ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
283
2181-
3187
TUG’RUQDAN KEYINGI INFEKSIYALAR: OLDINI OLISH VA
DAVOLASH
Qo’qon Universiteti Andijon filiali
Davolsh ishi yo’nalishi 206- guruh talabaasi
G’afforova Ruxshona Xamidillo qizi
Annotatsiya
Maqolada tug‘ruqdan keyingi infektsiyalar va ularning oldini olish hamda davolash
usullari haqida ma’lumot beriladi. Tug‘ruqdan keyingi infektsiyalar ayollarda jiddiy
asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin, shuning uchun ularni o‘z vaqtida aniqlash va
davolash juda muhim. Profilaktik choralar, antibiotik terapiya va gigiyena qoidalariga
amal qilish infektsiyalarning oldini olishda muhim rol o‘ynaydi. Zamonaviy
diagnostika va davolash usullari tug‘ruqdan keyingi infektsiyalar bilan kurashishda
samarali hisoblanadi.
Kalit so‘zlar:
tug‘ruqdan keyingi infektsiyalar, antibiotik terapiya, profilaktika,
aseptika, gigiyena, diagnostika.
Kirish
Tug‘ruqdan keyingi infektsiyalar (TQI) – bu tug‘ruq yoki kesarcha kesishdan so‘ng
yuzaga keladigan bakterial infektsiyalar bo‘lib, onaning sog‘lig‘iga jiddiy xavf
tug‘dirishi mumkin. Mashhur tibbiyot olimlari, jumladan, Semmelveys va Lister,
infektsiyalarni oldini olish uchun aseptika va antiseptikaning muhimligini
ta’kidlaganlar. Bugungi kunda ham bu masala dolzarb bo‘lib, infektsiyalarni
kamaytirish maqsadida turli diagnostik va profilaktik choralarga katta e’tibor
qaratilmoqda. Ushbu maqolada TQI turlari, sabablari, oldini olish va samarali davolash
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
284
2181-
3187
usullari
haqida
batafsil
ma’lumot
beriladi.
Asosiy
qism
1.
Tug‘ruqdan
keyingi
infektsiyalar
sabablari
Tugʻruqdan keyingi infeksiyalar (TQI) odatda patogen mikroorganizmlar tomonidan
chaqiriladi va tugʻruq jarayoni yoki tugʻruqdan keyingi davrda organizmning
immuniteti zaiflashishi tufayli rivojlanadi. Ushbu infeksiyalarning yuzaga kelishiga
turli omillar sabab boʻlishi mumkin. Quyida TQI sabablari batafsil ko‘rib chiqiladi.
Tug‘ruqdan keyingi infektsiyalar odatda patogen mikroorganizmlar (Staphylococcus
aureus, Streptococcus, Escherichia coli) tufayli rivojlanadi.
1.
Bakterial
infeksiya
manbalari
Tug‘ruqdan keyingi infektsiyalar aksariyat hollarda quyidagi bakteriyalar tomonidan
chaqiriladi:
Staphylococcus aureus
– ko‘krak bezi yallig‘lanishi (mastit) va sepsisga sabab
bo‘lishi
mumkin.
Streptococcus pyogenes
– tug‘ruqdan keyingi endometrit va fassit sababchisi.
Escherichia coli
– siydik yo‘llari infeksiyalari va sepsis rivojlanishiga olib keladi.
Klebsiella spp.
– immuniteti zaiflashgan ayollarda infeksiyalarni chaqirishi mumkin.
Clostridium perfringens
– anaerob bakteriyalar bo‘lib, nekrotik infeksiyalarga sabab
bo‘lishi mumkin.
2.
Gigiyena
va
aseptika
qoidalariga
rioya
qilinmasligi
Tugʻruq jarayonida yoki operatsiya paytida steril sharoit taʼminlanmasa, infeksiya
ehtimoli oshadi. Tugʻruqdan keyin tug‘ruqxona sharoitlarida gigiyenaga rioya
qilmaslik bakterial infeksiya rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Tibbiy asbob-
uskunalar yoki qo‘llar orqali bakteriyalarning ona organizmiga tushishi.
3.
Immunitetning
pasayishi
Homiladorlik vaqtida organizm immun tizimi ma’lum darajada zaiflashadi, bu esa
bakterial infeksiyalarga moyillikni oshiradi. Tugʻruq vaqtida yoki operatsiya davomida
ko‘p qon yo‘qotish natijasida organizm zaiflashadi. Surunkali kasalliklar (qandli
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
285
2181-
3187
diabet,
immunitet
tanqisligi)
infeksiyalarga
qarshilikni
pasaytiradi.[1]
4.
