ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–8_ июня–2025
140
2181-
3187
INGLIZ TILI FE’LLARIDA PREDMETLIK VA BELGI-XUSUSIYAT
MA’NOLARINING MORFOLOGIK USUL ASOSIDA FARQLANISHI
Shirinova Nilufar Djabbarovna
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi
universiteti Tillarni o‘rganish kafedrasi dotsenti, filol.f.n.
Annotatsiya
: Mazkur maqolada ingliz tili fe’llarida predmetlik va belgi
-xususiyat
ma’nolarining
morfologik usul asosida
farqlanishi masalasi tahlil etilgan bo‘lib,
tugal
va notugal shakllar tahlilga tortilgan.
Kalit so‘zlar:
predmetlik
ma’nosi,
belgi-
xususiyat ma’no
si, morfologik usul, tugal
va notugal shakllar, infinitiv, gerundiy, sifatdosh 1, sifatdosh 2, inparallel darajalanish,
interparallel darajalanish.
Fe’llarning leksik-derivatsion tizimda attributiv va substantiv ma’nolarni
farqlashga alohida ixtisoslashmaganligiga qaramay, morfologik sath mazkur diskret
semantikani ifodalash uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi: ingliz tilida fe’llarning
grammatik sinflari PM va BXMni inparallel darajalab farqlashda faol ishtirok etadi.
Tahlilni dastlab fe’l shakllaridan boshlasak. Ingliz tilida “dinamik harakat”ni
bildiruvchi mazkur birliklar: finite forms (tugallangan, tugal shakllar) va the non-finite
forms (tugallanmagan, notugal shakllar)ga bo‘linadi. Notugal shakllarning o‘zi o‘z
ichida yana: infinitive (infinitiv), gerund (gerundiy), participle I (sifatdosh 1),
participle II (sifatdosh 2))larga ajratiladi.
O‘z-o‘zidan Finite forms (Tugal shakllar) ish-harakatning (resp. kuchaytirma
belgi-xususiyat ma’nosining) tugallanganligi, kuchli predikatsiyaning namunasi bo‘la
olishi – shaxs, son, zamon, nisbat, mayl, aspekt kabilar haqida (
Reena reached home
after 7 p.m.; Henry likes to read adventure novels
1
.
), o‘zidan tashqarida bo‘lsa-da,
“ovoz chiqargan manba” (A.Forobiy) haqida muayyan ma’lumotlar bera olishi bilan
PMdan BXMga qarab rivojlanadigan darajalanish sirasining bosh nuqtasini egallaydi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–8_ июня–2025
141
2181-
3187
Odatda gap tarkibida predikativ yoki hol, ba’zan esa aniqlovchi vazifalarida
kela oladigan, notugal ish-harakat ko‘rsatkichi bo‘lgani bilan ravishlar yoki
ravishdoshlar kabi “dinamik jarayon” attributi (tarzi, sifati, belgisi) sifatida
gavdalanadigan Participle II (Sifatdosh 2) (
spoken, drunk, driven, played, cracked
) esa
BXMning tugal shakl/kesimlik shaklidan keyingi eng kuchli a’zosiga aylanadi.
Sifatdoshlar ustida ko‘plab tadqiqotlar olib borgan olimlar, jumladan, taniqli germanist
Ana Elvira Ojanguren Lopezning o‘rganishlariga tayangan holda ayta olamizki,
sifatdoshlarning bu turi qadimdan kuchli sifatlovchi sifatida til tizimidan muhim o‘rin
egallab kelmoqda.
Ingliz tilidagi sifatdoshning yana bir turi – Participle I (Sifatdosh 1) bo‘lib, u
ham PM va BXM ma’nolarini farqlab darajalash munosabatida alohida orin tutadi.
Binobarin, mazkur birliklar shakli jihatdan gerundiyga yaqin tursa-da, ma’nosi va
vazifalari jihatdan sifat, ravish, fe’llarga yaqin turishi, sintaktik imkoniyatlari asosan
(sifatlovchi) aniqlovchi (
Who is this crying boy?
