ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
246
2181-
3187
ARAB XALIFALIGI DAVRIDA MOVAROUNNAHRDA IJTIMOIY-
IQTISODIY VA MADANIY HAYOT
ShDPI Ijtimoiy fanlar fakulteti
Tarix yo’nalishi 2-bosqich talabasi
Bektoshev G’iyosiddin Saxriddin o’g’li
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Arab xalifaligi davrida Movarounnahr hududida
madaniy hayotning rivojlanishi tahlil qilinadi. Xususan, islom dini va arab
madaniyatining kirib kelishi, ilm-fan, adabiyot va me’morchilik sohalaridagi yutuqlar,
madrasalar va kutubxonalar faoliyati hamda mahalliy ilmiy an’analar bilan
uyg‘unlashuvi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu davrda yashagan mashhur olim va
mutafakkirlarning ilmiy merosi tahlil qilinadi. Maqolada tarixiy manbalar va
tadqiqotlar asosida Movarounnahrning madaniy taraqqiyotiga xalifalik siyosatining
ta’siri o‘rganiladi.
Kalit so‘zlar:
Arab xalifaligi, Movarounnahr, madaniy hayot, islom, ilm-fan,
adabiyot, me’morchilik, madrasalar, kutubxonalar, ilmiy meros.
Annotation:
This article analyzes the development of cultural life in the
Mavarannahr region during the era of the Arab Caliphate. In particular, it examines the
introduction of Islam and Arab culture, achievements in science, literature, and
architecture, the activities of madrasas and libraries, and their integration with local
scientific traditions. Additionally, the scientific legacy of prominent scholars and
thinkers of this period is explored. Based on historical sources and research, the article
studies the impact of the Caliphate’s policies on the cultural development of
Mavarannahr.
Keywords:
Arab Caliphate, Mavarannahr, cultural life, Islam, science, literature,
architecture, madrasas, libraries, scientific legacy.
Аннотация:
В данной статье анализируется развитие культурной жизни в
регионе Мавераннахр в период Арабского халифата. В частности,
рассматриваются проникновение ислама и арабской культуры, достижения в
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
247
2181-
3187
науке, литературе и архитектуре, деятельность медресе и библиотек, а также их
интеграция с местными научными традициями. Кроме того, изучается научное
наследие выдающихся ученых и мыслителей этого периода. На основе
исторических источников и исследований в статье исследуется влияние
политики халифата на культурное развитие Мавераннахра.
Ключевые слова:
Арабский халифат, Мавераннахр, культурная жизнь,
ислам, наука, литература, архитектура, медресе, библиотеки, научное наследие.
Kirish:
Movarounnahr hududi qadimdan turli sivilizatsiyalar chorrahasi bo‘lib,
boy madaniy merosi va ilm-fani bilan mashhur bo‘lgan. VII asrning ikkinchi yarmida
Arab xalifaligi tomonidan ushbu hududning zabt etilishi mintaqada yangi davrning
boshlanishiga sabab bo‘ldi. Islom dini tarqalishi bilan birga, arab tili ilm-fan va
adabiyot tili sifatida keng qo‘llanila boshladi.Arab xalifaligining hukmronligi
Movarounnahrning madaniy taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Hududdagi
mahalliy ilmiy va madaniy an’analar islom sivilizatsiyasi bilan uyg‘unlashib, yangi
ilmiy markazlarning shakllanishiga turtki berdi. Bu jarayonda madrasalar,
kutubxonalar va ilmiy akademiyalar tashkil etilib, matematika, astronomiya, tibbiyot
va falsafa kabi sohalarda yirik olimlar yetishib chiqdi.Ushbu maqolada Arab xalifaligi
davrida Movarounnahrda madaniy hayotning rivojlanish jarayonlari, islom
madaniyatining ta’siri, ilm-fan va me’morchilik sohalaridagi o‘zgarishlar hamda ushbu
davrda yetishib chiqqan mashhur mutafakkirlarning ilmiy merosi tahlil qilinadi.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya:
Maqolada Movarounnahrning arab
xalifaligi tarkibida bo‘lgan davrida madaniy hayot va islom sivilizatsiyasining
rivojlanishini o‘rganishda A. Sagdullayevning "O‘zbekiston tarixi I-qism" asaridan, A.
