Авторы

  • Sabirov Salijan
  • Ikmatillayeva Nilufar
  • Mirzamiddinov Saydullo

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.121144

Ключевые слова:

Avtoulovlar evolyutsiyasi ixtiro elektrokar elektromobil elektr starter global avtomobillar energetika agentligi.

Аннотация

Insoniyat elektr avtomobillaridan qariyb 1,5 asr davomida 
foydalanib keladi. Lekin ularga doim yangilik sifatida qaralaveradi. Chunki ular vaqti
vaqti bilan yo‘qolib-paydo bo‘lib turadi. Bunga esa har davrlarda turli obektiv va 
sub’yektiv sabablar bo‘lgan. Ushbu maqolada aynan shu sabablar, ilk elektrokarlarning 
narxlaridan bugungi kundagi sotuvlari hajmigacha bo‘lgan ma’lumotlar bilan 
tanishasiz. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июня–2025

303

2181-

3187

ELEKTROMOBILLAR EVOLYUTSIYASI

Farg’ona shahar 1-sonli poliyexnikum ta’lim ustasi

Sabirov Salijan

Farg’ona shahar 1-sonli poliyexnikum

maxsus fan o’qituvchisi

Ikmatillayeva Nilufar

Farg’ona shahar 1-sonli poliyexnikum ta’lim ustasi

Mirzamiddinov Saydullo

Annotatsiya:

Insoniyat elektr avtomobillaridan qariyb 1,5 asr davomida

foydalanib keladi. Lekin ularga doim yangilik sifatida qaralaveradi. Chunki ular vaqti-

vaqti bilan yo‘qolib-paydo bo‘lib turadi. Bunga esa har davrlarda turli obektiv va

sub’yektiv sabablar bo‘lgan. Ushbu maqolada aynan shu sabablar, ilk elektrokarlarning

narxlaridan bugungi kundagi sotuvlari hajmigacha bo‘lgan ma’lumotlar bilan

tanishasiz.

Kalit so`zlar:

Avtoulovlar evolyutsiyasi, ixtiro, elektrokar, elektromobil,

elektr starter, global avtomobillar, energetika agentligi.

Xayolotdan haqiqatga o‘tgan davrlar

Mavzu avvalida avtoulovlar evolyutsiyasiga bir nazar tashlab olsak. Ot va boshqa

hayvonlarsiz harakatlanadigan mashinalar yoki samolyot va vertolyot haqidagi amaliy

tasavvurlar 6 asr oldin yashab o‘tgan italyan rassomi Leonardo da Vinchi chizmalarida

uchraydi.

Undan keyin 18-asrda bug‘ bilan ishlaydigan dvigatellar yaratilib, ular

ko‘chalarda harakatlana boshladi. Elektr tortish kuchiga ega ilk motorning miniatura

modeli esa 1828 yilda, deyarli 2 asr oldin vengriyalik Anyos Yedlik tomonidan

ixtiro

qilingan

.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июня–2025

304

2181-

3187

Ha, uni to‘laqonli avtomashina deb bo‘lmaydi, albatta. Bu bosqichga o‘tilmagan

ham. Lekin bu ixtiro elektrokarlar yaratilishidagi turtkilardan biri edi. Muhimi, ilk

qadam tashlandi.

6 yil o‘tadi. 1834 yilda amerikalik Tomas Devenport o‘zining elektr moslamasini

yaratadi. Shu yili olim ishlanmasini aylanma yo‘lda elektrlashtirilgan poyezd maketiga

joylashtiradi. Bu ixtironi hali tasavvuriga ham sig‘dira olmayotgan mutasaddilar unga

patent berishda juda ikkilanishadi va bu jarayon biroz kechikadi. Devenport patentga

uch yildan keyin erishadi.

