Авторы

  • Ko’chkinova Adolat Gulmurod qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124340

Ключевые слова:

Norma ma’muriy gipoteziya dispozetsiya sanksiya tuzilish huquq normasi huquq manbai imperative yuridik fakt farmon.

Аннотация

Ushbu maqola huquq normalari,ma’muriy huquq normalari,huquqiy 
munosabatlar,ma’muriy huquqiy munosabatlar,Ma’muriy huquq normalarining 
mazmuni,turlari,tuzilishiga bag’ishlanadi. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–4_ июня–2025

205

2181-

3187

MA’MURIY-HUQUQIY NORMALAR VA MA’MURIY-HUQUQIY

MUNOSABATLARNING HUQUQ FANLARINI O’RGANISHDA TUTGAN

O’RGAN

IIV Surxondaryo akademik litseyi

Huquqshunoslik fani

o’qituvchi

Ko’chkinova Adolat

Gulmurod qizi

Annotatsiya:Ushbu maqola huquq normalari,ma’muriy huquq normalari,huquqiy

munosabatlar,ma’muriy huquqiy munosabatlar,Ma’muriy huquq normalarining

mazmuni,turlari,tuzilishiga bag’ishlanadi.

Kalit so’zlar:Norma,ma’muriy,gipoteziya,dispozetsiya,sanksiya,tuzilish,huquq

normasi,huquq manbai,imperative,yuridik fakt,farmon.

Huquq sohalarida huquq normasi xalqaro huquq normalari, konstitutsiyaviy-

huquqiy normalar, fuqaroviy-huquqiy normalar, ma’muriy-huquqiy normalar, jinoyat-

huquqiy normalar va boshqa shu singari turlarga ajratilib o‘rganiladi. Norma so‘zi

lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, “me’yor”, “o‘lchov”, “qoida”, “qonun” ma’nolarini

anglatib, umum tomonidan tan olingan, barcha uchun majburiy sanalgan, qonun

kuchiga kirgan tartib qoidalardir.

Ma’muriy-huquqiy normalar muayyan xatti-harakat qoidalaridan iborat bo‘lib,

davlat tomonidan o‘rnatilgan va bajarilishi alohida belgilangan maxsus davlat

vositalari bilan ta’minlanadigan me’yoriy xulq- atvor qoidalaridir.

Ma’muriy-huquqiy normalar boshqa ijtimoiy normalar (axloq normalari va

h.k.)dan farqlanib, unga rioya qilish majburiy hisoblanadi. Rioya qilmaslik yoki

ma’lum bir huquq normasi buzilgan hollarda, davlatning yuridik majburlov (intizomiy,

ma’muriy, moddiy, jinoiy javobgarlik) choralari qo‘llaniladi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–4_ июня–2025

206

2181-

3187

Huquq normasi – davlat tomonidan belgilangan va ma’qullangan, muayyan

shaklda ifodalanadigan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan

umummajburiy xulq-atvor qoidalari hisoblanadi.

Ma’muriy-huquqiy normalar – boshqa huquq tarmoqlarining normalaridan farqli

ravishda, davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va

amalga oshirish hamda boshqaruv jarayonida amal qilishi shart bo‘lgan xatti-harakatlar

yig‘indisini tashkil etadi.

Ma’muriy-huquqiy normalar quyidagi masalalarni tartibga solishga qaratilgan

bo‘ladi:

1)

davlat boshqaruvi sohasidagi vakolatli organlar faoliyatini, ya’ni ularning

o‘z vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini bevosita amalga oshirishi bilan bog‘liq

bo‘lgan munosabatlar;

2)

tashkilotning ichki munosabatlari, ya’ni tizimda davlat xizmatini o‘tash

bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar;

3)

ma’muriy sud ishlarini yuritish va tashkil etish bilan bog‘liq munosabatlar

\ Ma’muriy-huquqiy normalar davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga

oshirish jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish bilan

birga davlat tomonidan o‘rnatiladigan va qo‘riqlanadigan umumiy xulq-atvor

qoidalarini ham o‘z ichiga oladi.