), hol (
I always sing while cleaning the
house
), predikativ (
Jack is studying now
)ni o‘z ichiga olgani, ya’ni bevosita “dinamik
belgi” va “dinamik belgi belgisi”, “predmet belgisi” kabi “turkum ma’nolar”ni
berishga ixtisoslashganligi bilan ham BXM namoyandasi sifatida aloqaga kirishadi.
Notugal predikativ shakllardan yana biri Infinitive (Infinitiv) fe’llardan hosil
qilinib, otlarga yaqin turishi (resp. otga xos leksik, morfologik va sintaktik valentlikka
ega bo‘lishi) barchaga ma’lum bo‘lib, u ham mazkur masalada o‘ziga xos yechimni
taklif qila oladi: morfologik jihatdan shaxssiz tur sanalgani bilan ular o‘z semantikasida
yashirin PM asosida morfologik jihatdan boy imkoniyatlarga, ya’ni substantiv
birliklarga xos grammatik pozitsiyalar (nisbatan keng muchalanuvchanlikka egalik:
To
believe you was the greatest mistake
– ega;
I’m happy to be here
– to‘ldiruvchi;
I was
too disappointed to continue working
– hol;
I can’t play football
– predikativning bir
qismi, kesim)ga egaligini namoyish qiladi. Shuning uchun biz to‘laqonli ishonch bilan
fe’lning mazkur harakat nomi shaklini PMga o‘sish dinamikasida yuqori sathda
joylashtira olamiz (qarang: III bob….).
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–8_ июня–2025
142
2181-
3187
Va nihoyat fe’ldan agglyutinativ, ya’ni qo‘shimcha qo‘shish yo‘li orqali
yasalib,
otlarga yaqin turadigan, leksik-grammatik jihatdan PMni ifodalashga xoslangan
morfologik birlik – Gerund (Gerundiy) mazkur ishda PM va BXM sinkretizmini
farqlashda PMning yorqin indikatori bo‘lib harakatlanadi. Ma’nosi bilan infinitivlarga
juda yaqin turuvchi, ammo morfologik va sintaktik imkoniyatlariga ko‘ra
infinitivlardan ancha boy tizimga ega (gerundiylarning otga xos kelishik, ko‘plik va
artikllarni olishini, shuningdek, gap tizimida cheklanmagan muchalanuvchanlikka
egaligini eslaylik) gerundiylar PM va BXMni gradual ajratish zanjirida oxirgi qutbni
egallaydi.
Yuqorida aytilgan munosabat ko‘rinishini quyidagi chizmada ifodalash
maqsadga muvofiq:
PMga ishoraning o‘sib borishi
Finite forms ~ Participle II ~ Participle I ~ Gerund
BXMga ishoraning o‘sib borishi
1-rasm. Ingliz tili
fe’l
larida PM va BXMni morfologik usulda farqlash inparallel
darajalanish qatori
Ko‘rinadiki, inglizcha fe’llarda PM va BXMni morfologik usulda farqlash
inparallel darajalanish zanjiri o‘zbek tilidagi inparallel variantdan qisman bo‘lsa-da,
farq qiladi: o‘zbek tilida harakat nomi harakat-holatni predmetlik, alohida mavjudlik
sifatida atab, nomlab kelishi sababli otlarga xos grammatik ko‘rsatkichlarni qabul qila
olishi va gapda otga xos vazifalarni bajarishi kuzatilsa, ingliz tilida bu vazifani –
gerundiy maksimal darajada amalga oshira oladi:
1-jadval
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–8_ июня–2025
143
2181-
3187
Ingliz tili
fe’l
larida PM va BXMni morfologik usulda farqlash interparallel
darajalanish qatorlari
O‘zb.
Harakat nomi ~ Sifatdosh ~ Ravishdosh ~ Kesimlik shakli
Ing.