Boshqalar ham qarab turmaydi. Yuqoridagi Vengriya va Amerika olimlari bilan

bir qatorda 1835 yilda gollandiyalik professor Sibrandus Strating va uning yordamchisi

Kristofer Bekker uch g‘ildirakli, qayta zaryadlanmaydigan birlamchi galvanik

elementlar tomonidan boshqariladigan kichik elektr mexanizmini yaratdi.

Bu dunyodagi birinchi elektr avtomobilning og‘irligi uch kilogrammdan

oshmaydi. Batareya to‘liq zaryadlanganda u yigirma daqiqa yura oladi va 1,5

kilogramm yuk ko‘tara olgan, xolos. Albatta, bu 1835 yil uchun yomon dizayn va ixtiro

emasdi.

Bu paytda shotlandiyalik ixtirochisi Robert Anderson ot aravasiga elektr motorini

o‘rnatish bo‘yicha tajriba o‘tkazdi. Uning hamyurti va adashi Robert Devidson esa 6

km/soat tezlikda 2,4 km masofaga harakatlanuvchi hamda 6 tonna yuk ko‘tara oladigan

elektrovozni yaratdi. Bu esa odam tezligi bilan deyarli bir xil edi.

Elektromobillarning yangi davri

Yangi davr. 19-asr o‘rtalaridan Amerika va Yevropa mamlakatlarida

elektromobilllar yaratish uchun kimo‘zarlik kayfiyati boshlanib ketdi. 1858 yilda

Gaston Plantening qo‘rg‘oshinli akkumulyator ixtiro qilishi bu jarayonlarni yanada

tezlashtirdi. 1881 yilda fransuz kimyo muhandisi Camiyel Alfonse For Gaston

Plantening qo‘rg‘oshin-kislota akkumulyatori dizaynini yanada yaxshiladi va uning

quvvati sezilari darajada oshirildi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июня–2025

305

2181-

3187

Ana endi 1881 yildagi Parij xalqaro elektr ko‘rgazmasida fransuz ixtirochisi

Gustav Truv elektr motorli uch g‘ildirakli velosipedni taqdim etdi. Xuddi shu yili uning

hamyurti Sharl Janto aravani akkumulyatorli elektr dvigatel bilan jihozladi va 1884

yildan 1906 yilgacha Janto brendi ostida tijoriy elektr o‘ziyurar vagonlarni ishlab

chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

Inglizlar ham qarab turmadi. Ularning birinchi elektromobillari 1884 yilda Tomas

Parker tomonidan ishlab chiqarilgan. O‘sha yillarda esa Londonda Uolter Burseyning

bir martalik quvvati 48 km masofaga yetuvchi, 14,5 km/soat tezlikka ega

akkumulyatorli elektr taksilari harakatlana boshladi. 1888 yilda Andreas Floken

Germaniyada elektr motorli o‘ziyurar aravaga asoslangan ilk elektromobilni yaratdi.

Amerikalik birinchi elektromobil esa 1891 yilda Uilyam Morrison tomonidan

ishlab chiqarilgan elektr batareyasi yordamida yasalgan. 6 o‘rinli vagon 23 km/soat

tezlikka erisha oldi va u rul bilan jihozlangan birinchi avtomobil edi.

1894 yil. Muhandis-mexanik Genri Morris va kimyogar Pedro Salom tomonidan

Filadelfiyada ishlab chiqilgan birinchi elektr taksilar Nyu-York ko‘chalarida paydo

bo‘ldi. Bu avtomobillar bir marta quvvatlanganda 40 km masofani bosib o‘tgan.

Maksimal tezlik esa soatiga 32 km. Hozirgi elektr samokatlardan sal tezroq.

Ko‘p o‘tmay, Amerikada bir quvvat bilan 22,5 km/soat tezlikda 80–128 km

masofani bosib o‘tuvchi va 32 km/soat tezlik bilan 130 kilometr yo‘l bosa oladigan

boshqa-boshqa elektromobillar ko‘payishni boshladi.