Ma’muriy-huquqiy normalar turli mezonlar, ya’ni tartibga solinadigan ijtimoiy

munosabatlarning xususiyatlari, vazifasi, funksiyalariga va boshqa jihatlariga ko‘ra

quyidagi turlarga ajratiladi:

moddiy ma’muriy-huquqiy normalar – ma’muriy huquq bilan tartibga solinadigan

boshqaruvga oid ijtimoiy munosabat qatnashchilarining huquqlari va majburiyatlarini,

ularning javobgarligi, ya’ni ma’muriy- huquqiy holatini huquqiy jihatdan

mustahkamlaydi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘z

vakolatlari doirasida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi

organlari ishini muvofiqlashtiradi hamda yo‘naltiradi, ularning faoliyati ustidan


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–4_ июня–2025

207

2181-

3187

nazoratni ta’minlaydi. Mazkur norma moddiy ma’muriy-huquqiy norma bo‘lib,

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatini belgilab beradi;

protsessual ma’muriy-huquqiy normalar – davlat boshqaruvini amalga

oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan protsessual masalalarni tartibga soladi. Masalan,

vakolatli organlar tomonidan ma’muriy huquqbuzarliklarga doir ishlarni yuritish

tartibini va ish bo‘yicha kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonini

belgilaydi;

vakolat beruvchi ma’muriy-huquqiy normalar – davlat boshqaruvi sohasidagi

ijtimoiy munosabatlar subyektlariga huquqiy normalar doirasida ixtiyoriy ravishda

harakat qilishni nazarda tutadi. Masalan, qonunchilik normalariga muvofiq,

fuqarolarning davlat organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat etish

huquqini amalga oshirishi;

taqiqlovchi ma’muriy-huquqiy normalar – ushbu normalar u yoki bu xatti-

harakatlarni bajarishning taqiqlanishini nazarda tutadi. Masalan, fuqaroga ma’naviy

yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor etish yoki xizmat

vazifasini bajarish munosabati bilan ma’lum axborotlarni oshkor qilish taqiqlanadi;

majburiyat yuklovchi ma’muriy-huquqiy normalar – qonun normalariga

muvofiq, shaxs qandaydir xatti-harakatlarni amalga oshirishga majbur bo‘ladi.

Masalan, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa shaxslarning

huquq va erkinliklari, sha’ni va qadr- qimmatini hurmat qilishga, belgilangan

jarimalarni o‘z vaqtida to‘lashga majbur.

Ma’muriy-huquqiy normalar O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib turgan chet el

fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga hamda chet el yuridik shaxslariga

nisbatan ham tatbiq etiladi.

Ma’muriy-huquqiy normalar majburiyat yuklash shakliga ko‘ra, avvalo,

imperativ (qat’iy) va tavsiyaviy ma’muriy-huquqiy normalarga bo‘linadi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–4_ июня–2025

208

2181-

3187

Imperativ normalar subyektlar xulq-atvorini bevosita belgilovchi qoidalardan

iborat bo‘lib, ular mazkur huquqiy munosabat ishtirokchilarining kelishuviga binoan,

boshqa yurish-turish qoidalari bilan almashtirilishi mumkin emas.

Tavsiyaviy normalar ma’muriy huquq subyektlariga u yoki bu xatti- harakatlarni

bajarish maqsadga muvofiqligi xususida beriladigan tavsiyalardan iborat.

Huquqiy munosabat subyektlariga norma doirasida o‘z huquqlari va burchlarini

mustaqil belgilash imkoniyatini beruvchi dispozitiv normalarga kelsak, ular ma’muriy

qonunchilik hujjatlarida nisbatan kam uchraydi. Bu hol ma’muriy huquq sohasi –

davlat boshqaruvining xususiyati bilan belgilanadi.

Ma’muriy-huquqiy normalar makonda (hududda) amal qilishiga ko‘ra,

O‘zbekiston Respublikasining butun hududida, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston

Respublikasi hududida amal qiladi. Ayrim vaqtlarda ko‘rsatilgan normalar ikki

tomonlama yoki ko‘p tomonlama bitimlarga muvofiq, bir nechta davlatlarning

hududida amal qiladi.

