ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–8_ июня–2025
128
2181-
3187
KURSANTLARNING BILISH FAOLLIGINI OSHIRISHDA GAPIRISHNI
O'RGATISHDAGI QIYINCHILIKLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH
YO`LLARI
Jamoat xavfsizligi universiteti dotsenti,
Nargiza Shirinova
Annotatsiya:
Maqolada ingliz tili darslarida kursantlarni gapirishga o`rgatish
muammolari yoritilib, undagi qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish usullari keltirilgan.
Kalit so`zlar:
gapirish, ko`nikma, malaka, qobiliyat, usul, vosita.
Kursantlarni nutq faoliyati turlariga o`rgatish, ya`ni ular bo`yicha bilish
faolligini oshirish dolzarb vazifadir. Kursantlarni nutq faoliyati turlariga o`rgatish
orqali ularning ingliz tilidagi matnlarni o`qib to`liq tushunishlari, audiomatnlar yoki
suhbatdoshlarining nutqini tushuna olishlari, shuningdek, ingliz tilida erkin yozma va
og`zaki nutq yuritishlariga erishamiz. Ushbu jarayonda ularning o`qish, tinglab
tushunish, gapirish va yozuv bo`yicha bilish faolligi ham oshib boradi. Bularni
amalga oshirish uchun, ingliz tili o'qituvchilari kursantlarning o'qish, tinglab
tushunish, og'zaki va yozma nutq yuritishlaridagi qiyinchiliklarini anglay olishlari,
ularni bartaraf etish bo'yicha bir qator metodik ishlarni amalga oshirishlari zarur.
Bizga ma'lumki, kursantlarimizning sohasi bo'yicha ingliz tilida ta'lim olishlari,
undan muloqot maqsadida foydalanishlari asosiy vazifamizdir. Shunday ekan,
kursantlarga beriladigan harbiy sohaga oid materiallarni o'qish, audiomateriallarni
tinglab tushunish va ular bo'yicha og`zaki va yozma nutq yuritish bo'yicha ko'nikma
va malakalarini shakllantirishga xizmat qiladigan samarali usullarni qo'llay olish
ingliz tili o'qituvchilari oldida turgan muhim vazifadir.
Yuqorida aytib o`tilganidek, kursantlarning bilish faoligini oshirishga xizmat
qiladigan asosiy ko`nikmalardan biri
gapirish
dir. So‘zlashishda kursantlar til
mexanikasi(talaffuz, grammatika, lug‘at), til funksiyalari (so‘rash, salomlashish, ruxsat
olish va h.k.)dan xabardor bo`lishlari zarur. Kursantlarning gapirish ko`nikmasini
shakllantirish jarayonida bir qator
qiyinchiliklarga duch kelinadi.
Masalan,
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–8_ июня–2025
129
2181-
3187
-
leksik ko`nikma
(so`z boyligi)ning yetarli darajada shakllanmaganligi;
-
grammatik ko`nikma
(nutq qurilishi)ning yetarli darajada shakllanmaganligi;
-
talaffuz ko`nikma
larining yetarli darajada shakllanmaganligi;
-
ona tilidan me`yordan
ortiq foydalanish;
-
psixologik faktorlar
: xato qilishdan qo'rqish, ikkilanish, ishonchsizlik,
tashvish, asabiylashish, uyatchanlik;
-
atrof-muhit muammolari:
guruhda ingliz tili muhitining yaratilmaganligi,
kursantlarning ona tiliga tarjima metodidan haddan ziyod foydalanishlari, guruhdagi
kursantlar ko`pchiligining ingliz tiliga qiziqishining sustligi ingliz tilida gapirish
imkoniyatlarining cheklanishiga sabab bo`ladi.
