Авторы

  • Sabirov Salijan
  • Ikmatillayeva Nilufar Avazjanovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.121127

Ключевые слова:

Lider liderlik salohiyat noan’anaviy usullar pedagogik texnologiyalar faoliyat usullari hamkorlik samaradorlik yo’l-yo’riq malaka ko’nikma.

Аннотация

Ushbu maqolada liderlik va uning dunyo va jamiyat 
rivojlanishidagi o’rni, o’quvchilarda liderlikni rivojlantirishdagi samarali usullar, 
liderlikni turlari va uni namoyon bo’lishi ochib berilgan. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июня–2025

417

2181-

3187

DARS JARAYONIDA O`QUVCHILARDA LIDERLIK QOBILIYATINI

RIVOJLANTIR

Farg’ona shahar 1-sonli poliyexnikum

maxsus fan o’qituvchisi

Ikmatillayeva Nilufar Avazjanovna

Farg’ona shahar 1-sonli poliyexnikum ta’lim ustasi

Sabirov Salijan

Farg’ona shahar 1-sonli poliyexnikum ta’lim ustasi

Mirzamiddinov Saydullo

Annotatsiya

: Ushbu maqolada liderlik va uning dunyo va jamiyat

rivojlanishidagi o’rni, o’quvchilarda liderlikni rivojlantirishdagi samarali usullar,

liderlikni turlari va uni namoyon bo’lishi ochib berilgan.

Kalit so’zlar

: Lider, liderlik, salohiyat, noan’anaviy usullar, pedagogik

texnologiyalar, faoliyat usullari, hamkorlik, samaradorlik,yo’l-yo’riq, malaka,

ko’nikma.

XXI asrning shiddatli taraqqiyoti dunyo va jamiyatimizda umr surati

tezlashib bormoqda va dunyo jarayonlari bilan doimiy hisoblashish, bozor talablariga

sergaklik bilan yondashib, hisob-kitobni qat’iy olib borish, qo’shni mamlakatlardagi

voqea-hodisalarga dahldorlik tuyg’usini kuchaytirish zaruratini talab qilmoqda. Har bir

siyoiy guruh, jamoa yoxud alohida yetakchi liderlarning dunyo jarayonlariga bevosita

ta’sir ko’rsatish imkoniyatlari o’shdi. Bunday sharoitda odamlarning yashash va

faoliyat ko’rsatishlari, faqat o’z an’analari doirasida turmush kechirishlari mumkin

bo’lmay qoldi.

Liderlik masalasi qadimdan odamlarni qiziqtirib kelgan. Biroq, liderlikni

maqsadli, muntazam va keng o’rganish F.Teylor zamonidan boshlangan. Juda ko’p

tadqiqotlar o’kazilgan, lekin shunga qaramay liderlik nima va uni qanday o’rganish


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июня–2025

418

2181-

3187

kerak degan tushuchaning to’liq ta’rifi mavjud emas. Rivojlanayotgan, muvaffaqiyatga

erishayotgan korxonalar boshqa korxona (tashkilot, muassasa)lardan asosan samarali

va dinamik boshqaruvi bilan farqlanadi. Boshqaruv deganda - bir individ

(boshqaruvchi) yoki (boshqaruv tizimi) ko’z o’ngimizda gavdalanadi. “Boshqaruv” va

“boshqaruv tizimi” so’zlariga sinonim bo’lib “lider” va “liderlik” hisoblanadi. Liderlik

tabiatini faqat uni boshqaruv bilan qiyoslaganda anglashimiz mumkin. Muassasa

menejeri va muassasa lideri bu bir xil narsa emas. Menejer o’z qo’l ostidigilarni o’z

lavozimi, qonuniy imkoniyatlari orqali aloqa qiladi, ishga jalb etadi. Liderlik esa

muassasadagi ishchilar bilan o’zaro sotsial munosabatlarga asoslangan spesifik

boshqaruv uslubi hisoblanadi. Ushbu jarayon qiyinroq hisoblanib ishtirokchilardan

ko’proq o’zaro ruhiy bog’liqlikni talab qiladi. Xususiy boshqaruvdan farqli o’laroq

lider muassada shogirdlarga ega bo’ladi, menejer esa qo’l ostidagi ishchilarga. Bu

yerda boshqaruvchi - ishchi munosabati, lider - shogird munosabati bilan o’rin

almashadi. «Lider» so’zi ingliz tilida u: 1) sardor, boshqaruvchi 2) kema, guruh

yetaklovchi, karvon 3) musobaqada ilgaridagi sportsmen yoki sport komandasi 4)

motosikl yoki velosiped oldi o’rindig’ida o’tirib ketuvchi, yetakchi kabi ko’p

ma’nolarni anglatadi. Liderlik (ang. leader) - bu boshqaruvchi va izdoshlar o’rtasidagi

boshqaruv munosabatlari bo’lib, bunda maqsadlar bir tomonga yo’naltirilgan bo’ladi .

