ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–7_ июня–2025
368
2181-
3187
SODDA VA MURAKKAB MASALALAR
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogic
instituti Boshlang'ich ta'lim
fakulteti 3v-guruh talabasi Usenbaeva Gozzal Azamat
Annotatsiya:
Maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilariga berilgan masalalar va
ularning yechilish yo’llari haqida aytiladi.
Kalit so’zlar:
Masalalar, sodda va murakkab masalalar, o’quvchilar, o’qituvchi,
maktab.
Maktablarda
boshlang’ich sinf o’quvchilarini misollarni hisoblab
o’rganganidan keyin sodda va murakkab masalalar yechishga o’rgatadi. O’quvchilar
misollarni hisoblab o’rganmastan oldin masalani hisoblay olmaydi. Masalani
yechimini topish uchun o’quvchilar misollarni hisoblashni bilishi kerak bo’ladi. 1-
sinfdan boshlab boshlang’ich sinf o’quvchilariga sodda masalalarni yechishni o’rgatish
kerak. Harbir konsentrni o’quvchilarga o’rgatishda shu konsentrga oid masalalar
berilib boriladi. Agar 1-sinf o’quvchisiga ko’p xonali sonlar bo’yicha masalalar
berishsa ular bu masalani yechishga qiynaladi. Chunki ular ko’p xonali sonlar konsentri
bo’yicha misollarni yechishni o’rganmagan bo’ladi. O’quvchilar hamma konsentr
bo’yicha misollarni o’rganib bo’lganida masalalar yechishga ham o’rganib oladi.
Masalalar ikki xil bo’ladi.
1.
Sodda masalalar
2.
Murakkab masalalar
Sodda masalalar- bitta arifmetik amal bilan chiqariladigan masalalar.
Murakkab masalalar- ikki yoki unnan ham ko’p arifmetik amallar bilan
chiqadigan masalalar.
Ma’lumni noma’lumdan, muhimni nomuhimdan ajratish, masalada berilganlar
bilan izlanayotganlar orasidagi bog’lanishni ochish — bu eng muhim malakalardan
biri, bunday malakaga ega bo‘lmay turib, masalalarni mustaqil yechishga o‘rganib
bo‘lmaydi. Masala matni ustida og’zaki ishlagandan keyin uning mazmunini
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–7_ июня–2025
369
2181-
3187
matematik terminlar tiliga o‘tkazish va qisqa yozuv shaklidagi matematik strukturasini
belgilash kerak (rasmlar, chizmalar, sxemalar, jadvallar). Masalani qisqa yozish
malakasiga birinchi sinfdan boshlaboq katta ahamiyat beriladi. Bu ish bolalar uchun
ancha qiyindir, shu sababli birinchi sinfda masalani qisqa yozish asosan o‘qituvchi
rahbarligida bajariladi. Ikkinchi sinfdan boshlab bolalarni masalalarni mustaqil
ravishda qisqa yozishga o‘rgatish masalasi qo‘yiladi. Masala sharti murakkab bo‘lgan
holda, berilganlar orasidagi munosabatlarni tushunib olish qiyin bo‘lgan hollarda,
shuningdek, yangi xil masalalarni yechishda qisqa yozishdan foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Shuni nazarda tutish kerakki, barcha hollarda ham qisqa yozuvni bajarish
bilan bir vaqtda masala shartining analizi ham amalga oshiriladi. Aslini aytganda, qisqa
yozuvning vazifasi shundan iborat. Haqiqatan ham masala shartining qisqa yozuvi
o‘quvchilar xotirasiga tayanch bo‘lib, son ma’lumotlarni tushunish va ajratish
imkonini beradi, shu bilan birga ularning ratsional yozilishi masalada nima berilgan va
nimani izlash kerakligini aniq tushuntirish imkonini yaratadi. Predmet rasm, shartli
rasm, masala shartining qisqa yozuvi, chizma konkretlikdan sekin-asta abstraktlikka
o‘tishdagi ketma-ket bosqichlarni ifodalaydi.
