ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
9_
июня
–
2025
126
2181-3187
ADABIYOTSHUNOSLIKDA QISSA JANRINING O‘RGANILISHI VA
UNING TARAQQIYOT BOSQICHLAR
Farg‘ona davlat universiteti
1-kurs magistranti
Ibroximova Zaynabxon Akbrjon qizi
Badiiy adabiyot va adabiyotshunoslik tushunchalarini bir-biridan ayro holda
tasavvur qilish mumkin emas, albatta. Badiiy asarning qiymatini belgilashdagi muhim
omillardan biri bu
–
adabiyotshunoslar tomonidan unda yoritilayotgan muammo,
qahramonlar xarakteri, shuningdek mavzu va
g‘
oya, badiiy asar tili, uning
kompozitsiyasi va yana bir qancha unsurlarining
o‘
rganilishidir. Ayniqsa, asar
poetikasiga t
o‘xtalganda uning eng nozik jihatlariga ham e’tibor berish va kichik bir
detalning vazifasini ham ochib berish nazariyotchilar tomonidan amalga oshiriladigan
ish hisoblanadi. Hozirgi kunda
o‘
zbek adabiyoti rivojlanib borayotgan tur va
janrlardagi o‘
ziga xosliklar, shakl va mazmunning
o‘
zgarishi, modernistik va
posmodernistik adabiyotning shakllanishi, mantiqsizlik nazariyasi va falsafiy
asarlarning paydo b
o‘
lishi bilan xarakterlanadi. Bu jarayonda janrlar taraqqiyotida ham
k
o‘
plab
o‘zgarishlarning guvohi bo‘lmoqdamiz. Jumladan, nasrda drabllar, mini
romanlar, yoki aksincha qissa yoki roman hajmiga teng hikoyalar, nazmda esa
uchchanoq va ignabarg she’rlar yoki bir so‘zdan iborat lirik asarlarning yaratilishi
fikrimizning yaqqol isbotidir. Xususan, ilmiy ishimiz obyekti hisoblanmish qissa janri
ham dastlab paydo bo‘lgandan to hozirgi kunga qadar ko‘plab adabiyotshun
oslar
tomonidan o‘rganilib, uning janr xususiyatlari yoxud adib qissalari poetikasi misolida
dissertatsiyalar, ilmiy maqolalar, monografiyalar chiqarilmoqda. Dastlab, ushbu janr
rus adabiyotshunosligida V.G.Belinskiy, M.Baxtin, S.Lixachev, N.Nadejdin kabi
olimlar tomonidan uning tuzilishi, tabiati, janrlarga bo‘linishiga ko‘ra roman va hikoya
oralig‘idagi voqealar bayoni ekanligi shungidek, roviy nutqi, hikoya qilinishi ham
nazariy jihatdan asoslab berilgan bo‘lsa, o‘zbek adabiyotshunosligida I.Sulton,
O.Sh
arafiddinov, M.Qo‘shjonov, B.Nazarov, U.Normatov, H.Umurov, Q.Yo‘ldoshev,
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
9_
июня
–
2025
127
2181-3187
B.Karimov, Y.Solijonov, D.Quronov
kabi bir qator olimlar tomonidan janr
xususiyatlari haqida o‘z asarlarida so‘z yuritiladi. Qissa janrining adiblar ijodi misolida
poetik strukturasi ham bir qancha tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan. Jumladan,
Sh.Doniyorova, U.Rasulova va M.Boboxonovlarning
ishlari ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Qissa janri va uning taraqqiyot bosqichlariga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, lug‘aviy
ma’nosiga ko‘ra (arabcha) hikoya, voqea, sarguzasht degan ma’nolarni anglatadi. Bu
janr tavsifida Yaqin va O‘rta Sharqda keng tarqalgan folklor va yozma adabiyot asarlari
degan jumlalarga duch kelamiz. Bu esa janr adabiyotimiz uchun tamoman yangi
favqulodda janr bo‘lmay, uning tarixiy kelib chiqishi o‘rta asrlar badiiy merosimizga
borib taqalishidan darak beradi. “O‘zbek xalq eposining nuktadon kishilari mazkur
janrning o‘r
ta asrlar xalq ommasining madaniy hayotida, ayniqsa, shahar atrofi
aholisining ma’naviy ehtiyojlarini qondirishda utgan o‘rnini alohida ta’kidlan
ko‘rsatganlar. Ularning ta’kidlashlaricha, ilmiy adabiyotlarda keng istifoda etiladigan
“xalq kitoblari” atama
si janr mansubiyati nuqtayi nazaridan qissa janrining sinonimik
atamasi hisoblanadi
. Qissa janrining o‘rta asrlar og‘zaki va yozma adabiyotida keng
tarqalishini shunday izohlash mumkin: birinchidan, qissalar syujetining bosh
qahramon hayotining muayyan davri voqealari bilan bog‘liqlikda izchil, xronikali
ya’ni zamon nuqatyi nazaridan ket
ma-ketlik tamoyili asosida tasvirlanishidir. Bu esa
qissaxon yoki qissanavis uchun voqelikni bayon qilish va tushunishda qulaylik
yaratadi. Ikkinchidan, sharq xalqlari, xususan, fors-tojik adabiyotida keng tarqalgan
mashhur syujetlarni qissa shaklida ijodi
y o‘zlashtirish orqali bir qancha qissalar
1
Султонов И. Адабиёт назарияси. –
Тошкент: Ўқитувчи, 1986;
Шарафиддинов О. Ижодни англаш бахти.