Tugʻruq
jarayoniga
bogʻliq
omillar
Uzoq
davom
etgan
tugʻruq:
Bachadon bo‘yinchasi uzoq vaqt ochiq qolsa, mikroorganizmlar yuqoriga ko‘tarilib,
bachadon
infeksiyasini
keltirib
chiqarishi
mumkin.
Amniotik
qopning
erta
yorilishi:
Suv keta boshlagan vaqtdan boshlab, bachadon ichiga bakteriyalar kirishi ehtimoli
ortadi.
Amniotik qop yorilgandan keyin 18 soatdan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lsa,
infeksiya
xavfi
sezilarli
oshadi.
Asfiksiya
yoki
travmatik
tugʻruq:
Homila chiqishi qiyinlashganda, tug‘ruq paytida asoratlar (bachadon yorilishi, tug‘ruq
kanali
jarohatlari)
kelib
chiqadi
va
infektsiya
xavfi
ortadi.
5.
Operativ
tugʻruq
usullari
va
jarrohlik
aralashuvlari
Kesarcha
kesish:
Operatsiya natijasida yara joyiga infeksiya tushishi ehtimoli vaginal tug‘ruqqa nisbatan
5-10
baravar
yuqori.
Epiziotomiya
va
vaginal
tikuvlar:
Agar tikuv joyi noto‘g‘ri parvarish qilinsa yoki gigiyena qoidalariga rioya qilinmasa,
infeksiya
rivojlanishi
mumkin.
Plasentaning to‘liq chiqmasligi:
Agar tug‘ruqdan keyin platsenta to‘liq chiqmasa,
uning qoldiqlari bachadon ichida yallig‘lanish jarayonlarini boshlashi mumkin.
6.
Tugʻruqdan
keyingi
notoʻgʻri
parvarish
va
muolajalar
Tugʻruqdan keyingi ayolning genital sohasini notoʻgʻri yuvish yoki gigiyena
vositalaridan
notoʻgʻri
foydalanish.
Vaginal dush yoki antiseptik vositalarni ortiqcha ishlatish, bu vagina mikroflorasining
buzilishiga
va
infeksiyalarni
rivojlanishiga
olib
kelishi
mumkin.
Tug‘ruqdan keyin ayolni juda erta yoki kech turishi – uzoq yotish tromboz va
infeksiyalar
xavfini
oshiradi.
7.
Siydik
yo‘llari
infeksiyalari
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
286
2181-
3187
Tugʻruq paytida kateter qo‘yilgan bo‘lsa, bu orqali siydik yo‘llariga bakteriyalar
tushishi mumkin. Tug‘ruqdan keyin siydik tutilishi yoki siydik yo‘llarining yaxshi
ishlamasligi
infeksiyaga
sabab
bo‘lishi
mumkin.
8.
Tug‘ruqdan
keyingi
gormonal
o‘zgarishlar
Homiladorlik tugagandan keyin estrogen va progesteron darajasining keskin pasayishi
immunitetni vaqtincha zaiflashtiradi. Bachadon qisqarishining sekinlashishi yoki
bachadondan lohusalik chiqindilarining to‘liq chiqmasligi infeksiyalar rivojlanishiga
sabab
bo‘lishi
mumkin.
Tugʻruqdan keyingi infeksiyalar ko‘plab omillar natijasida rivojlanishi mumkin va
ularning oldini olish uchun tugʻruqdan oldin, tugʻruq paytida va tugʻruqdan keyin
gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish kerak. Ayniqsa, steril sharoit yaratish,
immunitetni mustahkamlash va infeksiya belgilari paydo bo‘lganda darhol shifokorga
murojaat qilish juda muhimdir.
2. Tug‘ruqdan keyingi infektsiyalar turlari
Endometrit – bachadon shilliq qavatining yallig‘lanishi.
Endometrit
(endo… va
yunoncha bachadon) – bachadon shilliq qavati – endometriyning yalligʻlanishi.
Endometritni septik infeksiya (streptokokk, stafilokokk, gonokokk, ichak tayoqchasi)
va boshqalar mikroorganizmlar qoʻzgʻatadi. Endometrit soʻzak, sil kasalliklari
oqibatida ham yuzaga keladi. Bachadonga infeksiya qon va limfa yoʻllari orqali oʻtadi.