Rekordlar yangilanib, yaxshilanib bordi. 1898 yilda fransuz poygachisi Gaston de

Chasseloo-Lobat elektromobilda 68 km/soat tezlikka erishdi va keyingi yili bu rekord

qariyb 106 km/soatga yetdi. 4 yil o‘tib, Valter Beykerning Torpedo elektromobili

soatiga 161 km tezlikka erishdi.

1897 yilda Nyu-York taksi haydovchilari tijorat elektr aravalarining ilk

xaridorlariga aylandi. Ba’zi manbalar ta’kidlashicha, 1900 yilga kelib, AQShdagi


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июня–2025

306

2181-

3187

barcha avtomobillarning chorak qismi elektr ulovlar bo‘lgan va shu yillari

elektromobillar ichki yonuv dvigatelli an’anaviy mashinalardan ko‘proq sotilgan.

Orqaga qaytish davri

1900 yillarning boshida elektr avtomobillari, ayniqsa, oddiy avtomobillarning

benzin hidini yoqtirmaydigan oqsuyak ayollar orasida mashhur edi. Shuningdek,

“AQShda benzin bilan harakatlanuvchi taniqli avtomobil ishlab chiqaruvchilari o‘z

uylari va ofislari o‘rtasida harakatlanish uchun elektromobillardan foydalanishadi"

degan mish-mishlar ham tarqalgan.

O‘sha yillarda boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilari “elektromobillar tannoz

oyimchalarning mashinasi” degan gaplar bilan erkaklarning g‘ururini uyg‘otishga

urinishni boshlashdi. Sifatli yo‘llar qurilishi ortidan uzoq masofalarga harakatlanish

ommalashib bordi. Bu esa quvvatlash noqulay va uzoq vaqtni oladigan elektr ulovlarga

talabni pasaytira boshladi.

Shu orada 1908 yili Ford o‘zining yonilg‘i bilan harakatlanadigan hamyonbop T

rusumli mashinasini ommaviy ishlab chiqara boshladi. Uning o‘sha paytdagi

boshlang‘ich narxi 825-850 dollar atrofida bo‘lgan. Bu esa avtomobillarning shu

davrdagi o‘rtacha 1100-1700 dollarlik narxlaridan anchagina arzon edi. 1910 yilda

AQShda aholining yillik o‘rtacha daromadi 574 dollar yoki oylik 48 dollar atrofida

bo‘lgan va bu istalgan odamda qimmat elektromobillar emas, balki, o‘rta sinf uchun

ishlab chiqilgan Ford T modelini 1,5 yillik daromadiga xarid qilish imkonini

bergan

.

Yangi neft manbalarining ko‘payib borishi ham shu davrga to‘g‘ri keldi. Bu ham

yetmaganday, mashinalar uchun elektr starter ham ixtiro qilinib, odamlar mashinani

o‘t oldirish uchun endi uning “qulog‘ini burab qo‘yish” mashaqqatidan qutulishdi.

Elektrokarlarning qisqagina mashhurlik davri orqaga chekinib, ular bozorda o‘z

o‘rinlarini yonilg‘ili avtomobillarga bo‘shatib bera boshladi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июня–2025

307

2181-

3187

1912 yilda o‘rtacha benzinli avtomobil 650 dollargacha tushib, elektr transport

vositasi esa 1750 dollarga sotilgan. Bir vazifani bajarsa-yu, lekin biri ikkinchisidan 3

baravar qimmat bo‘lsa, elektr ulovlarni bundan buyog‘iga kim ham xarid qilardi,

to‘g‘rimi? Shu alfozda davom etgan inqiroz ortidan 1935 yilga kelib, shaharlarda elektr

transport vositalari deyarli yo‘q bo‘lib ketdi.

