab: “Munosib

inson bo‘lish uchun odamda ikki imkoniyat, ta’lim va tarbiya olish imkoniyati bor.
Ta’lim olish orqali nazariy kamolotga erishiladi, tarbiya esa bu kishilar bilan
muloqotda axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan
yo‘ldir”, – deydi. Shuningdek, Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida “fozil”, ya’ni
adolatli jamiyat bilan birga “johil” insonlar va jaholatdagi jamiyatlar haqida qimmatli
fikrlarni bildirgan. U johil jamiyatning juda ko‘p turlarini sanab, axloqiy sifat va
fazilatlardan mahrum bo‘lgan o‘z hayoti va faoliyati davomida ularga rioya
qilmaydigan kishilar jamoasini johillar jamoasi deb ataydi. Bunday jamoa a’zolari
yomon axloqli, xulq-atvorli kishilardir. “Fazilatsiz shahar odamlari yomon fe’llari,
tabiati tufayli ko‘ngillari, ruhlari ham yomonlashib boraveradi. Mabodo, ular ana shu
yomon ishlarida izchil sa’y-harakat, tobora kuch-g‘ayrat ko‘rsatsa, ularning ruhlaridan
yanada johilroq bolalar dunyoga keladi, bu esa jamiyat va davlatning kelajagini xavf
ostida qoldiradi. Ammo, – deydi alloma, – jaholat, yovuzlik, haqsizlik, abadiy hodisalar
emas, bu illatlarga albatta barham beriladi. Jamiyatda ezgulik, hamkorlik, hamjihatlik,
do‘stlik, adolat albatta tantana qiladi, shunday zamonlar keladiki, insoniyat albatta
yuksak kamolotga oliy baxt-saodatga erishadi” [3, 12-15]. Bugungi kunda
jamiyatimizda ana shunday fozil insonlarning ko‘payishi ko‘p jihatdan tolerantlik
fazilatiga borib taqaladi. Bundan tashqari, A.Fitratning “Munozara” va “Hind


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].

162

sayyohining qissasi” asarlarida ham diniy va milliy bag‘rikenglik mavzusi muhim o‘rin
olgan.

NATIJALAR

Talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalarga ko‘ra bugun yoshlarning

tolerantlik, tolerantlikning shakllanish bosqichlari haqidagi bilimlarini, afsuski, yuqori
darajada deya olmaymiz. Shu sababli ham tolerantlik mavzusi bugungi dolzarb
mavzulardan deyish mumkin. Hozirda yoshlarning aksariyat qismi tolerantlik haqidagi
ma’lumotlarga ega bo‘lsa, ayrim yoshlar deyarli umuman ma’lumotlarga ega emas.
Dars jarayonlarida talabalarda tolerantlik bilimlarini oshirish maqsadida bir qancha
interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish samaralidir. Interfaol ta’lim
texnologiyalari orqali talaba yoshlarda jamoaviy hamjihatlikni, muloqotchanlikni,
axborotlarni almashish ko‘nikmasini, o‘zaro hurmat muhitini, tolerant munosabatlarni
yaratish yuzaga keladi.

Talabalarda tolerantlik ongi va bilimlarini shakllantirish uchun quyidagi

rivojlantirish bosqichi tuzildi va bu 1-jadvalda yoritildi.

Rivojlantirish bosqichlari

Interfaol ta’lim texnologiyalari

11

Tolerantlik tushunchasining kelib

chiqishi va uning rivojlanish tarixi

haqidagi bilimlarni shakllantirish

Davra suhbati, Klaster, Veen

diagrammasi, BBB sxemasi

22

Tolerantlik tafakkurini oshirish

Aqliy hujum, Key stadi metodi,

Muammoli vaziyat, Assement

texnikasi , FSMU metodi

33

Tolerantlik fazilatlarini

rivojlantirish

Esse, Swot metodi, Davra suhbati,

Rolli o‘yinlar

1-jadval. Talabalarda tolerantlik ko‘nikmasini rivojlantirish bosqichlari

MUHOKAMA

Tolerantlik tarixan shakllanishiga ko‘ra dinlarga nisbatan xolis munosabat, ularni

