Авторы

  • Shirinova Nilufar Djabbarovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.121262

Ключевые слова:

predmetlik ma’nosi belgi-xususiyat ma’nosi leksik-semantik usul notional verbs seminotional verbs impersonal verbs inparallel darajalanish interparallel darajalanish.

Аннотация

Mazkur maqolada ingliz tili fe’llarida predmetlik va belgi-xususiyat 
ma’nolarining leksik-semantik usul asosida farqlanishi masalasi tahlil etilgan bo‘lib, 
ingliz tilidagi notional, seminotional, impersonal verbs tahlilga tortilgan.  


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–8_ июня–2025

134

2181-

3187

INGLIZ TILI FE’LLARIDA PREDMETLIK VA BELGI-XUSUSIYAT

MA’NOLARINING LEKSIK-SEMANTIK USUL ASOSIDA FARQLANISHI

Shirinova Nilufar Djabbarovna

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi

universiteti Tillarni o‘rganish kafedrasi dotsenti, filol.f.n.

Annotatsiya

: Mazkur maqolada ingliz tili fe’llarida predmetlik va belgi

-xususiyat

ma’nolarining l

eksik-semantik usul asosida

farqlanishi masalasi tahlil etilgan bo‘lib,

ingliz tilidagi notional,

seminotional,

impersonal verbs tahlilga tortilgan.

Kalit so‘zlar:

predmetlik

ma’nosi,

belgi-

xususiyat ma’no

si, leksik-semantik usul,

notional verbs, seminotional verbs, impersonal verbs, inparallel darajalanish,

interparallel darajalanish.

Predmetlik (PM) va belgi-xususiyat ma’nolari (BXM)ning farqlanishi

fe’llarda eng yuqori darajaga ko‘tariladi – fe’llar dinamik belgini, holatni ifodalashga

morfologik jihatdan ixtisoslashgan so‘z turkumi ekanligi bilan ajralib turadi.

Fe’llarning ichki lug‘aviy-ma’noviy guruhlarida predmetlik va belgi-xususiyat

ma’nolarini farqlash belgisiga ko‘ra darajalanish siralarini ajratish mumkin emas,

barcha turdagi fe’llar mohiyatan bir turdagi ma’noga – dinamik belgini ifodalashga

ixtisoslashgan. Lekin fe’llarda predmetlikka ishora tamoman boshqa yo‘nalishda:

a) semantik-sintaktik valentlik yo‘nalishida;

b) ixtisoslashgan morfologik shakllar (harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh,

kesimlik shakli)ning mavjudligida namoyon bo‘ladi.

Predmetlikka ishoraning valentlik orqali voqelanishi shundan iboratki, o‘zbek

tilida shaxssiz fe’l yo‘q. Istagan fe’l harakatning bajaruvchisi – agens valentligiga ega.

Agens esa, Abu Nasr Forobiy ta’biri bilan aytganda, “ovoz chiqargan manba”, ya’ni

predmetlik (fe’l nimaningdir dinamik belgisini ifodalab kelayotganligi) mohiyatiga

ega. Turkiy fe’llarning bu xususiyati 50-yillardayoq S.N.Ivanov tomonidan mufassal

sharhlangan edi va professor R.Rasulovning o‘zbek tilida agens valentligiga

bag‘ishlangan tadqiqotida atroflicha tahlil etildi. Lekin fe’llarda agens valentligi orqali


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–8_ июня–2025

135

2181-

3187

predmetlikka ishora otlarda belgi-xususiyatga ishora, sifatlarda predmetlikka

ishoradan tubdan farq qiladi. Chunki otlarda belgi-xususiyatga ishora predmetlikning

“majmuyi asmo’ va sifot” ekanligi bilan, sifatlarda predmetlikka ishora sifatlar

“turkum ma’nosi”ning “predmet belgisi” ekanligi bilan uzviy bog‘liqdir. Fe’llarda esa

predmetlikka ishora u qadar yorqin emas. Fe’l ifodalaydigan harakat-holatning

tashuvchisi bo‘lgan predmet fe’ldan tashqarida. Shuning uchun u qo‘shimcha vositalar

orqali, chunonchi subyekt agensi (agens valentligi) bilan ifodalanadi va shu orqali

predmetlik ma’nosiga ishora qiladi.

