ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–3_ июня–2025
355
2181-
3187
BIOLOGIYA FANINI O’QITISHDA TA’LIM SAMARADORLIGINI
OSHIRISH YO’LLARI
HAYDAROVA NAYVRO’ZAXON MIRZAVALIYEVNA .
Furqat tumani
kasb-hunar maktabi, biologiya fani o'qituvchisi.
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada biologiya fanini o’qitishda ta’lim
samaradorligini oshirish yo’llari haqida fikr yurutilgan. Hozirgi ta’lim tizimida
bilimlarni egallashning yangi kontsepedagogik texnologiyasi va biologiya fanini
o’qitishda ta’lim samaradorligini oshirishda o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil
etishning yo'llari tahlil etilgan.
Kalit so’zlar:
biologiya, yangi kontsepedagogik texnologiyasiya, texnologiya,
metod, bilish faoliyati, zamonaviy ta’lim
KIRISH:
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng, ta’limga e’tibor yanada
oshdi. Hozirda zamonaviy ta’lim tizimidan foydalanilib, biologiya fanida zamonaviy
ta’lim bu – darslarning an’anaviy tarzda tashkil etish boʻlib, uning muhim belgisi aniq,
natijali maqsadga erishishdir.
Noan’anaviy ta’lim texnologiyasi an’anaviy ta’lim texnologiyasidan farq qilib,
oʻquvchilarning bilish imkoniyatlarini rivojlanishiga sharoit yaratadi, mustaqil
ishlashlariga alohida e’tibor beriladi, bilish faoliyatlari izlanuvchan va ijodiy
xarakterga ega boʻladi. Biologiyadan ma’lumki, ta’limni pedagogic texnologiyalar
asosida takomillashtirish xususida ajdodlarimiz ham bir qancha izlanishlar olib
borganlar.
Sharqning buyuk allomalari Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Fargoʻniy, Abu Nasr
Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug’bek kabi qomusiy olimlar oʻz asarlarida
maktab va madrasalarda insonni aqliy kamolotga yetkazishda oʻqitishning turli usullari
va vositalaridan foydalanishga katta ahamiyat berganliklarini ta’kidlab oʻtishgan.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–3_ июня–2025
356
2181-
3187
Hozirgi ta’lim tizimida bilimlarni egallashning yangi kontsepedagogik
texnologiyasi - noan’anaviy ta’lim texnologiyalarining uslublarini qoʻllashni taqazo
etmoqda.
Noan’anaviy ta’lim texnologiyasi: Hamkorlikda oʻrganish, modellashtirish,
tadqiqot(loyiha) texnologiyalariga boʻlinadi va u yaxlit uzviy tizim asosida olib
boriladi. Pedagogik texnologiyaning asosiy tushunchasi, soʻzsiz, oʻquvjarayoniga
tizim sifatida yondashishdir. Noan’anaviy ta’lim berish usuli ta’limiy maqsadn iamalga
oshirish boʻyicha ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi bilan hamkorlik faoliyatining asosi
hisoblanadi. Usullar: ta’lim oluvchi bilishi, udallashi va qadrlashi lozim boʻlgan
koʻzlanayotgan natijalarga erishishni ta’minlaydi. Bunda ta’lim-tarbiyada ishtirok
etuvchi barcha narsa va hodisalar oʻzaro funksional bog’liqlikda boʻlib, bir butunlikni,
ya’ni pedagogic jarayon majmuini tashkil qiladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR:
Maktabda biologiya fanini o'qitishni doimiy ravishda ko'rgazmali eksperiment
bilan birga olib boorish kerak. Biroq, zamonaviy maktabda fan bo'yicha eksperimental
mashg'ulotlar ko'pincha mashg'ulot vaqtining yetishmasligi va zamonaviy moddiy
texnik jihozlarning yetishmasligi tufayli qiyinlashadi. Laboratoriya, laboratoriyasi
zarur asbob va materialla rbilan to'liq ta'minlangan bo'lsa ham, haqiqiy tajriba
tayyorlash va o'tkazish uchun ham, ish natijalarini tahlil qilish uchun ham ko'proq vaqt
talab etadi. Bundan tashqari, o'ziga xosligi sababli, haqiqiy tajriba ko'pincha o'zining
asosiy maqsadini – bilim manbai bo'lib xizma tqilishni amalga oshirmaydi. Ko'pgina
biologic jarayonlar murakkabdir.
Tasavvurli fikrlash qobiliyatiga ega bolalar mavhum umumlashtirishni
o'zlashtirishda qiynaladilar, rasmsiz ular jarayonni tushunishga, hodisani o'rganishga
qodir emaslar. Ularning mavhum tafakkuri rivojlanishi tasvirla rorqali sodir bo'ladi.
