Авторы

  • Nozima Dadaxanova Abdurahim qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.109371

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: Ona tili kasbiy yo‘nalish innovatsion metod politexnikum interaktiv usullar nutq madaniyati kasbiy kompetensiya dars samaradorligi texnik ta’lim raqamli texnologiyalar. Key words Mother tongue vocational education innovative methods interactive teaching communicative competence professional language technical education ICT in education language integration project-based learning.

Аннотация

 ANNOTATSIYA Ushbu maqolada kasbiy yo‘nalishlarda ona tili darslarini innovatsion metodlar asosida tashkil etishning dolzarbligi yoritilgan. Ta’lim tizimida yuz berayotgan yangilanishlar, xususan, kasb-hunar kollejlari va texnikumlarda o‘quvchilarning kasbiy bilim bilan birga nutqiy kompetensiyasini shakllantirish zarurati mavzuning asosiy muammosidir. Maqolada interaktiv va innovatsion metodlar (klaster, case-study, loyihaviy ta’lim, AKT vositalari)ning o‘rni, ularning samaradorligi, kasbiy yo‘nalishga mos dars misollari, va amaliy natijalari tahlil qilinadi. Shuningdek, dars mazmunini kasb bilan integratsiyalash orqali o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish usullari ko‘rib chiqiladi. Yakunda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi pedagogik tavsiyalar berilgan.

ANNOTATION This article explores the importance of organizing mother tongue (Uzbek language) lessons in vocational education institutions using innovative teaching methods. In the context of ongoing educational reforms, it is crucial to enhance not only students’ professional skills but also their communicative competencies. The article analyzes the effectiveness of modern teaching strategies such as cluster, case-study, project-based learning, and ICT tools in technical and vocational settings. Practical examples of how language instruction can be integrated with professional content are provided. The findings demonstrate that innovative approaches significantly improve learners’ writing, speaking, and professional vocabulary skills. The article concludes with pedagogical recommendations for improving the quality and relevance of mother tongue instruction in vocational education.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

8_

июня

2025

157

2181-3187

KASBIY YO‘NALISHLARDA ONA TILI DARSLARINI

INNOVATSION METODLAR ASOSIDA TASHKIL ETISH

Namangan viloyati

Uchqo‘rg‘on tuman 1

- son Politexnikumi Ona tili adabiyot

fani

o‘qituvchisi

Nozima Dadaxanova Abdurahim qizi

email. dadaxanovanozima555@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada kasbiy yo‘nalishlarda ona tili darslarini

innovatsion metodlar asosida tashkil etishning dolzarbligi yoritilgan. Ta’lim tizimida

yuz berayotgan yangilanishlar, xususan, kasb-hunar kollejlari va texnikumlarda

o‘quvchilarning kasbiy bilim bila

n birga nutqiy kompetensiyasini shakllantirish

zarurati mavzuning asosiy muammosidir. Maqolada interaktiv va innovatsion metodlar

(klaster, case-

study, loyihaviy ta’lim, AKT vositalari)ning o‘rni, ularning

samaradorligi, kasbiy yo‘nalishga mos

dars misollari, va amaliy natijalari tahlil

qilinadi. Shuningdek, dars mazmunini kasb bilan integratsiyalash orqali

o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish usullari ko‘rib chiqiladi.

Yakunda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi pedag

ogik tavsiyalar berilgan.

Kalit so‘zlar:

Ona tili, kasbiy yo‘nalish, innovatsion metod, politexnikum,

interaktiv usullar, nutq madaniyati, kasbiy kompetensiya, dars samaradorligi, texnik

ta’lim, raqamli texnologiyalar.

ANNOTATION

This article explores the importance of organizing mother

tongue (Uzbek language) lessons in vocational education institutions using innovative

teaching methods. In the context of ongoing educational reforms, it is crucial to

enhance not only

students’ professional skills but also their communicative

competencies. The article analyzes the effectiveness of modern teaching strategies such

as cluster, case-study, project-based learning, and ICT tools in technical and vocational

settings. Practical examples of how language instruction can be integrated with


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

8_

июня

2025

158

2181-3187

professional content are provided. The findings demonstrate that innovative

approaches significantly improve learners’ writing, speaking, and professional

vocabulary skills. The article concludes with pedagogical recommendations for

improving the quality and relevance of mother tongue instruction in vocational

education.

