Авторы

  • Xolmatova Nodiraxon Quddusovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.109303

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari moliyaviy hisobot milliy hisob integratsiyalashuv.

Аннотация

         Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kunda dunyo iqtisodiyotining integratsiyalashuvi fonida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS) o‘tishning maqsadi va ahamiyati xususida so‘z yuritilgan. Bunda chet el tajribasiga asoslangan holda, milliy hisob tizimimizni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tashkil etishning ijobiy jihatlari va afzalliklari, shuningdek, MHXSga o‘tishning foydali taraflarini inobatga olib, kelajakda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy tavsiyalar shakllantirilgan.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

9_

июня

2025

76

2181-3187

MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARIGA

OʻTISHDAGI

MUHIM MASALALAR

Xolmatova Nodiraxon Quddusovna

Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti

Andijon fakulteti “Mutaxassislik, ijtimoiy

-

gumanitar va aniq fanlar” kafedrasi

katta o’qituvchisi.

Emali: nodirahonholmatova74@gmail.com

Тel:(93) 427

-26-16

Annotatsiya:

Ushbu maqolada bugungi kunda dunyo iqtisodiyotining

integratsiyalashuvi fonida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS)

o‘tishning maqsadi va ahamiyati xususida so‘z yuritilgan. Bunda chet el tajribasiga

asoslangan holda, milliy hisob tizimimizni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari

asosida tashkil etishning ijobiy jihatlari va afzalliklari, shuningdek, MHXSga

o‘tishning foydali taraflarini inobatga olib, kelajakda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan

yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy tavsiyalar sha

kllantirilgan.

Kalit so’zlar:

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari, moliyaviy

hisobot, milliy hisob, integratsiyalashuv.

Mamlakatimiz iqtisodiyotining integratsiyalashuv jarayonida buxgalteriya

tizimini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga mos holda rivojlantirish muhim

masalalardan biri hisoblanadi.

So’nggi yillarda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan

iqtisodiy subyektlar chet hamkorlar bilan aloqalar sezilarli darajada rivojlanib

kengayib bormoqda va buxgalteriya hisobotining milliy standartlaridan chet el

foydalanuvchilar

soni ham ortib

bormoqda.

Mamlakatimiz

Prezidenti

Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 24 fev

ralda “Moliyaviy hisobotlarning xalqaro

standartlariga o’tish bo’yicha qo’chimcha chora

-

tadbirlar to’g’risida”gi qarorining


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

9_

июня

2025

77

2181-3187

qabul qilinishi ushbu yo’nalishda amalga oshirilishi zarur bo’lgan hamda amalga

oshirilayotgan ishlar qanchalik muhim ekanligini ko’rsatib berdi.

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari

bu tashqi foydalanuvchilar

tomonidan korxonaga yoki tashkilotga nisbatan iqtisodiy qarorlarni qabul qilishga

ko’maklashish maqsadida e’lon qilinadigan moliyaviy hisobotlarni tuzish qoidalarini

o’zida jamlagan hujjatlar to’plamidir. Ma’lumotlarga ko’ra 2

023 yilda MHXSni

dunyoning 167 ta mamlakatida qo’llanilmoqda va bu ro’yhat kengayib bormoqda.

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari muntazam ravishda yangi talablar bilan

to’ldirilib boriladi. Shuning uchun barcha qarorlarni o’z vaqtida qabul qilib va iloji

boricha tezroq o’z kompaniya, firma va korxonalarimizni rivojlantirib borishimiz

kerak. Bunday katta vazifa va majburiyatlarni faqat tajribali mutaxassisgina bajara

oladi. Bu talablarni muntazam

ravishda o’rganishdan tashqari, O’zbekistonda mavjud

qonun qoidalarga loyihalarga rioya qilish ham juda muhimdir. Moliyaviy hisobotni

tayyorlash va buxgalteriya hisobotini yuritish barcha talablarga javob berishi kerak.

O’zbekistondagi MHXS standartlari c

het ellik biznes egalariga aniq moliyaviy natijalar

berishni istagan rahbarlar uchun juda muhimdir. MHXSga muvofiq moliyaviy hisobot

kompaniyaning ishonchliligi va barcha qonuniy talablarga qat’iy rioya qilgan holda

halol

shaffof

biznes

yuritilishini

tasdiqlaydi.

MHXSga muvofiqlikning asosiy mezonlari quyidagilar:

1.

Asosiy vositalarni hisobga olish;

2.

O’zbekiston qonunchiligiga muvofiq daromad solig’ini hisoblash;

3.

Korxonaning oraliq moliyaviy hisobotini shakllantirish;

4.

P

ul mablag’larning oqimi;

5.

Investitsion mulklar.