Endometrit oʻtkir va surunkali kechadi. Kasallik belgilari abort yoki tugʻruqdan keyin
3—4 kuni yuzaga chiqadi. Bachadonda qon va yoʻldosh qoldiqlarining qolib ketishi
kasallik avj olishiga sabab boʻladi. Endometritda bemor isitmalaydi, eti uvushadi,
ishtahasi pasayadi, bosh va qorinning pastki qismi ogʻriydi. Oʻtkir endometritda
bachadon yumshoq, shishgan, palpatsiyada ogʻriqli, ajraladigan chiqindi hidli boʻladi.
Surunkali endometritda hayz koʻrish buziladi. Bachadon qattiqlashgan, kattalashgan,
ogriqsiz, undan ajraladigan chiqindi yiringli boʻladi.[8,9,10]
Oldini olish. Chilla davrida ayolni infekpiyadan saqlash va toʻgʻri parvarish
qilishdan iborat. Davo bemorning ahvoliga, kasallik belgilariga qarab tayinlanadi.
Mastit – sut bezlarining yallig‘lanishi.
Mastit koʻpincha emizikli ayollarda (90 %),
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
287
2181-
3187
aksariyat hollarda esa birinchi tugʻuruqdan keyin uchraydi va laktatsion mastit deb
ataladi. Mastit chaqaloqlarda va balogʻatga etish davrida oʻsmirliklarda ham uchrashi
mumkin. Mastitning odatda qoʻzgʻatuvchilari: stafilokokklar, enterobakteriyalar. Sut
beziga infeksiya tushish yoʻllari: limfogen, sut yoʻllari orqali, gematogen. Mastitda
infeksiyaning kirish darvozalari: areola va soʻrgʻichning yorilishlari, sut bezi
shikastlari. Mastit rivojlanishiga olib keluvchi omillar: sut bezida sutning turib qolishi,
yashash sharoitlarining antisanitar holati, chaqaloq emizish davrida sut beziga
parvarishning
etarli
boʻlmasligi
Odatda, mastit stafilokokk infeksiyasii va enterobakteriyalar tufayli kelib chiqadi.
Kasallik qoʻzgʻatuvchi koʻpincha sut beziga limfogen yoʻllar bilan oʻtadi. Koʻkrak
uchi va koʻkrak uchi atrofidagi pigmentlashgan zonaning (areola) yorilishi, sut
bezining shikastlanishi kirish darvozasi vazifasini oʻtashi mumkin. Infeksiya sut beziga
sut yoʻllari va gemotogen yoʻllar bilan tushishi mumkin. Koʻkrak bezlarida sutning
toʻxtab qolishi, sanitariya talablariga javob bermaydigan turmush sharoitlari, bolani
emish davrida koʻkrakni yetarlicha parvarish qilinmaganhgi kasallikning paydo
boʻlishi uchun imkon tugʻdiruvchi omillar hisoblanadi.[11]
Virulent infeksiya
taʼsiri ostida sut bezining yiringli shikastlanishi
va toʻqimalarining yemirilishi bilan kechadigan yalligʻlanish jarayoni avj oladi. U yon-
atrofdagi toʻqimalarga oʻtganda koʻkrak qafasi devori flegmonasi paydo boʻlishi
mumkin. Toʻqimalarda shish, infiltratsiya va maddalash kuzatiladi. Mastit abssesslar
vujudga kelishi bilan ham paydo boʻladi (m. superficialis) Odatda, yuza mastit koʻp
uchraydi. Unga shunday xususiyat xos: yiring bevosita teri ostida boʻlib, u yerdan
tashqariga yorib chiqadi va shu zahotiyoq jarayon toʻxtaydi. Subareoslar asbsess (m.
subareolaris) yuza mastit turlaridan biridir. Mastitning anchagina ogʻir turi – sut bezlari
boʻlakchasining yiringli yalligʻlanishidir. (m. mtraglandularis): yiring yigʻayotgan
oʻchoq yetarlicha chuqurlikda joylashgan boʻlib, bezlar parenximasini hamda yondosh
biriktiruvchi qatlamlarni qamrab oladi. Bezlar orasidagi yumshoq toʻqimalarda va
koʻkrak qafasi fassiyasida joylashgan retromammar abssess (m. retroglan-dularis)
ayniqsa
ogʻir
tur
hisoblanadi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
288
2181-
3187
Oʻtkir va surunkali. Amaliyotda oʻtkir mastitning seroz (boshlangʻich), infiltratli,
abssesslashgan, flegmonali va gangrenoz turlari farqlanadi. Surunkali mastitlarga
yiringli va yiringsiz turlar kiradi. Yiringli surunkali mastit qisman kam uchraydi.