Sodda masalalarni yechishda amal tanlashni asoslab berish va murakkab
masala tahlilini amalga oshirish, so‘ngra yechish planini tuzish malakasi. Oldin sodda
masalani yechishda amal tanlash masalasini qarab chiqishga to‘xtalamiz. Bu malaka
birinchi sinfdan boshlab tarkib topa boshlaydi, ikkinchi va uchinchi o‘quv yillarida
yanada rivoj toptiriladi, ya’ni ba’zi tanish masalalarga nisbatan amal tanlash ishini
bajarish asosi o‘zgartiriladi. Masalan, ushbu «Javonda 7ta kitob bor edi. Anora 3ta
kitob oladi. Javonda nechta kitob qoldi?» - degan masalani yechishda birinchi sinf
o‘quvchisi masalani yechish uchun 7dan 3 ni ayirish kerak, chunki kitoblar
oldingisidan kamaydi deb javob beradi. Ikkinchi sinf o‘quvchisi shu masalani
yechishda bunday mulohaza yuritishi mumkin: «Bu qoldiqni topishga doir masala.
Bunday masalalar ayirish bilan yechiladi. 7 dan 3 ni ayirsak, javonda qancha kitob
qolganini bilamiz».
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–7_ июня–2025
370
2181-
3187
Masalalarni yechishning jadval usuli, masalalar va ularni taqqoslashni ikkinchi
sinfda o’rgatiladi. Bu davrda o’quvchilarning fikrlash doirasi yanada kengayadi, ularni
jadvalga qarab masala tuzishga, o’zaro teskari masalalar tuzishga va ularni
taqqoslashga undaladi. Bоshlang’ich sinflarda o’rganiladigan masalalar yеchishning u
yoki bu nazariy matеriallarni o’zlashtirish jarayonidagi muhim o’rnini ta’kidlab,
dasturda shunday dеyiladi: “Natural sоnlar arifmеtikasi, nоlni o’rganish maqsadga
muvоfiq masalalar va amaliy ishlar sistеmasi asоsida tuziladi. Bu dеgan so’z har bir
yangi tushunchani tarkib tоptirish har dоim bu tushuncha ahamiyatini tushuntirishga
yordam bеradigan, uning qo’llanishini talab qiladigan u yoki bu masalani yеchish bilan
bоg’lanadi”. Sоdda masalalar o’quvchilarni matеmatik munоsabatlar bilan
tanishtirishning muhim vоsitalaridan biri bo’lib хizmat qiladi. Sоdda masalalardan
ulushlar, qatоr gеоmеtrik tushunchalar va algеbra elеmеntlarini o’rganishda ham
fоydalaniladi. Sоdda masalalar o’quvchilarda murakkab masalalarni yеchish uchun
zarur bo’ladigan bilimlar, malakalar va ko’nikmalarni tarkib tоptirish uchun asоs bo’lib
хizmat qiladi. Yechilishi uchun bir nеchta o’zarо bоg’liq amallarni bajarish talab
qilinadigan masalalar murakkab masalalar dеyiladi.
Turmushda sonlar bilan bog’liq bo’lgan cheksiz ko’p hayotiy vaziyatlar vujudga
keladiki, bu sonlar ustida turli arifmetik amallar bajarish talab qilinadi. Yechilishi
uchun bitta arifmеtik amal bajarilishi zarur bo’lgan masala sоdda masala dеyiladi.
Bular quyidagilardir: 1. Yosh tabiatshunoslarga 15 tup olma ko’chati va 10 tup olxo’ri
ko’chati ajratildi. Yosh tabiatshunoslarga qancha ko’chat ajratilgan? 2. Yengil mashina
yo’lda 4 soat bo’ldi va soatiga 56 km tezlik bilan yurdi. Mashina qancha masofani
bosib o’tdi? 3. Do’konda 2 bo’lak chit sotildi. Birinchi bo’lak uchun 180 so’m, ikknchi
bo’lak uchun ikki marta ko’p pul berishdi, ikkinchi bo’lak uchun qancha pul berishgan?