Key words

Mother tongue, vocational education, innovative methods,

interactive teaching, communicative competence, professional language, technical

education, ICT in education, language integration, project-based learning.

KIRISH

XXI asr

bu raqamli texnologiyalar, tezkor axborot almashinuvi va

yangicha fikrlash davri bo‘lib, zamonaviy ta’lim tizimiga ham mutlaqo yangicha

yondashuvlarni talab qilmoqda. Global raqobat kuchaygan, kasb-

hunar ta’limi tizimi

esa bozorda raqobatbardosh, faol fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan yosh

kadrlarni tayyorlashga qaratilgan. Shu nuqtai nazardan qaralganda, politexnikum va

kasb-

hunar maktablarida ona tili va adabiyot fanlarining o‘qitilishi, mazmun va metod

jihatdan yangicha yondashuv asosida tashkil etilishi dolzarb masalalardan biridir.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

8_

июня

2025

159

2181-3187

An’anaviy yondashuvlarda ona tili darslari asosan grammatik bilimlarni berish,

matn ustida ishlash yoki nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirish bilan cheklanib qolgan

bo‘lsa, hozirgi zamon o‘quvchisi bunday biryoqlama yondashuv bilan chuqur til

kompetensiyasig

a ega bo‘la olmaydi. Ayniqsa, kasbiy yo‘nalishlarda ta’lim olayotgan

yoshlar uchun ona tili nafaqat aloqa vositasi, balki kelajakda kasbiy faoliyatda to‘g‘ri

yozish, aniq va lo‘nda ifoda qilish, hujjatlar tuzish, rasmiy muloqot yuritish kabi

ko‘nikmalarni

shakllantirishda asosiy tayanch fan sifatida qaralishi lozim.

Zamonaviy ta’lim metodikasi esa innovatsion yondashuvlar, axborot

-

kommunikatsion texnologiyalar, interfaol dars shakllari va kasbiy faoliyatga

moslashtirilgan o‘quv topshiriqlari orqali o‘quvchilarni faol o‘rganishga jalb etishga

qaratilgan. Aynan innovatsion metodlar asosida tashkil etilgan ona tili darslari orqali

o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, analitik yondashuv, ijodiy izlanish va kasbiy sohada

samarali muloqot yurita olish kabi muhim ko‘nikmalar shakllanadi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, kasb

-hunar kollejlari va texnikumlarda

o‘quvchilarning o‘quv motivatsiyasi ko‘pincha amaliy bilim va real hayotiy vaziyatlar

bilan bog‘liq bo‘lgan ta’limga nisbatan yuqori bo‘ladi. Shu bois ona tili fanini kasbiy

yo‘nalish bilan uyg‘unlashtirib, uni real hayotiy faoliyatga yo‘naltirilgan holatda

o‘qitish —

ta’lim samaradorligini oshiradi. Bu jarayonda esa innovatsion metodlarning

roli beqiyosdir.Ushbu maqolada aynan kasbiy yo‘nalishlarda ona tili darslarini

innovatsion metodlar asosida tashkil etish zarurati, bu yondashuvning nazariy asoslari,

amaliy misollari va kutilayotgan natijalari haqida tahliliy yondashuv asosida fikr

yuritiladi. Maqolaning asosiy maqsadi

zamonaviy metodlar orqali kasbga

yo‘naltirilgan ta’limda ona t

ili fanining didaktik imkoniyatlarini ochib berish va

pedagogik tajriba almashishdir.

TADQIQOT METODOLOGIYASI.

Kasbiy ta’lim sharoitida ona tili darslarining o‘ziga xosligi

.

Kasb-hunar

ta’limi tizimi o‘zining amaliy yo‘nalganligi bilan umumiy o‘rta ta’limdan farq qiladi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

8_

июня

2025

160

2181-3187

Bunday muassasalarda ona tili darslari faqat nazariy bilimlarni emas, balki

o‘quvchilarning kasbiy nutqiy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi amaliy ko‘nikmalarni ham

shakllantirishi lozim. Ayniqsa, bugungi mehnat bozorida ish beruvchilar zamonaviy

texnik vositalarni biluvchi, hujjat bilan ishlay oladigan va aniq muloqot yurita oladigan

mutaxassislarni talab qilmoqda.