O’zbekistonda MHXS ni amalda qo’llashning eng jiddiy muammolaridan

biri xalqaro talablarning mahalliy tilga aniq tarjima qilinishidir. Jarayon qo’shimcha

tushuntirishlar va aniqliklar kiritish bilan kechadi. Bu

tuzatishlar ko’p vaqt va mehnat

resurslarini talab qiladi, bu esa kechikish xavfi va qo’shimcha xarajatlar mavjudligini


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

9_

июня

2025

78

2181-3187

anglatadi. Hisob-kitoblarning har biri iqtisodiy tarkibga ega, shu bilan birga u

qo’shimcha huquqiy yordamni talab qilishi mumkin.

MHXS O‘zbekistondagi

an'anaviy buxgalteriya hisoboti qoidalaridan farqi shundaki

, O‘zbekiston mustaqillikka

erishgach, bozor iqtisodiyoti yo

lini tanladi.

Bu jarayonda sobiq ittifoqning

buxgalteriya uslublaridan voz kechildi va moliyaviy hisobotlar jahonda qabul qilingan

tamoyillarga o‘ta

boshladi. Jumladan, qonun bilan quvvatlangan turli milliy

buxgalteriya standartlari ishlab chiqildi, buxgalterlar uyushmalari qoshida xalqaro

buxgalteriya amaliyotlarini o‘rgatish va buxgalterlarni sertifikatlash tizimlari

shakllandi. O‘zbekistonda yuritil

gan qonunchilik, ta'lim va malaka oshirish

amaliyotlarining yakuni MHXS bilan to‘la uyg‘unlashuvga olib kelishi kutilgan edi.

Biroq MHXSga o‘tish jarayoni cho‘zilib ketdi

.

Davlatning milliy iqtisoddagi o‘rni

mulkdorlar sinfiga nisbatan kattaroq bo‘lgan sha

roitda moliyaviy axborotdan

foydalanuvchi taraf hukumat tashkilotlari, ayniqsa soliqqa tortish organlari bo‘lib

qoladi. Natijada buxgalterlik hisoboti tizimlari soliq hisobotlarini shakllantirishga

qaratiladi va tashqi investor va ichki mulkdorlarning axbo

rotga bo‘lgan manfaatlari

keyingi darajaga tushib ketadi. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari butun

jahonda moliyaviy hisobot standartlarining yaqinlashishida, kelishuvida va yanada

yaxshilanishida

muhim

rol

o’ynadi.

Ulardan

quyidagi

maqsadlarda

foy

dalaniladi:ko’pchilik mamlakatlarda hisob va hisobotga qo’yiladigan milliy talablar

uchun asos bo’lib

xizmat qilish; hisob va hisobotga nisbatan o

z talablarini ishlab

chiqayotgan alohida mamlakatlar uchun xalqaro etalon sifatida ishlatilishi (sanoati

rifojlangan mamlakatlar bilan bir qatorda endi rivojlanib borayotgan bozorlar uchun,

masalan, Xitoy, Osiyoning boshqa mamlakatlari ham shular jumlasidandir) ;

Fond birjalari va tartibga soluvchi organlar tomonidan moliyaviy hisobotni Moliyaviy

hisobotning xalqaro standartlariga mos ravishda tuzilishini talab qilgan hollarda;

Kapital bozorlari uchun standartlar ishlab chiqishda to

lig

icha Moliyaviy hisobotning

xalqaro standartlariga asoslanishga qaror qilgan Yevropa Komissiyasi kabi

milliy organlar tomonidan ishlatishi; Moliyaviy

hisobotning xalqaro standartlari talab qilinmaydigan mamlakatlarda ham kompaniyalar


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

9_

июня

2025

79

2181-3187

soni ortganligi tufayli foydalanilishi. Yuqoridagilar tufayli

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari butun jahonda yanada kengroq

foydalanilmoqda va tan olinmoqda. Hatto ba

zi mamlakatlar Moliyaviy hisobotning

xalqaro standartlar (MHXS) ni o

z standartlaridek o

zgarishlarsiz ishlatishmoqda,

ba

zilari esa mamlakat xususiyatidan kelib chiqib ba

zi o

zgarishlarni kiritmoqdalar.

Ko

p millatli yirik kompaniyalar esa moliyaviy hisobotning xalqaro standartlaridan

foydalanish ular uchun qulayligini ta

kidlashmoqda. Moliyaviy hisobotlar xalqaro

standartlarining tan olinishi va tobora ko

proq ishlatilishini isbotlovchi eng muhim

voqealardan biri bu qimmatbaho qog

ozlar va birjalar bo

yicha komissiyalarning

Xalqaro Tashkiloti tomonidan xorijiy kotirovkalar uchun Moliyaviy hisobotlar xalqaro

standartlarining asos qilib olinishidir. MHXS lar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlar

mamlakatda investitsion muhitni yaxshilaydi. Mamlakat iqtisodiyotiga yirik

kompaniyalar tomonidan investitsiyalarning kirib kelishiga imkoniyat yaratadi.

