ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
337
2181-
3187
POLITEXNIKUMDA O’QUV JARAYONINI ISHLAB CHIQARISH
BILAN INTEGRATSIYALSH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
Muminov Farhod Kobiljonovich
Angren shahar 2-sonli politexnikum direktori
Annotatsiya:
Ushbu maqolada politexnikum o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirishning, metodik
yondashuvlar va pedagogik tadbirlarning samaradorligi tahlil etilgan. Shuningdek,
o’quv jarayonini ishlab chiqarish bilan uyg’unlashtirishning dolzarbligi ,mavjud
muammolar va ularning amamliy yechimlari tahlil qilinadi.Integrasiyalashgan ta’lim
jarayoni o’quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishda muhim ahamiyat
kasb etishi,o‘quvchilarni bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan kasb va
hunarlarga yo‘naltirishdagi muammo va yechimlar yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Kasbga yo‘naltirish, politexnikum, kasbiy ta’lim,integrasiya,ishlab chiqarish,
metodika, bozor talabi, o‘quvchi qiziqishi, ixtisoslik, amaliy mashg‘ulot.
Bugungi ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarni jamiyatda
munosib o‘rin egallashga tayyorlashdir. Xususan, politexnikumlarda bu vazifa kasbga
yo‘naltirish orqali amalga oshiriladi. Kasbiy yo‘naltirish — bu o‘quvchilarning
qobiliyatlari, qiziqishlari va zamonaviy bozor ehtiyojlarini hisobga olgan holda ularga
mos
kasb
tanlashlariga
ko‘maklashuvchi
pedagogik
jarayondir.
Ta’lim jarayonini ishlab chiqarish bilan uyg’unlashtirish ,ayniqsa kasb-hunar ta’lim
muassasalarida o’ta dolzarb masala bo’lib bormoqda.O’zbekiston yoshlarini
zamonaviy ishlab chiqarish talablariga mos kadrlar qilib tayyorlash –politexnikum
oldida turgan asosiy vazifadir.Shu sababli ta’lim tizimini ishlb chiqarish muhitiga
yaqinlashtirish ,amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish orqali mutaxassis tayyorlash
zarurati ortib bormoqda.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
338
2181-
3187
O’quv jarayonini ishlab chiqarish bilan integratsiyasi nima?
Integratsiyalash-bu o’quv rejalari,dasturlar va o’qitish metodikalarini ishlab
chiqarish faoliyati bilan uyg’un holda olib borilishi demakdir.Bu jarayonda talababalar
nazariy bilim bilan bir qatorda ,amaliy ko’nikmlarni ham egallaydi.
Bu jarayonda quyidagi muammolar mavjud:
1.Ishlab chiqarish bazalarini yetishmasligi;
2.Ta’lim muassasalari bilan ishlab chiqarish korxnalari bilan hamkorlik ishlarini
susutligi;
3.O’qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini malakasi kamligi;
4.Darslar asossan nazariyaga yo’naltrilganligi;
O’quv jarayonini tashkil etishdagi bu muammolarni yechimlari:
1.Politexnikum va ishlab chiqarish korxonalari o’rtasida hamkorlik shartnomasini
tuzish;
2.Amaliy mashg’ulotlar uchun zamonaviy jihozlangan ustaxonalar tashkil etish;
3.Ishlab chiqarish korxonalaridan mutaxassislarni ta’lim jararyoniga darslarga
jalb etish;
4.Maxsus fan o’qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini korxonalarga
amaliy malaka oshirishga yuborish;
5.Dual ta’lim tizimi asosida o’qitish tizimini rivojlantirish;
Politexnikumlarda o’quv jarayonini ishlab chiqarish bilan integratsiyalash –
nafaqat ta’lim sifati ,balki bitiruvchilarni ishga joylashtirish imkoniyatini ham
oshiradi.Bu yondashuv raqobatbardosh,bilimli va malakali mutaxassislar tayyorlashda
asosiy omil hisoblanadi. Politexnikumda kasbga yo‘naltirish ishlari rejalashtirilgan
tarzda olib borilishi lozim. Bu borada kasb tanlashga oid psixologik testlar, sohaga oid
seminarlar, tajribali mutaxassislar bilan uchrashuvlar, amaliyot darslari va
ekskursiyalar ham katta ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilar real ishlab chiqarish muhiti
bilan tanishganida ularning kelajak kasbiga bo‘lgan ishonchi ortadi.
Shuningdek, ustozlar o‘quvchilarning individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
339
2181-
3187
yo‘naltirish ishlarini olib borishlari kerak. Bu esa ularning kelajakda o‘z kasbida
muvaffaqiyatli bo‘lishlarini ta’minlaydi.
Xulosa:
Kasbga yo‘naltirish — bu oddiygina targ‘ibot emas, balki o‘quvchining
hayotidagi muhim tanlovga asos yaratishdir. Politexnikumda bu jarayon samarali
tashkil etilsa, yoshlar o‘z kasbini sevib tanlaydi va mehnat bozorida faol ishtirok eta
oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston
Respublikasi
Ta’lim
to‘g‘risidagi
Qonuni.
2. Sharipov A. "Kasbga yo‘naltirish asoslari". – Toshkent: O‘qituvchi, 2020.
3. Xusanov N. "Kasbiy pedagogika". – Samarqand, 2021.