ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
3
2181-
3187
Jigarning inson organizmidagi ahamiyati
Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi
DO‘SANOVA GULSHODA RUZIMURODOVNA
Annotatsiya
: Ushbu maqola jigarning inson organizmidagi ahamiyati ,
jigarning organizdagi funksiyalari haqida , bo’lib jigar qorin bo'shlig'idagi katta organ
bo'lib, u ko'plab muhim tana funktsiyalarini, shu jumladan qonni filtrlashni bajaradi.
Shuningdek, u bez hisoblanadi, chunki u tanaga zarur bo'lgan kimyoviy moddalarni
ishlab chiqaradi. Ba'zi kasalliklar va turmush tarzi jigarga zarar etkazishi mumkin,
ammo bu muhim organni himoya qilishning ko'plab usullari mavjud.
Abstract:
This article is about the importance of the liver in the human div,
the functions of the liver in the div, the liver is a large organ in the abdominal
cavity that performs many important div functions, including filtering the blood. It
is also considered a gland because it produces chemicals that the div needs. Some
diseases and lifestyle can damage the liver, but there are many ways to protect this
important organ.
Аннотация:
Эта статья о важности печени в организме человека,
функциях печени в организме, печень — большой орган в брюшной полости,
который выполняет множество важных функций организма, включая
фильтрацию крови. Она также считается железой, поскольку вырабатывает
химические вещества, необходимые организму. Некоторые заболевания и образ
жизни могут повредить печень, но есть много способов защитить этот важный
орган.
Kirish.
Jigar toksik moddalar, zaharlarni va boshqa zaharli moddalardan qonni
tozalash, filtr vazifasini bajaradigan eng muhim ichki organ hisoblanadi. U inson
organizmidagi eng kata bez bo’lib, protein, yog’ va uglevod almashinuvi bilan bevosita
shug’ullanadi. Detoksifikatsiya, qon, ovqat hazm qilish va chiqarilishiga javob beradi.
Ushbu organ bo’lmasa inson tanasi ishlamaydi. Shu sababli tabiatni ifloslanishini
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
4
2181-
3187
oldini olish, atrof-muhit salbiy ta’sirlari tufayli organizm zararlanishini oldini olish
zarur. Atrof — muhitning antropogen omil ta’sirida ifloslanishi bugungi kundagi eng
dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Bu o’z navbatida inson organizmiga jiddiy
ta’sir qiladi. Hozirgi kunda tobora avj olgan ifloslanishlar butun dunyoda har hil
kasalliklarni keltirib chiqarishda asosiy omil bo’lib kelmoqda. Birgina O’zbekiston
misolida qaraydigan bo’lsak, atmosferaning 40 % gacha bo’lgan qismii zaharli gazlar
yani avtomobil dvigatellari tomonidan ishlab chiqarilayotgan tutunlar tashkil etishini
guvohi bo’lamiz. Bu tutunlar o’z-o’zida organizmning nafas olish sistemasiga va
boshqa organlarga salbiy ta’sir ko’rsatmay qolmaydi. Buning natijasida turli
kasalliklarni vujudga kelishini kuzatishimiz mumkin. O’pka yallig’lanishi, nafas olish
kasalliklari, jigar hujayralarining yallig’lanishi. Organizmning bunday zaharli
moddalar bilan kurashuvchi organi jigar hisoblanadi.
Asosiy qism.
Jigar organizmdagi eng yirik bez (1200–2200). Rangi qizg’ish-
qo’ng’ir rang bo’lib, katta o’ng bo’lagi kichikroq chap bo’lagidan farq qiladi. Jigar
ko’plab alohida hujayralardan — gepototsitlardan tashkil topgan. Gepototsitlarning
o’rtasida o’t yo’llarining boshlang’ich qismi bo’lgan o’t kanalchalar joylashgan.
