ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–8_ июня–2025
122
2181-
3187
KURSANTLARNING BILISH FAOLLIGINI OSHIRISHDA YOZUVNI
O'RGATISHDAGI QIYINCHILIKLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH
YO`LLARI
Jamoat xavfsizligi universiteti dotsenti,
Nargiza Shirinova
Annotatsiya:
Maqolada ingliz tili darslarida kursantlarni yozuvhga o`rgatish
muammolari yoritilib, undagi qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish usullari keltirilgan.
Kalit so`zlar:
yozuv, ko`nikma, malaka, qobiliyat, usul, vosita.
Kursantlarning nutq faoliyati turlari bo`yicha bilish faolligini oshirishning yana
bir mahsuli
yozuv
dir.
Yozish jarayonida kursantlar matn mazmunini yozma izhor
etishlari uchun mos keluvchi graffik usulni, ya`ni yozma nutqni tanlashlari kerak.
Fikrni yozma bayon qilishdan oldin kursantlar uni to`gri rejalashtirish, shuningdek,
undagi so'z va gaplarning grammatik qurilishini ham to`g`ri tanlay olish bo`yicha bilish
faolligi oshirilishi zarur. Shuningdek, o'rganuvchilarning yozuv ko`nikmasini
shakllantirish masalalari rejalashtirish muammolari, so'z tanlash muammolari,
grammatik masalalar, kognitiv muammolar va boshqa bir qator muammolar bilan
bog'liqdir, ushbu jarayonlar bo`yicha ularning bilish faolligi oshirilishi zarur. Ularni
quyida ko`rib chiqamiz:
So'z tanlash muammolari.
Biz kursantlarga fikrlarini yozma ravishda to`g`ri
ifodalashni o`rgatishimiz zarur, buning uchun ularning to`g`ri so`z tanlashlari,
kontekstual so`zlarni anglay olishlari, gaplarning sintaktik jihatdan to`g`ri tuza
olishlari kabi ko`nikma va malakalarini shakllantirishimiz zarur. Afsuski,
kursantlarimizning yozuv ko`nikmasini shakllantirish jarayonida ularning so`z va
iboralarni to`g`ri tanlay olmasliklari, shuningdek, sohaviy, ya`ni harbiy atamalarni
qo`llashda qiynalishlarining guvohi bo`lmoqdamiz.
Imloviy xatolar.
Kursantlarda uchrayotgan imloviy xatolar boshqa tillarning
ta'siri, turlicha talaffuzlar va boshqa tarixiy omillarning uchrayotgani bilan bog`liqdir.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–8_ июня–2025
123
2181-
3187
Bosh harfda yozish bilan bog`liq muammolar.
Bosh harfda yozish bilan bog`liq
muammolar odatda tillar orasidagi nomuvoffiqliklar masalan, hafta kunlarining ingliz
tilida bosh harfda yozilishi
Sunday, Monday, Tuesday,
yoki tillar nomlanishining bosh
harfda yozilishi
Uzbek, English, French
… kabilar sababli kelib chiqmoqda.
Grammatik muammolar.
Yozish paytida ikkinchi tilni o'rganayotgan
kursantlarimiz bir qator grammatik qiyinchiliklarga duch kelishadi. Tajribalarga
asosan, ikkinchi tilni o'rganuvchilar zamonlar, fe'llarning qo`llanilishi, olmoshlarga
murojaat qilish va bog'lovchi so'zlar bilan bog'liq muammolarga ko'proq duch
kelishadi. Masalan, o`zbek tilidagi ega va kesimning joylashuvi, ya`ni kesim gapning
oxirida, egasi esa gapning boshida keladi (
Men
harbiy oliy o`quv yurtida
o`qiyman
).
Ingliz tilida esa ega va kesimning yonma-yon kelishi ya`ni,
I
study
at Public Safety
University of the Republic of Uzbekistan kabi nomuvoffiqliklar mavjud. Yuqorida
keltirilgan o`xshashliklar va farqlar borasida kursantlarning bilish faolligini oshirish
ulardagi qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun muhim ahamiyatga ega.
Rejalashtirish muammolari.