–
Тошкент: Шарқ
, 2004;
Қўшжонов
М. Моҳият ва бадиият. –
Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат
нашриёти, 1977;
Назаров Б. Ҳаётийлик –
безавол мезон. –
Тошкент: Фан, 2008;
Умуров Ҳ. Адабиёт назарияси. –
Тошкент: Шарқ, 2002;
Каримов Б. Адабиётшунослик методологияси. –
Тошкент: Муҳаррир, 2011
;
Солижонов Й.
ХХ асрнинг 80
-90
йиллари ўзбек насрида бадиий нутқ поэтикаси. Филол. фан. док... дисс. –
Тошкент, 2002;
Солижонов Й. Ҳақиқатнинг синчков кўзлари. –
Тошкент: Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий
кутубхонаси, 2009; Қуронов Д. Адабиётшуносликка кириш. –
Тошкент: А.Қодирий
номидаги халқ меъроси
нашриёти, 2004; Қуронов Д. Чўлпон ҳаёти ва ижодий мероси. –
Тошкент: Ўқитувчи, 1997; Қуронов Д.
Адабиётшунослик назарияси. –
Тошкент: Академнашр, 2018
.
2
Дониёрова Ш. Омон Мухтор ижодида янгича талқинлар. –
Тошкент: Turon zamin ziyo, 2017. –Б.112.; Расулова
У. ХХ аср ўзбек қиссачилиги (поэтик изланишлар ва тараққиёт тамойиллари). Филол.фан.док...дисс. –
Тошкент:
2020.
–Б.249.; Бобохонов М. Ўзбек қиссачилигида бадиий психологизм. –
Тошкент: Баёз. 2014. –Б.132.
3
Xolmurodov A. “Qissa janri va hozirgi o‘
zbek qissachiligi
”
. Til va adabiyot jurnali. 2006/3.
–
B. 47.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
9_
июня
–
2025
128
2181-3187
yaratganlar. Tojik adabiyotshunosi Y.Salimov qayd etishicha, X
–
XV asarlarda O‘rta
Osiyo xalqlari jumladan, o‘zbek va tojik xalqlari adabiyot nasrida qissa va hikoyatlar
yetakchi o‘rinni egallagan.
Jahon adabiyotiga anazar soladigan bo‘lsak,
Yevropa adabiyotidagi sanoqli
(Gofman, Valter Skott, Kuper) asarlarni aytmasak, qissa janri mavjud emas,
—
D.X.)
nazariyaga doir t
o‘
xtamlariga hamohanglik kasb etishi bilan birga bu jarayonga
yangilik b
o‘
lib q
o‘
shiladigan jihatlariga ham ega
Qissa epik turning o‘rta janri sifatida
hikoya va roman oralig‘ida ma’lum bir badiiy vazifasini bajaradi. Jahon
adabiyotshunosligida uning janr xususiyatlari haqida gap ketganda, uch janr o‘rtasidagi
chegara qay darajada saqlanganligi haqida M.V.Golovko:
“Bu janr (ya’ni qissa –
povest) butunlay o‘zgaruvchan, qorishiq (gibrid)dir. Povest bilan hikoya, povest bilan
roman o‘rtasidagi chegaralar muttasil o‘zgaruvchandir”
kerakki, janr taraqqiyotidagi mukammallik kasb etilishida povestning ikki nasriy
janrdan farqini ajratish muhim o‘rin tutgan
. Shuningdek, V.G.Belinskiyning:
«...povest inson taqdiri haqidagi tugallanmagan romandan qisqa bir manzara»
—
degan fikrida ham roman va qissa chegaralarini belg
ilashga ishora borligini ko‘rishimiz
mumkin. D.S.