Gepototsitlar ko’p burchakli (poligonal) shakldagi yirik hujayralar (20–25 mkm)
bo’ladi. Jigar hujayra elementlarining 60 % tashkil qiladi va a’zoning ko’pchilik asosiy
vazifasini bajaradi. Har bir bunday hujayra — kichik «kimyoviy laboratoriya» bo’lib,
u organizmga tushuvchi barcha zararli moddalarni va zaharlarni zararsizlantiradi.
Jigarning maxsus yulduzchasimon hujayralari fagositlarga va antitelalar hosil qilishga
qodir. Jigar qonni yig’ib tura oladi, embryonal rivojlanishda qon elementlari va
gemoglobin hosil qilishda ham ishtirok etadi. Organizmdagi qonning 1/5 qismi jigar
tomirlariga sig’ishi mumkin. Qondagi ortiqcha suv qisman jigardan ajalib chiqib, o’t
va limfa hosil bo’lishiga ketadi. Jigar o’tni uzluksiz ishlab o’zining o’t yo’li orqali
chiqaradi. O’n ikki barmoqli o’t kirish ovqatlanish vaqtida boshlanib, me’da ovqatdan
bo’shagunicha davom etadi. Boshqa ovqatda esa umumiy o’t yo’lining halqasimon
muskuli qisqarib, shu yo’lning teshigini berkitib turadi. Jigarda hosil bo’lgan o’t-o’t
pufagiga kirgach, boshqa ba’zi moddalar o’t pufagi devoridan qonga o’tadi. Jigar
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
5
2181-
3187
organizmdagi eng kata parenximator organ bo’lib, 300 mlrd jigar hujayralaridan tashkil
topgan. Bu hujayralarda 2000 turdagi fermentlar joylashgan bo’lib, ular organizmdagi
hamma bioximik reaksiyalarda vositachi bo’lib organizmdagi hayotiy jarayonlarda
ishtirok etadi. Shuning uchun jigarni «organizmning kompleksli kimyo fabrikasi» deb
atashadi. Hozirgi vaqtda jigar jarrohligining muvaffaqiyatli rivojlanishi bilan jigarning
segmentar tuzilishi haqidagi tushunchalar keng tarqalgan. Segment — jigarning
yaqqol, alohida o’z qon aylanishi innervatsiya, o’t va limfa yo’llariga ega bo’lgan
sohasidir. Bu jigarning shunday sohalarini qo’shni segmentlarga zarar yetkazmasdan
jarrohlik yo’li bilan olib tashlashga yordam beradi. Segment — faqat fazoviy
tushunchagina emas, u darvoza sistemasining tarmoqlanish xususiyatlarini ham o’zida
aks ettiradi. Segmentga darvoza venasining yirik shoxi, jigar arteriyasining shoxi bilan
bilan birga kiradi, o’t yo’li hamda limfa tomirlari esa segmentdan chiqadi. Darvoza
venasining tarmoqlanishi doimiy bo’lmaganligi sababli, ilmiy izlanuvchilar jigar
segmentlari sonini turlicha keltiradi. Hozirgi vaqtda qon bilan ta’minlash, o’t va limfa
oqish soxalariga mos keluvchi jigarning segmentar bo’lishining bir qancha sxemalari
keltirilgan. Lekin eng keng tarqalgani Kuino sxemasi bo’lib, unga ko’ra jigarda 8 ta
segmentga ajralib, ular bir-biridan farq qiladi [1,2]. Jigar organining joylashuvi . Jigar
qorin bo’shlig’ida, diafragmaning tagida o’ng qovurg’alar ostida yotadi. Jigar o’rta
ichak (epiteliysining) boshlang’ich qismining endodermal epiteliysidan rivojlanadi.