Kursantlar yozuv turlaridan biri bo`lgan xat va
insho yozish jarayonida uni rejalashtirish bilan bog`liq bo`lgan bir qator
qiyinchiliklarga duch kelishadi. Masalan, ularni qismlarga bo`lishdagi qiyinchiliklar,
ularda asosiy g`oyalarni yorita olmaslik, mavzuga uzviy bog`liq bo`lmagan
tushunchalarni keltirish, qismlar orasidagi uzviylikning ta`minlanmasligi, xulosa
qismiga yetarlicha e`tibor qaratmaslik yozuvni tashkillashtirish bilan bog`liq bo`lgan
muammolarni keltirib chiqaradi.
Tinish belgilari bilan bog`liq bo`lgan muammolar.
Yuqorida keltirilgan
muammolar bilan birga, tinish belgilardan o`rinli foydalanish ham asosiy
muammolarimizdan
biridir.
Ba`zan
ushbu
muammo
tillar
orasidagi
nomuvoffiqliklarga borib taqaladi. Masalan, ingliz va o`zbek tillarida xatlarning
boshlanishi yoki tugatilishidagi nomuvoffiqlar, ulardagi ingliz tilida vergulning qatt`iy
ishlatilishi kabi farqlar seziladi. Misol qilib aytganda,
Dear, Sir/Madam
kabi
salomlashish qismida vergul qo`yilib,
Yours respectfully,
kabi tugatish qismida ham
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–8_ июня–2025
124
2181-
3187
ushbu tinish belgisidan foydalanilmoqda. O`zbek tilida esa xatlarning ushbu qismlarida
tinish belgisi qo`yilmaydi.
Yuqoridagi
kamchiliklarni bartaraf etish
uchun quyidagi amallarni bajarish
tavsiya etiladi:
Xorijiy manbalarga ko`ra, yozish bilish faolligini oshirishning mahsuli
hisoblanib, ijodiy jarayon sifatida namoyon bo`ladi. Ushbu jarayonda o`qituvchilar
kursantlarning fikrlarini izchil tartibga solishga yordam berislari, ya`ni yo`l
ko`rsatuvchi vazifasini bajarishlari zarur. Olingan bilimni to`g`ri bayon qilish albatta,
ko`p kuch talab qiladi, ya`ni yozuv ko`nikmalariga ega bo`lish izchil harakat va
ko`plab amaliyot asosida shakllanadi.
Bizga ma`lumki, yozuv yetarli vaqtni talab qiladigan faoliyatdir. Kursantlardan
yozuv bo`yicha bilish faolligini oshirish bir qator amallarni talab qiladi. Masalan, o'z
fikrlarini tartibga solish, qoralamalar yaratish, ularni tahrirlash va xulosalarini yozish
kabilar kursantlarning yozuv ko`nikmasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb
etadi. Shuningdek, kursantlarning yozuv bo`yicha bilish faolligini oshirish bir nechta
bosqichlarda amalga oshiriladi. Matnni qismlarga ajratish, grammatik va stilistik
talablarga asoslanib jumlalar tuzish, so`zlarni o`rinli tanlash va matn qismlarini
mazmunan uzviy bog`lash kabi ishlar yozuv ko`nikmasini shakllantirishdagi omillar
hisoblanadi.
Yozuv bo`yicha bilish faolligini oshirishda kursantlarning qiziqishini hisobga
olgan holda materialni tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Yozish uchun
tanlanadigan material kursantlarning yosh xususiyatlari va kelajak kasbi bilan bog`liq
bo`lsa, ularning nafaqat o`zbek tilida, balki ingliz tilida ham mavzu bo`yicha fikr
yuritishlari va uni yozma nutqda izhor etishlari uchun zamin yaratiladi, va aksincha
yozish uchun tanlangan material ularning yoshi va hayot tarsiga mos kelmasa,
kursantlar qiziqishining pasayishiga olib keladi, ya`ni bilish faolligi pasayadi.