Yuqorida keltirilgan
muammolarni bartaraf qilish
o`qituvchidan mahorat talab
qiladi.Uni quyidagi yechimlarda bayon qilishimiz mumkin:
Kursantlar
leksik
ko`nikma(so`z
boyligi)sining
yetarli
darajada
shakllanmaganligi gapirish jarayonida ba`zi bir qiyinchiliklarga sabab bo`ladi. Buning
uchun, birinchi navbatda, kursantlarning lug`at bilan ishlash ko`nikmasini
shakllantirishimiz zarur, kursantlar har doim ikkita, ya`ni ona tilidan ingliz tiliga, ingliz
tilidan ona tilidagi lug'atga ega bo`lishi zarur. Ushbu lug'atlardan zarur bo`lgan
so'zlarni qidirish, ularning mazmun-mohiyatini anglash, to`g`ri qo`llanilishi bo`yicha
bilimlarga ega bo`lish, ya`ni ularning bilish faolligini til o`qitish samaradorligini
oshiradi.
Ingliz tilidagi grammatik ko`nikma(nutq qurilishi)ning yetarli darajada
shakllanmaganligi ham kursantlar fiklarini to`g`ri bayon qila olmasliklari va buning
natijasida ular nutqlarining rivojlanmaganligi kabi salbiy ta`sirlarga olib keladi.
Shuning uchun, ingliz tili o`qituvchilari grammatik materialni o`rgatishning, ya`ni
grammatika bo`yicha bilish faolligini oshirishning samarali usul va vositalarini to`g`ri
tanlay olishlari zarur, chunki grammatik qoidalarni tushunish aniqlik va samarali
muloqotni kuchaytiradi.
Talaffuz ko`nikmalarining yetarli darajada shakllanmaganligi ingliz tilida
gapirishga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Shuning uchun ham, talaffuz ko`nikmasini
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–8_ июня–2025
130
2181-
3187
shakllantirish, ya`ni ularning bilish faolligini oshirish maqsadida kursantlar bir qator
amallarni bajarishlari zarur. Albatta, ushbu jarayon kursantlardan ancha vaqt va
amaliyot talab qiladi. Tabiiy til egalarining nutqini muntazam eshitib borish, ularning
nutqini taqlid qilish va har xil gapirishning turlarini ham mashq qilish samarali
hisoblanadi.
Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o`rganish jarayonida o`rganuvchilar ba`zi bir til
to`siqlariga duch kelish tabiiy holdir. Hattoki, ingliz tili egalari ham ba`zi bir
xatoliklarga uchrashishlari mumkin. Shuning uchun ham, ingliz tilida gapirish
jarayonida nutqimizda uchrashi mumkin bo`lgan xatoliklardan xavotir olmagan tarzda
ushbu tilda nutq yuritish tilni tezroq o`zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kursantlarning bilish faolligi oshirilgan taqdirdagina, ular bir-birining ingliz tilidagi
nutqini eshita olish va nutqlarida uchraydigan xatoliklarni tahlil qila olish va ularni
bartaraf etish bo`yicha bir qator tavsiyalar berib borish ko`nikma va malakalariga ega
bo`lib borishadi.
Kursantlarning bilish faolligini oshirishda psixologik faktorlar ham muhim
ahamiyatga ega. Masalan, xato qilishdan qo'rqish, ikkilanish, ishonchsizlik, tashvish,
asabiylashish, uyatchanlik og`zaki nutqni o`stirishda to`siq bo`lishi mumkin. Tabbiiy
holda, o`rganilmagan tilda gapirish jarayonida ba`zi bir xatoliklarga yo`l qo`yish
mutlaqo normal holatdir, shuning uchun, muntazam ravishda mashq qilish va xatolar
ustida ishlash salbiy ta`sir qiluvchi psixologik omillarni bartaraf etish uchun qo`l
keladi.
Dars jarayonida ingliz tilida gapirish muhitini yaratish, ularning yoshi va kasbiga
mos keluvchi o`qitish materialini tanlash kursantlarning ingliz tilida gapirishga bo`lgan
qiziqishini oshiradi va gapirish ko`nikma va malakalarini shakllantirishga, yani bilish
faolligini oshirishga xizmat qiladi.
