Авторы

  • Qoziyeva Ziyoda Saloxiddinovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124451

Ключевые слова:

maktab yosh davri psixologik ruhiy faollik psixik rivojlanish kompleks ruhiy holat tushkunlik psixik taraqqiyot.

Аннотация

Bolada ruhiy faollikni shakillantirish bosqichlari sekin astalik bilan etapma etap amalga oshiriladi.Har qanday bolaning ruhiy rivojlanishida uning psixologik muommalli vaziyatlari vujudga kelishi mumkin.Oilada ota-onaning farzandlariga, 
atrofdagilarga bo’lgan munosabatidan kichik yoshdagi bolalarda ruhiyatining rivojlanishi psixologok ta’sir kuchlarining ijobiy yoki salbiy tomonlarini ko’rishimiz 
mumkin bo’ladi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

447

2181-

3187

SHAXSDA RUHIYATNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK

MASALALARI

Qoziyeva Ziyoda Saloxiddinovna

Toshkent viloyati Boʻka tumani MMTB qarashli

32-maktab amaliyotchi psixologi

ANNOTATSIYA

Bolada ruhiy faollikni shakillantirish bosqichlari sekin astalik bilan etapma etap

amalga oshiriladi.Har qanday bolaning ruhiy rivojlanishida uning psixologik

muommalli vaziyatlari vujudga kelishi mumkin.Oilada ota-onaning farzandlariga,

atrofdagilarga bo’lgan munosabatidan kichik yoshdagi bolalarda ruhiyatining

rivojlanishi psixologok ta’sir kuchlarining ijobiy yoki salbiy tomonlarini ko’rishimiz

mumkin bo’ladi.

Kalit so’zlar:

maktab yosh davri psixologik, ruhiy faollik, psixik rivojlanish,

kompleks, ruhiy holat, tushkunlik, psixik taraqqiyot.

KIRISH

Ruxiy faollik tashqi muhit tasirida ro’y beradi.Maktab yosh davrda ruhiy

faollikni shakillantirshning psixologik muammolari bolaning o’nib o’sadigan oiladan

boshlanadi Oiladagi sog’lom muhutning qanchalik darajada yuqori cho’qqida turishi

bilan maktab yoshidagi bolalardagi ruhiy faollik alomatlari ijobiy jihatlari bilan

namoyon etila boshlaydi, bunda ota-onaning aka-ukalarning, opa-singillarning bola

rivojlanishidagi ta’sirlari bilan izohlanadi.

Bolada ruhiy faollikni shakillantirish bosqichlari sekin astalik bilan etapma etap

amalga oshiriladi.Har qanday bolaning ruhiy rivojlanishida uning psixologik

muommalli vaziyatlari vujudga kelishi mumkin.Oilada ota-onaning farzandlariga,

atrofdagilarga bo’lgan munosabatidan kichik yoshdagi bolalarda ruhiyatining

rivojlanishi psixologok ta’sir kuchlarining ijobiy yoki salbiy tomonlarini ko’rishimiz

mumkin bo’ladi.Maktab yosh davrida ruhiy faollikni shakillantirshda bolani aqliy


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

448

2181-

3187

taffakurida kechadigan ruhiy kechinmalar psixologik jarayonlar muhum o’rin

tutadi.Bu davrda bolalar tomonidan atrof olamga bo’lgan e’tibor jumboqli vaziyatlar

va ushbu jumboqli vaziyatlarda bolaning ruhiyatiga bo’ladigan ta’sirlarni to’g’ri

yo’nalishga solish va ularning psixologik jihatdan qo’llab quvvatlash ota-ona yoki aka-

opalari tomonidan to’gri tashkil etilishi kerak bo’ladi.Boladagi ruhiy faollik holatlari

psixologik jihatdan muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirishi mumkin.Masalan oilada

ota-ona,akaopalarning yoki bo’lmasa oilaga qarindoshchiligi bo’lgan kimsalar

tomonidan turli vaziyatlardagi (turmush tashvishlarda) uchraydigan vaziyatlar salbiy

ta’sir qilishi mumkin.