Fe’llarda predmetlik ma’nosiga ishora ulardan tashqarida bo‘lganligi bois

fe’llarning ichki LMGlari ham, predmetlik va belgi-xususiyat ma’nolarining leksik-

derivatsion farqlanish usullari ham darajalanish siralarini berolmaydi – fe’lning

“ichi”da belgi-xususiyat va predmetlik ma’nolari nisbatiga ko‘ra darajalanish xos

emas. O‘zbek tilidagidan farqli ravishda ingliz tilidagi fe’llar o‘z semantikasidan kelib

chiqib, juda kam o‘rinlarda bo‘lsa-da, agens orqali predmetga ishora qilishda betakror

yechimni taklif qiladi: ingliz tilida semantik xarakteristikasiga ko‘ra guruhlanadigan

uch – notional verbs (leksik ma’noli fe’llar), seminotional verbs (yarim ma’noli fe’llar)

va impersonal verbs (shaxssiz fe’llar)ning o‘zi PM va BXMni diskretlash bo‘yicha

darajalanish munosabatlarini o‘rnatishi mumkin.

Bunda qator boshini – borliqdagi biror-bir harakat, holat, jarayonni atab,

nomlab, til tizimida lug‘aviy ma’noga ega bo‘lgan, gap tizimida mustaqil predikativ

munosabatni yaratib, kuchli belgi turi – “dinamik belgi”ni tashiydigan hamda asosan

hozirgi zamon, 3-shaxs shaklida agens (harakat bajaruvchisi) ma’nosini

voqelantiradigan, shunday bo‘lsa-da, barcha a’zolarini shu tendentsiyaga

bo‘ysundiradigan va shu orqali PMga kuchli ishora qiladigan – notional verbs (

to see,

to write

) joylashadi. Bunday birliklar nafaqat ingliz, balki o‘zbek va boshqa tillarga

ham xos bo‘lgan – “harakat bajaruvchisi, subyekt ma’nosini o‘zidan tashqarida”

ifodalash bilan birga tegishli o‘rinlarda o‘z mohiyatida yashirin semantik valentlikni

yuzaga chiqaradi:

She speaks English well. My sister lives in London.

Yana bir bor


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–8_ июня–2025

136

2181-

3187

ta’kidlab o‘tamizki, bunday leksik birliklarning barchasi agentlik ma’nosiga

xoslangan.

Siraning keyingi – BXM nisbatan chekingan/PM nisbatan yorqinlashgan

qismini ham semantik, ham grammatik valentligi jihatdan shaxs ma’nosiga kamroq

ishora qiladigan, undan ko‘ra dinamik belgining turli-tuman belgilarini, ya’ni harakat,

jarayonning qay tarzda, qanday shartlar (ixtiyoriylik, majburiyat, tavsiya, imkoniyat va

h.k.) asosida bajarilishini anglatishga ixtisoslashgan aksariyat yarim ma’noli fe’llar

(seminotional verbs):

can, may, should, could, would...

egallaydi. Ko‘rinadiki, bu

turdagi lug‘aviy unsurlar ma’noli fe’llardek yuz foiz agens haqida axborot berish emas,

balki, aksincha, barcha bajaruvchilar uchun umumiy belgi-xususiyat ma’nolarini

yuzaga chiqarishi bilan ajralib turadi.

PMni tobora qorong‘ulashtirib, BXMni yanada oydinlashtiradigan gradual

zanjirimizning oxirgi nuqtasida – “shaxssiz fe’l” nomi bilan to‘la-to‘kis intensiv

attributiv semantikaga ega – impersonal verbs joylashtirishimiz maqsadga muvofiq

bo‘ladi. Zero

rain, snow

kabi bu tip unsurlar muayyan agensga ega emasligi, gap

tarkibida formal ega bilan ishlatilganda ham (

It snows; It lightens

), tabiat, ruhiy faoliyat

va jarayonlarni subyektga ishorasiz holda o‘zgaruvchan belgi ma’nosini ro‘yobga

chiqara oladi.

