Авторы

  • Eraliyeva Muniraxon Zaylobidinovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.109374

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar. Tarix jahon shaxsiyat madaniy milliy ta’lim Key words. History World personality cultural national educational

Аннотация

ANNOTATSIYA Ushbu maqolada XVII–XIX asrlarda O‘rta Osiyoda mavjud bo‘lgan Buxoro, Qo‘qon va Xiva xonliklarining harbiy tuzilmalari va ularning islohoti jarayonlari tarixiy manbalar asosida tahlil qilingan. Harbiy islohotlarning amalga oshirilishiga sabab bo‘lgan ichki va tashqi omillar, xususan, qabilaaro nizolar, markaziy hokimiyatning zaifligi va Rossiya imperiyasi bosqiniga tayyorgarlik masalalari chuqur o‘rganilgan. Har bir xonlikda harbiy islohotlar o‘ziga xos yo‘nalishlarda olib borilgan bo‘lsa-da, ularning aksariyati tizimli strategiyaga ega bo‘lmagani sababli kutilgan natijani bermagan. Maqolada ushbu islohotlarning kuchli va zaif tomonlari qiyosiy tahlil qilinib, ularning tarixiy ahamiyati va bugungi harbiy-strategik tafakkurdagi o‘rni ham yoritilgan.

Annotation. This article analyzes the military structures and reform processes of the Bukhara, Khiva, and Kokand khanates in Central Asia during the 17th to 19th centuries, based on historical sources. It examines the internal and external factors that necessitated military reforms, such as tribal conflicts, the weakening of central authority, and the growing threat of Russian imperial expansion. While each khanate pursued reforms in distinct ways, most efforts lacked systematic strategy and thus failed to achieve lasting outcomes. The article provides a comparative analysis of the strengths and weaknesses of these reforms and discusses their historical significance as well as their relevance to contemporary military and strategic thought.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

8_

июня

2025

137

2181-3187

O‘RTA OSIYO XONLIKLARIDA O‘TKAZILGAN HARBIY

ISLOHOTLAR

Rishton tumani 2-son Politexnikimi tarix fani

oʻqituvchisi

Eraliyeva Muniraxon Zaylobidinovna

email eraliyevamunira2086@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada XVII

–XIX asrlarda O‘rta Osiyoda

mavjud

bo‘lgan Buxoro, Qo‘qon va Xiva xonliklarining harbiy tuzilmalari va ularning islohoti

jarayonlari tarixiy manbalar asosida tahlil qilingan. Harbiy islohotlarning amalga

oshirilishiga sabab bo‘lgan ichki va tashqi omillar, xususan, qabilaaro nizolar,

markaziy hokimiyatning zaifligi va Rossiya imperiyasi bosqiniga tayyorgarlik

masalalari chuqur o‘rganilgan. Har bir xonlikda harbiy islohotlar o‘ziga xos

yo‘nalishlarda olib borilgan bo‘lsa

-da, ularning aksariyati tizimli strategiyaga ega

bo‘lmagani sabab

li kutilgan natijani bermagan. Maqolada ushbu islohotlarning kuchli

va zaif tomonlari qiyosiy tahlil qilinib, ularning tarixiy ahamiyati va bugungi harbiy-

strategik tafakkurdagi o‘rni ham yoritilgan.

Kalit s

o‘

zlar.

Tarix, jahon, shaxsiyat, madaniy,

milliy, madaniy, ta’lim;

Annotation.

This article analyzes the military structures and reform processes of

the Bukhara, Khiva, and Kokand khanates in Central Asia during the 17th to 19th

centuries, based on historical sources. It examines the internal and external factors that

necessitated military reforms, such as tribal conflicts, the weakening of central

authority, and the growing threat of Russian imperial expansion. While each khanate

pursued reforms in distinct ways, most efforts lacked systematic strategy and thus

failed to achieve lasting outcomes. The article provides a comparative analysis of the

strengths and weaknesses of these reforms and discusses their historical significance

as well as their relevance to contemporary military and strategic thought.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

8_

июня

2025

138

2181-3187

Key words.

History, World, personality, cultural, national, cultural, educational;

KIRISH

O‘rta Osiyo hududi tarixan strategik va geosiyosiy jihatdan muhim

bo‘lgan mintaqalardan biri hisoblanadi. Bu hudud orqali qadimdan Buyuk ipak yo‘li

o‘tgan bo‘lib, savdo, madaniyat va harbiy yurishlarning markaziy o‘qi sifatida tanilgan.

XVI asr oxiri va XVII asr boshlaridan boshlab mintaqada sobiq temuriylar davlati

o‘rnida uchta asosiy siyosiy markaz –

Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklari shakllandi.

