Авторы

  • Nurbayeva Umidaxon Erkinovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124333

Ключевые слова:

Ona tili kasb madaniyati nutq madaniyati hujjat yuritish o‘zbek tili kasbiy kommunikatsiya til kompetensiyasi.

Аннотация

Mazkur maqolada ona tilining kasbiy faoliyatdagi ahamiyati, turli sohalarda 
to‘g‘ri va taʼsirli nutq madaniyatini shakllantirishdagi o’rni tahlil etilgan. Shuningdek, 
o‘zbek tilida sohaga xos atamalardan foydalanish, kasbga oid hujjat yuritish, muloqot, 
xizmat madaniyatidagi taʼsiri yoritilgan


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–5_ июня–2025

21

2181-

3187

ONA TILINING KASBIY FAOLIYATDA TUTGAN O‘RNI.

Angren shahar 2-sonli politexnikumi

ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi ;

Nurbayeva Umidaxon Erkinovna

Annotatsiya

Mazkur maqolada ona tilining kasbiy faoliyatdagi ahamiyati, turli sohalarda

to‘g‘ri va taʼsirli nutq madaniyatini shakllantirishdagi o’rni tahlil etilgan. Shuningdek,

o‘zbek tilida sohaga xos atamalardan foydalanish, kasbga oid hujjat yuritish, muloqot,

xizmat madaniyatidagi taʼsiri yoritilgan.

Kalit so‘zlar

Ona tili, kasb madaniyati, nutq madaniyati, hujjat yuritish, o‘zbek tili, kasbiy

kommunikatsiya, til kompetensiyasi.

Ona tili –har bir insonning milliy va ma’naviy asosidir.Inson o’z tafakkuri

,dunyoqarashi ,his-tuyg’ulari va fikrlari aynan ona tili orqali ifoda etadi. Ona tili har

bir millatning maʼnaviy boyligi, ruhi va davlatchilik asosidir. U nafaqat shaxsiy, balki

kasbiy hayotda ham muhim o‘rin tutadi. Turli sohalarda samarali faoliyat yuritish

uchun mutaxassis o‘z sohasiga oid bilimlardan tashqari, yuksak nutq madaniyatiga, til

kompetensiyasiga ham ega bo‘lishi lozim. Ayniqsa, kasb-hunar egallayotgan yoshlar

uchun ona tilining o‘rni beqiyosdir.Chunki har qanday kasbda muvaffaqiyatli faoliyat

yuritish, to‘g‘ri va aniq muloqotga, hujjat yuritishga, mijozlar bilan muloqot qilishga

bog‘liq. Bularning barchasi ona tilini chuqur egallashni talab qiladi.

Har qanday kasbiy muhitda mutaxassislar o‘rtasidagi muloqot aniq, ravon va

mazmunli bo‘lishi talab qilinadi. Masalan, shifokor bemor bilan, o‘qituvchi o‘quvchi

bilan, muhandis buyurtmachi bilan to‘g‘ri muloqot qilmasa, ishda muammolar yuzaga

kelishi

mumkin.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–5_ июня–2025

22

2181-

3187

Bugungi kunda davlat muassasalarida hujjatlar o‘zbek tilida yuritilmoqda. Bu

jarayonda kasbiy terminologiya, rasmiy uslub, til meʼyorlarini bilish talab etiladi.

Masalan, notarius, huquqshunos yoki bank xodimi o‘z sohasiga oid yozma nutqni

to‘g‘ri

qo‘llashi

kerak.

Har bir kasbning o‘ziga xos lug‘ati va atamalari mavjud. Elektrik, ustalar, qurilish

muhandislari, IT mutaxassislar o‘z sohalarida aniq va tushunarli tilda fikr yuritishlari

kerak. Bu atamalarni ona tilida to‘g‘ri qo‘llash kasbiy yetuklik belgisidir.

Xizmat ko‘rsatish sohasida ishlovchi xodimlar (masalan, savdo, turizm, davlat

xizmatlari) mehr va odob bilan muloqot qilishlari kerak. Bu madaniyat to‘g‘ri

tanlangan so‘z, muomala, nutqning taʼsirchanligiga bog‘liq. Ona tilida to‘g‘ri

so‘zlashish

mijozlar

bilan

munosabatni

mustahkamlaydi.