Demak, ingliz tili fe’llarida PM va BXMni leksik-semantik usulda inparallel

farqlash dinamikasini quyida umumlashtirsa bo‘ladi:

PMga ishoraning o‘sib borishi

notional verbs

~

seminotional verbs

~

impersonal verbs

BXMga ishoraning o‘sib borishi

Takrorlab o‘tish joizki, bu hodisa tamomila xususiy, inparallel xarakterda

bo‘lib, o‘zbek tilida bunday imkoniyatning yo‘qligi, ya’ni shaxssiz fe’llarning yo‘qligi,

istagan fe’l harakatning bajaruvchisi – agens valentligiga egaligi; ingliz tilida esa,


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–8_ июня–2025

137

2181-

3187

aksincha, shaxssiz fe’llarning me’yoriyligi – PM va BXMni leksik-semantik yo‘l bilan

farqlashda tillararo interparallel aloqalarini taqdim qilishga imkon bermaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

Shahnoza, A. (2022). PROFILAKTIKA INSPEKTOR TALABALАRIDA MUSTAQIL

TAʼLIMNI RIVOJLANTIRISH.

Aripova, S. (2022). PROFILAKTIKA INSPEKTOR TALABALАRIDA MUSTAQIL

TAʼLIMNI RIVOJLANTIRISH.

Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social

sciences

,

2

(Special Issue 20), 587-591.

Aripova, S. (2020). THE PROBLEMS OF APPLYING DIFFERENT METHODS TO THE

INDEPENDENT LEARNING PROCESS.

European Journal of Research and Reflection in

Educational Sciences Vol

,

8

(12).

Abduazizovna,

P.

Z.

(2022).

TАLIM

TIZIMIDА

«ASSESSMENT» HАMDА

«EVALUATION» TUSHUNCHАLАRI VА ULАRNING FАRQI (The concepts of" assessment"

and" evaluation" in the education system and their differences).

Abduazizovna, P. Z., & Lazokat, I. (2025, March). STRATEGIES FOR PROVIDING

EFFECTIVE FEEDBACK IN TEACHING ENGLISH. In

International Conference on Modern

Science and Scientific Studies

(pp. 226-232).

Abduazizovna, P. Z., & Ikanova, L. (2025, March). FEEDBACK AS A TOOL FOR

MOTIVATION IN LANGUAGE LEARNING. In

International Conference on Modern Science and

Scientific Studies

(pp. 233-240).

Abduazizovna, P. Z., & Lazokat, I. (2025). ASSESSMENT FOR LEARNING AND ITS

BENEFITS.

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

,

73

(2), 337-343.

Abduazizovna, P. Z. (2025, March). DIDACTIC FUNDAMENTALS OF IMPROVING

LEXICAL COMPETENCE (B2 LEVEL). In

International Educators Conference

(pp. 135-142).

Shirinova, N. (2024). DEVELOPING COGNITIVE ACTIVITY OF CADETS IN THE

PROCESS OF TEACHING ENGLISH.

ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ

, (54-4).

Ширинова, Н., & Ширинова, Н. (2022). ПОВЫШЕНИЕ ПОЗНАВАТЕЛЬНОЙ

АКТИВНОСТИ КУРСАНТОВ ЭКОНОМИЧЕСКОГО НАПРАВЛЕНИЯ НА УРОКАХ

АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА.

Gospodarka i Innowacje.

,

24

, 744-746.

Shirinova, N. D., & Shirinova, N. D. (2023). LISONIY PARALLELIZM HODISASIGA

DOIR.

Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

,

3

(1), 51-56.

Shirinova, N. D., & Davlatova, M. K. MORPHOLOGICAL WAY OF DIFFERENTIATION

OF SUBSTANCE AND ATTRIBUTIVE MEANINGS IN THE LANGUAGE SYSTEM.

ILMIY


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–8_ июня–2025

138

2181-

3187

ХABARNOMA. НАУЧНЫЙ ВЕСТНИК Учредители: Андижанский государственный

университет им. ЗМ Бабура,(1)

, 86-89.

Shirinova,

N.

(2018).

ORGANIZATION

OF

THE

ENGLISH

TEACHING

PROCESS.

Irrigatsiya va Meliоratsiya

, (2), 61-64.

Nilufar, S., Nargiza, S., & Nosir, R. (2023). Study of the gradual relations in differentiation of

substance and attributive meanings in the english and uzbek languages.

Tulkin, S., Nargiza, S., & Nilufar, S. (2022). ANALYSIS OF THE TRANSLATION OF

ZAHIRIDDIN BABURS POEMS.

CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PHILOLOGICAL

SCIENCES

,

3

(02), 42-48.

Djabarovna, S. N. (2021). Synonymous pairs of lexical units.