Ma’muriy-huquqiy normalar vaqt bo‘yicha amal qilishiga ko‘ra, muddatli (amal

qilish muddati qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda oldindan belgilangan

bo‘ladi, shuningdek, ma’muriy-huquqiy normalar uzoq muddatli va qisqa muddatli

bo‘ladi) va muddatsiz (amal qilish muddati oldindan belgilanmagan bo‘ladi, matbuotda

e’lon qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi) normalarga bo‘linadi.

Odatda, ma’muriy-huquqiy normalarning amal qilish muddatlari cheklanmaydi.

Bu ularning rasmiy darajada o‘zgartirilgunga yoki bekor qilingunga qadar amal

qilishini anglatadi. Ba’zi hollarda ularning amal qilish muddatlari aniq belgilanishi

mumkin, masalan, favqulodda yoki harbiy holat muayyan muddatga belgilanadi.

Ma’muriy-huquqiy normalarning funksiyalari ham mavjud bo‘lib, ular

quyidagilardan iborat:

• tartibga solish funksiyasi, ya’ni davlat boshqaruvi sohasida yuzaga keladigan

munosabatlarni tashkil etish, tartibga solish va takomillashtirishga qaratilgan;


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–4_ июня–2025

209

2181-

3187

qo‘riqlash va himoya qilish funksiyasi, ya’ni ma’muriy huquq sohasidagi ijtimoiy

munosabatlarning qo‘riqlanishi va himoya qilinishini ta’minlaydi. Ya’ni ma’muriy

huquqbuzarlik bilan bog‘liq qilmishlar sodir etilganda ma’muriy huquq tomonidan

ma’muriy ta’sir ko‘rsatish choralari amalga oshiriladi.

Ma’muriy-huquqiy normaning tuzilishi – bu normaning ichki strukturasi, uning

tarkibiy qismlari, elementlari o‘zaro aloqasining muayyan tartibi, ularning o‘zaro

aloqadorligi tushuniladi. Ma’muriy- huquqiy normaning tarkibiy qismlari gipoteza,

dispozitsiya va sanksiyadan iborat.

Ma’muriy-huquqiy normaning gipotezasi ma’muriy-huquqiy normaning bir

qismi sifatida uni amalga tatbiq etishning haqiqiy shartlarini belgilaydi. Gipotezada

yuridik fakt, normani amalga kiritish, uning dispozitsiyasini hayotga tatbiq etish shart-

sharoitlari (masalan, ma’muriy- huquqiy javobgarlikka tortish shartlari) ko‘rsatiladi.

Gipoteza mutlaq- muayyan yoki nisbiy-muayyan bo‘lishi mumkin.

Mutlaq-muayyan gipoteza muayyan vaziyatda qo‘llaniladigan qoidadir. Masalan,

biror xatti-harakat uchun jarima solinsa, bu jarima belgilangan muddatda undirib

olinishi kerak. Agar bu muddat o‘tib ketsa, ma’muriy jarimani undirib olish mumkin

emas.

Nisbiy-muayyan gipotezada biror holatga umumiy tavsif beriladi. Ma’muriy-

huquqiy normalar, ko‘pincha, nisbiy-muayyan gipotezadan iborat bo‘ladi.

Ma’muriy-huquqiy normaning dispozitsiyasi yuridik normaning tarkibiy elementi

bo‘lib, unda norma bilan belgilangan xulq-atvor qoidasi, taraflarning huquqlari va

majburiyatlari o‘rnatiladi. Ifodalash shakliga ko‘ra, ma’muriy-huquqiy normalarning

majburiyat yuklovchi, vakolat beruvchi yoki taqiqlovchi dispozitsiyalari farqlanadi.

Majburiyat yuklovchi dispozitsiyalar subyektlarga muayyan harakatlarni bajarish

majburiyatini yuklaydi, ularga joiz xulq-atvorning u yoki bu ko‘rinishini buyuradi.

Masalan, Yo‘l harakati qoidalarining tegishli bandiga muvofiq, yo‘l harakati

qatnashchilari harakatlanish vaqtida boshqa qatnashchilarning harakatlanishiga xavf

tug‘dirmasliklari lozim.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–4_ июня–2025

210

2181-

3187

Vakolat beruvchi dispozitsiyalar, odatda, davlat boshqaruvi subyektlarining

funksiyalari va vakolatlarini belgilaydi. Masalan, yangi tahrirdagi “O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi qonunning 3-bobida Vazirlar

Mahkamasining vakolatlari belgilangan bo‘lib, shunga muvofiq ma’lum bir vazifalarni

amalga oshiradi.