Lixachev esa: «Povest romandan ko‘
ra qisqaroq, personajlar ham
kamroq, ularning hikoya qilinayotgan taqdiri uzun emas, syujet ixcham, hatto
keskinroq»
—
degan fikrlarni bayon etadi va bu bilan qissa janri belgilarini
aniqlashtirishga urinadi. Akademik Izzat Sultonovning fikriga k
o‘ra: «...bir kishi va u
bilan hayoti bo
g‘
liq b
o‘
lgan bir necha kishining taqdiri
o‘
rtacha hajmda tasvir etilgan,
ammo hayotning keng manzarasini chizib berishni
o‘
z oldiga vazifa qilib
q
o‘
ymaydigan as
arlar povest janriga mansubdir»
. I.Sultonning ushbu qarashi hozirgi
qissa ta’rifiga yaqinroq hisoblanadi.
«Adabiyotshunoslik lug‘ati»da qissa janriga
quyidagicha ta’rif berilgan:
«O‘
zining janr xususiyatlari bilan qissa hikoya va roman orali
g‘
idagi hodisadir:
4
Xoldorov D. Hozirgi adabiy jarayon va o‘zbek qissalari uslubi. –
Toshkent: Nodirabegim. 2020.
5
Головко B.M. Поэтика русской повести. —
Саратов, 1992.
6
Белинский В.Г. Собрание сочинений. т.З . —
Москва:, 1978.
7
Лихачев Л. С. Неравнодушная проза. —
Москва: Художественная литература, 1984.
8
Sulton I. Adabiyot nazariyasi,
—
Toshkent:
O‘
qituvchi, 2005.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
9_
июня
–
2025
129
2181-3187
hikoyada qahramon hayotidan birgina voqea, romanda qahramon hayotining murakkab
ijtimoiy munosabatlar tizimidagi katta bir davri, qissada qahramon hayotining bir
bosqichi qalamga olinadi. Hikoyaning diqqat markazida voqea, romanning diqqat
markazida qahramon vositasida idrok etilayotgan olam (jamiyatning joriy holati) tursa,
qissaning mar
kazida hamisha qahramon turadi»
O‘
zbek adabiyotshunosligida qissa atamasi xususida jiddiy bahslar b
o‘
lgani,
adabiyotshunos olimlar U.Normatov, A.Rasulov,
A.Ulug‘ovlar
janring sinonim darajasidagi yagona nom ekanlig
ini isbot qilishgani bizga ma’lum.
Jumladan, adabiyotshunos Abdulla Ulu
g‘
ov 80-
yillardayoq: «...povest bilan qissa
termini mantiqan deyarli bir xil ma’noni anglatadi. Shuning uchun o‘
zbek tilida povest
termini
o‘
rniga qissa termini ishlatiladi. Endi mana shu holni inobatga olmay,
yaratilayotgan ayrim asarlarning hajman katta-
kichikligiga nisbat berib, «yangi janr
paydo b
o‘ldi» deyish o‘z
-
o‘zidan bahsli»
—
degan fikrlarni bildirgan edi.
«Adabiyotshunoslik lug‘ati» kitobida: «Adabiyotshunoslikda qissa bilan povest
terminlarining q
o‘
llanishi turlicha: ular sinonim sifatida ham, boshqa-boshqa janr
nomlari sifatida ham ishlatiladi. Qissa bilan povestni boshqa-boshqa janrlar deb
tushunish yetarli asosga ega emas, shuning uchun ulami sinonim sifatida tushunish
kengroq ommalashgan»
Yozma mumtoz qissachilik aso
san islom dini va shu bilan bog‘
liq shaxslar
hayotiga doir bir yoki bir nechta voqeani talqin etishga qaratilgan. Bunday qissalarda
ko‘proq payg‘
ambarlar, sahobalar, avliyolar tarixiga doir voqealar aks ettirilgan.
Burhoniddin Rabg‘uziyning «Qisas ul
-
anbiyo», Alisher Navoiyning «Tarixi anbiyo va
hukamo», «Lison ut
-
tayr» dostoni tarkibida keladigan «Shayx San’on qissasi»,
mashhur «Yusuf va Zulayho» asarlari mana shu xarakterdagi qissalarga misol bo‘
ladi.