Asqarovning "O‘zbekiston tarixi I-jild" kitobidan, B. Eshovning "O‘zbekistonda
davlatchilik va boshqaruvi tarixi" va "O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv
tarixi" asarlaridan hamda A. Ziyoning "O‘zbek davlatchiligi tarixi" kitobidan
foydalanildi. Ushbu manbalar Movarounnahrda arab istilosi natijasida ro‘y bergan
o‘zgarishlar, ilm-fan va din arboblarining faoliyati, mahalliy boshqaruv tizimi, islomiy
huquqiy normalarning joriy etilishi va diniy ta’lim tizimi haqida qimmatli
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
248
2181-
3187
ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Tadqiqot davomida tarixiy-tahliliy, solishtirma tahlil,
manbashunoslik va mintaqaviy yondashuv kabi ilmiy usullar qo‘llanilib,
Movarounnahrda islom ilmlarining yoyilishi, hadis va fiqh maktablarining tashkil
topishi, mahalliy olimlarning islom tafakkuriga qo‘shgan hissasi ilmiy asosda tahlil
qilindi.
Muhokama va natijalar:
VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab, Turon
o‘lkasidagi mahalliy turkiy, xorazmiy, sug‘diy, boxtariy tillar va yozuvlar o‘rnini
mahkama ishlarida arab tili hamda arab yozuvi egallay boshladi. Arablar va islom dini
ta’sirida mahalliy musulmonlar orasida islomiy ismlar odatiy tus ola boshladi. Shu
bilan birga, o‘zlari tug‘ilgan yurtni nisba sifatida ko‘rsatish ham e’tibordan chetda
qolmadi.Arab istilosidan keyin Turonning ko‘pchilik aholisi asta-sekin islomni qabul
qila boshladi, ammo g‘ayridinlardan jon boshiga olinadigan jizya solig‘i yig‘ib
berishda davom etdi. Islom dini ta’limotlarini yoyish maqsadida Xuroson voliysi
Ashras ibn Abdulla 728 yilda o‘lkaga asli kelib chiqishi arab bo‘lmagan xurosonlik
Abu Saydo boshchiligida targ‘ibot guruhini yubordi. Ashras ularga: "Dinga yangi
kirganlardan jizya olinmaydi", deb va’da berdi. Abu Saydoning Turondagi targ‘ibotlari
muvaffaqiyat qozonib, odamlar birin-ketin islomni qabul qila boshladilar. Vaqt o‘tgan
sayin esa ajdodlarimiz islom ta’limoti asoslarini yaratish va rivojlantirishda butun
musulmon olamida peshqadamga aylana bordilar.Chunonchi, VIII asrning ikkinchi
yarmi – IX asrning boshlarida hadis ilmining ilk vakillari sifatida Abu Muqotil Hafs
Samarqandiy, uning shogirdi Abu Bakr Ahmad, ikki o‘g‘li Salm ibn Hafs va Umar ibn
Hafs nomlari tilga olinadi.[1]Ba’zi muhaddislar Samarqandga kelib, doimiy yashab
qolganlar va shu shaharda o‘z maktablariga asos solganlar. Jumladan, Abu Imron Muso
Xo‘jandiy adib, hakim, muhaddis sifatida shuhrat qozongan.IX–X asrlarda Ishtixon
shahrida Ahmad ibn Hishom Navkadakiy hamda Dovud ibn Amr Rustug‘faniy hadis
maktablari, Niso shahrida Ahmad ibn Shuayb Nisoiy maktabi, Xo‘jandda esa Yahyo
ibn Fazl Xo‘jandiy maktabi mavjud bo‘lgan.IX asrda yashagan shoshlik muhaddislar