Bu xonliklar ichki siyosiy kurashlar, ijtimoiy notinchliklar, tashqi bosqinchilik xavfi

va o‘zaro raqobat muhi

tida faoliyat yuritganlar.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

8_

июня

2025

139

2181-3187

Mazkur xonliklarning mavjudligi davrida harbiy salohiyat davlat

barqarorligining eng muhim omillaridan biri sifatida qaralgan. Chunki markaziy

hokimiyatni saqlab qolish, ichki qozilar va beklar qarshiligini jilovlash hamda tashqi

tahdidlarga (xususan, Eron, Qozoq xonliklari, keyinroq esa Rossiya imperiyasi

bosqinchiligiga) qarshi kurashishda harbiy kuch hal qiluvchi rol o‘ynagan. Shu sababli

harbiy islohotlar nafaqat mudofaa tizimini kuchaytirish, balki siyosiy hokimiyatni

mustahkamlash, moliyaviy resurslarni samarali boshqarish va ijtimoiy tartibni barpo

etish vositasi sifatida ham namoyon bo‘lgan.

XVIII

XIX asrlarga kelib, harbiy

sohadagi islohotlarga bo‘lgan ehtiyoj yanada kuchaydi. Chunki aynan shu davrda

Rossiya imperiyasi bosqinchilik siyosatini faol yurita boshladi va bu O‘rta Osiyo

xonliklarini o‘z harbiy imkoniyatlarini jiddiy ravishda qayta ko‘rib chiqishga majbur

qildi. Shuningdek, ichki ijtimoiy beqarorlik, iqtisodiy qiyinchiliklar va markaziy

hokimiyatning zaiflashuvi harbiy tuzilmaning tanazzulga yuz tutishiga olib keldi.

Shunday og‘ir sharoitda xonlar tomonidan harbiy sohada islohotlar o‘tkazishga

urinishlar kuzatildi. Bu islohotlar har bir xonlikda turli ko‘rinish va natijalarda

namoyon bo‘ldi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

8_

июня

2025

140

2181-3187

Masalan, Buxoro amirligi Amir Haydar va Amir Nasrullo davrida harbiy

kuchlarni markazlashtirishga urinib, zobitlar va qo‘mondonlik tizimini

takomillashtirishga harakat qildi. Qo‘qon xonligida esa yunusxo‘ja va Alixon

zamonida muntazam qo‘shinlar tuzildi, a

rmiya uchun doimiy budjet ajratildi. Xiva

xonligida ham harbiy qudratni tiklash harakatlari bo‘lib o‘tdi, biroq bu islohotlar,

ko‘pincha, sust amalga oshirilgani tufayli aniq natijalarga olib kelmadi.

Harbiy islohotlar tarixini chuqur tahlil qilish orqali biz nafaqat o‘sha davr siyosiy

iqlimini, balki davlat boshqaruvi, ijtimoiy tuzum va tashqi aloqalar holatini ham anglab

olishimiz mumkin. Shuningdek, mazkur islohotlarning muvaffaqiyatsizlikka uchrashi

yoki cheklangan natijalarga olib kelgan sabablarini ochib berish

bugungi tarixiy

tahlillar va milliy harbiy strategiya shakllanishida ham muhim nazariy asos bo‘la oladi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI Buxoro xonligida harbiy islohotlar.

Buxoro xonligi XVII

XIX asrlar davomida Movarounnahr mintaqasining siyosiy va

diniy markazi bo‘lib, uning mavjudligi davomida turli davrlarning amirlari o‘z

hokimiyatlarini mustahkamlash va tashqi bosqinchilarga qarshi turish maqsadida

harbiy tizimda turli islohotlar o‘tkazgan. Ayniqsa, Amir Haydar (1800–

1826) va uning

o‘g‘li Amir N

asrullo (1826

–1860) davrida harbiy sohada sezilarli o‘zgarishlar amalga

oshirilgan.

Islohotlarning

zarurati:

Mahalliy

beklarning

markaziy

hokimiyatga

bo‘ysunmasligi

,

Ichki nizolar va qabilaaro to‘qnashuvlarning kuchayishi

,

Qo‘shni

Qo‘qon xonligi bilan siyosiy qarama

-qarshiliklar, Rossiya imperiyasining janubga

siljish jarayoni, Amir Haydar va Nasrullo tomonidan amalga oshirilgan islohotlar:

Muntazam armiya tuzilishi: Harbiy xizmatga yollangan askarlar soni ko‘paytirilib, ular

alohida qismlarga bo‘lingan. Harbiy xizmatga sarf qilinadigan mablag‘ bevosita

markaziy xazinadan ajratilgan.

