ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
268
2181-
3187
XURSHID DO‘STMUHAMMADNING “PANOH” QISSASIDA BADIIY
PSIXOLOGIZM
Salimova Rayxona Burxon qizi
Guliston davlat universiteti Filologiya tillarini oʻqitish
(oʻzbek tili) yoʻnalishi 2-bosqich talabasi
e-mail:
Annotatsiya: Mazkur maqolada badiiy psixologizmning haqida to‘xtalib, asar
bosh qahramonining ruhiy kechinmalari va o‘y-xayollari tahlillar orqali tadqiq etilgan
Ilmiy-nazariy qarashlar umumlashtirildi.
Kalit so‘zlar: badiiy psixologizm, ichki monolog, qahramon kechinmalari, obraz,
obrazlilik, badiiy tasvir vositlari, psixologik konflikt.
Abstract: In this article, the inner monologue form of literary psychologism is
thoroughly examined, and the protagonist’s emotional experiences and thoughts are
revealed through analytical means.
Key words: Literary psychologism, the use of inner monologue, the protagonist’s
emotional and psychological experiences, and the depiction of their inner self.
Adabiyot inson ruhiyatining eng nozik nuqtalarini ochib beruvchi san’at turidir.
Badiiy asarlarda qahramon ichi kechinmalari, ruhiy iztiroblari, o‘y-xayollari va his-
tuyg‘ularining chuqur tasvirlanishi psixologik tahlil asosida amalga oshiriladi. Bunday
tahlil adabiyotshunoslik ilmida “badiiy psixologizm” deb ataladi. Zamonaviy
adabiyotda personajning o‘ylarini “ichki monolog” shaklida berish keng
ommalashgan. Mohiyatan u personajning moddiylashmagan, o‘ziga qaratilgan va faqat
ichidagina kechuvchi nutqi bo‘lib, shartli ravishda uning ongida kechayotgan
fikrlash(his qilish) jarayoni deb qabul qilinadi. Ichki monolog vositasida personaj yuz
berayotgan voqealarni mushohada qiladi, o‘zini taftish qiladi, izhor etadi, iqror qiladi
[1].
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
269
2181-
3187
Russel T.Hurlburt ichki monolog haqida quyidagicha fikr bildirgan: “Ichki
so‘zlashuv kundalik hayotda tez-tez uchraydigan hodisadir, lekin bu barcha odamlar
uchun umumiy emas. Ba’zi odamlar uni tez-tez boshidan kechiradi, boshqalar esa
kamdan-kam yoki umuman yo‘q [2].
“Panoh” qissasi bosh qahramoni Ahmadali ismli yigit bo‘lib, Jo‘ba qishlog‘ida
yashaydi. Asar voqealar rivoji davomida Ahmadalining o‘z ichki “men”i bilan suhbat
qurib, o‘zini taftish qilgani va o‘zi bilan kurashgani aks etgan o‘rinlar ko‘p uchraydi.
U ichki “men”iga Kimsan deb murojaat qilib,fikrlashadi. Ahmadaliga hamdam bo‘lgan
dastlabki Kimsan Ahmadali bilan bir xil fikrlaydi, unga yon bosadi. Demak, Ahmadali
dastlab o‘z foydasini ko‘proq ko‘zlagan, qishlog‘iga hali u qadar mehri uyg‘ongan
emas.
Zilzila sodir bo‘lganidan so‘ng akasi Ahmadaliga:
“O‘sha zahoti ortingga-
opamnikiga yugurish xayolingga keldimi?”,
– deb so‘raganda Ahmadali quyidagicha
fikrlaydi:
“To‘g‘ri-da!.. Nega o‘sha zahoti orqasiga qaytmadi? Axir avvali ona
o‘rnida ona bo‘lib qolgan katta opasidan xabar olishi, ehtimol, xudo ko‘rsatmasin...u
tom otida qolib ketgan bo‘lsa... opasini qutqarishi, shundan so‘nggina uyiga-
bolalarining odiga yugurishi lozim emasmidi? U bo‘lsa...”.
[4]. Shu joyiga kelganida
Ahmadali o‘zini oqlashga tushadi, ya’ni Kimsan tilga kiradi: “Nima, u bo‘lsa? “Nima,
shirin-shakar o‘g‘il qizlaring ko‘zingga ko‘rinmasligi kerakmi?” [4].
Ahmadalining ichki “men”i tezroq oilasi, bolalari tomon borib, qutqarishga
undaydi, qolganlarni o‘ylamaydi: “O‘sha taloto‘pda “opam-akam”ga balo bormi?!
Bunaqangi ofatlar hammani bir-biriga opa-uka, og‘a-ini qilib qo‘yadi!..” [4].
