Авторы

  • Sayfiyeva Bog’dagul Umirjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.109295

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari elektron hukumat raqamli transformatsiya elektron hujjat aylanishi raqamli imzo

Аннотация

Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining qo‘llanilishi, ularning huquqiy asoslari, amaliy holati va yuzaga kelayotgan dolzarb muammolar yoritilgan. Shuningdek, xorijiy ilg‘or tajribalar asosida davlat xizmatlarini raqamlashtirish, elektron hukumat infratuzilmasini shakllantirish, fuqarolar bilan interaktiv aloqalarni mustahkamlash va huquqiy islohotlar doirasida istiqbolli takliflar ilgari surilgan.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

9_

июня

2025

133

2181-3187

DAVLAT BOSHQARUVIDA ZAMONAVIY AXBOROT

TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING HUQUQIY ASOSLARI,

NAZARIY VA AMALIY TAHLIL

TDYU Magistratura va sirtqi ta’lim

fakulteti Davlat boshqaruvi huquqi

yo’nalishi 1

-bosqich talabasi

Sayfiyeva Bog’dagul Umirjon qizi

Annotatsiya:

Ushbu ilmiy maqolada O‘zbekiston Respublikasida davlat

boshqaruvi tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining

qo‘llanilishi, ularning huquqiy asoslari, amaliy holati va yuzaga kelayotgan dolzarb

muammolar yoritilgan. Shuningdek, xorijiy i

lg‘or tajribalar asosida davlat xizmatlarini

raqamlashtirish, elektron hukumat infratuzilmasini shakllantirish, fuqarolar bilan

interaktiv aloqalarni mustahkamlash va huquqiy islohotlar doirasida istiqbolli takliflar

ilgari surilgan.

Kalit so’zlar:

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron hukumat,

raqamli transformatsiya,elektron hujjat aylanishi,raqamli imzo,"Raqamli O'zbekiston-

2030".

Annotation:

This scientific article covers the application of modern information

and communication technologies in the public administration system of the Republic

of Uzbekistan, their legal basis, practical status and emerging urgent problems. Also,

based on foreign best practices, promising proposals are put forward within the

framework of digitization of public services, formation of e-government infrastructure,

strengthening interactive relations with citizens and legal reforms.

Keywords:

Information and communication technologies, e-government, digital

transformation, electronic document management, digital signature, "Digital

Uzbekistan-2030".


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

9_

июня

2025

134

2181-3187

Аннотация:

В данной научной статье рассматриваются вопросы

применения современных информационно

-

коммуникационных технологий в

системе государственного управления Республики Узбекистан, их правовая

основа, практическое состояние и возникающие актуальные проблемы. Также на

основе зарубежного передового опыта выдвигаются перспективные

предложения в рамках цифровизации государственных услуг, формирования

инфраструктуры электронного правительства, укрепления интерактивных

отношений с гражданами и правовых реформ

.

Ключевые слова:

Информационно

-

коммуникационные технологии,

электронное

правительство,

цифровая

трансформация,

электронный

документооборот, электронная подпись, «Цифровой Узбекистан

-

2030».

XXI asr boshidan boshlab axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)

jamiyat hayotining barcha jabhalariga, jumladan davlat boshqaruvi tizimiga ham

chuqur kirib bordi. Jahon tajribasi ko‘rsatmoqda

-ki, raqamli texnologiyalarni samarali

joriy etish natijasida davlat xizmatlarining sifati, tezkorligi, shaffofligi oshmoqda.

AKT vositalari yordamida ma’muriy yuklamalar kamaymoqda, inson omilining

noxolis ta’siri bartaraf etilmoqda va boshqaruv jarayonlari avtomatlashtirilmoqda.

Zamonaviy raqamlashtirish tendentsiyalari inson hayotining barcha jabhalariga,

jumladan, davlat boshqaruviga ham ta'sir ko'rsatmoqda. Elektron hukumat davlat

organlari faoliyati samaradorligi va shaffofligini oshirishga qaratilgan davlat

islohotlarining asosiy yo'nalishlaridan biridir.

1

O‘zbekiston Respublikasi ham bu global tendensiyalardan chetda qolmadi.

“Raqamli O‘zbekiston –

2030” strategiyasi doirasida davlat xizmatlarining

raqamlashtirilishi, fuqarolar bilan muloqotning soddalashtirilishi va axborot xavfsizligi

tizimlarining mustah

kamlanishi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biriga

aylandi.

1

Bekkers, V. J. J. M. va Homburg, V. M. F. (2007). Elektron hukumat haqidagi afsonalar: yangi va yaxshiroq hukumat

farazlaridan tashqariga qarash. Axborot siyosati, 12(3), 1-15.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

9_

июня

2025

135

2181-3187

AKT vositalarining davlat boshqaruvidagi roli

o’ta muhim omildir.

Axborot-

kommunikatsiya texnologiyalari bugungi kunda davlat xizmatlarining samaradorligini

oshirishda, fuqarolar bilan muloqotda ochiqlik va ishonchni mustahkamlashda muhim

vositaga aylangan. Elektron hukumat tizimlari, raqamli hujjat aylanishi, onlayn

murojaatlar portallari, elektron identifikatsiya va elektron raqamli imzolar AKT

vositalarining eng muhim turlaridan hisoblanadi.

