ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–4_ июня–2025
216
2181-
3187
NIKOH TUSHUNCHASI , NIKOH TUZISH SHARTLARI VA
NIKOHNING TUGATILISHI
IIV Surxondaryo akademik
litseyi
Huquqshunoslik fani
o’qituvchi
Ko’chkinova Adolat
Gulmurod qizi
Annotatsiya :
Ushbu maqolada nikoh tushunchasi,nikoh tuzish shartlari,mulkiy
munosabatlarning vujudga kelishi,nikohning tugatilishiga bayon etiladi
Kalit
so’zlar:
Nikoh,oila,mulkiy
munosabat,shaxsiy
nomulkiy
munosabat,kodeks,aliment,jarima.
Nikoh — bu ikki jinsdagi shaxslarning o‘zaro ixtiyoriy roziligi, teng huquqliligi
va belgilangan nikoh yoshiga yetganlik asosida tuzilgan huquqiy va ijtimoiy
munosabatdir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 76-moddasida
nikohning ixtiyoriylik va tenglikka asoslanganligi ta’kidlangan. Oila kodeksining 15-
moddasida esa nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh deb belgilangan.
O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining
13-moddasida
Nikoh tuzish tartibi
Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi.
Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas.
Nikoh tuzish nikohlanuvchilarning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish
organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy o‘tgach, shaxsan ularning ishtirokida
amalga oshiriladi.
Uzrli sabablar bo‘lganda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi bir
oy o‘tgunga qadar nikoh tuzishga ruxsat berishi mumkin.
Alohida hollar (homiladorlik, bola tug‘ilishi, bir tarafning kasalligi va
boshqalar)da nikoh ariza berilgan kuni tuzilishi mumkin.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–4_ июня–2025
217
2181-
3187
Nikoh tuzish fuqarolik holati dalolatnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi nikohni ro‘yxatga olishni
rad etganda, shikoyat bilan bevosita sudga yoki bo‘ysunishiga ko‘ra yuqori turuvchi
organga murojaat qilinishi mumkin.
Nikoh tuzish ixtiyoriydir ,Oila kodeksining 15-moddasida nikoh Yoshi belgilab
qo’yilgan.
15-modda. Nikoh yoshi
Nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun o‘n sakkiz yosh etib belgilanadi.
Uzrli sabablar bo‘lganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga
yetmagan shaxsning to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi (emansipatsiya),
nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko‘ra nikoh davlat ro‘yxatidan
o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan bir yilga
kamaytirishi mumkin.
Nikoh tuzishning asosiy shartlari quyidagilardan iborat:
1. Ixtiyoriy rozilik: Nikohlanuvchi shaxslarning o‘zaro roziligi, majburiy nikohga
yo‘l qo‘yilmaydi.
2. Teng huquqlilik: Erkak va ayol o‘rtasida huquqiy tenglik ta’minlanadi.
3. Nikoh yoshi: Erkaklar va ayollar uchun nikoh yoshi 18 yosh deb belgilangan.
4. Tibbiy ko‘rikdan o‘tish: Nikohlanuvchi shaxslar davlat sog‘liqni saqlash tizimi
muassasalarida bepul asosda tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari talab etiladi, 50 yoshdan katta
shaxslarning nikohini ro‘yxatdan o‘tkazish bundan mustasno .
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–4_ июня–2025
218
2181-
3187
5. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organida ro‘yxatdan o‘tish: Nikoh
fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organida tuziladi va ro‘yxatdan o‘tilgan
kundan boshlab kuchga kiradi .
16-modda. Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar
Nikoh tuzishga:
loaqal bittasi ro‘yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida;
nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan
va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar
bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida;
loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud
tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o‘rtasida yo‘l qo‘yilmaydi.
Nikoh tuzilishi natijasida er-xotin huquq va majburiyatlarining vujudga keladi.
Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ro‘yxatga olingan
paytdan boshlab nikohni tuzganlar er-xotin deb hisoblanadilar va shu paytdan e’tiboran
ular o‘rtasida er-xotinlik huquq va majburiyatlari vujudga keladi.
Er va xotin oilada teng huquqlardan foydalanadilar va ular teng majburiyatlarga
egadirlar.
Nikoh tuzish vaqtida er va xotin o‘z xohishi bilan eri yoki xotinining familiyasini
umumiy familiya qilib tanlaydi yoki ularning har biri nikohgacha bo‘lgan o‘z
familiyasini saqlab qoladi.
Er va xotindan birining o‘z familiyasini o‘zgartirishi boshqasining ham familiyasi
o‘zgarishiga olib kelmaydi.
Er va xotinning har biri mashg‘ulot turi, kasb va turish hamda yashash joyini
tanlashda erklidir.
Nikohning tugatilishi Oila kodeksining
7-bobida
belgilab qo’yilgan.
Nikohning tugatilish asoslari Oila kodeksining 37-moddasiga muvofiq
quyidagicha
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–4_ июня–2025
219
2181-
3187
Er-xotindan birining vafoti yoki sud ulardan birini vafot etgan deb e’lon qilishi
oqibatida nikoh tugaydi.