Bunday holatlarda bolaning ruhiy rivojlanishiga va psixikasiga salbiy ta’sir

qilmasligi uchun mavjud muammolli vaziyatlarni yosh bolalarning yonida yoki oldida

gapirmaslik muhum sanaladi.Yosh bolaning ruhiy holatidagi o’zgarishlar uning

kelajakda qanday xarakterdagi inson bo’lib rivojlanishida katta ta’sir kuchiga ega deb

hisoblasak mubolag’a bo’lmaydi.Bolada jismoniy rivojlanish bilan birga shaxs

xususiyatlari,intizom, javobgarlik,ma’suliyat va atrofdagilarga bo’lgan hurmat kabi

tuyg’ular shakillana boshlaydi. 7-12 yoshli bolalarda tashabbus tuy’gusi ma’lum bir

qandaydir ishlarni amalga oshirish atrofdagi o’zidan kattalarga nisbatan muloqat

tuyg’usi, bolaning o’z xayolot dunyosi shakillanadi va shu bilan birga ruhiy psixologik

jarayonlar kechadi. Rivojlanish jarayonida faqat bilim va harakat usullarining

o‘zgarishi, murakablashishi sodir bo‘lmaydi. Bolaning psixik rivojlanishi uning butun

shaxsidagi o‘zgarishlar, ya’ni shaxsning umumiy xususiyatlari rivojlanishini o‘z ichiga

oladi.

Rivojlanish dinamikasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

1) bola shaxsini yo‘naltirishdagi umumiy xususiyatlar (o‘qish, anglash,

atrofdagilar bilan munosabat),

2) faoliyatining psixologik tuzilishi xususiyatlari (motiv, maqsad, ob’ekt) va 3)

anglash mexanizimining rivojlanish darajasi.

Shunday qilib, bolaning butun rivojlanish jarayonini uch qismga bo‘lish

mumkin:


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

449

2181-

3187

1) ta’lim jarayonida bilim va faoliyat usullarining rivojlanishi,

2) egallangan usullarni tatbiq etish mexanizmlarining psixologik rivojlanishi,

3) shaxs umumiy xususiyatlarining rivojlanishi

(yo‘naltirilganlik, faoliyatning psixologik tuzilishi, anglash va fikrlash).

Ko‘rsatilgan rivojlanish yo‘llarining har biri o‘ziga xos. Bu yo‘llarning barchasi o‘zaro

bog‘liqlik va faqat birgalikdagina psixik rivojlanish deb ataluvchi shaxsdagi

o‘zgarishlar jarayonini tashkil etadi. Psixik rivojlanish va bu o’zgarishlarga sabab

bo’ladigan kuchlar o’rtasidagi munosabat qonunlarini o’rganish yosh davrlari

psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining muhim va dolzarb muammolaridan

biridir.Inson shaxsining psixik rivojlanishi va uning shakllanishi murakkab tadqiqot

jarayonidir. Zero, uning o’ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini asosli ilmiy bilish,

o’quvchi shaxsiga pedagogik jihatdan ta’sir ko’rsatishning zarur shartidir.

Xo’sh, odam psixikasi va xatti-harakatlarida namoyon bo’ladigan bu

xususiyatlarni nimalar sirasiga kiritish mumkin? Inson psixikasining tabiati biologik

yoki inqilobiy harakterga egami?Inson shaxsining tarkib topishini tushuntirishga

intiluvchi biogenetik oqim XIX asrning ikinchi yarmida maydonga kelgan.Bola psixik

xususiyatlarining tugma tabiati haqidagi ma’lumot shu vaqtga qadar aksariyat

psixologiya maktablarining asosini tashkil etib kelmoqda.Mazkur ta’limot inson

psixikasining barcha umumiy va individual xususiyatlari tabiat tomonidan belgilangan,

uning biologik tuzilishiga tenglashtirilgandir, psixik rivojlanish esa, irsiy yo’l bilan

azaldan belgilanib, inson organizmiga joylashtirilgan shu xususiyatlarning maromiga

yetilish jarayonidan iborat deb ta’kidlaydi. Ma’lumki, nasliy xususiyatlar tug’ma yo’l

bilan nasldan naslga tayyor holda beriladi, biroq shunday bo’lishiga qaramay, bu oqim

namoyandalari inson shaxsi va uning barcha xususiyatlari «ichki qonunlar» asosida,

yani nasliy xususiyatlar negizida maydonga keladigan narsa, biologik omillarga

bog’liqdir, deb ta’kidlaydilar.Biogenetik ta’limot, inson qobiliyatlarining rivojlanish

darajasi (chunonchi, imkoniyatlarning chegarasi, uning eng yuksak nuqtasi) taqdir