bir-biridan ajratmagan holatda birini ustun ko‘rmaslik, shuningdek, boshqa din
vakillarini kamsitmaslik, ularning huquqlariga hurmat ko‘rsatish kabi g‘oyalarni aks
ettiradi. Dastlab tolerantlik insonlarga yordam berish, hurmat qilish, ularga xayrixoh
bo‘lish zamirida Sharqda shakllana boshlagan. Xitoy madaniyatida Konfutsiy ta’limoti
alohida ajralib turadi va bu ta’limotda tolerantlikka quyidagicha tarif beriladi:
“O‘zingga nisbatan xohlamagan narsalarni birovlarga ham ravo ko‘rma”. Mehribonlik
va boshqalarga nisbatan samimiy bo‘lish tolerantlikni aks ettirgan. Yurtimizda qadimgi
davrlardanoq milliy qadriyatlar tarkibida har doim tolerantliklik tushunchalari mavjud


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].

163

bo‘lgan. Tolerantlik millatimizning ma’naviy-ma’rifiy, madaniy qadriyatlar tizimida
qadimgi davrlardanoq o‘ziga xos tarzda shakllantirilib, bu avlodlar tarbiyasida muhim
omillardan biri hisoblangan. Tolerantlikning tarixiy ildizlari “Avesto” va bir qancha
adabiy yodgorliklarda shakllantirilgan va insonlar turmush tarzida zarur talablarga
aylanib borgan. Keyinchalik Islom dini va Movarounnahr ulamolarining komil inson
g‘oyasi xususiyatlarida aks etgan bo‘lsa, so‘ngra O‘rta Osiyoda tasavvuf taraqqiyoti
asosida diniy va dunyoviy bag‘rikenglik tushunchalari rivojlandi. Imom al-Buxoriy,
At-Termiziy, Ibn Sino, Zamaxshariy, Al-Farobiy, Yusuf Xos Hojib kabi allomalar
dastlab diniy bag‘rikenglik asoslarini ilmiy tarzda ishlab chiqqanlar. Amir Temur va
temuriylar davrida tolerantlik tushunchasi davlatni mustahkam saqlashning muhim
omillaridan biriga aylandi. Bu davrda Amir Temur, Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Jomiy,
Sharafiddin Ali Yazdiy, Bobur kabi allomalar o‘zlarining madaniy meroslar orqali
tolerantlik tafakkurini yanada rivojlantirishdi. Tasavvuf tariqatlarida, so‘fiylik
ta’limotida insonga bag‘rikenglik, mehr bilan munosabatda bo‘lish, inson komilligiga
erishish jarayonining muhim omillaridan hisoblangan. Yassaviy, Naqshbandiy,
Najmiddin Kubro, Rumiy ta’limotlari doirasida diniy va insoniy bag‘rikenglik, tenglik,
hurmat, bardoshlilik, bunyodkorlik g‘oyalari rivoj topdi. Turkiston madaniy hayotida
Furqat, Abdulla Qodiriy, Hamza, Fitrat, Behbudiy, Abdulla Avloniy kabi jadidlar
orqali insonparvarlik g‘oyalarining tolerantlik g‘oyalari bilan uzviy bog‘langan holda
targ‘ib topdi va rivojlandi. Mustaqillik yillaridan boshlab tolerantlik barkamol shaxs
tarbiyasining uzviy qismi sifatida davom etmoqda. Bugungi global davrda barkamol
shaxs tarbiyasini tolerantlik g‘oyalarisiz tasavvur etish mumkin emas. Bugungi kunda
diniy bag‘rikenglik nafaqat tarixiy tajriba, balkim, davlatimiz Konstitutsiyasida,
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
va boshqa qonun hujjatlariga ham asoslanadi. Diniy ekstremizm, terrorizm,
giyohvandlik kabi buzg‘unchi illatlarga qarshi bag‘rikenglik tamoyiliga amal qilish
muhim o‘rin tutib, tolerantlik ekstremizmga qarshi turadigan dunyoqarashdir.
Murosasizlikni bartaraf etishda sifatli ta’lim ro‘li muhim bo‘lib, aynan bag‘rikenglikni
o‘rganish orqali inson boshqa madaniyatga, boshqa turmush tarziga adekvat
munosabatda bo‘lish qobiliyatini egallaydi.