Bibliography
Shahnoza, A. (2022). PROFILAKTIKA INSPEKTOR TALABALАRIDA MUSTAQIL TAʼLIMNI
RIVOJLANTIRISH.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–8_ июня–2025
131
2181-
3187
Aripova, S. (2022). PROFILAKTIKA INSPEKTOR TALABALАRIDA MUSTAQIL TAʼLIMNI
RIVOJLANTIRISH.
Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social
sciences
,
2
(Special Issue 20), 587-591.
Aripova, S. (2020). THE PROBLEMS OF APPLYING DIFFERENT METHODS TO THE
INDEPENDENT LEARNING PROCESS.
European Journal of Research and Reflection in
Educational Sciences Vol
,
8
(12).
Abduazizovna, P. Z. (2022). TАLIM TIZIMIDА «ASSESSMENT» HАMDА «EVALUATION»
TUSHUNCHАLАRI VА ULАRNING FАRQI (The concepts of" assessment" and" evaluation" in
the education system and their differences).
Abduazizovna, P. Z. (2025). THEORETICAL-METHODOLOGICAL FOUNDATIONS OF
EXERCISES
IN
THE
DEVELOPMENT
OF
LEXICAL
COMPETENCE
OF
LEARNERS.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
,
72
(1), 273-282.
Abduazizovna, P. Z. (2025). PRINCIPLES OF EFFECTIVE FORMATIVE ASSESSMENT IN
EFL/ESL.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
,
71
(1), 202-207.
Abduazizovna, P. Z., & Lazokat, I. (2025). ASSESSMENT FOR LEARNING AND ITS
BENEFITS.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
,
73
(2), 337-343.
Abduazizovna, P. Z. (2025, March). DIDACTIC FUNDAMENTALS OF IMPROVING LEXICAL
COMPETENCE (B2 LEVEL). In
International Educators Conference
(pp. 135-142).
Shirinova, N. (2024). DEVELOPING COGNITIVE ACTIVITY OF CADETS IN THE PROCESS
OF TEACHING ENGLISH.
ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ
, (54-4).
Ширинова, Н., & Ширинова, Н. (2022). ПОВЫШЕНИЕ ПОЗНАВАТЕЛЬНОЙ АКТИВНОСТИ
КУРСАНТОВ ЭКОНОМИЧЕСКОГО НАПРАВЛЕНИЯ НА УРОКАХ АНГЛИЙСКОГО
ЯЗЫКА.
Gospodarka i Innowacje.
,
24
, 744-746.
Shirinova, N. D., & Shirinova, N. D. (2023). LISONIY PARALLELIZM HODISASIGA
DOIR.
Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
,
3
(1), 51-56.
Shirinova, N. D., & Davlatova, M. K. MORPHOLOGICAL WAY OF DIFFERENTIATION OF
SUBSTANCE AND ATTRIBUTIVE MEANINGS IN THE LANGUAGE SYSTEM.
ILMIY
ХABARNOMA. НАУЧНЫЙ ВЕСТНИК Учредители: Андижанский государственный
университет им. ЗМ Бабура,(1)
, 86-89.
Shirinova, N. (2018). ORGANIZATION OF THE ENGLISH TEACHING PROCESS.
Irrigatsiya va
Meliоratsiya
, (2), 61-64.
Nilufar, S., Nargiza, S., & Nosir, R. (2023). Study of the gradual relations in differentiation of
substance and attributive meanings in the english and uzbek languages.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–8_ июня–2025
132
2181-
3187
Tulkin, S., Nargiza, S., & Nilufar, S. (2022). ANALYSIS OF THE TRANSLATION OF
ZAHIRIDDIN BABURS POEMS.
CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PHILOLOGICAL
SCIENCES
,
3
(02), 42-48.
Djabarovna, S. N. (2021). Synonymous pairs of lexical units.
ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL
MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL
,
11
(2), 910-913.
Ширинова, Н. (2010). Ўзбек тилида предметлик ва белги-хусусият маъноларини фарклаш
воситалари: Филол. фан номз.... дисс.