Odatda, oʻtkir mastit notoʻgʻri davolaganda yuzaga keladi. Yiringsiz surunkali
mastitga periduktal surunkali mastit kiradi. Shuningdek, maxsus sil, zaxli mastitlar
kuzatiladi,
lekin
ular
kam
uchraydi.[1,2,3]
Jadallik bilan boshlanish mastitga xosdir. Yalligʻlanish et uvishishi, shishning tez
kattalashishi va sut bezida qattiq shish (bu shish hajm jihatidan kattalashib, paypaslab
koʻrilganda ogʻriq beradi) paydo boʻlishi bilan kechadi. Mastitning boshlangʻich
bosqichidayoq sut oqishini taʼminlash va sut yoʻllarida sut ivishining oldini olish zarur.
Sutni muntazam sogʻib tashlash zardobli mastit bosqichida kuzatiladigan
yalligʻlanishni bartaraf etish uchun koʻpincha imkon beradi. Biroq jarayonning keyingi
avj olishi infiltratsiya bosqichiga oʻtadi. Sut bezi kattalashganda usti qizargan teri
ostidagi qattiqlik aniqlanadi. Tungi ogʻriqlar, uyqusizlik, umumiy quvvatsizlik paydo
boʻladi. Harorat 40 °C ga yetadi. Leykotsitoz koʻpayadi, ECHT koʻtariladi. Mushak
osti limfa tugunlari kattalashganini aniqlash mumkin. Keyin infiltratning yiringlashi
(yiringlash davri) yuz beradi va mastitning flegmonoz-gangrenoz turi avj oladi.
Bemorning umumiy ahvoli yomonlashadi, et uvishib turaveradi, septik hodisaiar
koʻpayadi. Yalligʻlanish oʻchogʻi ustidagi teri qizaradi, emchak uchining ichiga botib
ketganligi koʻriladi. Vena turi sathi sezilarli ravishda kengaygani va limfangit belgilari
kuzatiladi. Infiltrat sohasi paypaslab koʻrilganda flyuktuatsiya aniqlanadi, leykotsitoz
15-20x10 /1 ga yetadi, anemiya rivojlanadi, siydikda oqsil, leykotsitlar va donali
silindrlar paydo boʻladi. Ayrim hollarda oʻtkir yalligʻlanish jaarayoni surunkali
infiltrativ formasiga oʻtishi mumkin, bu forma kuchsiz isitma, oʻrtacha ogʻriq
infiltratning sezilarli ravishdagi qattiq shishi bilan kechadi. Mastitning bunday formasi
surunkali, uzoq davom etadigan xususiyatga ega boʻlib, unga davo qilish ancha qiyin
kechadi.[6,9]
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
289
2181-
3187
Parametrit
— bachadon atrofidagi yogʻ toʻqimasi (kletchatka)ning
yalligʻlanishi. Yiring xreil qiluvchi mikroblar (asosan, streptokokk, stafilokokk, ichak
tayoqchasi) qoʻzgʻatadi. Parametritga kupincha nojoʻya qilingan abort, tugʻruqning
noraso kechishi tufayli jinsiy aʼzolarning zararlanishi, baʼzan qovuq hamda
ichaklarning surunkali kasalliklari va boshqa sabab boʻladi. Parametritningoʻtkir va
surunkali shakli farq qilinadi. Parametritda gavda harorati koʻtariladi, et uvishib, qorin
pasti ogʻriydi, bemor darmonsizlanadi. Qin orqali tekshirib infiltrat paydo boʻlganligini
aniklash mumkin. Baʼzan infiltrat yiringlasa, yiring qovuqqa, toʻgʻri ichak yoki qorin
boʻshligʻiga teshib utishi ham mumkin. Shuning uchun oʻtkir P.da darhol vrachga
murojaat etish kerak, aks holda yiringli Parametrit paydo boʻlib, yiring qoʻshni aʼzo va
toʻqimalarga, hatto qonga oʻtishi mumkin. Parameritning oldini olish uchun asosiy
abort, ayniqsa, yashirin abortdan sak,lanish, homiladorlikni toʻxtatish za-rur boʻlsa,
faqat
statsionar
sharoitda
amalga
oshirish
lozim.