Ushbu texnologiyalar yordamida davlat organlari o‘z faoliyatini tez, samarali va

eng asosiysi, shaffof tarzda tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Shu bilan birga,

fuqarolar davlat xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflashdan

ozod

bo‘lmoqda. Bu esa O‘zbekiston Konstitutsiyasining

33-moddasida belgilangan

“Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega.

Har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega.

Davlat Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart

-

sharoitlar yaratadi.

Axborotni izlash, olish va tarqatishga bo‘lgan huquqni cheklashga faqat qonunga

muvofiq hamda faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni,

boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda

jam

oat tartibini ta’minlash, shuningdek davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan

boshqa sir oshkor etilishining oldini olish maqsadida zarur bo‘lgan doirada yo‘l

qo‘yiladi.

2

Mavjud huquqiy asoslar quyidagilar,jumladan:

-

O‘zbekiston Respublikasida AKTni davlat boshqaruviga tatbiq etish bo‘yicha

quyidagi asosiy normativ-huquqiy hujjatlar amal qilmoqda:

2

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Mazkur yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023 yil

30 aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul
qilingan.(Qonunchilik ma’lumotlari milliy

bazasi, 01.05.2023 y., 03/23/837/0241-son) https://old.lex.uz/docs/6445145


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

9_

июня

2025

136

2181-3187

-

“Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonun ;

-

“Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonun;

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlari (jumladan,

2020 yildagi “Raqamli O‘zbekiston

-

2030” strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi

farmoni);

-

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari;

-

Idoraviy me’yoriy hujjatlar va reglamentlar.

Ushbu

huquqiy asoslar AKT vositalari yordamida davlat xizmatlarini ko‘rsatish,

hujjatlarni elektron tarzda rasmiylashtirish, ularni identifikatsiyalash va arxivlash kabi

amaliyotlarni huquqiy jihatdan tartibga soladi.

Bunda elektron hukumat tushunchasi asosiy boshqaruv tushunchalaridan biri

sanaladi.Elektron hukumat davlat va fuqarolar, biznes va davlat organlari o'rtasidagi

o'zaro

munosabatlarni

yaxshilash

maqsadida

axborot-kommunikatsiya

texnologiyalaridan foydalanadigan davlat boshqaruvi tizimidir. Elektron hukumatning

asosiy vazifasi davlat xizmatlari ko'rsatishning qulayligi va sifatini oshirish,

shuningdek, davlat organlari o'rtasida yanada shaffof va samarali hamkorlikni

ta'minlashdan iborat.

3

Qulay afzalliklarga qaramay, davlat boshqaruvi sohasida elektron hukumatni joriy

etishda bir qator muammolarga duch kelibmoqda

4

:

•Texnologik tengsizlik. Hamma fuqarolar ham internetga va zarur raqamli

ko'nikmalarga ega emas, bu esa davlat xizmatlarini olishda tengsizlikka olib kelishi

mumkin.

3

Layne, K. va Li, J. (2001). To'liq funktsional elektron hukumatni rivojlantirish: to'rt bosqichli model. Hukumat

axboroti har chorak, 18(2), 122-136.

4

Yusupov, N. S., Qosimjon o'g'li, S. A., & Akramjon o'g'li, A. A. (2024). INVESTITSION LOYIHALARNI

MUVAFFAQIYATLI AMALGA OSHIRISHDA ZAMONAVIY BOSHQARUVDAN SAMARALI FOYDALANISH
"LLARI. Journal of new century innovations, 54(2), 106-109


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

9_

июня

2025

137

2181-3187

•Xavfsizlik va maxfiylik. Elektron hukumatni joriy etishda kiberxavfsizlik va

ma'lumotlarni himoya qilish masalalari muhim jihatlarga aylanib bormoqda.

Ma'lumotlarning sizib chiqishi yoki noto'g'ri ishlatilishi tizimga ishonchni susaytirishi

mumkin.

5

Amaliy muammolar va bo‘shliqlarga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, t

ahlillar

ko‘rsatadiki, mavjud huquqiy baza umumiy mexanizmlarni belgilab bergan bo‘lsa

-da,

ayrim sohalarda aniqlik yetishmasligi tufayli AKTdan foydalanish samaradorligiga

to‘liq erishilmagan:

Elektron hujjatlarning yuridik kuchi, ayniqsa sud amaliyotida, yetarlicha aniq

belgilanmagan;

AKT bilan bog‘liq texnik infratuzilma ba’zi hududlarda zaif rivojlangan;

Davlat

organlari

o‘rtasidagi

ma’lumot

almashinuvi

tizimi

to‘liq

integratsiyalashmagan;

Raqamli savodxonlik darajasi pastligi sababli fuqarolar ko‘p hollarda onlayn

xizmatlardan foydalana olmayapti.

Bu muammolarni bartaraf etish uchun davlat organlari tomonidan kompleks

yondashuv zarur bo‘lib, huquqiy, texnik va tashkiliy choralar uyg‘un holda ishlab

chiqilishi kerak.