tomonidan belgilanib qo’yilganligini, o’quvchi imkoniyatlari va qobiliyatlarini maxsus

testlar yordamida aniqlab, undan so’ng ta’lim jarayonini uning irsiyat tomonidan


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

450

2181-

3187

belgilangan taraqqiyot darajasiga moslashtirish, ularning aqliy iste’dod darajalariga

qarab turli mavqedagi maktablarda tahsil olishga zarur deb ta’kidlashadi.Chunonchi,

bu yo’nalish tarafdorlaridan, amerikalik psixolog E.Torndayk o’quvchilarning

«tabiyaviy kuchlari» va «tugma mayllar” psixik rivojlanishning yetakchi omili qilib

ko’rsatib, muhitning, ta’lim-tarbiyaning ta’siri - ikkinchi darajalidir deb aytadi.

Avstraliyalik psixolog K.Byuler bolalarning faqat aqliy taraqqiyotini emas, balki

axloqiy rivojlanishi ham nasliy tomondan belgilangandir, deb ta’kidlaydi.Amerikalik

pedagog va psixolog Dj.Dyui-inson tabiatini o’zgartirib bo’lmaydi, odam irsiyat

vositasida hosil qilgan ehtiyojlari va psixik xususiyatlari bilan tug’iladi. Bu ehtiyojlar

va psixik xususiyatlar tarbiya jarayonida namoyon bo’lib, bazida o’zgarishi,

tarbiyaning esa miqdorini belgilab beruvchi mezondir, deb hisoblaydi.. Z.Freyd,

shaxsning faolligini dastavval jinsiy mayllar bilan boglaydi. Oqibatda odam o’zining

ko’p instinktlari va mayllarini bosishga, tormozlashga majbur bo’ladi.

Uning ta’limotiga ko’ra, tormozlangan instinkt va mayllar yo’kolib ketmaydi,

balki bizga noma’lum bo’lgan ongsizlik darajasiga o’tkazilib yuboriladi. Ongsizlik

darajasidagi bunday instinktlar va mayllar har turli «komplekstiv birlashadilar, go’yo

inson shaxsi faolligining haqiqiy sababi ayni shu «Komplekslar»ni namoyon

bo’lishidir. Inson shaxsining tarkib topishini o’rganish davomida yuzaga kelgan yana

bir ta’limot- sosiogenetik konsepsiya qobiliyatlarning taraqqiyotini, faqat, tevarak-

atrofdagi muhitning ta’siri bilan tushuntiradi. Shuning uchun bolaning qanday odam

bo’lib yetishishi, ya’ni unda qanday shaxsiy fazilatlarning tarkib topishi bola hayotdan

oladigan tajribaga, o’zgalar bilan muloqot jarayonida oladigan hayotiy tushuncha va

tasavvurlariga bog’liqdir, deb ta’kidlaydi.

Kuzatishlar jarayonida shu narsa ma’lum bo’ldiki, odamdagi tugma, irsiy

mexanizmlari uning psixik rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi-yu, biroq uning mazmunini

ham, shaxsiy fazilatlarini ham belgilab bera olmaydi, Ta’kidlash zarurki, muhit ham

bola psixikasivi rivojlantirishda muayyan rol o’ynaydi. Faqat, buning uchun bolani

o’qitayotgan kishilarning ta’siri natijasida bola ana shu muhitni faol ravishda o’rganib

olishi, tabiiydir.Psixologiya fani zamonaviy ta’limotga asoslangan holda inson


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

451

2181-

3187

shaxsining tarkib topishini asosan uchta omilning ta’siriga bog’liqlini dalillar asosida

izohlab beradi. Ulardan;

-

birinchisi - inson tug’ilib voyaga yetadigan tashqi ijtimoiy muhitning

ta’siri;

-

ikkinchisi - odamga uzoq muddat davomida muntazam tarzda

beriladigan ta’lim tarbiyaning ta’siri;

-

uchinchisi - odamga tug’ma ravishda, tayyor holda beriladigan nasliy

xususiyatlarning ta’siridir.