[11,12]
Parametritning oʻtkir shaklida bemor oʻrinda yotishi tavsiya etiladi, antibiotiklar,
yalligʻlanishga qarshi dorilar buyuriladi; surun-kalisida fizioterapevtik muolajalar,
kurortlarda davolanish maqsadga muvofiq; yiringlash hollarida xirurgik usul
qoʻllanadi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
290
2181-
3187
3. Tug‘ruqdan keyingi infektsiyalarning oldini olish.
Tug‘ruqdan keyingi
infektsiyalarning
oldini
olishda
quyidagi
chora-tadbirlar
muhim:
*
Sterillik qoidalariga qat’iy rioya qilish. Tibbiyot xodimlari va onalar uchun gigiyena
standartlari
joriy
qilinishi
kerak.
*Profilaktik antibiotik terapiya. Yuqori xavf guruhidagi ayollarga operatsiyadan oldin
antibiotiklar
buyuriladi.
*
Sog‘lom turmush tarzi va immunitetni mustahkamlash. Homiladorlik davrida to‘g‘ri
ovqatlanish
va
jismoniy
faollik
muhim.
*
Tug‘ruq jarayonini to‘g‘ri boshqarish. Tug‘ruqni ortiqcha uzoq cho‘zmaslik va
infeksiyaga
qarshi
choralarni
o‘z
vaqtida
ko‘rish
kerak.[7,8,12]
4.
Tug‘ruqdan
keyingi
infektsiyalarni
samarali
davolash
Tugʻruqdan keyingi infeksiyalar (TQI) ayol organizmiga jiddiy xavf solishi mumkin,
shuning uchun ularni erta aniqlash va samarali davolash juda muhim. Davolash usullari
infeksiya turi, ogʻirlik darajasi va bemorning umumiy holatiga qarab belgilanadi.
Quyida tug‘ruqdan keyingi infektsiyalarning eng samarali davolash usullari keltirilgan.
1. Antibiotikoterapiya.
Tugʻruqdan keyingi infektsiyalar bakterial kelib chiqishi
tufayli antibiotiklar asosiy davolash usuli hisoblanadi. Dastlabki bosqichda keng ta’sir
doirasiga ega antibiotiklar buyuriladi, keyin mikrobiologik tahlil natijalariga ko‘ra
preparatlar
o‘zgartirilishi
mumkin.[5,6,8]
Antibiotik
tanlash
Endometrit:
Kombinatsiyalangan terapiya: Ampitsillin + Gentamitsin + Metronidazol
Alternativ:
Klindamitsin
+
Gentamitsin
Mastit:
Dikloksatsillin, Naftsillin yoki Tsefaleksin (agar MRSA gumon qilinsa –
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
291
2181-
3187
Trimetoprim/Sulfametoksazol
yoki
Klindamitsin)
Sepsis:
Karbapenemlar
(Imipenem,
Meropenem)
+
Vankomitsin
Parametrit va peritonit:
Klindamitsin + Gentamitsin yoki 3-avlod sefalosporinlari
Antibiotiklar venaga (IV) yuboriladi va bemorning ahvoli yaxshilangandan keyin og‘iz
orqali (peroral) qabul qilinadigan dorilarga o‘tkaziladi.
2.
Infuzion
terapiya
Infeksiyalar organizmni susaytiradi va dehidratatsiya (suyuqlik yo‘qotish) chaqirishi
mumkin. Shuning uchun infuzion terapiya (tomir ichiga suyuqlik yuborish) quyidagi
maqsadlarda
qo‘llaniladi:
Organizmni
suyuqlik
va
elektrolitlar
bilan
ta’minlash.
Intoksikatsiyani
kamaytirish.
Qon
aylanishini
yaxshilash.
Infuzion eritmalar:
Ringer laktat eritmasi
,
NaCl 0.9%
,
Kolloid eritmalar (albumin)
Agar bemorda sepsis yoki qattiq intoksikatsiya bo‘lsa, infuzion terapiya intensiv usulda
amalga
oshiriladi
3. Antipiretik va ogʻriq qoldiruvchi preparatlar.
Tugʻruqdan keyingi infeksiyalar
isitma va yalligʻlanish bilan kechadi, shuning uchun simptomatik davolash muhim rol
oʻynaydi.