Gerund ~ Participle I ~ Participle II ~ Finite forms
Foydalanilgan adabiyotlar
Shahnoza, A. (2022). PROFILAKTIKA INSPEKTOR TALABALАRIDA MUSTAQIL
TAʼLIMNI RIVOJLANTIRISH.
Aripova, S. (2022). PROFILAKTIKA INSPEKTOR TALABALАRIDA MUSTAQIL
TAʼLIMNI RIVOJLANTIRISH.
Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social
sciences
,
2
(Special Issue 20), 587-591.
Aripova, S. (2020). THE PROBLEMS OF APPLYING DIFFERENT METHODS TO THE
INDEPENDENT LEARNING PROCESS.
European Journal of Research and Reflection in
Educational Sciences Vol
,
8
(12).
Abduazizovna,
P.
Z.
(2022).
TАLIM
TIZIMIDА
«ASSESSMENT» HАMDА
«EVALUATION» TUSHUNCHАLАRI VА ULАRNING FАRQI (The concepts of" assessment"
and" evaluation" in the education system and their differences).
Abduazizovna, P. Z., & Lazokat, I. (2025, March). STRATEGIES FOR PROVIDING
EFFECTIVE FEEDBACK IN TEACHING ENGLISH. In
International Conference on Modern
Science and Scientific Studies
(pp. 226-232).
Abduazizovna, P. Z., & Ikanova, L. (2025, March). FEEDBACK AS A TOOL FOR
MOTIVATION IN LANGUAGE LEARNING. In
International Conference on Modern Science and
Scientific Studies
(pp. 233-240).
Abduazizovna, P. Z., & Lazokat, I. (2025). ASSESSMENT FOR LEARNING AND ITS
BENEFITS.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
,
73
(2), 337-343.
Abduazizovna, P. Z. (2025, March). DIDACTIC FUNDAMENTALS OF IMPROVING
LEXICAL COMPETENCE (B2 LEVEL). In
International Educators Conference
(pp. 135-142).
Shirinova, N. (2024). DEVELOPING COGNITIVE ACTIVITY OF CADETS IN THE
PROCESS OF TEACHING ENGLISH.
ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ
, (54-4).
Ширинова, Н., & Ширинова, Н. (2022). ПОВЫШЕНИЕ ПОЗНАВАТЕЛЬНОЙ
АКТИВНОСТИ КУРСАНТОВ ЭКОНОМИЧЕСКОГО НАПРАВЛЕНИЯ НА УРОКАХ
АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА.
Gospodarka i Innowacje.
,
24
, 744-746.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–8_ июня–2025
144
2181-
3187
Shirinova, N. D., & Shirinova, N. D. (2023). LISONIY PARALLELIZM HODISASIGA
DOIR.
Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
,
3
(1), 51-56.
Shirinova, N. D., & Davlatova, M. K. MORPHOLOGICAL WAY OF DIFFERENTIATION OF
SUBSTANCE AND ATTRIBUTIVE MEANINGS IN THE LANGUAGE SYSTEM.
ILMIY
ХABARNOMA. НАУЧНЫЙ ВЕСТНИК Учредители: Андижанский государственный
университет им. ЗМ Бабура,(1)
, 86-89.
Shirinova,
N.
(2018).
ORGANIZATION
OF
THE
ENGLISH
TEACHING
PROCESS.
Irrigatsiya va Meliоratsiya
, (2), 61-64.
Nilufar, S., Nargiza, S., & Nosir, R. (2023). Study of the gradual relations in differentiation of
substance and attributive meanings in the english and uzbek languages.
Tulkin, S., Nargiza, S., & Nilufar, S. (2022). ANALYSIS OF THE TRANSLATION OF
ZAHIRIDDIN BABURS POEMS.
CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PHILOLOGICAL
SCIENCES
,
3
(02), 42-48.
INGLIZ TILI FE’LLARIDA PREDMETLIK VA BELGI-
XUSUSIYAT MA’NOLARINING MORFOLOGIK USUL ASOSIDA
FARQLANISHI
Djabarovna, S. N. (2021). Synonymous pairs of lexical units.