Avvalo har bir masala berilgan va noma’lum sonlarni o’z ichiga oladi. Masaladagi son
to’plamlar sonini yoki miqdorlarning qiymatini harakterlaydi, munosasbatlarini
ifodalaydi yoki berilgan mavhum sonlar bo’ladi. Masalan 1- masalada 15 soni olma
ko’chatlari to’plamini sonini haraterlaydi. 2-masalada 56 soni miqdor uzunlikning
qiymatidir. 3-masalada 2 soni ikki sonning munosabatini 2 va 1-bo’lakdagi chitning
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–7_ июня–2025
371
2181-
3187
bahosini ifodalaydi. Har bir masalada shart va savol bo’ladi. Masala shartida berilgan
sonlar orasidagi va berilgan sonlar bilan izlanayotgan sonlar orasidagi bog’lanish
ko’rsatiladi, bu bog’lanishlar tegishli arifmetik amallarni tanlashni belgilab beradi.
Savol esa qaysi son izlanayotgan son ekanligini bildiradi. Masalan, 2-masalaning
sharti: yengil mashina yo’lda 4 soat bo’ldi va soatiga 56 km tezlik bilan bosib o’tdi?
Masalani yechish bu masala shartida berilgan sonlar va izlanayotgan son orasidagi
bog’lanishni ochib berish va bu asosda arifmetik amallarni tanlash, keyin esa ularni
bajarish hamda masala savoliga javob berish demakdir.
Endi boshlang’ich sinfning darsliklaridagi berilgan soda va murakkab
masalalarni ko’rib chiqamiz.
1-masala.
Sinfda 14ta o’g’il bola, 16ta qiz bola bor. Sinfdan 22 o’quvchi chiqib ketkanidan
keyin o’g’il va qiz bolalar soni teng bo’ldi. Sinfdan nechta o’g’il bola chiqib ketkan?
Yechilishi: Bunda sinfdagi o’g’il bola va qiz bolalarni qo’shamiz. 14+16=30
Endi jami o’quvchilar sonida chiqib ketkan o’quvchilarning sonini olib
tashlaymiz. 30-22=8, O’quvchilar soni tenglashgani uchun 8ni 2ga bo’lamiz. 8:2=4.
Endi jami o’g’il bolalar sonidan 4ta sinfda qolgan bolalarni olib tashlaymiz.
14-4=10
Javobi: 10ta o’g’il bola chiqib ketkan.
2-masala.
Tikuvchi 54 metr matoning 12 metridan ko’ylaklar tikti. Necha metr mato qoldi?
Yechimi: Jami matolardan sarflangan matolarni olib tashlaymiz. 54-12=42
Javobi: 42 metr mato qoldi.
3-masala.
Qovun, tarvuz va tarozi toshi birgalikda 22 kilogramm. Tarvuz 11 kilogramm,
qovun 9 kilogramm bo’lsa, tarozi toshi necha kilogramm?
Yechimi: Tarvuz va qovun o’g’irligini qo’shamiz. 11+9=20
Jami o’g’irlikdan 20ni olamiz. 22-20= 2
Javobi: tarozi toshi 2 kilogramm
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–7_ июня–2025
372
2181-
3187
Xulosa: Boshlang’ich sinf o’quvchilariga sodda va murakkab masalalarni
yechishni o’rgatishda avval ularga arifmetik amallarni to’g’ri hisoblashni o’rgatishimiz
kerak. Keyin masalalarni to’g’ri yechish yo’lini o’rgatib boramiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Jumayev M.E. Matematika oʻqitish metodikasi (OOʻY uchun darslik)Toshkent. .
“Turon-Iqbol” 2016 yil.
2. Jumayеv M.E., Tadjiyeva Z.Gʻ. Boshlangʻich sinflarda matеmatika oʻqitish
mеtodikasi. (OOʻY uchun darslik.) Toshkеnt. “Fan va texnologiyai” 2005 yil.
3. Oʻrinbaeva L. 2-klass ushın matematika sabaqlıǵı Tashkent Respublikalıq
bilimlendiriw orayı 2021- 192-bet
4. Oʻrinbaeva L. 3-klass ushın matematika sabaqlıǵı Tashkent Respublikalıq
bilimlendiriw orayı 2022- 192-bet