Taqiqlovchi dispozitsiya muayyan g‘ayriqonuniy qilmishlar (harakat yoki

harakatsizlik) sodir etishni man etadi. Taqiqlovchi dispozitsiya xulq- atvorning

qonunga muvofiq huquqbuzarlik hisoblanadigan muayyan ko‘rinishidan o‘zini tiyishni

talab qiladi. Huquqlar va majburiyatlar bir vaqtda ta’riflangan dispozitsiyalar

ma’muriy huquq normalarida nisbatan kam uchraydi.

Ma’muriy-huquqiy normaning sanksiyasi ma’muriy-huquqiy normaning elementi

sifatida huquqbuzarga nisbatan ko‘riladigan ta’sir choralarini aks ettiradi. Bunda har

qanday ma’muriy ta’sir emas, balki huquqbuzarlik munosabati bilan qo‘llanilishi

normada belgilangan ta’sirgina nazarda tutiladi. Ma’muriy-huquqiy normalarni

buzganlik uchun qo‘llaniladigan ma’muriy-huquqiy sanksiyalar O‘zbekiston

Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida belgilab qo‘yilgan.

Huquq manbai deganda, huquq normalarini ifoda etish, rasmiylashtirish va

mustahkamlash shakli tushuniladi.

Ma’muriy huquq manbalari (shakllari) jumlasiga quyidagilar kiradi:

1)

O‘zbekiston

Respublikasining

Konstitutsiyasi;

2)

O‘zbekiston

Respublikasining, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchilik

hujjatlari; 3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari;

4) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari; 5)

Respublika vazirliklarining, ijro etuvchi hokimiyat boshqa organlarining, mahalliy

hokimlarning normativ hujjatlari; 6) Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish vakillik va ijroiya

organlarining normativ hujjatlari.

Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning mazmuni va turlar


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–4_ июня–2025

211

2181-

3187

Ma’muriy-huquqiy munosabatlar huquqiy munosabatlarning, ya’ni

boshqaruv sohasidagi huquq bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning

alohida turidir. Har qanday huquqiy munosabat kabi ma’muriy-huquqiy munosabat:

birinchidan, ijtimoiy munosabatga huquq normasining tartibga soluvchi va unga

yuridik tus beruvchi ta’siri mahsulidir;

ikkinchidan, huquqiy munosabat tomonlarining harakatlari (xulq- atvori)ni huquq

normasi bilan tartibga soladi;

uchinchidan, huquqiy munosabat tomonlarining huquqlari va majburiyatlarini

huquqiy norma bilan belgilangan tartibda me’yorlaydi va mutanosiblashtiradi;

to‘rtinchidan, huquq normasi talablariga javob bermaydigan xulq- atvor

uchun tomonlarning yuridik javobgarligini belgilaydi.

Shunday qilib, ma’muriy-huquqiy munosabat ikki tomonlama xususiyat kasb

etadi, ya’ni bir subyekt huquqlariga boshqa subyektning majburiyatlari mos kelishi

yoki mos kelmasligi mumkin.

Ma’muriy-huquqiy munosabatni davlat boshqaruvi sohasida vujudga keluvchi,

ma’muriy-huquqiy normalar bilan tartibga solingan boshqaruvga oid ijtimoiy

munosabat sifatida tavsiflash mumkin.

Ma’muriy-huquqiy munosabatlar – bu davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga

oshirish jarayonida vujudga keluvchi, ma’muriy-huquqiy normalar bilan tartibga

solinadigan boshqaruvga oid ijtimoiy munosabat turidir.

Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning elementlari sifatida subyekt, obyekt va

yuridik faktlarni keltirish mumkin.

Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning subyektlari – davlat boshqaruvi sohasidagi

subyektlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, davlat idoralari xodimlari, fuqarolar,

chet elliklar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lib, ularga ma’lum huquqlar va

majburiyatlar yuklatiladi.

Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning obyektlari – davlat boshqaruvi sohasidagi

ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Ma’muriy-huquqiy munosabatlar subyektlarining

huquq va majburiyatlari yo‘naltirilgan obyekt mazkur munosabatlar obyekti


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–4_ июня–2025

212

2181-

3187

hisoblanadi. Davlat boshqaruv sohasidagi subyektlarning xulq-atvori, xatti-harakatlari

ma’muriy-huquqiy munosabatlar obyekti sifatida namoyon bo‘ladi.

Yuridik faktlar – qonunda nazarda tutilgan, huquqiy munosabatlarning yuzaga

kelishi, o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi uchun asos bo‘ladi.

Yuridik faktlar shaxslar va organlarning harakatlari va hodisalari natijasida

yuzaga kelishi mumkin.

Harakatlar huquqiy munosabatda ishtirok etuvchi subyektlarning o‘z xohish-

irodasini faol ifoda etishidir.

Huquq normalari bilan o‘zaro munosabatlarning xususiyatiga qarab, harakatlar

qonuniy va qonunga xilof (g‘ayriqonuniy) harakatlar bo‘ladi.

Qonuniy harakat – ma’muriy-huquqiy normalar talablariga muvofiq xolda

bajarilgan harakat.

Qonunga xilof (g‘ayriqonuniy) harakat – ma’muriy-huquqiy normalarga zid

bo‘lgan harakat.

Hodisalar – huquqiy oqibatlarga sabab bo‘luvchi, ammo kishilarning xohish-

irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holda yuz beruvchi yuridik faktlardir.

Masalan, insonning tug‘ilishi, ma’lum bir yoshga yetishi bilan huquqlari paydo

bo‘lishi singari.

Ma’muriy-huquqiy munosabatlar o‘z mazmuniga, subyektlar huquq va

majburiyatlarining o‘zaro nisbatiga, ularni vujudga keltiruvchi yuridik faktlarning

xususiyatiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.

Ma’muriy-huquqiy munosabatlar mazmun jihatdan moddiy va protsessual

turlarga bo‘linadi.

Moddiy ma’muriy-huquqiy munosabatlar deganda, boshqaruv sohasida yuzaga

keladigan ijtimoiy munosabatlarning moddiy ma’muriy- huquqiy normalar bilan

tartibga solinishi tushuniladi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–4_ июня–2025

213

2181-

3187

Ma’muriy-protsessual munosabatlar esa boshqaruv sohasida individual ishlar hal

qilinishi tufayli yuzaga keladigan va ma’muriy- huquqiy normalar bilan tartibga

solinadigan munosabatlardir.

Moddiy va protsessual ma’muriy-huquqiy munosabatlarning o‘zaro aloqasi

shundan iboratki, moddiy munosabatlar protsessual munosabatlar vositasida amalga

oshiriladi.

Ma’muriy-huquqiy munosabatlar ishtirokchilari huquq va majburiyatlarining

o‘zaro nisbatiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: bir ishtirokchining boshqasiga

bo‘ysunishida namoyon bo‘luvchi munosabatlar vertikal huquqiy munosabatlar va

bir-biriga bo‘ysunmaydigan ishtirokchilarning o‘zaro munosabatlari

gorizontal

huquqiy munosabatlar.

Vertikal ma’muriy-huquqiy munosabatlar davlat boshqaruv sohasida bir

munosabat ishtirokchilarining boshqasiga bo‘ysunishi doirasidagi aloqalar tushuniladi.

Ijro etuvchi hokimiyatning yuqori turuvchi va quyi turuvchi organlari o‘rtasida, ijro

etuvchi hokimiyat organlari va bo‘ysunuvchi tashkilotlar o‘rtasida, ijro etuvchi

hokimiyat organlarining biri boshqasiga bo‘ysunuvchi tuzilmalari o‘rtasida, davlat

xizmati xodimlari o‘rtasida boshqaruv subyekti va obyekti o‘rtasidagi munosabatlar

yuzaga keladi. Bu jarayonda davlat organlari va fuqarolar o‘rtasida fuqarolarning

boshqaruv sohasidagi majburiyatlarini amalga oshirish (jamoat tartibi qoidalariga amal

qilish, vatan oldidagi harbiy majburiyatni bajarish va shu kabi) borasidagi huquqiy

munosabatlari, odatda, vertikal munosabatlar hisoblanadi, chunki fuqaroga uning

majburiyatlarini bajarish qismida ijro etuvchi hokimiyat organining boshqaruv

vakolatlari tatbiq etiladi.