Nikoh er-xotindan biri yoki har ikkalasining arizasiga muvofiq nikohdan ajratish
yo‘li bilan, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan er yoki
xotinning vasiysi bergan arizaga muvofiq tugatilishi mumkin.
Nikohdan ajratish tartibi Oila kodeksi 38-moddasida
Nikohdan
ajratish
sud
tartibida,
ushbu
Kodeksning
nazarda tutilgan hollarda esa, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd
etish organlarida amalga oshiriladi.
39-modda. Erning nikohdan ajratish to‘g‘risida talab qo‘yishini man
etadigan hollar
Xotinining homiladorlik vaqtida va bola tug‘ilganidan keyin bir yil mobaynida er
xotinining roziligisiz nikohdan ajratish to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishga haqli emas.
40-modda. Nikohdan sud tartibida ajratish
Nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlar sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik protsessual kodeksida da’vo ishlarini hal qilish uchun belgilangan tartibda
ko‘rib chiqiladi.
Sud ishning ko‘rilishini keyinga qoldirib, er-xotinga yarashish uchun olti oygacha
muhlat tayinlashga haqli.
Sud er-xotinga yarashish uchun muhlat tayinlab, ishning ko‘rilishini keyinga
qoldirgan taqdirda, er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining
yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan bo‘lsa, har birining yashash
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–4_ июня–2025
220
2181-
3187
joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini er-xotinni yarashtirish
bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun uch kundan kechiktirmasdan yozma ravishda
xabardor qilishi kerak.
Sud oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxsning talabiga ko‘ra
yarashish uchun muhlat tayinlamaydi.
Agar sud er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga va oilani saqlab
qolishga imkoniyat yo‘q deb topsa, ularni nikohdan ajratadi.
42-modda. Er-xotinning o‘zaro roziligi bo‘lganda fuqarolik holati
dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohdan ajratish
Voyaga yetmagan bolalari bo‘lmagan er-xotin nikohdan ajratishga o‘zaro rozi
bo‘lsalar, ular nikohdan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida
ajratiladi.
Er-xotin o‘rtasida mehnatga layoqatsiz muhtoj er yoki xotinga moddiy ta’minot
berish to‘g‘risida yoki ularning birgalikdagi umumiy mulki bo‘lgan mol-mulkni
bo‘lish to‘g‘risida nizo bo‘lgan taqdirda er-xotin yoki ulardan biri nikohdan ajratish
to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli.
43-modda. Er-xotindan birining arizasi bo‘yicha fuqarolik holati
dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohdan ajratish
Agar er-xotindan biri:
sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan bo‘lsa;
sud tomonidan ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli
muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa;
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–4_ июня–2025
221
2181-
3187
sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan
mahrum qilingan bo‘lsa, o‘rtada voyaga yetmagan bolalari borligidan qat’i nazar, er-
xotindan birining arizasiga ko‘ra ular fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish
organlarida nikohdan ajratiladi.
Agar bolalar haqida, er-xotinning birgalikdagi umumiy mol-mulkini bo‘lish
haqida yoki yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er (xotin)ga ta’minot berish uchun
mablag‘ to‘lash haqida nizo mavjud bo‘lsa, ular nikohdan sud tartibida ajratiladi.
47-modda. Nikohdan ajratilganda nikohning tugatilish vaqti
Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organida nikohdan
ajratilganlik ro‘yxatga olingan kundan boshlab tugatiladi.
Nikoh shartnomasi — bu er va xotinning nikohda bo‘lgan davrida va (yoki)
nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini
belgilovchi kelishuvdir. Nikoh shartnomasi nikoh davlat ro‘yxatiga olinguniga qadar
ham, shuningdek nikoh davrida ham tuzilishi mumkin. Nikoh shartnomasida er va
xotin birgalikdagi umumiy mulkning qonunda belgilangan tartibini o‘zgartirishga, er
va xotinning barcha mol-mulkiga, uning ayrim turlariga yoxud er va xotindan har
birining mol-mulkiga nisbatan birgalikdagi, ulushli yoki alohida egalik qilish tartibini
o‘rnatishga haqlidirlar .
Xulosa
Nikoh — bu ikki shaxsning o‘zaro ixtiyoriy roziligi, teng huquqliligi va
belgilangan nikoh yoshiga yetganlik asosida tuzilgan huquqiy va ijtimoiy
munosabatdir. Nikoh tuzish va tugatish tartiblari O‘zbekiston Respublikasining Oila
kodeksi bilan tartibga solinadi. Nikoh shartnomasi esa er va xotinning mulkiy huquq
hamda majburiyatlarini belgilovchi muhim hujjat hisoblanadi. Nikohni qonunda
belgilangan tartibda tuzmaslik yoki nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzish
javobgarlikka olib keladi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–4_ июня–2025
222
2181-
3187
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 30.04.1998.
2. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 14 noyabrdagi 387-son
qarori bilan tasdiqlangan.
3.Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risidagi
yo‘riqnomani tasdiqlash haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2013 yil 31 dekabrdagi 2547-son buyrug‘i .
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining "Sudlar tomonidan nikohdan
ajratishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida"gi qarori.