Qayta qiziqishning boshlanishi

Elektr avtomobillarga navbatdagi qiziqishlar 1970 yillardagi neft inqirozi tufayli

paydo bo‘la boshladi. Allaqachon unutilib ulgurgan bu turdagi transport vositalarini

amaliyotga qayta joriy qilish bo‘yicha yangi qonunlar kuchga kira boshladi, elektr

dasturlar yaratishga tushishdi, yoqilg‘i tutunlaridan buzilgan ekologiya vaji bilan ham

bu tajribaga qaytish shart edi. Biroq yangi ishlab chiqarilgan elektrokarlar bor-yo‘g‘i

45 km/soat tezlikkacha olib chiqildi. Ular bir quvvat bilan 90 km masofagagina yura

oldi. Bu hatto 50 yil oldingi tadqiqotlardan ham pastroq natijalar edi.

1974-1977 yillarda AQShda shiddat bilan ishlab chiqarila boshlangan Serbing

Vanguard Citycar xuddi shunday quvvatga ega elektromobil edi. Bunday dizayn bilan

avtomobil o‘z xaridorlarini qiziqtira olmagan ham bo‘lsa kerak. Xuddi yaqinda

Rossiya o‘z elektrokari taqdimotini qilgani kabi.

70-yillarning oxiriga kelib, elektr mashinalarga qiziqish va talab unchalik

bo‘lmadi, keyingi 15 yillar davomida gaz bilan ishlaydigan avtomobillar bozorda

ustunlik qildi. Ammo 90-yillarning o‘rtalarida yangi federal qoidalar avtomobil ishlab

chiqaruvchilarga mashhur modellarni elektr transport vositalariga o‘zgartirib, benzinda

harakatlanadigan mashinalardek tezlikka yaqinroq bo‘lishga yordam berdi.

1996 yilda GM o‘zining noldan ishlab chiqilgan EV1 elektr transport vositasini

chiqardi. 1997 yilda Toyota ommaviy ishlab chiqarilgan Prius’ni taqdim etdi. 2000

yilga kelib ular butun dunyo bo‘ylab haydalib, mashhurlar orasida mashhur bo‘ldi va

yana bir bor elektr transport vositalarining obro‘sini oshirdi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июня–2025

308

2181-

3187

Sohadagi eng katta yutuq 2006 yilda Kaliforniyadagi Tesla startapi – 300 km

masofani bosib o‘tuvchi hashamatli elektr sport avtomobilini ishlab chiqarishini e’lon

qilganida yuz berdi. AQSh Energetika departamenti ham qarab turmay, mamlakat

bo‘ylab elektr ulovlar uchun tijorat va jamoat quvvatlovchi qurilmalari infratuzilmasini

yaratdi.

2010 yilda Chevrolet o‘zining sotuvdagi ilk plagin gibridi Volt avtomobilini,

Nissan esa to‘laqonli ekologik toza elektr avtomobil Leaf’ni ishlab chiqardi.

Elektr avtomobilining eng qimmat qismi uning akkumulyatori bo‘lib, u ham

umumiy yuqori narx tufayli ko‘plab avtomobil egalarini tashvishga solar edi. 2013

yilga kelib, AQSh Energetika vazirligi elektr texnologiyalarini rivojlantirishga sezilarli

darajada sarmoya kiritdi va 4 yil ichida narxlarning deyarli 50 foizga pasayishiga

erishdi. Bunday yutuqlar o‘rtacha daromadli odam uchun elektr transport vositalarini

yanada talabgor va jozibador qildi. Xuddi yuz yil oldingi kabi.

Bugungi raqamlar nima deydi?

Butun dunyoda odamlar avtomobillardan voz kechib, ko‘proq piyoda, velosiped

yoki jamoat transportlarida harakatlanishga o‘tayotgani jahon avtomobillar

savdosining qisqarishiga sezilarli ta’sir qilmoqda. Xalqaro energetika agentligi hatto

shunday sharoitda ham elektromobillar savdosi o‘sayotganidan xabar beradi. 2022

yilda elektr avtomobillar sotuvi 10 milliondan oshgan va bu 2021 yilga nisbatan 55

foizga ko‘p. O‘tgan 2023 yilda bu miqdor 14 millionga yetishi mumkinligi

taxmin

qilingan

.