Gorizontal ma’muriy-huquqiy munosabatlar bir-biriga bo‘ysunmaydigan

subyektlar o‘rtasida bo‘ladi. Bunday munosabatlar ijro etuvchi hokimiyatning bir-

biriga bo‘ysunmaydigan organlari, shuningdek, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar

va fuqarolar o‘rtasida ular boshqaruv


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–4_ июня–2025

214

2181-

3187

sohasidagi o‘z huquqlarini ro‘yobga chiqarishlari munosabati bilan (masalan,

fuqaro ijro etuvchi hokimiyat organiga shikoyat bilan murojaat etganda, jamoat

tashkiloti ro‘yxatdan o‘tkazilganda va shu kabi) vujudga keladi.

Bevosita boshqaruv ta’siri ko‘rsatilishiga sabab bo‘lgan munosabatlar. Ular

vertikal munosabatlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni bir taraflama yuridik

boshqaruv qarorini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar yaratishga

mo‘ljallangan. Ushbu munosabatlar bir huquqiy darajada turgan ijro etuvchi organlar

(mansabdor shaxslar) o‘rtasida yuzaga keluvchi, masalan, boshqaruvning qo‘shma

normativ hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish (masalan, ikki vazirlik o‘rtasida);

birgalikdagi boshqaruv harakatlarini muvofiqlashtirish; qo‘shma majlislar (masalan,

ikki vazirlik hay’atlarining majlislarini) o‘tkazish; idoralararo maslahat yoki

muvofiqlashtirish kengashlarini tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan aloqalar; bular ijro etuvchi

hokimiyat organlari va kasaba uyushmalari o‘rtasidagi mazkur uyushmalarning

qonuniy manfaatlarini qondirish borasidagi munosabatlarni o‘z ichina oladi.

Mazkur munosabatlar jarayoni va natijasida normativ-huquqiy hujjatlarni ijro

etish bo‘yicha birgalikda chora-tadbirlar (ma’lum bir idoralararo komissiyalar tuzish,

qo‘shma tekshiruvlar o‘tkazish va h.k.) ishlab chiqiladi. Munosabatlarning bu ikki

guruhi ma’muriy protseduraga oid (belgilangan tartib-taomil asosidagi) munosabatlar

jumlasiga kiradi.

Taraflari teng huquqli bo‘lgan ma’muriy-protsessual munosabatlar (masalan,

fuqarolarning arizalari yoki shikoyatlari bo‘yicha, ma’muriy huquqbuzarliklarga doir

ishlar bo‘yicha ish yuritish doirasidagi munosabatlar). Bu munosabatlarning mazmuni

ma’muriy-huquqiy nizolarni ko‘rib chiqish bilan belgilanadi.

Turli bitimlar ko‘rinishidagi ma’muriy-shartnoma munosabatlari (masalan, u yoki

bu lavozimga qabul qilish to‘g‘risidagi dastlabki bitim). Bitimlar ijro etuvchi

hokimiyat subyektlari o‘rtasida ham tuzilishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–4_ июня–2025

215

2181-

3187

1.Ma’muriy huquq: IIV akademik litseylari uchun darslik / R.A. Xatamov,

M.Z. Ziyodullayev, Dj.X. Yuldashev va boshq. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV

Akademiyasi, 2022.

2. Husanov O.T. Konstitutsiyaviy huquq. – Toshkent, “Yuridik adabiyotlar publish”,

2022, 147-bet.

3. Sh.Mirziyoyev Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi .Тoshkent, Oʻzbekiston,

2022, 49-бет.

4. https: // lex. Uzto

5. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.Toshkent 2023.

Библиографические ссылки

Ma’muriy huquq: IIV akademik litseylari uchun darslik / R.A. Xatamov,

M.Z. Ziyodullayev, Dj.X. Yuldashev va boshq. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV

Akademiyasi, 2022.

Husanov O.T. Konstitutsiyaviy huquq. – Toshkent, “Yuridik adabiyotlar publish”,

, 147-bet.

Sh.Mirziyoyev Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi .Тoshkent, Oʻzbekiston,

, 49-бет.

https: // lex. Uzto

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.Toshkent 2023.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)