Dunyoning ilg‘or davlatlari, xususan Estoniya, Janubiy Koreya, Singapur, AQSh

va Niderlandiya kabi mamlakatlar elektron boshqaruvda yuqori natijalarga erishgan.

Ushbu davlatlar quyidagi tamoyillarga asoslanmoqda:

Onlayn xizmatlar “bir darcha” tamoyiliga asoslangan;

5

Saidturaevich, Y. N. M. (2024). Qishloqlarda turizm faoliyatini tashkil etishning mamlakatimizda turizm tarmoqlarini

kengaytirishga ta’siri. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 4(5), 204

-207


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

9_

июня

2025

138

2181-3187

Davlat xizmatlari avtomatlashtirilgan va fuqaroga qulay interfeysda taqdim

etiladi;

Ma’lumotlar bazalari o‘zaro bog‘langan va xavfsiz uzatiladi;

Maxfiylik va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish milliy qonunchilik bilan

mustahkamlangan.

O‘zbekiston ushbu tajribani moslashtirish jarayonida, ayniqsa Estoniya

modelidan ID-kartalar, mobil identifikatsiya va raqamli imzo orqali xizmatlardan

foydalanish kabi jihatlarda o‘rganishi lozim.

Estoniya bu sohada yetakchi davlatlardan

biri sanaladi. Estoniya elektron imzo tizimi elektron ovoz berish, elektron soliq

deklaratsiyasi va elektron sog'liqni saqlash tizimi kabi xizmatlarni o'z ichiga oladi.

Ushbu chora-tadbirlar ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatining sezilarli darajada

yaxshilanishiga, ma'muriy to'siqlarning qisqarishiga olib keldi.

6

Quyidagi takliflar O‘zbekistonda AKT asosidagi davlat boshqaruvini huquqiy

jihatdan yanada takomillashtirishga xizmat qiladi:

•Elektron hujjatlar va raqamli imzolarning sud

-huquq tizimidagi maqomini

mustahkamlovchi maxsus normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish;

•Elektron xizmatlarning yagona standartlari va ularga oid texnik reglamentlarni

ishlab chiqish;

•AKT bilan ishlovchi davlat xizmatchilarining malakasini oshirish bo‘yicha

doimiy o‘quv tizimlarini joriy etish;

•Raqamli savodxonlikni oshirishga qaratilgan umumxalq dasturlarini ishlab

chiqish;

•Xalqaro tajribani chuqur o‘rganish va uni milliy qonunchilikka uyg‘unlashtirish.

6

Saidturaevich, Y. N. M. (2024). O‘zbekiston Respublikasida mahalliy turizmning rivojlanishi va kamchiliklari tahlili.

NOFORMAL TA'LIMDAGI EVROPA JURNALI, 4(5), 127-129.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

9_

июня

2025

139

2181-3187

Xulosa o'rnida aytishimiz mumkinki, davlat boshqaruvida zamonaviy axborot

texnologiyalaridan foydalanish hozirgi globallashuv davrida nafaqat zarurat, balki

majburiy tendensiyaga aylandi. Bu jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun esa

huquqiy asoslarning aniqligi, texnik infratuzilmaning barqarorligi va fuqarolarning

raqamli savodxonligi bir butun tizimda uyg‘unlashgan bo‘lishi shart. Maqolada

keltirilgan ilmiy xulosalar va tavsiyalar O‘zbekistonda raqamli davlat boshqaruvi

sohasini huquqiy jihatdan

isloh qilishda asosiy yo‘nalishlardan biri bo‘lib xizmat

qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. Bekkers, V. J. J. M. va Homburg, V. M. F. (2007). Elektron hukumat haqidagi

afsonalar: yangi va yaxshiroq hukumat farazlaridan tashqariga qarash. Axborot
siyosati, 12(3), 1-15.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Mazkur yangi tahrirdagi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan
O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul
qilingan.(Qonunchilik ma’lumotlari milli

y bazasi, 01.05.2023 y., 03/23/837/0241-son)

https://old.lex.uz/docs/6445145

3. Layne, K. va Li, J. (2001). To'liq funktsional elektron hukumatni rivojlantirish:

to'rt bosqichli model. Hukumat axboroti har chorak, 18(2), 122-136.

4. Yusupov, N. S., Qosimjon o'g'li, S. A., & Akramjon o'g'li, A. A. (2024).

INVESTITSION LOYIHALARNI MUVAFFAQIYATLI AMALGA OSHIRISHDA
ZAMONAVIY BOSHQARUVDAN SAMARALI FOYDALANISH "LLARI. Journal
of new century innovations, 54(2), 106-109

5. Saidturaevich, Y. N. M. (2024). Qishloqlarda turizm faoliyatini tashkil

etishning mamlakatimizda turizm tarmoqlarini kengaytirishga ta’siri. TA'LIM VA

RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 4(5), 204-207

6.

Saidturaevich, Y. N. M. (2024). O‘zbekiston Respublikasida mahalliy

turizmning rivojlanishi va kamchiliklari tahlili. NOFORMAL TA'LIMDAGI
EVROPA JURNALI, 4(5), 127-129.