Hozirgi globallashuv jarayonida MHXS dan foydalanishning zarurligini

quyidagi

omillar

bilan

belgilashimiz

mumkun:

- turli mamlakatlarda investorlar va aksionerlar potensial kompaniyalarning bir xil

tamoyillar, ya’ni taqqoslanuvchanlik asosida tayyorlangan moliyaviy hisobotni

yaxshiroq tahlil qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar;

-

turli mamlakat

larda turli fond birjalariga ularning har biriga o’sha mamlakatning

standartlari asosida tuzilgan moliyaviy hisobotdan ko’ra hammasi uchun yagona tan

olinadigan bitta moliyaviy hisobotni tuzish maqsadga muvofiqdir.

Natijada hisobotni tuzish harajatlari ham qisqaradi va kapitalni jalb qilish

imkoniyatlari ham kengayadi.

MHXS larning turli xil milliy hisob tizimiga ega bo’lgan

mamlakatlarda qo’llanilishi ko’zda tutilganligi sababli ular tarkibiy tuzilishi bo’yicha

ham barcha uchun bir xil bo’lishi kerak. Xozirgi kunda xalqaro standartlar tarkibi

bo’yicha uch qismdan iborat

. Birinchi qism-kirish, ikkinchi qism -hisob obyektining

tavsifi, uchinchi qism-buxgalteriya hisobi standarti (xulosasi) deb ataladi. MHXS

talablariga mos keladigan moliyaviy hisobot taqdim etishda nafaqat mos keluvchi


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

9_

июня

2025

80

2181-3187

standartga murojaat qilish, balki MHXSda ularga havola b

о’lgan boshqa MHXS

talablariga ham alohida e’tibor qaratish hamda jamiyatning moliyaviy hisobotlarini

shakllantirish va taqdim etishga nisbatan ularni q

о’llash choralarini ham hisobga olish

zarur.

Xulosa.

Hozirgi integratsiyalashuv va globallashuv davrida raqamli iqtisodiyot

rivojlangan davrda imkon qadar iqtisodiyotimiz rivojlanishi uchun unumli

foydalanishimiz zarur.

Ya’ni, har bir mamlakat o’z milliy standartlaridan foydalanishi

va buning natijasida xorijiy mamlakat investorlari uchun zarur shart-sharoitlarni

yaratish va hisobotlarni tarjima qilishda yo’qotiladigan vaqt va sarf xarajatlar

mamlakat iqtisodiyotini riv

ojlantirish uchun muhim bir to’siq bo’lmasligi kerak. Bu

ma’lumotlardan kelib ch

iqqan holda yurtimizda MHXS dan foydalanishni yanada

rivojlantirish maqsadida quyidagi takliflarni berishimiz mumkin:

Yurtimizda ushbu soxada malakali va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash

tizimimizni rivojlantirish va yanada kuchaytirishimiz lozim, sababi aynan bu kadrlar

iqtisodiyotimizni rivojlantirib chet eldan kirib kelgan investitsiyalarni jalb qilish

imkoni

ni beradi va mamlakatimiz ravnaqi uchun ulkan hissasini qo’shadilar.

Xulosa qilib aytganda barcha uchun tushunarli bo’lgan hisobot

standartlaridan foydalanish mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlanishi uchun asosiy

omillardan biri hisoblanadi. Bu orqali biz xalqaro

miqyosda o’z reyting pog’onamizni

yanada

yuqoriga

ko’tarishimiz,

hisobotdan

foydalanuvchilar

ko’lamini

kengaytirishimiz hamda ushbu hisobotlar shaffofligini oshirishga va ta’minlashga

erishishimiz mumkin hamda xalqaro globallashuv sharoitida xorijiy investitsiyalarni

jalb qilish imkoniyatimiz yuqorilab boradi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

9_

июня

2025

81

2181-3187

Foydalanilgan adabiyotlar

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020

-yil 24-fevraldagi PQ-4611

“Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish bo’yicha qo’shimcha chora

-

tadbirlar to’g’risida”gi qarori.

2022-

2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot

strategiyasi. PF-60 28.01.2022 y.

Ismanov I.,Toshmamatov N.,Buzrukxanov S.“Moliyaviy hisob va hisobot”

Darslik

T 2019 y.

D.Xolboyev, U.N. Ibragimov. “Moliyaviy hisob” o’quv qo’llanma

https://www.ijfd.uz

https://cedr.tsue.uz

https://cyberleninka.ru

https://uz.f-chain.com