Kursantlarning yozuv bo`yicha bilish faolligini oshirishda o`qituvchining tutgan
o`rni ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu jarayonda o`qituvchi baholovchi emas, balki
hamkor sifatida o`zini namoyon qilishi zarur. Shu bilan bir qatorda, o`qituvchi
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–8_ июня–2025
125
2181-
3187
diqqatini yozishdagi kamchiliklarga emas, balki uning yutuqlariga qaratishi lozim,
ularni rag'batlantirish maqsadida qo'llab-quvvatlovchi sharhlar yozsa kursantlarning
yozuv bo`yicha bilish faolligini oshirishga osonlikcha erishish mumkin, shuningdek,
o'qituvchining noo`rin tanqidi va baholashi ushbu jarayonga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Ma`lumki, yozish jarayoni ko'pgina lingvistik komponentlardan foydalanishni
talab qiladigan murakkab faoliyatdir. Yozuv jarayonidagi qiyinchiliklarni psixologik,
lingvistik va kognitiv muammolar sifatida qarash mumkin. Tadqiqotlarda
keltirilishicha, yozish doimiy mehnat va keng ko'lamli amaliyotni talab qiladigan va
ko'plab omillarni o`z ichiga olgan kognitiv faoliyatdir. Kursantlarimiz biron bir mavzu
bo`yicha yozishga kirishishar ekan uning mazmuni, maqsadi, yozish tartibi, lug'at,
grammatika, imlo va mexanika kabi bir nechta ko`nikmalarga ega bo`lishlari zarur.
Bibliography
Shahnoza, A. (2022). PROFILAKTIKA INSPEKTOR TALABALАRIDA MUSTAQIL
TAʼLIMNI RIVOJLANTIRISH.
Aripova, S. (2022). PROFILAKTIKA INSPEKTOR TALABALАRIDA MUSTAQIL
TAʼLIMNI RIVOJLANTIRISH.
Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social
sciences
,
2
(Special Issue 20), 587-591.
Aripova, S. (2020). THE PROBLEMS OF APPLYING DIFFERENT METHODS TO THE
INDEPENDENT LEARNING PROCESS.
European Journal of Research and Reflection in
Educational Sciences Vol
,
8
(12).
Abduazizovna, P. Z. (2022). TАLIM TIZIMIDА «ASSESSMENT» HАMDА
«EVALUATION» TUSHUNCHАLАRI VА ULАRNING FАRQI (The concepts of" assessment"
and" evaluation" in the education system and their differences).
Abduazizovna, P. Z. (2025). THEORETICAL-METHODOLOGICAL FOUNDATIONS OF
EXERCISES
IN
THE
DEVELOPMENT
OF
LEXICAL
COMPETENCE
OF
LEARNERS.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
,
72
(1), 273-282.
Abduazizovna, P. Z. (2025). PRINCIPLES OF EFFECTIVE FORMATIVE ASSESSMENT
IN EFL/ESL.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
,
71
(1), 202-207.
Abduazizovna, P. Z., & Lazokat, I. (2025). ASSESSMENT FOR LEARNING AND ITS
BENEFITS.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
,
73
(2), 337-343.
Abduazizovna, P. Z. (2025, March). DIDACTIC FUNDAMENTALS OF IMPROVING
LEXICAL COMPETENCE (B2 LEVEL). In
International Educators Conference
(pp. 135-142).
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–8_ июня–2025
126
2181-
3187
Shirinova, N. (2024). DEVELOPING COGNITIVE ACTIVITY OF CADETS IN THE
PROCESS OF TEACHING ENGLISH.
ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ
, (54-4).
Ширинова, Н., & Ширинова, Н. (2022). ПОВЫШЕНИЕ ПОЗНАВАТЕЛЬНОЙ
АКТИВНОСТИ КУРСАНТОВ ЭКОНОМИЧЕСКОГО НАПРАВЛЕНИЯ НА УРОКАХ
АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА.
Gospodarka i Innowacje.
,
24
, 744-746.
Shirinova, N. D., & Shirinova, N. D. (2023). LISONIY PARALLELIZM HODISASIGA
DOIR.
Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
,
3
(1), 51-56.
Shirinova, N. D., & Davlatova, M. K. MORPHOLOGICAL WAY OF DIFFERENTIATION
OF SUBSTANCE AND ATTRIBUTIVE MEANINGS IN THE LANGUAGE SYSTEM.
ILMIY
ХABARNOMA. НАУЧНЫЙ ВЕСТНИК Учредители: Андижанский государственный
университет им. ЗМ Бабура,(1)
, 86-89.
Shirinova,
N.
(2018).
ORGANIZATION
OF
THE
ENGLISH
TEACHING
PROCESS.
Irrigatsiya va Meliоratsiya
, (2), 61-64.
Nilufar, S., Nargiza, S., & Nosir, R. (2023). Study of the gradual relations in differentiation
of substance and attributive meanings in the english and uzbek languages.
Tulkin, S., Nargiza, S., & Nilufar, S. (2022). ANALYSIS OF THE TRANSLATION OF
ZAHIRIDDIN BABURS POEMS.
CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PHILOLOGICAL
SCIENCES
,
3
(02), 42-48.
Djabarovna, S. N. (2021). Synonymous pairs of lexical units.
ACADEMICIA: AN
INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL
,
11
(2), 910-913.
Ширинова, Н. (2010). Ўзбек тилида предметлик ва белги-хусусият маъноларини
фарклаш воситалари: Филол. фан номз.... дисс.
Shirinova, N. D. (2006). The expression of the relation of substance and attribute in the
language system.
The Problems of Philology and Methodics.–Bukhara
, 98-101.
Darvishova, G. K. S. B. I., & MAVQEI, A. I. ORIENSS. 2023.№ 1.
URL:
https://cyberleninka.
ru/article/n/sharlotta-bronte-ijodida-ayolning-ijtimoiymavqei
(дата
обращения: 10.10. 2023)
.
Дарвишова, Г. К. (2022). По Педагогическом Мастерстве Учителя Иностранного Языка
В Процессе Урока.
Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture
,
3
, 122-125.
Kenjabayevna, D. G. (2025, March). THE IMPORTANCE OF GRAMMAR GAMES IN
TEACHING ENGLISH. In
International Educators Conference
(pp. 107-115).
Darvishova, G. (2024). ШAРЛОТТA БРОНТЕНИНГ ИНГЛИЗ AДAБИЁТИГA
ҚЎШГAН ҲИССAСИ.
Наука и инновация
,
2
(23), 91-96.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–8_ июня–2025
127
2181-
3187
Kenjabayevna, D. G. (2025, March). CLASSROOM BEHAVIOR IS A MANAGEMENT
ISSUE. In
International Conference on Modern Science and Scientific Studies
(pp. 220-225).
Abduazizovna, P. Z., & Lazokat, I. (2025). ASSESSMENT FOR LEARNING WITH
ARTIFICIAL INTELLIGENCE.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
,
73
(2), 330-336.
Иканова, Л. (2025, March). ОПРЕДЕЛЕНИЕ ПРАВ ОСУЖДЕННЫХ И ЛИШЕННЫХ
СВОБОДЫ ЛИЦ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАНБ И ИХ ВНЕДРЕНИЕ В ПРАКТИКУ.
In
International Educators Conference
(pp. 116-120).
Ikanova, L. S. Q. (2024). SUDLANGAN SHAXSLAR VA MAHKUMLARNING XULQ
ATVORI VA QAYTA JINOYAT SODIR ETISHINI BARTARAF QILISHDA TA’LIMNING
TA’SIRI (AQSH TAJRIBASI MISOLIDA).
Oriental renaissance: Innovative, educational, natural
and social sciences
,
4
(1), 433-439.
Ikanova, L. S. (2019). The impact of materials development, critical pedagogy and lgbt’s issue
on the language planning and policy.
Вестник педагогики: наука и практика
, (48), 68-70.
Иканова, Л. (2024). ОБРАЗОВАНИЕ В ТЮРЬМЕ: ФУНДАМЕНТАЛЬНОЕ ПРАВО И
ВАЖНЫЙ ИНСТРУМЕНТ. In
Proceedings of International Conference on Scientific Research in
Natural and Social Sciences
(Vol. 3, No. 5, pp. 269-275).
Sayyora, I. (2025, April). TEACHING BASIC CEFR AND IELTS SKILLS TO CADETS IN
A MILITARY SETTING. In
International Educators Conference
(pp. 199-204).
Sayyora, I. (2025, April). CASE STUDIES ON TEACHING ENGLISH TO CADETS:
METHODS FOR CEFR AND IELTS IN A MILITARY SETTING. In
International Educators
Conference
(pp. 241-246).
Sayyora, I. (2025). INTEGRATING INNOVATIVE TECHNOLOGIES TO ENHANCE
CADETS'LINGUISTIC
COMPETENCE
THROUGH
BLENDED
LEARNING
IN
UZBEKISTAN'S CEFR AND IELTS PREPARATION.
JOURNAL OF NEW CENTURY
INNOVATIONS
,
73
(2), 325-329.
Sayyora, I. (2025). INTEGRATING INNOVATIVE TECHNOLOGIES INTO ENGLISH
LANGUAGE
LEARNING
AND
CERTIFICATE
OBTAINING
FOR
CADETS
IN
UZBEKISTAN.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
,
73
(2), 320-324.