Bunday qissalar
bevosita yozma adabiy uslub yo‘
lida yozilib, aniq badiiy konsepsiyaga
tayangan. Ularn
ing asosida «Qur’oni karim»
va Muhammad alayhissalom hadislari
9
Куронов
Д
.
ва
бошк
,.
Адабиётшунослик
лугати
. -
Тошкент
: Akadem nashr, 2010.
10
Норматов У. Насримиз уфклари.
-
Тошкент: 1974.; Улук,ов А. Киссачилигимиз к,ирралари.
-
Тошкент: Укитувчи,
1991.
11
Улугов
A. K
o‘
rsatilgan asar.
12
Куронов
Д
.
ва
бошк,алар.
Ko
‘
rsatilgan asar.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
9_
июня
–
2025
130
2181-3187
turgani bois muallifning badiiy niyati shunday m
o‘
tabar manbalar mazmunini kengroq
sharhlash, ommabop qilib bayon etish b
o‘
lgan. Qissalarning kompozitsion qurilishi,
syujet tizimida ham mumtoz qissachilik an’analarini to‘
la saqlashga harakat qilingan.
Shu sababdan bu kabi qissalarda Qur’on oyatlari, diniy, fiqhiy atamalar, Qur’onda
kelgan nomlar, arabcha, forscha
jumla va iboralar ko‘p qo‘llanilgan. Bizga ma’lumki,
bunday qissachilik an’analari, mumtoz qissa qilish uslubi XX asr boshlariga qadar
davom etgan.
Sh
o‘
ro davri
o‘
zbek
qissachiligi boshqa millatlar adabiy ta’s
irini istisno etganda
ko‘proq rus qissachiligi, rus
po
vesti negizida shakllandi desak xato bo‘lmaydi. 40 –
50-
yillardan boshlab, «qissa» terminining adabiy iste’moldan siqib chiqarilishi, bu janr
asosan «povest» termini bilan atay boshlanishi ham fikrimizni tasdiqlaydi. Ularda rus
qissalariga xos syujet, obrazlar tizimi, kompozitsion shakl, bayon uslubi ustuvorligi
ko‘zga yaqqol tashlanadi. L.Tolstoy, F.Dostoyevskiy qissalari, M.Gorkiy, M.
Sholoxov
va boshqa k
o‘
plab rus sh
o‘
ro yozuvchilari asarlari
o‘
zbek sh
o‘
ro qissachiligining
shakllanishiga jiddiy ta’sir ko‘
rsatdi. Faqat XX asrning 60-yillaridan boshlab,
o‘
zbek
qissachiligi jahon realistik qissasi tomon chin ma’noda yuz burdi. Endilikda rus
yozuvchilari bilan bir qatorda Stendal, Balzak, Flober, Xemingueylar an
’analariga
murojaat kuchaydi. O‘
zbek qissanavislari inson shaxsi va hayot muammosini real
voqelik negizida talqin eta boshladilar. Sof realistik adabiyot bilan yonma-yon
U.Folkner, J.Joys, G.Markes, A.Kamyu, F.Kafka, M.Prustlarning modern uslubiga
murojaat ham kuchaydi (bu jarayon k
o‘
proq 80-yillarda yaqqolroq k
o‘
rindi, bu
o‘
rinda
ham biz nasr uslubini nazarda tutganmiz,
—
D.X.)
. Shu tariqa
o‘
zbek folklor
qissachiligi, Sharq mumtoz qissachiligi, sh
o‘
ro qissachiligi va jahon realistik hamda
modern
istik qissachiligi an’analarini o‘
zida mujassam etgan bugungi
o‘
zbek qissasi
shakllandi.
XX asrning 60-yilari
o‘zbek qissalari zamonning nisbatan «iliqlashuvi» bois
partiyaviy ideallardan inson shaxsi, uning ruhiy dunyosi tasviri tomon yuz burdi. Bu
jihat shaxs orzu va intilishlari, ehtiyoji, taqdiri va fojeaviy holatining badiiy tasvirida
13
Xoldorov D. Hozirgi adabiy jarayon va o
‘
zbek qissalari uslubi.
–
Toshkent: Nodirabegim. 2020.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
9_
июня
–
2025
131
2181-3187
namoyon b
o‘
ldi. Bir shaxs hayotiga doir murakkab voqelikni qahramon qalb
kechinmalaridan
o‘
tkazib tasvirlash yoki qissaning ilk jumlasini shu qahramon holati,
ismi bilan boshlash, obrazlar ismiga katta badiiy ma’no yuklash, qissada qatnashuvchi
barcha personajlar nutqini dunyoqarashi, maslagi, millati va jinsiga k
o‘
ra
individuallashtirish bunday qissalar uslubining yetakchi xususiyati sifatida k
o‘
rinadi.