ACADEMICIA: AN

INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL

,

11

(2), 910-913.

Ширинова, Н. (2010). Ўзбек тилида предметлик ва белги-хусусият маъноларини

фарклаш воситалари: Филол. фан номз.... дисс.

Shirinova, N. D. (2006). The expression of the relation of substance and attribute in the

language system.

The Problems of Philology and Methodics.–Bukhara

, 98-101.

Darvishova, G. K. (2023). SHARLOTTA BRONTE IJODIDA AYOLNING IJTIMOIY

MAVQEI.

Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

,

3

(1), 57-67.

Kenjabayevna, D. G. (2025). IMPROVING STUDENTS’READING ABILITY IN

TEACHING ENGLISH.

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

,

72

(1), 272-276.

Kenjabayevna, D. G. (2025, March). THE IMPORTANCE OF GRAMMAR GAMES IN

TEACHING ENGLISH. In

International Educators Conference

(pp. 107-115).

Дарвишова, Г. К. (2022). ШАРЛОТТА БРОНТЕ АСАРЛАРИДА БАДИИЙ

МАҲОРАТ.

Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

,

2

(Special

Issue 26), 754-757.

Kenjabayevna, D. G. (2025, March). CLASSROOM BEHAVIOR IS A MANAGEMENT

ISSUE. In

International Conference on Modern Science and Scientific Studies

(pp. 220-225).

Abduazizovna, P. Z., & Lazokat, I. (2025). ASSESSMENT FOR LEARNING WITH

ARTIFICIAL INTELLIGENCE.

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

,

73

(2), 330-336.

Иканова, Л. (2025, March). ОПРЕДЕЛЕНИЕ ПРАВ ОСУЖДЕННЫХ И ЛИШЕННЫХ

СВОБОДЫ ЛИЦ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАНБ И ИХ ВНЕДРЕНИЕ В ПРАКТИКУ.

In

International Educators Conference

(pp. 116-120).

Ikanova, L. S. Q. (2024). SUDLANGAN SHAXSLAR VA MAHKUMLARNING XULQ

ATVORI VA QAYTA JINOYAT SODIR ETISHINI BARTARAF QILISHDA TA’LIMNING


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–8_ июня–2025

139

2181-

3187

TA’SIRI (AQSH TAJRIBASI MISOLIDA).

Oriental renaissance: Innovative, educational, natural

and social sciences

,

4

(1), 433-439.

Ikanova, L. S. (2019). The impact of materials development, critical pedagogy and lgbt’s issue

on the language planning and policy.

Вестник педагогики: наука и практика

, (48), 68-70.

Khasanova, D., Ulmasbaeva, M., & Ikanova, L. (2019). IT IS TIME TO CHANGE THE

SUBJECT MATTER OF ENGLISH AT VOCATIONAL COLLEGE.

EPRAInternational Journal of

Multidisciplinary Research

, 48-52.

Sayyora, I. (2025, April). TEACHING BASIC CEFR AND IELTS SKILLS TO CADETS IN

A MILITARY SETTING. In

International Educators Conference

(pp. 199-204).

Sayyora, I. (2025, April). CASE STUDIES ON TEACHING ENGLISH TO CADETS:

METHODS FOR CEFR AND IELTS IN A MILITARY SETTING. In

International Educators

Conference

(pp. 241-246).

Sayyora, I. (2025). INTEGRATING INNOVATIVE TECHNOLOGIES TO ENHANCE

CADETS'LINGUISTIC

COMPETENCE

THROUGH

BLENDED

LEARNING

IN

UZBEKISTAN'S CEFR AND IELTS PREPARATION.

JOURNAL OF NEW CENTURY

INNOVATIONS

,

73

(2), 325-329.

Sayyora, I. (2025). INTEGRATING INNOVATIVE TECHNOLOGIES INTO ENGLISH

LANGUAGE

LEARNING

AND

CERTIFICATE

OBTAINING

FOR

CADETS

IN

UZBEKISTAN.

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

,

73

(2), 320-324.

Библиографические ссылки

Sayyora, I. (2025). INTEGRATING INNOVATIVE TECHNOLOGIES INTO ENGLISH

LANGUAGE LEARNING AND CERTIFICATE OBTAINING FOR CADETS IN

UZBEKISTAN. JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS, 73(2), 320-324.