Ma’lumki, har bir odam o’ziga xos, boshqalarda aynan takrorlanmaydigan

ijtimoiy muxitda, aniq ijtimoiy munosabatlarda, ya’ni oila, jamoa va jamiyatda,

odamlar orasida yashab ulg’ayadi, shakllanadi.Bu ijtimoiy munosabatlarga odam

jamiyat a’zosi sifatida, ma’lum sinfning, u yoki bu ijtimoiy guruhning namoyandasi

sifatida va nihoyat, Tashqil qilinganlik va uyushqoqlik darajasi turlicha bo’lgan

muayyan jamoalarning faol a’zosi sifatida qatnashadi.Shaxsning mohiyati o’z tabiati

jihatidan ijtimoiy harakterga egadir. Shaxsdagi barcha psixik xususiyatlari, ruhiy

faolligining rivojlaiish manbalari uning tevarak-atrofidagi ijtimoiy muhitda,

jamiyatdadir. Inson shaxsi sababiy bog’liqlikda bo’lib, uning ijtimoiy turmushi bilan

belgilanadi. Mana shu ma’noda shaxsning taraqqiyoti odamlar bilan munosabatda

yuzaga keladigan ijtimoiy tajribani egallash jarayonidan iboratdir. Buning natijasida

insonning psixik xususiyatlari, axloqiy fazilatlari, harakteri, irodaviy sifatlari,

qiziqishlari, e’tiqod va dunyoqarashi tarkib topadi.Muhit, ma’lum maqsadga qaratilgan

ta’lim va tarbiya, azaldan berilgan, genotik jihatdan qatiy belgilangan nimanidir

namoyon qilish uchun sharoitgina bo’lib qolmay, balki inson psixik xususiyatlarini

tarkib toptiradi.Bu borada, birinchidan, odam muhit ta’siri ostidagi passiv obyekt

bo’lmay, balki faol mavjudotdir, Shu bois hayot sharoiti, tashqi ta’sir inson psixikasini

belgilamaydi, balki odamning muhit bilan bo’lgan o’zaro ta’siri orqali, uning

muhitdagi faoliyati orqali belgilanadi.

XULOSA


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

452

2181-

3187

Shu sababli muhitning ta’siri haqida emas, balki odamning tevarak-atrofdagi

muhit bilan faol o’zaro ta’siri haqida gapirish maqsadga muvofiqdir.Ikkinchidan,

psixikaning rivojlanishi pirovard natijada tashqi sharoitlarga, tashqi ta’sirotlarga

bog’liqdir. Lekin bu rivojlanishini bevosita tashqi sharoitdan va tashqi vaziyatdan

keltirib chiqarib bo’lmaydi. Bu sharoitlar hamda vaziyatlar hamisha odamning hayotiy

tajribasi, uning shaxsi, individual psixologik xususiyatlari va psixik qnyofasi orqali

ta’sir qiladi. Yuqoridagilardan xulosa chiqarib shuni aytish mumkinki, bola shaxsi

faol mavjudot sifatida o’zi ham ongli ravishda o’z shaxsini o’zgartirishi, ya’ni

o’zio’zini tarbiyalash bilan shug’ullanishi mumkin, lekin, bu jarayon atrof-muhitdan

ajralgan holda emas, balki muhit bilan moslashgan holda va muhit bilan o’zaro

munosabatda sodir bo’ladi., Odamning (bolaning, o’quvchining) ijtimoiy tashkil

topgan va faol faoliyati uning psixik rivojlanishining asosi, vositasi hamda shartidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

Kamarali S.E. Sotsialg’no-psixologicheskie aspektq obo’eniya (tezisq k

dokladu). – Donetsk: DonNU, 2007.- 16 s.

2.

Kamardina G.G. Psixologicheskie trudnosti obo’eniya: osnovq psixotexnologii:

K

Ucheb. posobie. – Ulg’yanovsk, 2000.- 52 s.

3. Karimova V., Akramova F. Psixologiya. Mahruzalar matni. – Toshkent: FTDK,

DITAF, 2000.- 171.

4. Internet materiallari

Библиографические ссылки

Kamarali S.E. Sotsialg’no-psixologicheskie aspektq obo’eniya (tezisq k

dokladu). – Donetsk: DonNU, 2007.- 16 s.

Kamardina G.G. Psixologicheskie trudnosti obo’eniya: osnovq psixotexnologii:

K

Ucheb. posobie. – Ulg’yanovsk, 2000.- 52 s.

Karimova V., Akramova F. Psixologiya. Mahruzalar matni. – Toshkent: FTDK,

DITAF, 2000.- 171.

Internet materiallari