Zobitlar tayinoti va tarbiyasi: Zobitlar asosan sadoqatli kishilar orasidan

tanlanib, ularning sadoqatiga asoslangan lavozimlar berilgan. Bu esa ayrim hollarda

harbiy salohiyatdan ko‘ra siyosiy sadoqatga ustunlik berilishiga olib kelgan.

Harbiy


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

8_

июня

2025

141

2181-3187

qurollanish: Asosiy qurollar sovuq qurollar va kam miqdordagi o‘qotar qurollardan

iborat bo‘lgan. Mahalliy ustaxonalar faoliyati rivojlantirilgan bo‘lsa

-da, zamonaviy

yevropacha qurollar yetarli darajada joriy etilmagan.

Qo‘shin joylashuvi va harakatchanligi: Buxoro qo‘shinlari, odatda, doimiy

shahar garnizonlarida joylashgan bo‘lib, tez harakat qilish qobiliyati past bo‘lgan.

Shunga qaramay, bu islohotlar ko‘proq ichki siyosiy barqarorlikni saqlashga

qaratilgan bo‘lib, tashqi bosqinchilik xavfiga qarshi jiddiy qarshilik ko‘rsatishga yetarli

bo‘lmagan. Ayniqsa, 1868

-

yildagi Rossiya qo‘shinlarining Buxoroga yurishi chog‘ida

bu za

iflik yaqqol namoyon bo‘lgan.

Qo‘qon xonligida harbiy islohotlar

.

Qo‘qon xonligi XVIII–

XIX asrlar

davomida harbiy qudrati bilan ajralib turgan mintaqaviy kuchlardan biri hisoblangan.

Xonlikda Yunusxo‘ja (1798–

1810), Muhammad Alixon (1822

1842) va Xudoyorxon

(1845

–1875) davrida harbiy islohotlarga alohida e’tibor berilgan

.

Farg‘ona vodiysining

zich joylashganligi va resurslar uchun ichki kurashlar, Buxoro va Xiva bilan siyosiy va

iqtisodiy raqoba,

Qirg‘iz va qipchoq urug‘larining beqarorligi

; Rossiya

bosqinchiligining kuchayib borishi.

Asosiy islohotlar

quyidagilarni o‘z ichiga olgan

; Qorachilar tizimi: Bu harbiy

guruh muntazam armiya sifatida xizmat qilgan. Ular xonning bevosita buyrug‘i ostida

harakatlanib, davlat ichki xavfsizligini ta’minlagan.

Doimiy harbiy budjet: Qo‘qon

xonlari harbiy xizmat uchun alohida byudjet ajratgan bo‘lib, bu moliyaviy jihatdan

armiyani doimiy tayyorgarlikda ushlab turishga yordam bergan.

Yollanma qo‘shinlar: Mahalliy va tashqi najotkorlar (yollanma askarlar) xizmatga

olinib, ularning harbiy tajribasidan foydalanilgan. Harbiy sanoat: Qurol-

yarog‘ ishlab

chiqaruvchi mahalliy ustaxonalar faoliyati qo‘llab

-quvvatlangan, biroq sanoat hajmi

kichik bo‘lgani sababli qurollanish yetarli darajada emas edi.

Shunga qaramay, Qo‘qon

xonligining ichki siyosiy kurashlari, xususan, Xudoyorxonning o‘z hokimiyatini

saqlab qolish uchun ortiqcha zo‘ravonlik va haddan ziyod soliq siyosati olib borishi,

armiyaning ichki barqarorligiga putur yetkazdi. 1876-yilda Rossiya imperiyasi

tomonidan xonlik tugatilgan.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

8_

июня

2025

142

2181-3187

Xiva xonligida harbiy islohotlar.

Xiva xonligi o‘zining geografik joylashuvi –

Amudaryo quyi oqimi va Qoraqalpog‘iston hududlarida joylashganligi sababli

hamisha tashqi bosqinchilik tahdidi ostida bo‘lgan.

Shu bois harbiy sohada islohotlarga

ehtiyoj doimo mavjud edi. Ayniqsa, Muhammad Rahimxon II (1864

1910) davrida bu

borada aniq choralar ko‘rilgan.

Yollanma askarlar sonini ko‘paytirish: Mahalliy va qoraqalpoq yigitlari orasidan

harbiy xizmatga yoshlar yollanib, ular uchun maxsus harbiy ta’lim tizimi yo‘lga

qo‘yilgan.

Harbiy qurollanishni kuchaytirish: Qadimiy sovuq qurollar bilan bir

qatorda Yevropadan keltirilgan o‘qotar qurollardan foydalanish holatlari ham mavjud

bo‘lgan.