Liderlik formal va noformal turlarga ajraladi. U o’z ishchilariga mansabidan

foydalangan holda buyruq bersa, ularni boshqarsa bu formal liderik deyiladi, o’z

mahorati va boshqa resurslar yordamida boshqarilsa bu noformal liderlik deyiladi.

Ma’lumki ideal lider o’zida ikki xislatni mujassamlashtira olishi lozim: shaxsiylik va

tashkilotchilik layoqati. Butun guruh oldida vujudga kelgan umumiy muammo yoki

masalani insonlar bitta lider atrofiga kelib hal qilishni loyiq deb biladilar.

Tadbirkorlikda liderlik xislati alohida o’rin tutadi va ishni muvaffaqiyatli olib borish

uchun unga ega bo’lishi lozim. Bu boshqaruv kuchini yagona shaxsga tegishli

bo’lishini va korxona ishonchli qo’llarda bo’lishini ta’minlaydi. Ammo ushbu

xislatning butun tashkilot boshqariliayotgan davrda zaif joylari namoyon ham bo’ladi:

-butun tashkilotdagi o’zgarishlar va qarorlar bitta shaxs tomonidan amalga oshiriladi;


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июня–2025

419

2181-

3187

-muvaffaqiyatga erishgandan so’ng ham lider o’z bosimini yoki pozitsiyasini yanda

kuchaytirib, o’z mavqeini yanada ko’tarishga urunadi, garchi ushbu hol barchaga ham

yoqavermasada, liderning to’satdan ketishi ish jarayoniga tez salbiy tasir ko’rsatadi va

ishlab chiqarish tuslarini sezilarli darajada susayadi.

Liderni quyidagi samarali xarakterlari ajralib turadi: - ish faoliyatini umumiy qilib

aytganda o’zgacha olib borishi; - kommunikativlik; - ishchilarning ishonchi; -qaror

qabul qilishdagi egiluvchanligi; Aytishimiz mumkinki lider har bir muassasada,

korxonada, guruhlarda mutloq domenant shaxs hisoblanadi. Liderlik — bo’ysunish

prinsipi bo’yicha rollarni taqsimlash lozim. Rollar taqsimotining uch turi ajratiladi:

«yuqoridan ko’rish», «quyidan ko’rish», «tengmateng ko’rish». Lider (yetakchi)

ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, biznesda, fanda, san’atda, oila va maktabda amal

qiladi. Lug’atni ochib qaraganimizda lider (ing. leader – yetakchi, rahbar) – bu

qandaydir birgalikdagi faoliyatni tashkil etish maqsadida boshqalarga ta’sir etishga

qobiliyatli shaxs. Siyosiy yetakchilik aniq namoyon bo’ladi. Siyosiy yetakchi – bu

siyosiy faoliyat va harakatning tashkilotchisigina emas, shuningdek, siyosat tarixini

borishini o’zgartira oladigan, siyosiy jarayonlarning yo’nalishini aniqlash, istiqbolga

qaratilgan siyosiy maqsadlarni belgilashga qodir shaxsdir.

Agar o’lchov sifatida yetakchilik qiluvchi rahbarning bajaradigan roli olinsa,

E.De Bone belgilaganidek, ularning shakli (turi) quyidagicha ko’rinishda bo’ladi:

1.O’z ketidan ergashtiruvchilar. Bu eng ko’p uchrovchi tur. Bularga, mustaqil ravishda

qarorlarni qabul qilishni xush ko’ruvchi shaxslar kiradi. Yetakchilik qilish - 21 ularning

tabiiy sharoiti. Ular tug’ma yetakchilik qilish xususiyatlariga ega. 2.Guruh

tashkilotchilari. Ularning ajralib turuvchi belgisi o’zlarining izdoshlarining

psixologiyasini bilishidir. 3.Ijro qiluvchilar. Yetakchilik qiluvchilarning eng ratsional

turi. Ularni shijoatkor faoliyat, maqsadga intiluvchanlik, to’siqlarni yengib o’tish,

jipslashgan jamoani tuzish qobiliyati ajratib turadi. 4.Diplomatlar. Xodimlar bilan

osonlikcha til topishib ketadi, o’z fikrini himoya qila oladi. O’zaro muloqotlarni

ishlatadi va juz’iy masalalarni har bir shaxsga muvofiqlashtirib yechadi. 5.G’oyalar

generatori yangi masalalarga yo’naltirilganligi, ilg’or fikrlarni amalga oshirishga