Ammo Ahmadali beva qolgan Gulgunning dam u, dam bu odamga tarmashib dod
solayotganini ko‘rib “men”iga qarshi turadi, ayolga yordam beradi. Keyinchalik
Ahmadalining qalbida nafaqat qishlog‘iga, balki, qishlog‘idagi har bir narsaga mehri
uyg‘onib boradi. Xususan, zilzila vaqtida Ona o‘rik (Ha, ha, o‘sha bugun qishloqdagi
o‘riklarning onasi!) qulab tushganida uning yonidan o‘tayotganida qulog‘iga Ona
o‘rikning “Ihmm”degan mayin-muloyim sasi eshitadi. Keyin ich-ichidan his qiladi-ki,
Ona o‘rik go‘yoki Jo‘ba qishlog‘idan ayrilayotgani uchun, endi uning o‘rnida to‘qqiz
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
270
2181-
3187
qavatli uy qurilishini bilgani uchun g‘amga botgan. U Ona o‘rikning zorini bir-ikkita
do‘stlariga aytib berganida “esxonasi chiqib vahima” bo‘lib qolganga chiqadi.
Ahmadali keyin ham Ona o‘rikning zorini eslaganida bu nola bir paytlardagidek o‘z
onasining oh-u zoriga qorishib ketgandek bo‘ladi.
Ahmadalining ichki “men”i kezi kelganida uni to‘g‘ri fikrlab, o‘ylab qaror
chiqarishga undaydi. Opasining qizi Sadaf Appon zakunning nabirasi bilan bir-birini
sevadi. Undan sovchi kelganini eshitgan Ahmadali ham, akasi ham bir paytlar Appon
zakun oddiy bir “O‘rikni o‘zlashtirishda” ayblab, “Xalq dushmani” degan tuhmatni
otasi bo‘yniga qo‘yib, qamalishiga sababchi bo‘lganini eslab tarashadek qotib
qoladilar. Shunda Ahmadalining ichki ovozi: “Sadafda gunoh yo‘q Axir u na otang
chekkan mashaqqatlardan, na Appon zakunning kirdikorlaridan xabardor!”,
“Ota-
bobolar janjalini nevara-evaralar davom ettirishidan hech qanday ma'no qolmas?”,
degan fikrlarini uning fikrlariga teskari qo‘yadi. Ahmadali esa: “Sevish-sevilish
muqaddasmi yoki Ona o‘rik yaproqlarining shivirimi” , degan o‘y-xayollarni
ko‘nglidan o‘tkazadi.
Asar so‘ngida paydo bo‘lgan Kimsan Ahmadali izmidan yurmaydi,unga
bo‘ysunmadi. U o‘zini Ahmadali deb hisoblab,Ahmadaliga esa Kimsan deb murajaat
qiladi.
Shifokor
Ahmadalida
boshlangan
allergiya
toza
havoda
davo
topishini,uzoqlarga ketishini maslahat berganida yangi Kimsan
: “Sen ketaver. Men shu
yerda Ahmadali bo‘lib qolaman”,
– deydi. Ahmadali avvalgi Kimsanni qo‘msaganida
yangi Kimsan:
“Burungi Kimsanni unut endi... Go‘dak bola-ku u. O‘shanga tarmashib
olsang odam bo‘lmaysan... Ko‘zingni kattaroq ochadigan,qishlog‘ingni,kindik qoning
to‘kilgan tuprog‘ingni o‘ylaydigan payt keldi”
[4], – deb keskin gapiradi.
Bir yo‘li Ahmadali o‘z-o‘ziga:
“Bolalarni o‘ylaysanmi-a?.. Mish-mishdan
boshqaga yaramaydigan mana shu el qatori yashaymi?”,
– degisi keldi. Lekin so‘zsiz
qoldi. Yangi Kimsanning yo‘lidan yurib ona qishlog‘ida qoldi.
Xulosa shuki, yangi Kimsanning paydo bo‘lishi Ahmadalining ma’nan yuksalishi
bilan izohlanadi. Yangi Kimsan unda tuganmas bolalik xotiralarini hadya qilgan
qishlog‘iga muhabbat uyg‘otdi. Zero, endi Ahmadali posyolkadan beriladigan ko‘p
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
271
2181-
3187
xonali uyga ham qiziqmas,allergiyasi zo‘rayib ketayotgan bir paytda ham bu yerlardan
bosh olib ketish haqida o‘ylamas edi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Quronov D. Adabiyt nazariyasi asoslari. Sharq. Toshkent. 2018.
2. Hurlburt.R.T. Investigating pristine inner experience: Moment of truth. Cambridge
University Press, 2011.
3.Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. Noshir. Toshkent. 2019.
5.Do‘stmuhammad X. Panoh. Sharq. Toshkent. 2011.