Imom Buxoriy va Ja’far ibn Muhammad Foryobiyning ustozi Abdulla ibn Abu Aroba
Shoshiy, Abu Valid Tayolisiy, Abu Muso Horun Shoshiy, uning jiyani Abu Ali Fazlga
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
249
2181-
3187
oid ma’lumotlar Toshkentda ham hadis ilmi keng rivoj topganidan dalolat
beradi.Demak, Turon o‘lkasi musulmon dunyosida hadischilikning paydo bo‘lishi va
rivojlanishida alohida o‘rin egallagan. [2]Mazkur yo‘nalishning eng obro‘li va
ishonchli vakili esa Imom Buxoriydir.Uning to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn
Ismoil ibn Ibrohim ibn Mug‘iyra ibn Bardazbax Ju’fiy Buxoriy bo‘lib, 810 yil 20 iyulda
Buxoro shahrida tug‘ilgan. Ota-onasi o‘z davrining ziyoli kishilaridan bo‘lganlari
uchun Muhammadga ham har tomonlama bilim berganlar.825 yilda u onasi va akasi
Ahmad bilan Makka va Madinani ziyorat qilib, olti yil Hijozda yashagan. O‘z bilimini
yanada oshirish maqsadida o‘sha paytda ilm-fanning yirik markazlaridan hisoblangan
Damashq, Qohira, Basra, Kufa, Bag‘dod kabi shaharlardagi mashhur olimlardan hadis
bilan bir qatorda fiqh ilmidan ham ta’lim olgan.[3] U yirik olimlar davrasida ilmiy
bahslar va munozaralarda qatnashgan hamda ilm toliblariga dars bergan.Imom Buxoriy
xorijdan qaytgach, o‘z vatani Buxoroda ko‘plab shogirdlar va ulamolarga hadis
ilmidan saboq berish bilan mashg‘ul bo‘lgan. Umrining so‘nggi yillarini esa
Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘ida o‘z shogirdlari va qarindosh-urug‘lari
davrasida o‘tkazgan. Ulug‘ alloma og‘ir kasallikdan keyin 870 yil 1 sentyabr kuni 60
yoshida vafot etgan va shu yerda dafn qilingan.Imom Buxoriydan boy va qimmatli
ilmiy meros qolgan. Uning "Sahihi Buxoriy" nomi bilan mashhur "Al-jome’ as-sahih"
asari islom ta’limotida Qur’ondan keyingi ikkinchi o‘rinda turadigan muhim manba
sanaladi. Imom Buxoriy hadischilikni ilmiy tizimga solgan ilk olimdir. Ungacha o‘tgan
muhaddislar eshitgan, bilgan barcha hadislarini tanlab o‘tirmay, o‘z to‘plamlariga
kiritaverganlar. Yurtdoshimiz esa turli roviylardan eshitgan hadislarni tabaqalarga
bo‘lib, ularning ishonchlilarini ajratib, alohida kitob yaratgan. Unga kiritilgan
ishonchli hadislarning soni takrorlanadiganlari bilan birga 7275 ta bo‘lib,
takrorlanmaydigan holda esa 4000 hadisdan iboratdir. Keyingi zamon olimlari uning
yo‘lidan borib, shu yo‘sinda hadislar to‘plamlarini yaratganlar."Al-jome’ as-sahih"ga
kiritilgan hadislar islom ta’limotiga oid umumiy qoidalarni aks ettiribgina qolmay,
mehr-muhabbat, saxovat, ochiqko‘ngillik, ota-ona, ayollar va kattalarga hurmat, yetim-
esirlarga muruvvat, faqir-bechoralarga himmat, vatanga sadoqat, mehnatsevarlik va
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
250
2181-
3187
halollikka da’vat etish kabi chin insoniy fazilatlar va namunali tartibotlar majmuasidir.