Ona tili fanining asosiy vazifasi

til birliklarini o‘rgatish bilangina cheklanib

qolmasdan, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutq madaniyatini, kommunikativ

kompetensiyasini rivojlantirish, shuningdek, kasbiy faoliyatida zarur bo‘ladigan til

vositalarini

puxta egallashlariga yo‘naltirilishi zarur.

Shu bois, dars mazmuni, kasbiy

matnlar (yo‘riqnoma, texnik xulosa, ariza, me’yoriy hujjatlar),

sohaviy terminologiya,

ishbilarmonlik

uslubidagi

nutq,

kasbiy

muloqot

shakllari

bilan boyitilishi kerak. Bu darslarga o‘quvchilarni faol jalb qilish uchun esa

innovatsion metodlar asosiy vosita sifatida xizmat qiladi.

Innovatsion metodlarning turlari va ularning afzalliklari.

O‘quv

jarayonida

samaradorlikka erishishning muhim yo‘llaridan biri —

bu darsni ilg‘or pedagogik

texnologiyalar asosida tashkil etishdir. Innovatsion metodlar orqali bilim olish jarayoni


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

8_

июня

2025

161

2181-3187

faqat o‘qituvchiga emas, balki o‘quvchining o‘ziga ham bog‘liq bo‘ladi. Ular o‘z

bilimlarini mustaqil o‘rganadi, tahlil qiladi, izlanadi va baham ko‘radi.

Quyida kasbiy yo‘nalishdagi ona tili darslarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan

ba’zi innovatsion metodlar va ularning afzalliklari keltirilgan:

“Klaster” metodi

Matn asosida asosiy tushunchalarni ajratish va ularni mavzuga qarab guruhlash.

Bu usul kasbiy atamalarni tizimlashtirishda samarali.

“Case

-

study” yondashuvi

Kasbiy muammoni tahlil qilish orqali o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashini

rivojlantiradi. Masalan, biror ishlab chiqarishdagi aloqa xatolarini matn asosida

aniqlash.

Loyihaviy ta’lim metodi

O‘quvchilar kichik guruh bo‘lib, biror kasbiy hujjat tayyorlaydi (masalan,

“Yo‘riqnoma yozish” yoki “Ish kunligini yuritish”).

Raqamli texnologiyalar (Prezi, Mentimeter, Kahoot)

Qiziqarli testlar, interfaol so‘rovlar, viktorinalar orqali darsga rag‘bat kuchayadi.

“Rolli o‘yin” metodi


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

8_

июня

2025

162

2181-3187

Amaliy misollar: dars mazmunini kasbiy yo‘nalishga moslashtirish

.

Kasbiy

ta’limda o‘quv materiallarini soha bilan bog‘lash o‘quvchining o‘z kasbini ona tili

orqali chuqurroq anglashi, tilni amaliyotga mos holatda qo‘llashi uchun muhimdir.

Quyida ayrim yo‘nalishlarga mos dars misollari keltiriladi:

Qurilish

yo‘nalishi

.

Mavzu:

“Yozma

nutq

turlari”

Topshiriq: Qurilish ob’ektida texnik topshiriq yoki rasmiy ariza yozish.

Innovatsiya: QR kod orqali namunaviy hujjatlarni skan qilish va ularni tahlil qilish.

Axborot texnologiyalari yo‘nalishi

.

Mavzu: “Rasmiy ish uslubi”

Topshiriq:

Dasturiy

ta’minotga

oid

texnik

pasport

tuzish.

Innovatsiya: Google Docs yoki Word’da hamkorlikda hujjat yozish.

Avtomexanika yo‘nalishi

.

Mavzu: “So‘z birikmalari va terminlar”

Topshiriq: “Dvigatel ishlash prinsipi” haqidagi matndan terminlarni ajratish va

sharhlash.

Innovatsiya: Elektron lug‘atlar va diagrammalar orqali tushunchani mustahkamlash.

Bu kabi topshiriqlar o‘quvchini o‘z kasbiy muhitida ona tilidan faol foydalanishga

o‘rgatadi.

Innovatsion metodlarning samaradorligi: tahlil va natijalar.