Multimediya animatsion modellari o’quvchilar ongida biologic jarayonning ajralmas
manzarasini shakllantirishga imkon beradi, interfaol modellar esa jarayonni mustaqil
ravishda "qurish", xatolarini tuzatish va mustaqil ishlashga imkon beradi. Ta'lim
jarayonida multimedia texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklaridan biri bu
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–3_ июня–2025
357
2181-
3187
faoliyatning yangiligi, kompyuter bilan ishlashga qiziqish tufayli o'quv sifatini
oshirishdir. Darslarda kompyuterdan foydalanish o'quvchilarning faol va mazmunli
ishlarini tashkil etishning yangi usuliga aylanib, darslarni yanada foydali va qiziqarli
qiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR:
Ta’lim jarayonida o‘quvchi o'qituvchining
bevosita rahbarligida, ta’lim mazmuni, metodlari, vositalari va shakllari yordamida
organic olamning qonuniyatlari, hodisa va voqealaming mohiyati, o'ziga xos
xususiyatlarini o'rganadi va bilim, ko'nikma hamda malakalarni egallaydi.
Ta’lim dargohlarida biologiya fani o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashini, ya’ni
dunyo va inson, inson va olam o’rtasidagi munosabatlar haqidagi eng umumiy
qarashlar tizimi shakllantirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, u shaxsning hayotiy
dasturini, e’tiqodini, qiziqishlarini belgilaydi.
Biologiyani o’qitish jarayonida tabiiy fanlarning hozirgi holatiga muvofiq ilmiy
dunyoqarashini rivojlantirish voqelikni yaxlit idrok etishning tabiiy ehtiyoji bilan
bog’liq holda falsafiy muammolarga qiziqishi ortgan o’rta maktab o’quvchilari uchun
alohida ahamiyatga ega.
Maktab biologiyasi boshqa fanlarga o’xshamagan holda, tabiat hodisalarga tizimli
va tarixiy yondashuv birligini bilim kuchini ko’rsatishga yordam beradi.
Biologiya o’qitish jarayonida maktab o’quvchilarning dialect tafakkurini
rivojlantirish bilan birgalikda ularda organic dunyoning ilmiy manzarasi, hayotning
tarixiyligi va uning harakat tizimidagi o’rni, qarama-qarshi bilish usullari bilan ochib
beriladi. Biologiya maktab tizimidagi tabiatshunoslik siklining yetakchi fanlardan
biridir, chunki u shaxsning shakllanishida va rivojlanishida katta ahamiyatga ega.
Biologiyafaninio’qitish jarayonining samaradorligini oshirishda quyidagilar
e’tiborga olinishi lozim:
- O’qitish jarayonining maqsadiga erishish uchun uning mazmuniga mosholda,
vosita, metod va shakllarini tanlash.Ularning tahsil oluvchilarining motivi, ehtiyoji,
qiziqishiga uyg’unligi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–3_ июня–2025
358
2181-
3187
- O’qitish jarayonini loyihalash, o’qitish mazmuni va maqsadga erishish
vositalarini tanlash, o’quv materialini turli usullar yordamida yetkazish va ongli
o’zlashtirishga erishish.
- Tahsil oluvchilarning o’quv operatsiyalarini bajarish,o’qituvchiva tahsil
oluvchilarning o’quv ishlarini samarali tashkil etish.
- O’qitish jarayonida teskari aloqani tashkil etish, nazorat va o’quv materialini
o’zlashtirish jarayoniga tegishli o’zgartirishlar kiritish va o’z-o’zini nazoratini amalga
oshirish.
- Tahlil va o’z-o’zini tahlil qilish, o’qitish natijasini baholash.
- Darsni, o’qitishning boshqa shakllari(darsdan,sinfdan, maktabdan tashqari
ishlar, ekskursiyalar) bilan uyg’unlikda tashkil etish. Bundan tashqari, samaradorlikni
oshirishda o’qitish jarayonining tashkilotchisi, boshqaruvchisi bo’lgan o’qituvchi
faoliyati muhim rol o’ynaydi.