Unda nima yaxshi, nima yomon, nimani qilish kerak, nimadan o‘zini tiyish lozimligi
haqida har bir inson uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga ega yo‘l-yo‘riqlar, pand-nasihat
va o‘gitlar aks ettirilgan.[4]
Turon o‘lkasi islom sivilizatsiyasining shakllanishi va rivojlanishida muhim
o‘rin tutgan. VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab, hududda arab tili va yozuvi keng
tarqalib, mahalliy aholining islom dini va madaniyatiga kirib borishi jadallashdi. Islom
dini ta’limotini yoyish maqsadida olib borilgan targ‘ibot ishlari natijasida mintaqada
islom ilmlari, ayniqsa, hadis va fiqh ilmi rivojlandi.Bu jarayonda buyuk allomalar—
Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Mansur Moturidiy kabi olimlar o‘z ilmiy merosi
bilan ajralib turadilar. Ularning hadis ilmi va aqida masalalaridagi xizmatlari butun
islom olamida e’tirof etilgan. Ayniqsa, Imom Buxoriyning “Al-jome’ as-sahih” asari
Qur’ondan keyin eng ishonchli manba sifatida tan olingan. Imom Termiziy esa hadis
ilmining yetuk vakili bo‘lib, uning “Sunan at-Termiziy” asari islom ilmiy merosining
muhim qismini tashkil etadi. Abu Mansur Moturidiy esa hanafiy mazhabining aqidaviy
asoslarini shakllantirib, sunniylik e’tiqodining mustahkamlanishiga katta hissa
qo‘shgan.Shunday qilib, Turon allomalari nafaqat o‘z yurtida, balki butun musulmon
olamida islomiy ilmlarning rivojlanishiga beqiyos ta’sir ko‘rsatgan. Ularning boy ilmiy
merosi bugungi kunda ham o‘rganilmoqda va islom tafakkurining ajralmas qismi
sifatida qadrlanadi.[5]
Xulosa qilib aytganda, Arab xalifaligi davrida Movarounnahrda yuz bergan
siyosiy va ijtimoiy o‘zgarishlar ushbu mintaqaning madaniy hayotiga ham chuqur
ta’sir ko‘rsatdi. Islom dini va arab yozuvining kirib kelishi mahalliy xalqlarning
tafakkurida yangi yo‘nalishlar ochib berdi. Ilm-fan, adabiyot, me’morchilik va san’at
sohalarida yuksalish kuzatildi. Xorazm, Buxoro, Samarqand kabi markazlar yirik
ilmiy-ma’rifiy maskanlarga aylana bordi. Shu davrda fiqh, hadis, tafsir, tibbiyot,
matematika, falsafa kabi ko‘plab sohalarda yetuk olimlar yetishib chiqdi.
Arablar tomonidan keltirilgan yangi diniy-ma’naviy qadriyatlar mahalliy
an’analar bilan uyg‘unlashib, boy va rang-barang madaniy muhitni shakllantirdi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–5_ июня–2025
251
2181-
3187
Ayniqsa, Buxoro va Samarqandda qurilgan masjidlar, madrasalar va kutubxonalar
nafaqat diniy, balki dunyoviy ilmlarning ham rivojlanishiga xizmat qildi.
Movarounnahr ahli islom sivilizatsiyasining muhim tarkibiy qismlaridan biriga
aylandi.
Umuman olganda, Arab xalifaligi davrida Movarounnahrda yuzaga kelgan
madaniy hayot mintaqaning keyingi tarixiy taraqqiyotida muhim o‘rin egallagan va
jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.
A. Sagdullayev. O‘zbekiston tarixi I-qism. Toshkent, 2020. 320-bet.
2.
A. Asqarov. O‘zbekiston tarixi I-jild. Toshkent, Ma’naviyat, 2022. 121-
130betlar.
3.
B.Eshov. O’zbekistonda davlatchiligi va boshqaruvi tarixi. Toshkent .2012.
145-bet.
4.
A. Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik
kompaniyasi Bosh tahririyati toshkеnt-2001.91-bet.
5.
B.Eshov. O’zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi . 1-kitob .
Toshkent. Yangi asr avlodi. 2019.255-bet.