Mudofaa minoralari va qal’alarni mustahkamlash: Xivada va uning atrofida

strategik nuqtalarda mudofaa devorlari, qal’alar va harbiy minoralar barpo etilgan.

Biroq bu islohotlar ko‘proq mudofaa xarakteriga ega bo‘lib, harbiy kuchlarning

hujumchanlik salohiyatini oshira olmagan. Natijada, 1873-yilda Rossiya generali

Kaufman boshchiligidagi qo‘shinlar Xiva xonligini osongina egallagan.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

8_

июня

2025

143

2181-3187

Mazkur tahlil shuni ko‘rsatadiki, xonliklardagi harbiy islohotlar, asosan, qisqa

muddatli va rejalashtirilmagan bo‘lib, tizimli strategiyaga asoslanmagan.

Bu esa

ularning Rossiya imperiyasi bosqinchiligi oldida bardosh berolmasligiga sabab

bo‘lgan.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa

o‘

rnida shuni aytish mumkinki

O‘rta Osiyo

xonliklarida XVII

XIX asrlarda amalga oshirilgan harbiy islohotlar, garchi izchil va

mukammal bo‘lmagan bo‘lsa

-

da, o‘sha davr siyosiy, ijtimoiy va geosiyosiy

sharoitlariga nisbatan muhim

tarixiy hodisalar sirasiga kiradi. Har bir xonlik o‘zining

siyosiy tuzilmasi, iqtisodiy imkoniyatlari, ijtimoiy qatlamlari va tashqi tahdidlariga

qarab harbiy islohotlarni turlicha yo‘nalishlarda olib borgan.

Buxoro xonligi misolida ko‘rsak, harbiy islohotlar ko‘proq ichki siyosiy

beqarorlikni jilovlashga, markaziy hokimiyatni kuchaytirishga va mahalliy beklarning

mustaqilligini cheklashga yo‘naltirilgan. Amir Haydar va Amir Nasrullo davrida

amalga oshirilgan islohotlar armiyani markazlashtirish va tartibga solish uchun muhim

poydevor bo‘lgan. Biroq bu islohotlar asosan konservativ tuzumlar doirasida olib

borilganligi sababli zamonaviy yondashuvlardan yiroq bo‘lib qolgan.

Qo‘qon

xonligida esa harbiy islohotlar

nisbatan faol va tizimli bo‘lgan. Xonlikda muntazam

armiya, yollanma askarlar va maxsus harbiy byudjet mavjud edi. Ayniqsa, Yunusxo‘ja

va Muhammad Alixon davrida armiya tuzilmasida yangiliklar joriy etilgan, qurollanish

darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan. Sh

unga qaramay, xonlikdagi ichki siyosiy

parokandalik, qabilaaro nizo va sadoqatsiz zobitlar tizimining kuchayishi harbiy

islohotlarning muvaffaqiyatli bo‘lishiga to‘sqinlik qilgan.

Xiva xonligida esa islohotlar ko‘proq mudofaa xarakterida bo‘lgan. Muhammad

Rahimxon II tashqi bosqinchilikka qarshi tayyorgarlik ko‘rish maqsadida harbiy

tuzilmalarni kuchaytirishga harakat qilgan. Biroq harbiy texnologiyalar, intizom va

zamonaviy harbiy tayyorgarlik yetishmasligi sababli bu islohotlar ham uzoq muddatli

natijalar bermagan. Xiva qo‘shinlari an’anaviy tuzilmada saqlanib qolgan va Rossiya

imperiyasi bilan to‘qnashuvda yirik yo‘qotishlarga uchragan.

Harbiy islohotlarning

umumiy zaifliklari qu

yidagilarda namoyon bo‘ladi:

Islohotlarning mahalliy va qisqa


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

8_

июня

2025

144

2181-3187

muddatli xarakterga ega bo‘lishi;

Markaziy hokimiyat bilan mahalliy zodagonlar

o‘rtasidagi mojarolar;

Harbiy texnologiyalar va zamonaviy qurollarning yetishmasligi;

Harbiy bilim va tajriba yetishmovchiligi, harbiy kadrlar tayyorlash tizimining

mavjud emasligi;

Islohotlarning tashqi siyosiy strategiyadan ko‘ra ichki siyosiy

ehtiyojlarga xizmat qilganligi.

Ayni shu zaifliklar oxir-

oqibatda O‘rta Osiyo xonliklarining Rossiya imperiyasi

bosqiniga qarshi samarali qarshilik ko‘rsatolmasligiga olib kelgan. Natijada XIX

asrning ikkinchi yarmiga kelib, barcha xonliklar o‘z suverenitetidan mahrum bo‘lib,

yarim musta

qil yoki to‘la mustamlaka shakliga o‘tgan.