Yurtimizdagi

bir qator kasb-

hunar ta’lim muassasalarida olib borilgan kuzatuvlar va monitoringlar

shuni ko‘rsatmoqdaki, innovatsion metodlar asosida tashkil etilgan ona tili darslari

quyidagi natijalarga olib kelmoqda:

O‘quvchilarning darsga ishtiroki 30–

40% ga

oshadi; Yozma nutqdagi xatolar soni sezilarli kamayadi (ariza, tavsiyanoma,

bayonnoma);

O‘quvchilarning kasbiy terminologiyaga nisbatan qiziqishi ortadi;

Interfaol topshiriqlarda mustaqil

fikr bildirish ko‘nikmasi kuchayadi;

Baholashda

differensial yondashuv (o‘quvchining yutuq va qiyinchiliklarini aniqlash) imkoniyati

ortadi.

Ushbu metodlar o‘quvchini "yozuvchidan" “yaratuvchi”ga aylantiradi, ya’ni

o‘rganuvchidan faol ishtirokchiga, ta’lim subyektiga aylantiradi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib aytganda, kasbiy

yo‘nalishlarda ona

tili darslarini innovatsion metodlar asosida tashkil etish bugungi ta’lim jarayonining


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

8_

июня

2025

163

2181-3187

dolzarb va zaruriy talablaridan biridir. Ona tili fani faqat grammatik bilimlarni berish

vositasi bo‘lib qolmasdan, balki o‘quvchilarning kasbiy nutq madaniyati, hujjat bilan

ishlash ko‘nikmalari, muloqot madaniyati va kasbiy leksikani o‘zlashtirishda muhi

m

o‘rin tutadi.

Innovatsion metodlardan foydalanish o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, kasbiy

terminlarni anglash va real hayotiy vaziyatlarga mos yozma va og‘zaki nutqni

shakllantirishiga yordam beradi. Jumladan, klaster, case-

study, loyihaviy ta’lim,

interfaol topshiriq

lar, raqamli texnologiyalar kabi metodlar orqali o‘quvchilar faolroq

ishtirok etadi, ijodiy fikrlaydi, kasbiy sohasiga oid bilimlarini amaliyotda

mustahkamlaydi.

Tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, bunday yondashuv orqali darslar mazmunli,

qiziqarli va natijador bo‘ladi. O‘quvchilar ona tiliga bo‘lgan munosabatini faqat fan

sifatida emas, balki kelajakdagi kasbiy faoliyatining bir bo‘lagi sifatida anglay

boshlaydi. Sh

uningdek, innovatsion metodlar o‘qituvchining kasbiy mahoratini

oshiradi, dars jarayonini samarali boshqarish imkonini beradi.

Shu bois, kasbiy ta’lim

tizimida ona tili darslarini innovatsion yondashuvlar bilan tashkil etish

o‘quvchilarni

bilimli, savodli, fikrlovchi va raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllantirishning

muhim omillaridan biri hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Navoiy, A.

Xamsa

.

Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot

va san’at

nashriyoti, 1991.

2.

Navoiy, A.

Lison ut-tayr

.

Toshkent: Sharq, 1993.

3.

Oripov, A.

Saylanma

. 2 jildlik.

Toshkent: O‘zbekiston, 2001.

4.

Oripov, A.

Hijron dardlari

.

Toshkent: O‘zbekiston, 1996.

5.

G‘aniyev, A.

Alisher Navoiy: Hayoti, ijodi, merosi

.

Toshkent:

Fan, 2002.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

8_

июня

2025

164

2181-3187

6.

Qodirov, S.

Abdulla Oripov poetikasi

.

Toshkent: O‘zbekiston

Milliy ensiklopediyasi, 2010.

7.

Karimov, I. A.

Yuksak ma’naviyat —

yengilmas kuch

.

Toshkent: Ma’naviyat, 2008.

8.

Abdug‘aniyeva, M.

O‘zbek she’riyati va vatanparvarlik

ruhining ifodasi

// O‘zbek tili va adabiyoti. –

2020.

№2. –

B. 45

50.

9.

Xolmirzayev, O.

O‘zbek adabiyoti va milliy g‘oya

.

Toshkent:

Ma’naviyat, 2004.

10.

To‘xtaboyev,

Z.

Adabiyotda

vatanparvarlik:

nazariy

yondashuvlar

// Adabiyotshunoslik ilmi rivoji.

2019.

№1. –

B. 30

38.