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июня–2025

420

2181-

3187

yordamlashishi, ichki sezgirlik, bilimlarni sintez qilish, o’zini tanqid qila bilishi bilan

ajralib turadi. 6.G’oyalar sotuvchisi. Ishbilarmonlar, o’zlarining hamda begonalarning

histuyg’ularini nazorat qilish qobiliyatiga va kreativlikka egadirlar. 7.Sintezatorlar.

Juda katta hajmdagi ma’lumotdan eng kerakligini ajrata biladilar, bu ularga

noan’anaviy yo’llardan foydalanishga imkon beradi. 8.Tushuntiruvchilar. Izdoshlarga

eng murakkab sharoitlarni ham tushuntirib bera oladilar. 9.Reaktorlar. Aktiv va

tushungan holda boshqalarning g’oyalariga tanqidiy fikr bildiradilar, bu ularni o’zining

izdoshlari qilishga imkon beradi. 10.Kommunikatorlar. Yuqori darajada o’z ishini

bilishi va boshqalarga quloq sola bilishligi bilan ajralib turadi. 11.Tadqiqotchilar.

Ma’lumotlarni qabul qilib olishlari va qayta ishlashlari, dalillarni taqqoslashlari va

tahlil qilib, tajribalar o’tkazishlari mumkin. 12.Izquvarlar. Mustaqil, ya’ni avtonom

ravishda harakat qilish qobiliyatiga egadirlar. 13.Ma’lumotlarni saqlovchilar.

Ma’lumotlarni yig’ishni, ularni qayerdan topish va foydalanishni biladilar.

14.Tashkilotchilar. Ishlab chiqarishni amaliy tashkil qilishi va xodimlarni boshqarish

qobiliyatiga ega rahbarlar. Demak, liderlikning maqsadli yo’naltirilgan bo’lishi,

odamlarni tanlagan yo’nalishida yuksak natijalarga erishishga safarbar qilishdan

iborat.

Adabiyotlar:

1. Umarxodjayeva M.G. O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti. 2015 y.

2. Ричард Л.Дафт. Менеджмент.МВА. Москва,Санкт-Петербург-Нижний

Новгород., Питер. 10-е. 2016г.

3. Питер Друкер. Практика менеджмента.-М.”Манн, Иванов и Фербер”. 2015.

4. Ziyavitdinova N.M., O’rinov Y.M, Hayitov Sh.N. Menejment. ”TafakkurBo’stoni”.

T. 2012 yil.

5. Q.X. Abduraxmonov, X.X.Abduraxmanov. Mehnat resurslarini boshqarish.

“Taffakkur bo’stoni”.T.2014 6. Sobirjonova D, Sulaymonov B. Menejment.Iqtisod-

moliya.2008yil.

7. Taraxtiyeva G. Innovatsion menejment. “Fan va texnologiyalar markazi” 2013 y.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июня–2025

421

2181-

3187

8. Umurzakov U.P., Toshboev A. Kichik biznes va tadbirkorlik.”Sanostandart” nashr.

2014y.

9. Internet saytlari http://www. stat.uz http://www.lex.uz http://www. ziyonet.uz

http://www.mf.uz

Библиографические ссылки

Umarxodjayeva M.G. O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti. 2015 y.

Ричард Л.Дафт. Менеджмент.МВА. Москва,Санкт-Петербург-Нижний

Новгород., Питер. 10-е. 2016г.

Питер Друкер. Практика менеджмента.-М.”Манн, Иванов и Фербер”. 2015.

Ziyavitdinova N.M., O’rinov Y.M, Hayitov Sh.N. Menejment. ”TafakkurBo’stoni”.

T. 2012 yil.

Q.X. Abduraxmonov, X.X.Abduraxmanov. Mehnat resurslarini boshqarish.

“Taffakkur bo’stoni”.T.2014 6. Sobirjonova D, Sulaymonov B. Menejment.Iqtisod

moliya.2008yil.

Taraxtiyeva G. Innovatsion menejment. “Fan va texnologiyalar markazi” 2013 y.