Kasb-hunar kollejlari va texnikumlardagi taʼlim jarayonida o‘zbek tilini chuqur

o‘rgatish o‘quvchilarning kelajakdagi muvaffaqiyatiga zamin yaratadi. Ular sohaga oid

matnlar, yo‘riqnomalar, texnik tavsiflar bilan ishlash uchun til bilimiga muhtoj.

Ona tili – faqat muloqot vositasi emas, balki har bir kasbda yuqori samaraga

erishishning kafolatidir. Har bir mutaxassis ona tilida erkin, to‘g‘ri va taʼsirchan

so‘zlashishni o‘rgansa, bu nafaqat uning faoliyatiga, balki butun jamiyat taraqqiyotiga

ijobiy taʼsir ko‘rsatadi. Shu bois, kasbiy faoliyatda ona tilni unutmaslik, balki uni

rivojlantirish ham har bir fuqaroning burchi hisoblanadi.Quyida ona tilini kasbiy

faoliyatdagi o’rni haqida misollar ko’rib chiqamiz:

1.Kasbiy

sohada

til

madaniyati

Texnikum o‘quvchilari bo‘lajak muhandislar, texniklar, dasturchilar yoki boshqa

mutaxassislar bo‘lishadi. Ularning kasbiy faoliyatida texnik hujjatlar yozish, hisobotlar

tuzish, ko‘rsatmalar berish yoki jamoada ishlashda samarali muloqot qilish zarurati

tug‘iladi. Bunday hollarda ona tilida ravon, mantiqiy va aniq fikr bildirish ko‘nikmasi

muhim ahamiyat kasb etadi.

2.Hujjat

yuritishda

ona

tilining

roli

Kasbiy faoliyatda turli hujjatlarni to‘g‘ri yozish va yuritish zarur. Masalan, xizmat

xatlari, texnik tavsiflar, loyihaviy hujjatlar, yo‘riqnomalar va rejalashtirish hujjatlari


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–5_ июня–2025

23

2181-

3187

ona tilida yoziladi. Ularni to‘g‘ri tuzish va ifoda qilish uchun ona tilini mukammal

bilish zarur.

3.Mijozlar

va

hamkasblar

bilan

muloqot

Ona tilini yaxshi bilgan mutaxassis mijozlar bilan ochiq, ravon va tushunarli muloqot

qila oladi. Bu esa mijozning ishonchini qozonish, ish samaradorligini oshirish, jamoada

yaxshi muhit yaratish uchun asos bo‘ladi. Shuningdek, ona tilida madaniyatli muloqot

qilish xodimning intellektual saviyasi va kasbiy madaniyatini ko‘rsatadi.

4.Ona

tili

va

texnik

tafakkur

Texnik yo‘nalishdagi mutaxassislar uchun tafakkurning aniqligi muhim. Matematik,

fizik, dasturiy yechimlarni to‘g‘ri tushunish va izohlash uchun fikrni aniq ifoda eta

olish lozim. Ona tili orqali shakllangan mantiqiy tafakkur bu borada asosiy vositadir.

Ona tilini chuqur o‘rganish va uni to‘g‘ri qo‘llay olish kasbiy muvaffaqiyat

kalitidir. Politexnikum o‘quvchilari o‘z mutaxassisliklariga doir bilimlarni egallash

bilan birga, ona tilida savodli yozish, muloqot qilish va fikr bildirish malakasini ham

rivojlantirishlari lozim. Zero, ona tiliga hurmat bilan qaragan inson o‘z kasbiga ham

mas’uliyat bilan yondashadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. “O‘zbek tili” darsligi, 10-11-sinflar uchun – Toshkent, “O‘qituvchi” nashriyoti

2. Ahmedova M. “Nutq madaniyati va xizmat tili” – Toshkent, 2018

3. “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida”gi Qonuni

4. www.ziyonet.uz, www.lex.uz

Библиографические ссылки

“O‘zbek tili” darsligi, 10-11-sinflar uchun – Toshkent, “O‘qituvchi” nashriyoti

Ahmedova M. “Nutq madaniyati va xizmat tili” – Toshkent, 2018

“O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida”gi Qonuni

www.ziyonet.uz, www.lex.uz