ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–2_ июня–2025
280
2181-
3187
JAG'-JAG' O‘SIMLIGI TIBBIYOTDA QO’LLANILISHI
Haydarov Eldorbek Raximjon o’g’li,
Sayfiddinova Sarvinoz Saydullo qizi,
Muxtorjonova Xatichabonu Murodillo qizi
University of Business and Science
E-mail:
Anotatsiya: Tabiat inson salomatligi uchun bebaho ne’mat bo‘lib, minglab
yillardan beri tabobatda o‘simliklar keng qo‘llanib kelmoqda. Ana shunday shifobaxsh
o‘simliklardan biri – Jag‘-Jag‘ o‘simligidir. Ushbu o‘simlik xalq tabobatida keng
qo‘llanilib, hozirgi zamonaviy fitoterapiya yo‘nalishlarida ham o‘z o‘rnini topmoqda
Jag‘-Jag‘ (lotincha:
Achyranthes aspera
) Amarantlar oilasiga mansub ko‘p yillik
o‘t o‘simligi bo‘lib, issiq iqlimli hududlarda keng tarqalgan. U tropik va subtropik
mintaqalarda, xususan, Osiyo, Afrika, Hindiston, Nepal va
1.rasm Jag’-jag’ o’simligi
Markaziy Osiyo hududlarida o‘sadi. O‘zbekiston hududida Jag‘-Jag‘ yovvoyi
holda uchrab turadi, ba’zida bog‘-rog‘larga yaqin joylarda o‘sadi. Bo‘yi 30–100 sm
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–2_ июня–2025
281
2181-
3187
gacha yetadi. Poyasi tik, tuksiz, barglari cho‘zinchoq, qarama-qarshi joylashgan.
Gullari mayda, sarg‘ish-yashil rangda, boshoqsimon to‘pgullarda joylashgan[2].
Jag‘-Jag‘ qadimdan turli kasalliklarni davolashda ishlatilgan. Uning shifobaxsh
xususiyatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi. Yallig‘lanishga qarshi ta’sir: Jag'-Jag'ning
yallig'lanishni kamaytiradigan flavonoidlar va vitaminlar mavjud.Shuning uchun u
og'riq, shish va qizarish kabi yallig'lanish holatlarini davolashga yordam beradi. Qon
ketishini to'xtashish: Jag'– Jag'ning biriktiruvchi xususiyati tufayli yaralarni
davolashda ishlatiladi. Bundan tashqari, Hayz ko'rganda ko'p miqdorda qon ketishni
davolashda ham foydalanish mumkun. Ich ketishni davolashda: Mikroblarga
qarshi
xususiyatlari tufayli diyareyani davolashda ishlatiladi[4]
- Antiparazitar xususiyatlar
- Yaralarni bitkazadi
Jag‘-Jag‘ o‘simligi kuchli moslashuvchanlikka ega bo‘lib, turli tuproqlarda
o‘sishga qodir. Uning vegetatsiya davri yozning boshidan kuz oxirigacha davom etadi.
Urug‘ orqali ko‘payadi. O‘simlikning har bir qismi – ildizi, poyasi, bargi va urug‘i
biologik jihatdan faol moddalarni o‘z ichiga oladi. Ayniqsa ildiz qismi faolroq
hisoblanadi. O‘simlik ekologik jihatdan ham muhim – yerning degradatsiyaga
uchragan qismlarini tiklashda ham rol o‘ynaydi.
Kimyoviy xususiyatlari: Jag‘-Jag‘ o‘simligi bir qator biologik faol moddalar
bilan boy bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilar:
Antioksidant ta'sir : Jag'-Jag' tarkibida antioksidant yuqoriligi tufayli eerkin
radikallar keltirib chiqaradigan hujayra shikastlanishini kamaytirishga yordam beradi.
Saponinlar, Alkaloidlar, Flavonoidlar, Taninlar, Efirobodlar, shuningdek, uning
tarkibida temir, kaltsiy, fosfor, kaliy kabi mikroelementlar mavjud.
Xulosa: Jag‘-Jag‘ o‘simligi nafaqat xalq tabobatida, balki ilmiy tibbiyotda ham
e’tiborga loyiq bo‘lgan muhim fitoterapevtik vosita hisoblanadi. Uning shifobaxsh,
biologik va kimyoviy xususiyatlari turli davo yo‘nalishlarida keng qo‘llash imkonini
beradi. Kelajakda Jag‘-Jag‘ asosida zamonaviy dorivor preparatlar ishlab chiqilishi
mumkin. Shu sababli bu o‘simlikni o‘rganish va tibbiyotda qo‘llash istiqbollari katta
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–2_ июня–2025
282
2181-
3187
ahamiyat kasb etadi. Jag'-Jag' juda ko'p turli xil usullarda ishlatish mumkin va uning
afzalliklarini hisobga olgan holda, dorivor yoki kosmetik maqsaqlarda ishlatiladigan
ko'plab mahsulotlarga kiritish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Solihov M.M., Karimov Yu.S.
–
Dorivor o‘simliklar ensiklopediyasi
. – Toshkent:
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2018.
2.
Bisset N.G.
–
Herbal Drugs and Phytopharmaceuticals
. Medpharm GmbH
Scientific Publishers, 2001.
3.
Akram M.
–
Minireview on Achillea millefolium Linn: A review of its traditional
uses,
phytochemistry,
and
pharmacological
activities
.
– Journal of
Ethnopharmacology, 2020.
4.
Zohidov M.M.
–
O‘simliklar kimyosi
. – Toshkent: Fan nashriyoti, 2009.