Biologik ta’limning roli insoniyat hayotida katta ahamiyatga ega. Biologiya
о‘qituvchi biologic bilimlarning har bir inson hayoti va mehnatidagi rolini chuqur
anglashi, bunga ishonch hosil qilishi lozim, bu shunday ishonchni о‘quvchilarda
tarbiyalash uchun zarurdir. Maktabda о‘qituvchining muvaffaqiyatli ish olib
borishining birinchi sharti ana shudir, chunki tarbiyalovchi ta’lim jarayoni ishonchga
asoslanadi. Biologiya о‘qituvchisining kasbi, о‘quvchilarga nega har bir odam
biologiyani о‘rganish zarurligini singdirishi uchun yuqori saviyadagi bilim va
mustahkam idorani talab etadi. 21-asrda fan va texnika rivojlanib ketdi, natijada
insoniyat о‘zi yashayotgan muhit bilan qarama-qarshilikka duch kelmoqda,
muhituning sog‘ligiga va hayotiga havf solmoqda. Sababi ishlab chiqarish va transport
chiqindilari, о‘rmonlarni kamayishi, azon qavatida teshiklar hosil bо‘lishidir. Butun
dunyoda tabiatni muhofaza qilish, uning resurslarini qayta tiklash va ulardan unumli
foydalanish, barcha insoniyat oldida turgan muhim vazifalardan bо‘lib kelmoqda. Har
bir kishi, davlat va butun insoniyat uchun biologic bilimlarning keng yoyilishi va
ahamiyati misli kо‘rilmagan darajada oshdi. Biologiyafanining yutuqlari ishonchli
tarzda insoniyat yangi asrga, biologiya asriga kirib borganligi haqida dalolat bermoqda.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–3_ июня–2025
359
2181-
3187
Biologiya fanining yutuqlari kо‘p jihatidan tabiiy fanlar fizika, kimyo, matematika,
astronomiya sohasida erishilgan yutuqlardan foydalanish natijasida yuz bermoqda. Bu
fanlarning yutuqlari va metodlari asosida electron mikroskopiya, spektroskopiya,
rentgenostruktura tahlili, hujayraning molekulyar va submolekulyar darajada о‘rganish
imkonini beradi. Bioximiya va biofizika metodlari asosida tajribalar о‘tkazish
natijasida moddalar almashinuvi ayniqsa oqsil biosintezining mexanizmi ochib berildi,
fotosintez sirlari ochildi. Irsiyatning moddiy asosi DNK va RNK strukturasi, funksiyasi
ayon bо‘ladi, aminokislotalarning genetic kodi ochib berildi. О‘qituvchi
mashg‘ulotlarni bir-biri bilan uzviy ravishda tashkil etish asnosida biologic ta’lim
samaradorligiga erishish, о‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish,
umumbiologik va xususiy tushunchalar hamda о‘quv-amaliy kо‘nikmalarni izchil
ravishda tarkib toptirish, mantiqiy fikr yuritishga о‘rgatishni nazarda tutadi.
Biologiyani о‘qitishda tizimli yondoshuvni amalga oshirish uchun о‘qituvchi о‘quv
yili boshida istiqbol reja tuzishi lozim. Mazkur reja biologiyani о‘qitishning barcha
shakllarini uzviy ravishda qamrab olishi, о‘quv dasturidan о‘rin olgan boblar va
mavzular bо‘yicha darslar tizimi, о‘quv yilidagi choraklar va ta’tillar hisobga olingan
holda о‘tkazish muddatlari, fanlararo bog‘lanishlar, ekskursiyalar, darsdan va sinfdan
tashqari ishlar aks etadi.
XULOSA:
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, biologiyafani o’qitishda ta’lim
samaradorligini oshirishda o’qituvchi va o’quvchi ya’ni tahsil oluvchining o’rni
birdekdir. Hozirgi zamon ta’lim-tarbiya jarayonida o'z hukmronligini saqlab
kelayotgan an’anaviy ta’lim, o'quvchilani yalpi o'qitishni va o'quvchilarning bilish
faoliyati passiv tinglovchi sifatida tashkil etishni nazarda tutadi. O'qitish ishlarini
tashkil etishda o'rta saviyali o'quvchi nazarda tutiladi, o'quvchilarning mustaqilligi
e’tibordan chetda qoladi, o'quv faoliyati o'qituvchi tomonidan boshqariladi.
REFERENCES:
1. Ochilov М. Yangi pedagogic texnologiyalar. - Qarshi: Nasaf, 2000.
2. Sayidaxmedov N. Yangi pedagogic texnologiyalar. - Toshkent: Moliya, 2003.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–3_ июня–2025
360
2181-
3187
3. Tolipova J.O., G'ofurov A.T..Biologiya ta’limi texnologiyalari. - Т.: O'qituvchi,
2002.
4. TolipovaJ.O.,.G'ofurov A.T. Biologiya o'qitish metodikasi. Pedagogika oily o'quv
yurtlari talabalari uchun darslik. - T.:,Moliya-iqtisod, 2007.
5. Tolipova J.O., G'ofurov A.T. Biologiya o'qitish metodikasi. O'quv-metodik
qo'llanma. - Т.: «Bilim» 2004.
6. Azimov va boshqalar. Biologiya. Metodik qo'llanma. - T.:, Abu Ali ibn Sino
nomidagi Tibbiyot nashriyoti. 2002