Biroq, bu islohotlar tarixiy

jarayon sifatida o‘rganilganda, ular o‘sha davr hukmdorlarining siyosiy tafakkuri,

harbiy imkoniyatlari va davlat boshqaruvi haqidagi tasavvurlarini aks ettiradi. Bugungi

kunda tarixi

y merosni o‘rganish, xususan, o‘sha davrdagi harbiy strategiyalarni tahlil

qilish orqali biz o‘z milliy xavfsizlik konsepsiyamizni tarixiy ildizlar bilan

boyitishimiz mumkin.

Shu bois, O‘rta Osiyo xonliklaridagi harbiy islohotlarni faqat

muvaffaqiyatsizliklar nuqtayi nazaridan emas, balki o‘z davrining siyosiy

-iqtisodiy

realiyalaridan kelib chiqib baholash zarur. Ular mintaqaning harbiy-siyosiy

taraqqiyotida muhim tajriba makta

bi bo‘lib xizmat qilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi v

а

inson m

а

nf

аа

tl

а

rini t

а’minlа

sh

yurt

t

а

r

а

qqiyoti v

а

x

а

lq f

а

rovonligining g

а

rovi.

–T.: O‘zbekiston, 2017. –

30 b.

2. Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. –

T.: O‘zbekiston, 2021.

262, 251-b.

3. Mirziyoyev Sh.M. Konstitutsiy

а

erkin v

а

f

а

rovon h

а

yotimiz, m

а

ml

а

k

а

timizni

y

а

n

а

d

а

t

а

r

а

qqiy ettirishning must

а

hk

а

m poydevoridir.

T.: O‘zbekiston, 2018. –

30 b.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

8_

июня

2025

145

2181-3187

4. Giesecke H. Was kann die Schule zur Werteerziehung beitragen?, (Eds: Sabine

Gruehn, Gerhard Kluchert, Thomas Koinzer), Was Schule macht: Schule, Unterricht

und Werteerziehung. Basel:Beltz Verlag, 2004, p. 236.

5.O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma

-

T.: Yangi nashr, Respublika ta’lim

markazi, 2022, - 252 b.

6. Toshev S. (2020). TARIX FANINI O’QITISHNDA ZAMONAVIY

YONDASHUVLAR. Science and Education, 1(Special Issue), 6

7. Faxriddin B., N

o‘

monbek A. ABS SISTEMASI BILAN JIHOZLANGAN M1

TOIFALI

AVTOMOBILLARNING

TORMOZ

SAMARADORLIGINI

MATEMATIK NAZARIY TAHLILI //International journal of scientific researchers

(IJSR) INDEXING.

2024.

Т

. 4.

№.

1.

С

. 333-337.

8. Xuzriddinovich B. F. et al. ABS BILAN JIHOZLANGAN AVTOMOBILNI

TORMOZ PAYTIDA O ‘ZO ‘ZIDAN VA MAJBURIY TEBRANISHLARINI

TORMOZ SAMARADORLIGIGA TA’SIRINI TAHLIL QILISH //ОБРАЗОВАНИЕ

НАУКА

И

ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ

В

МИРЕ

.

2024.

Т

. 47.

№.

4.

С

. 81-

87.

9. Karshiev F. U., Abduqahorov N. ABS BILAN JIHOZLA

НГАН

M1 TOIFALI

AVTOMOBILLAR TORMOZ TIZIMLARINING USTIVORLIGI //Academic

research in educational sciences.

2024.

Т

. 5.

№. 5. –

С

. 787-791.

10.Qurbonazarov S. et al. ANALYSIS OF THE FUNDAMENTALS OF

MATHEMATICAL MODELING OF WHEEL MOVEMENT ON THE ROAD

SURFACE OF CARS EQUIPPED WITH ABS //Multidisciplinary Journal of Science

and Technology.

2024.

Т

. 4.

№.

8.

С. 45

-50

11.Каршиев

Фахридин

Умарович,

Н.Абдуқаҳоров

ИЗУЧЕНИЕ

МИКРОСТРУКТУРЫ СТАЛИ В МАТЕРИАЛОВЕДЕНИ//

https://www.iupr.ru/6-

121-2024

12. Xusinovich T. J., R

o‘

zibayevich M. N. M1 TOIFALI AVTOMOBILLARNI

TURLI MUHITLARDA TORMOZLANISHINI TAHLIL QILISH VA

PARAMETRLARINI O ‘RGANISH.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)