Dori
vositalari:
Paratsetamol
–
isitma
tushiruvchi
va
og‘riq
qoldiruvchi
vosita.
Ibuprofen yoki Diklofenak – yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega.
Ushbu preparatlar
haroratni pasaytirish, ogʻriqni kamaytirish va ayolning umumiy ahvolini yaxshilash
uchun
buyuriladi.
4. Bachadonni tozalash (instrumental revisiya) .
Ba’zi hollarda, bachadon
bo‘shlig‘ida infektsiyaga sabab bo‘luvchi to‘qima qoldiqlari (plasenta yoki lohusalik
chiqindilari) qolib ketishi mumkin. Bunday holatda bachadonni tozalash talab etiladi:
Bachadon ichini aspiratsiya qilish yoki kuretaj qilish – nekrotik yoki infeksiyalangan
to‘qimalarni
olib
tashlash.
Oksitotsin yoki Metilergometrin yuborish – bachadon qisqarishini rag‘batlantirish va
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
292
2181-
3187
infeksiyani
kamaytirish
uchun.[2,3]
Bachadonni tozalash faqat shifokor nazorati ostida va zarurat tug‘ilganda amalga
oshiriladi.
5. Jarrohlik aralashuv.
Agar infektsiya ogʻirlashib, antibiotiklar va boshqa davolash
usullari
natija
bermasa,
jarrohlik
amaliyotlari
o‘tkazilishi
mumkin:
Abstsess yoki nekrotik to‘qimalarni olib tashlash – agar bachadon devorida yoki
boshqa to‘qimalarda yiringli jarayonlar rivojlangan bo‘lsa.
Gisterektomiya
(bachadonni olib tashlash) – infeksiyaning nazorat qilinmaydigan darajada
og‘irlashishi va bemorning hayoti xavf ostida bo‘lsa, oxirgi choralar sifatida
qo‘llaniladi.
6.
Immunitetni
oshirish
va
simptomatik
davolash
Vitaminlar
va
mikroelementlar:
Vitamin
C
va
D
–
immunitetni
mustahkamlash
uchun.
Sink va temir preparatlari – qon yo‘qotish oqibatida rivojlanadigan anemiyani oldini
olish.
Antiseptik muolajalar:
Jarohat yoki kesarcha kesish joylari antiseptik eritmalar bilan
ishlanadi
(Betadin,
Klorheksidin).
Probiotiklar:
Antibiotik terapiyasi fonida ichak mikroflorasini tiklash uchun
buyuriladi (Linex, Bifidumbakterin).
Xulosa
Tug‘ruqdan keyingi infeksiyalar (TQI) ayolning tug‘ruqdan keyingi davrida
sog‘lig‘iga jiddiy xavf soluvchi kasalliklardan biridir. Tug‘ruqdan keyingi infeksiyalar
(TQI) endometrit, mastit, peritonit, sepsis kabi shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin
va agar o‘z vaqtida oldini olinmasa yoki davolanmasa, ayol organizmiga og‘ir asoratlar
keltirib chiqarishi, hatto hayot uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Tug‘ruqdan keyingi
infeksiyalar (TQI) rivojlanishining asosiy sabablari orasida bakterial infeksiya, tug‘ruq
paytida yoki undan keyin gigiyena qoidalariga rioya qilinmasligi, immunitetning
pasayishi, uzoq davom etgan yoki asoratli tug‘ruq, kesarcha kesish va boshqa jarrohlik
aralashuvlari, siydik yo‘llari infeksiyalari va gormonal o‘zgarishlar kabi omillar bor.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
293
2181-
3187
Bu omillarni kamaytirish va tug‘ruqdan keyingi infeksiyalar (TQI) ni oldini olish
uchun maxsus profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilishi muhimdir. Profilaktik
choralar orasida antiseptik va aseptik qoidalarga qat’iy rioya qilish, homiladorlik
davomida onaning sog‘lig‘ini nazorat qilish, tug‘ruq jarayonini to‘g‘ri boshqarish va
tug‘ruqdan keyingi infeksiyalar (TQI) ning dastlabki alomatlari paydo bo‘lishi bilan
shifokorga murojaat qilish juda muhimdir. Ayniqsa, tug‘ruqdan keyingi davrda shaxsiy
gigiyena, tug‘ruqxonada steril sharoitlarni saqlash, immunitetni mustahkamlash va
antibiotik profilaktikasini o‘z vaqtida o‘tkazish tug‘ruqdan keyingi infeksiyalar (TQI)
ni kamaytirishda samarali hisoblanadi. Agar tug‘ruqdan keyingi infeksiyalar (TQI)
rivojlansa,
ularni
samarali
davolash
zarur.