O‘zbekistonning milliy qadriyatlari tarkibida eng qadimgi davrlardan boshlab har

doim tolerantlik, xususan, madaniy va diniy bag‘rikenglik tushunchalari mavjud bo‘lib,
ular quyidagi masalalarni o‘z ichiga qamrab olgan:

odamlarga ularning yoshi, millati, irqi, jinsi, moliyaviy ahvoli, nasl-nasabidan
qat’i nazar bir xil munosabatda bo‘lish;

atrofidagilarga

nisbatan

hurmatda

bo‘lishni

inson

madaniyati

va

tarbiyalanganligining muhim belgisi sifatida baholash;


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].

164

“komil inson” tushunchasi doirasiga uning keng faollikligi, o‘zgalarga yaxshi
munosabat ko‘rsata olishi, boshqa dinlar va urf-odatlarni hurmat qilishga
tayyorligini kiritish;

Tarixiy jarayonlarda har vaqt o‘zga madaniyatlar, milliy urf-odatlarning eng

yaxshi tomonlarini milliy madaniyat zamiriga singdirish. O‘zbek millatining etik-
estetik, axloq-odob, ma’naviy-ma’rifiy, falsafiy qadriyatlari tizimida tolerantlik
g‘oyalari eng qadimgi davrlardan boshlab o‘ziga xos tarzda shakllantirilgan” [4, 20].

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mustahkam fuqarolik jamiyatini barpo

etishda, ta’lim-tarbiyada o‘sib kelayotgan yosh avlodda tolerantlik fazilatlarini
shakllantirish muhim omildir. Kichik yoshdan bolalarda tolerantlik ongni
shakllantirilar ekan, bola ulg‘aygani sari tolerantlik tafakkuri unda yaxshi rivojlanadi.
Shu bilan birga, unda mehribonlik, adolat, hamfikrlik, do‘stlik, insonlarga hurmat
tuyg‘usi, milliy tafakkur, vatanparvarlik, insonparvarlik, vijdonlilik, mehr-muhabbat,
halollik, bag‘rikenglik sifatlari shakllanib boradi. Zero, tolerantlik kuchli jamiyat
poydevoridir. Tarixsiz kelajak bo‘lmaganidek, inson har qanday bilimni o‘zlashtirar
ekan, avvalo uning tarixini, rivojlanish yo‘lini o‘rganishi kerak. Shunda u bu bilimlarni
mustahkam egallaydi va fikr yurita oladi. Shu sababli tolerantlik haqida gapirar
ekanmiz, uning tarixini, shakllanish va rivojlanish yo‘li haqidagi bilimlarni egallash
muhimdir. Bunda biz tolerantlik fazilatlarini o‘zlashtirish jarayonida biz uni yanada
chuqurroq anglaymiz va hayotimizga tezroq tatbiq eta olmiz.

Adabiyotlar ro‘yxati

1.

Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: O‘zbekiston. 2017.

2.

Abu Rayhon Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. Tanlangan
asarlari. – Toshkent: Fan, 1968.

3.

Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. – Toshkent: Xalq merosi, 1993.

4.

Isayeva M.P. Pedagogik muloqat jarayonida tolerantlikni tarbiyalash // Yosh
olim, 2021.

5.

Kushakova G.E. Yoshlarda tolerantlik tafakkurini shakillantirish texnologiyasi
/ Monografiya, 2009.

6.

Samatov D.T. Ta’lim muhitini barqarorlashtirishda tolerantlik tamoyilining
pedagogik asoslari: Avtoreferat, 2019.

7.

http://tolerance.fio.ru/

8.

http://www.hro.org/actions/nazi/toler/1.htm

9.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Tolerantlik

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: O‘zbekiston. 2017.

Abu Rayhon Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. Tanlangan asarlari. – Toshkent: Fan, 1968.

Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. – Toshkent: Xalq merosi, 1993.

Isayeva M.P. Pedagogik muloqat jarayonida tolerantlikni tarbiyalash // Yosh olim, 2021.

Kushakova G.E. Yoshlarda tolerantlik tafakkurini shakillantirish texnologiyasi / Monografiya, 2009.

Samatov D.T. Ta’lim muhitini barqarorlashtirishda tolerantlik tamoyilining pedagogik asoslari: Avtoreferat, 2019.

http://tolerance.fio.ru/

http://www.hro.org/actions/nazi/toler/1.htm

https://uz.wikipedia.org/wiki/Tolerantlik