Global avtomobillarning umumiy savdosida elektr motorli transportlarning ulushi

2021 yildagi 9 foizdan 2022 yilda 14 foizga o‘sdi. Mazkur o‘sish 2017 yildagi

raqamlardan 10 baravarga ortiq.

Elektromobillar sotuvida yetakchilik Xitoy hissasiga to‘g‘ri keladi. 2022 yilda

jahon elektromobillari sotuvining 60 foizi u yerda amalga oshirilgan.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июня–2025

309

2181-

3187

Keyingi gigantlar esa Yevropa Ittifoqi va AQSh bo‘lib, 2022 yili bu

mamlakatlarda savdo mos ravishda 15 va 55 foizga oshdi. Havoning eng katta

ifloslantiruvchilari Xitoy, Yevropa Ittifoqi va AQSh ekani sababli elektr transport

vositalarining ko‘payayotgani yaxshi yangilik deya baholanmoqda.

Dunyo bo‘ylab avtomobil ishlab chiqarish sanoatining bunday tarixiy o‘zgarishi

global neft sanoatiga ham ta’sir qilmay qolmaydi, albatta.

Biz guvoh bo‘layotgan tendensiyalar global neft talabiga sezilarli ta’sir

ko‘rsatadi. Ichki yonuv dvigateli bir asrdan ko‘proq vaqt davomida tengsiz bo‘lib

kelmoqda, ammo elektr transport vositalari statusi ham o‘zgarmoqda. 2030 yilga

borib ular kuniga kamida 5 million barrel neftga bo‘lgan ehtiyojning yo‘qolishiga

sabab bo‘ladi

”, deydi Xalqaro energetika agentligi ijrochi direktori Fotih Birol.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 19.12.2022 yildagi PQ443-son.

2. Элекромобили: мировые тренды, проблемы и перспективы, Денис ХИТРЫХ

Директор центра исследований и разработок по маркетингу, МВА, <>: научная

статьяю Журнал: Электрическая политика №1(155);

3. Electric Vehicle Technology Explained, Second Edition. James Larminie and John

Lowry.© 2012 John Wiley & Sons, Ltd. Published 2012 by John Wiley & Sons, Ltd

4. Электромобили и автомобили с комбинированной энергоустановкой. Расчет

скоростных характеристик: учеб. пособие / В.Е. Ютт, В.И. Строганов. – М.:

МАДИ, 2016. – 108 с.

5. Fulton L, Tal G. and Turrentine T. Can We Achieve 100 Million Plu-in cars by

2030? Institute of Transportation Studies, University of California, Davis, 2016.

6.

https://youtu.be/hExci5a0p-k

7. “Современное состояние электромобилей и пути улучшения его

характеристика и дизайна” Ли Мария Валентиновна магистрская диссертатсия,

Сетбаев Университети Казахстан, 21,06,2021 г.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 19.12.2022 yildagi PQ443-son.

Элекромобили: мировые тренды, проблемы и перспективы, Денис ХИТРЫХ

Директор центра исследований и разработок по маркетингу, МВА, <>: научная

статьяю Журнал: Электрическая политика №1(155);

Electric Vehicle Technology Explained, Second Edition. James Larminie and John

Lowry.© 2012 John Wiley & Sons, Ltd. Published 2012 by John Wiley & Sons, Ltd

Электромобили и автомобили с комбинированной энергоустановкой. Расчет

скоростных характеристик: учеб. пособие / В.Е. Ютт, В.И. Строганов. – М.:

МАДИ, 2016. – 108 с.

Fulton L, Tal G. and Turrentine T. Can We Achieve 100 Million Plu-in cars by

? Institute of Transportation Studies, University of California, Davis, 2016.

“Современное состояние электромобилей и пути улучшения его

характеристика и дизайна” Ли Мария Валентиновна магистрская диссертатсия,

Сетбаев Университети Казахстан, 21,06,2021 г