Davolash
usullari
orasida
antibiotikoterapiya asosiy o‘rinni egallaydi. Tug‘ruqdan keyingi infeksiyalar (TQI)
aniqlansa, keng ta’sir doirasiga ega antibiotiklar qo‘llanadi. Shuningdek, infuzion
terapiya, simptomatik dori vositalari, antipiretiklar va immunitetni qo‘llab-
quvvatlovchi vositalar ham muhim ahamiyatga ega. Ayrim hollarda jarrohlik
aralashuvi zarur bo‘lishi mumkin, xususan, bachadonni tozalash yoki abstsessni olib
tashlash. Eng og‘ir holatlarda esa gisterektomiya (bachadonni olib tashlash)
operatsiyasi bajarilishi mumkin. Tug‘ruqdan keyingi infeksiyalar (TQI) ni kamaytirish
uchun tibbiyot xodimlari va onalar o‘rtasida ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, gigiyena
qoidalariga qat’iy rioya qilish va har bir tug‘ruq ayol uchun xavf omillarini baholash
zarur. Shuningdek, onalar homiladorlikdan boshlab o‘z salomatliklarini nazorat
qilishlari, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va immunitetni mustahkamlovchi
omillarga
e’tibor
berishlari
muhimdir.
Umuman olganda, tug‘ruqdan keyingi infeksiyalar (TQI) ni oldini olish va ularni
samarali davolash bo‘yicha tizimli yondashuv zarur. Sog‘liqni saqlash tizimida tug‘ruq
jarayonlarini yaxshilash, homilador ayollarni o‘z vaqtida tekshirish va kasallikning
dastlabki bosqichlarida uni aniqlash orqali tug‘ruqdan keyingi infeksiyalar (TQI)
xavfini kamaytirish mumkin. Tug‘ruqdan keyingi davrda tibbiy kuzatuvni
kuchaytirish, antibiotikoterapiyani to‘g‘ri rejalashtirish va bemorlarga malakali
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
294
2181-
3187
yordam ko‘rsatish orqali onalar salomatligini saqlash va ularning hayot sifatini
oshirishga erishish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi – "Tug‘ruqdan keyingi
asoratlar va ularning oldini olish bo‘yicha klinik tavsiyalar", Toshkent, 2023.
2. Ziyadullayev Sh., Xudoyberdiyeva N. – "Akusherlik va ginekologiyada infeksion
asoratlar", Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, 2021.
3. Rasulova M., Xaydarov O. – "Tug‘ruqdan keyingi davrda infeksiyalar: diagnostika
va davolash yondashuvlari", O‘zbekiston Tibbiyot Jurnali, 2022.
4. Akhmedov R., Karimova D. – "Kesarcha kesishdan keyingi infektsiyalar va ularning
oldini olish", Toshkent, 2020.
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi – "Antibiotiklarni ratsional
qo‘llash bo‘yicha klinik yo‘riqnoma", Toshkent, 2023.
6. World Health Organization (WHO) – "Managing Complications in Pregnancy and
Childbirth", 2022.
7. American College of Obstetricians and Gynecologists (ACOG) – "Postpartum
Infections: Diagnosis and Management", Obstetrics & Gynecology Journal, 2023.
8. Centers for Disease Control and Prevention (CDC) – "Postpartum Sepsis: Causes,
Prevention, and Treatment", 2022.
9. Royal College of Obstetricians and Gynaecologists (RCOG) – "Prevention and
Management of Postpartum Infections", UK, 2021.
10. UpToDate – "Postpartum Endometritis and Other Puerperal Infections: Clinical
Features, Diagnosis, and Treatment", 2023.
11. Cunningham F., Leveno K., Bloom S. – "Williams Obstetrics, 26th Edition",
McGraw-Hill, 2022.
12. Gabriel R., McGovern C. – "Maternal Sepsis: Early Recognition and Treatment",
The Lancet, 2021.