Jigar kurtagi homila hayotining uchunchi haftasida o’rta ichak ventral devorida bortma
shaklida paydo bo’lib, uni jigar harfaz deb ataladi. Bu bortma dastlab umumiy bo’lib,
so’ngra ikkiga yuqori va pastki bo’rtmalarga bo’linadi. Yuqori bo’rtmadan jigar nayi
va jigar bez to’qimasi paydo bo’lsa, pastki bo’rtmadan o’t pufagi rivojlanadi. Umumiy
o’t yo’li esa keyinchalik umumiy o’t yo’liga aylanadi. Homila hayotining uchinchi
oyigacha jigarning ikkala bo’lagi bir hil bo’ladi. Uchunchi oyning ohirida uning o’ng
bo’lagi kattalashib, dumli bo’lak taraqqiy eta boshlaydi. Yangi tug’ilgan embrionning
jigari kata va qonga to’lgan bo’lib, to’rt bo’lagi aniq ko’rinadi. U qorin bo’shlig’ining
yuqori qismini egallab turadi. Jigarning og’irligi o’rta hisobda 135 gr bo’lib, organism
og’irligining 4–4.5 % ni tashkil etadi. Jigarni qoplagan qorin parda yupqa boylamlari
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
6
2181-
3187
bo’sh bo’lgani uchun u harakatchan bo’ladi. Chap bo’lagi o’ngiga teng bo’ladi yoki
kata bo’ladi. Chunki homila jigarning chap bo’lagiga kislorodga va ozuqaga boy qon
keladi. Embrion tug’ilgandan so’ng jigarda, ayniqsa chap bo’lakda qon aylanish
o’zgaradi va chap bo’lak o’sishi sekinlashadi. Yangi tug’ilgan embrionda jigar
to’qimasi yahshi takomillashmagan bo’ladi. Jigar organining vazifasi. Jigar
organizmda 500 dan ortiq funksiyani bajaradi. Jigarning asosiy vazifasi filtrlash bo’lib,
u qon orqali kelgan zararli moddalarni qondan tozalaydi. Unda oshqozon, ingichka
ichak, taloq, oshqozon osti bezi va o’t pufagidan qon keladi. Jigarda oshqozon tizimi,
immune tizimi va endokrin tizimi mavjud. Jag’ hazm qilish, jigarning vazifalariadn biri
yog’ hazm qilish. Jigar tomonidan ishlab chiqilgan suyak mayin ichaklarda yog’ hosil
qiladi va energiya uchun sarflanadi, ishlatiladi. Jigar qonda CO 2 , oqsil va lipidlarni
metobolizlaydi, ular hazm qilish paytida dastlab ishlov beriladi. Gepototsilar ovqat
tarkibidagi karbongidratlarning parchalanishidan hosil bo’lgan glukozani saqlaydi.
Glukozaning ortiqcha qismi qondan chiqariladi. Glukozaning ortiqcha qismi qondan
chiqariladi va jigarda glikogen sifatida saqlanadi. Glukoza kerak bo’lganda, jigar
saqlagan glikogenni glukozaga aylantiradi. Jigar aminokislotalarni hazm qilingan
oqsildan metobolizlaydi. Bu jarayonda jigar karbomidga aylanadigan toksik ammiak
ishlab chiqaradi. Karbamid qonga o’tadi va siydik orqali buyrakdan chiqib ketadi. Jigar
yog’larni fosfolipidlar va kolestral lipidlarini ishlab chiqish uchun qayta ishlaydi.
Ushbu moddalar hujayra membranasi, oshqozon, safro kislotasi, garmonlar ishlab
chiqarish uchun zarur. Jigar qondagi gemoglobin kimyoviy moddalar, dorilar, spirtli
ichimliklar va boshqa preparatlarni metoboliz qiladi. Jigar kerak bo’lganda ishlatish
uchun qondagi oziq moddalarni saqlaydi. Glukoza, temir, mis, vitaminlar va B 9 (qizil
qon tanachalar sintezida) B 12 vitaminlarni saqlaydi.
Jigarning moddalar
almashinuvidagi boshqaruvchiligi. Jigar organizmning modda almashinuvida ishtirok
etuvchi markaziy a'zolaridan birini tashkil etadi. U oshqozon-ichak yo'lida hazm
bo'lgan moddalarni qopqa vena orqali qabul qilib, umumiy qon aylanish doirasiga
o'tkazib berishda muhim vazifalarni bajaradi.