Shirinova, N. D. (2006). The expression of the relation of substance and attribute in the language
system.
The Problems of Philology and Methodics.–Bukhara
, 98-101.
Darvishova, G. K. S. B. I., & MAVQEI, A. I. ORIENSS. 2023.№ 1.
URL: https://cyberleninka.
ru/article/n/sharlotta-bronte-ijodida-ayolning-ijtimoiymavqei (дата обращения: 10.10. 2023)
.
Дарвишова, Г. К. (2022). По Педагогическом Мастерстве Учителя Иностранного Языка В
Процессе Урока.
Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture
,
3
, 122-125.
Kenjabayevna, D. G. (2025, March). THE IMPORTANCE OF GRAMMAR GAMES IN
TEACHING ENGLISH. In
International Educators Conference
(pp. 107-115).
Darvishova, G. (2024). ШAРЛОТТA БРОНТЕНИНГ ИНГЛИЗ AДAБИЁТИГA ҚЎШГAН
ҲИССAСИ.
Наука и инновация
,
2
(23), 91-96.
Kenjabayevna, D. G. (2025, March). CLASSROOM BEHAVIOR IS A MANAGEMENT ISSUE.
In
International Conference on Modern Science and Scientific Studies
(pp. 220-225).
Abduazizovna, P. Z., & Lazokat, I. (2025). ASSESSMENT FOR LEARNING WITH ARTIFICIAL
INTELLIGENCE.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
,
73
(2), 330-336.
Иканова, Л. (2025, March). ОПРЕДЕЛЕНИЕ ПРАВ ОСУЖДЕННЫХ И ЛИШЕННЫХ
СВОБОДЫ ЛИЦ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАНБ И ИХ ВНЕДРЕНИЕ В ПРАКТИКУ.
In
International Educators Conference
(pp. 116-120).
Ikanova, L. S. Q. (2024). SUDLANGAN SHAXSLAR VA MAHKUMLARNING XULQ ATVORI
VA QAYTA JINOYAT SODIR ETISHINI BARTARAF QILISHDA TA’LIMNING TA’SIRI
(AQSH TAJRIBASI MISOLIDA).
Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social
sciences
,
4
(1), 433-439.
Ikanova, L. S. (2019). The impact of materials development, critical pedagogy and lgbt’s issue on the
language planning and policy.
Вестник педагогики: наука и практика
, (48), 68-70.
Иканова, Л. (2024). ОБРАЗОВАНИЕ В ТЮРЬМЕ: ФУНДАМЕНТАЛЬНОЕ ПРАВО И
ВАЖНЫЙ ИНСТРУМЕНТ. In
Proceedings of International Conference on Scientific Research in
Natural and Social Sciences
(Vol. 3, No. 5, pp. 269-275).
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–8_ июня–2025
133
2181-
3187
Sayyora, I. (2025, April). TEACHING BASIC CEFR AND IELTS SKILLS TO CADETS IN A
MILITARY SETTING. In
International Educators Conference
(pp. 199-204).
Sayyora, I. (2025, April). CASE STUDIES ON TEACHING ENGLISH TO CADETS: METHODS
FOR CEFR AND IELTS IN A MILITARY SETTING. In
International Educators Conference
(pp.
241-246).
Sayyora, I. (2025). INTEGRATING INNOVATIVE TECHNOLOGIES TO ENHANCE
CADETS'LINGUISTIC
COMPETENCE
THROUGH
BLENDED
LEARNING
IN
UZBEKISTAN'S CEFR AND IELTS PREPARATION.
JOURNAL OF NEW CENTURY
INNOVATIONS
,
73
(2), 325-329.
Sayyora, I. (2025). INTEGRATING INNOVATIVE TECHNOLOGIES INTO ENGLISH
LANGUAGE
LEARNING
AND
CERTIFICATE
OBTAINING
FOR
CADETS
IN
UZBEKISTAN.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
,
73
(2), 320-324.