Asqad Muxtor, Od
il Yoqubov, Pirimqul Qodirov, O‘
tkir Hoshimov qissalarida ayni
jihatlar yorqin aks etadi. Keyingi davr qissachiligiga xos uslub originalligi realistik,
naturalistik va modern uslub sintezida namoyon b
o‘
ladi. Shu nuqtai nazardan qissa
janri tabiatidagi
o‘
zgarishlar va
o‘
ziga xosliklarni N.Norqobilov, U.Hamdam,
Sh.Hamro
va A.Yo‘ldoshevlarning qissalari misolida qism
an kuzatib
o‘
tish lozim.
O‘
zbek qissalari va uning uslubi y
o‘
ziga xosligi mana shunday jiddiy omillar
bilan bevosita bogliq. Garchi t
o‘
n
g‘
ich
o‘
zbek qissasi namunasi sifatida A.Qodiriyning
«Obid ketmon»i, professional qissa janri deb A
.
Qahhoming «Sinchalak» asari
k
o‘
rsatilsa
ham, ular o‘zining mavzusi,
badiiy maqsadi, obrazlari va bayon uslubiga
k
o‘
ra zamonaviy sh
o‘
ro qissalari talablariga monandroq keladi. Birida
kolxozlashtirishga nisbatan tanqidiy munosabat, ikkinchisida esa xayrixohlik va uni
yoqlash ruhi aks etgan bu asarlar m
a’lum ma’noda an’anaviy qissachilik mezonlarini
chetlab
o‘
tishi jihatidan
o‘
sha davr nuqtayi nazaridan zamonaviy hisoblangan.
O‘
zbek
qissasi uslubining takomilida yozuvchi Odil Yoqubov
asarlarining ham o‘ziga xos
o‘rni bor. Uning ijodiy uslubida A.Qodiriy, Oybek, G‘.G‘ulom, A.Qahhorlar an’analari
yangilangani kuzatiladi. 60-yillardagi oshkoralik siyosatidan s
o‘
ng
o‘
zbek adabiyotida
ham jahon qissachiligi an’analariga yuz burish boshlandi, Chingiz Aytmatov avlodi
kirib keldi. Shu avlodning yorqin vakillaridan biri O.Yoqubov edi. Garchi yozuvchi
O.Yoqubov umrining s
o‘
nggi yillariga qadar turli mavzudagi qissalar ijod qilib, bu
janrga sodiq qolgan b
o‘
lsa-da, uning 60-yillarda yozgan qissalari
o‘
z davri uchun
original, yangi adabiy talqin nafasini singdirgan, harorat va poeziyaga boy edi.
Yozuvchining shunday qissalaridan biri «Muqaddas» sanaladi.
Hozirgi adabiy jarayonda ham qissa janrida ijod qilayotgan yozuvchi va
ijodkorlarimiz ham yo‘q emas, albatta. Ayniqsa, zamonaviy adabiyotda yangi
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
9_
июня
–
2025
132
2181-3187
yo‘nalish va oqimlarning paydo bo‘lishi ham ushbu janr poetikasining yanada
boyishiga, yetuk bo‘lishiga zamin yaratmoqda. Jumladan, modernizm ruhida yozilgan
qissalar ham o‘zbek adabiyotida paydo bo‘lmoqda. Bunga misol qilib Nazar
Eshonqulning “Qora kitob”, ong oqimiga asoslangan Xurshid Do‘stmuhammadnng
“Kuza”, “To‘rt tomoning qibla” qissalarini keltirishimiz mumkin.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, qissa janri tarixi uzoq davrlarga borib taqalishi
bilan birga, hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmay kelmoqda. Buning yorqin
dalili sifatida ushbu yuqorida sanab o‘tilgan yozuvchilar ijodini keltirishimiz mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Xolmurodov A. “Qissa janri va hozirgi o‘zbek qissachiligi”.
Til va
adabiyot jurnali. 2006/3.
–
B. 47.
2.
Abror
ov A., Oʻzbek povesti, T., 1973.
3.
Timofeyev L.I., Osnovm teorii literaturi, 5-izd., M., 1976.
4.
Normatov U., Goʻzallik bilan uchrashuv, T, 1976.
5.
Quronov D. “Adabiyotshunoslik lug‘ati”
.
–
Toshkent,
Akademnashr, - 2010.