ACADEMICIA: AN
INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL
,
11
(2), 910-913.
Ширинова, Н. (2010). Ўзбек тилида предметлик ва белги-хусусият маъноларини фарклаш
воситалари: Филол. фан номз.... дисс.
Shirinova, N. D. (2006). The expression of the relation of substance and attribute in the language
system.
The Problems of Philology and Methodics.–Bukhara
, 98-101.
Darvishova, G. K. (2023). SHARLOTTA BRONTE IJODIDA AYOLNING IJTIMOIY
MAVQEI.
Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
,
3
(1), 57-67.
Kenjabayevna, D. G. (2025). IMPROVING STUDENTS’READING ABILITY IN TEACHING
ENGLISH.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
,
72
(1), 272-276.
Kenjabayevna, D. G. (2025, March). THE IMPORTANCE OF GRAMMAR GAMES IN
TEACHING ENGLISH. In
International Educators Conference
(pp. 107-115).
Дарвишова, Г. К. (2022). ШАРЛОТТА БРОНТЕ АСАРЛАРИДА БАДИИЙ
МАҲОРАТ.
Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
,
2
(Special
Issue 26), 754-757.
Kenjabayevna, D. G. (2025, March). CLASSROOM BEHAVIOR IS A MANAGEMENT
ISSUE. In
International Conference on Modern Science and Scientific Studies
(pp. 220-225).
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–8_ июня–2025
145
2181-
3187
Abduazizovna, P. Z., & Lazokat, I. (2025). ASSESSMENT FOR LEARNING WITH
ARTIFICIAL INTELLIGENCE.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
,
73
(2), 330-336.
Иканова, Л. (2025, March). ОПРЕДЕЛЕНИЕ ПРАВ ОСУЖДЕННЫХ И ЛИШЕННЫХ
СВОБОДЫ ЛИЦ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАНБ И ИХ ВНЕДРЕНИЕ В ПРАКТИКУ.
In
International Educators Conference
(pp. 116-120).
Ikanova, L. S. Q. (2024). SUDLANGAN SHAXSLAR VA MAHKUMLARNING XULQ
ATVORI VA QAYTA JINOYAT SODIR ETISHINI BARTARAF QILISHDA TA’LIMNING
TA’SIRI (AQSH TAJRIBASI MISOLIDA).
Oriental renaissance: Innovative, educational, natural
and social sciences
,
4
(1), 433-439.
Ikanova, L. S. (2019). The impact of materials development, critical pedagogy and lgbt’s issue
on the language planning and policy.
Вестник педагогики: наука и практика
, (48), 68-70.
Khasanova, D., Ulmasbaeva, M., & Ikanova, L. (2019). IT IS TIME TO CHANGE THE
SUBJECT MATTER OF ENGLISH AT VOCATIONAL COLLEGE.
EPRAInternational Journal of
Multidisciplinary Research
, 48-52.
Sayyora, I. (2025, April). TEACHING BASIC CEFR AND IELTS SKILLS TO CADETS IN A
MILITARY SETTING. In
International Educators Conference
(pp. 199-204).
Sayyora, I. (2025, April). CASE STUDIES ON TEACHING ENGLISH TO CADETS:
METHODS FOR CEFR AND IELTS IN A MILITARY SETTING. In
International Educators
Conference
(pp. 241-246).
Sayyora, I. (2025). INTEGRATING INNOVATIVE TECHNOLOGIES TO ENHANCE
CADETS'LINGUISTIC
COMPETENCE
THROUGH
BLENDED
LEARNING
IN
UZBEKISTAN'S CEFR AND IELTS PREPARATION.
JOURNAL OF NEW CENTURY
INNOVATIONS
,
73
(2), 325-329.
Sayyora, I. (2025). INTEGRATING INNOVATIVE TECHNOLOGIES INTO ENGLISH
LANGUAGE
LEARNING
AND
CERTIFICATE
OBTAINING
FOR
CADETS
IN
UZBEKISTAN.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
,
73
(2), 320-324.