Jigar quyidagi asosiy jarayonlami amalga oshirishda qatnashadi:
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
7
2181-
3187
a. Uglevodlar almashlnuvida.
b. Oqsillar almashinuvida va ular almashinuvining oxirgi mahsuloti bo'lgan
siydikchil intezida.
c. Yog'lar almashinuvida va ularning hazm bo'lishida zarur omil bo'lgan o't
kislotalar sintezi va o't hosil qilishda.
d. Boshqa a'zolar uchun zarur bo'lgan moddalar sintezida, ya'ni glyukoza, keton
tanachalar va qon plazmasi oqsillarining sintezlanishida.
e. Organizmda modda almashinuvi jarayonlarida hosil bo'ladigan va tashqi
muhitdan organizmga tushgan zaharli moddalami zararsizlantirishda.
f. Metabolizm natijasida hosil bo'lgan ayrim moddalar (xolesterin, o't kislotalari,
o't pigmentlari va boshqa moddalar)ni ichakka ajratib turishda.
g. Qon aylanishini boshqarishda, ya'ni qopqa vena sistemasini umumiy qon
aylanish sistemasi bilan bog'lashda.
h. Qon yaratuvchi markaziy a'zo sifatida (embrionlarda).
i. Qonning ivish jarayonini fibrinogen, protrombin va geparin ishlab chiqarish
yo'li bilan boshqarishda.
j. Provitaminlarni vitaminlarga aylantirishda.
k. Temirnitashuvchi transferrin va ferritinlarni sintezi va boshqa vazifalarni
bajarishda ishtirok etadi.
Jigar oziq moddalar - uglevodlar, lipidlar, oqsillar, vitaminlar va qisman suv-
mineral moddalarning almashinuvida ishtirok etadi.
Jigar hujayralariga zarar yetishiga quyidagi omillar olib kelishi mumkin:
•
Lipid almashinuvi buzilishi.
Natijada jigar hujayralarida yog’ to’planib qoladi.
Buning oqibatida birinchi navbatda steatoz, so’ngra steatogepatit rivojlanadi;
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
8
2181-
3187
•
Alkogol.
Alkogol va uning qayta ishlangan mahsulotlari (atsetaldegid) jigar
hujayralariga zarar yetkazadi. Alkogolli ichimliklarga nisbatan sezuvchanlik genetika
va boshqa omillarning kombinatsiyasiga bog’liq. Kuniga 30 grammdan ortiq etanol
iste’mol qilishda jigarning shikastlanish xavfi bir necha barobarga ortadi. Kuniga 120-
160 gramm dozada etanol jigar uchun mutlaqo zaharli hisoblanadi;
•
Zaharlanish.
Kimyoviy moddalarning jigar hujayralari faoliyatini buza olish
qobiliyati gepatotoksiklik deb ataladi. Bularga dori-darmonlar, sanoat kimyoviy
moddalari, zamburug’ va bakteriya zaharlari kiradi;
Viruslar.
Gepatit A, B, C, D, E viruslari farqlanadi, ulardan eng keng tarqalgani
va C viruslari sanaladi. Zararlanish jinsiy aloqa, in’yektsiya, tibbiy
muolajalar paytida va onadan bolaga yuqadi. Kasallik o’zini hech qanday namoyon
qilmasligi mumkin, shu bilan birga odam infektsiya manbai bo’lib qoladi. Jigar
kasalliklari profilaktikasi medikamentoz va nomedikamentoz bo’lishi mumkin.
Ikkinchisi ovqatlanish va turmush tarziga o’zgarishlar kiritishni nazarda tutadi. Hayot
tarzini o’zgartirmasdan faqatgina dorilar qabul qilish jigar muammolaridan himoya
qila olmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
https://bilim.tma.uz/articles/313
2.
https://cyberleninka.ru/article/n/jigarning-metabolizmadagi-ahamiyati
3.
https://med360.uz/kasalliklar/jigar-kasalliklari/