Авторы

  • Movlanova Ulxon Xurramovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124473

Ключевые слова:

kasb-hunar o‘quvchi ta’lim ota-ona o‘qituvchi kasbga yo‘naltirish umumta’lim maktablari imkoniyatlar qobiliyat.

Аннотация

Mazkur maqolada o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish jarayonining ijtimoiy va psixologik tamoyillari tahlil qilinadi. Kasb tanlashda o‘quvchi shaxsining qiziqishi, qobiliyati, oila va jamiyatning roli, shuningdek, maktabdagi pedagogik muhitning ta’siri ilmiy asosda yoritilgan. Kasbga yo‘naltirishda zamonaviy yondashuvlar, individual va differensial yondashuvning ahamiyati asoslab berilgan. 
Kalit so‘zlar: kasb-hunar, o‘quvchi, ta’lim, ota-ona, o‘qituvchi, kasbga yo‘naltirish, umumta’lim maktablari, imkoniyatlar, qobi


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

286

2181-

3187

O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH

USULLARINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK TAMOYILLARI

Movlanova Ulxon Xurramovna

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani

MMTBga qarashli 24-umumiy o‘rta ta`lim

maktabning psixologi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish

jarayonining ijtimoiy va psixologik tamoyillari tahlil qilinadi. Kasb tanlashda o‘quvchi

shaxsining qiziqishi, qobiliyati, oila va jamiyatning roli, shuningdek, maktabdagi

pedagogik muhitning ta’siri ilmiy asosda yoritilgan. Kasbga yo‘naltirishda zamonaviy

yondashuvlar, individual va differensial yondashuvning ahamiyati asoslab berilgan.

Kalit so‘zlar:

kasb-hunar, o‘quvchi, ta’lim, ota-ona, o‘qituvchi, kasbga

yo‘naltirish, umumta’lim maktablari, imkoniyatlar, qobiliyat.

Kasb tanlash jarayoni ijtimoiy ahamiyat kasb etgani holda, u individual shaxsiyat

bilan bevosita bog‘liq. Shuning uchun ham har bir kasb tanlovchi shaxsga nisbatan

individual yondashuv zarur. Har bir o‘quvchi o‘z qiziqishlari, qobiliyatlari, ehtiyojlari

bilan ajralib turadi. Kasbiy bilim esa – shaxsni kasbning mohiyati, imkoniyatlari,

ijtimoiy vazifalari hamda bu kasbga qo‘yiladigan talablar bilan tanishtirish orqali unga

ongli yondashuvni shakllantiruvchi axborotlar majmuasidir. Kasbga oid ma’lumotlar

shunchaki axborot emas, balki ta’sirchan, hayotiy, to‘laqonli, ijtimoiy va shaxsiy

qiymatga ega bo‘lgan bilimlar tizimidir. Ushbu axborotlarning taqdim etilish shakllari

o‘quvchining yoshi, bilimi, jinsiy xususiyatlari va psixologik holatiga qarab farqlanadi.

Kasb maorifi verbal (og‘zaki) va noverbal (ko‘rgazmali), amaliy (tajriba asosidagi) va

interaktiv (muloqotga asoslangan) shakllarda olib borilishi mumkin. Jumladan,

kuzatuv, ko‘rgazmalar, kasb egalari bilan uchrashuvlar, kasb festivallari, tanlovlar

orqali o‘quvchilarda kasbga nisbatan qiziqish uyg‘otiladi. To‘g‘ri tanlangan kasb inson


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

287

2181-

3187

hayotida ijodiylik, mehnatdan mamnunlik, o‘z-o‘zini anglash va rivojlantirish

vositasiga aylanadi. Bu esa nafaqat shaxs uchun, balki jamiyat uchun ham katta foyda

keltiradi. Zero, jamiyatning taraqqiyoti o‘z ishini sevgan va ongli ravishda kasb

tanlagan insonlar faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Global ta’lim tajribasida,

xususan YUNESKO tomonidan ilgari surilgan tavsiyalarda, kasbga yo‘naltirish

o‘quvchilarning ilmiy qarashlarini shakllantirish, jismoniy va aqliy salohiyatini uyg‘un

rivojlantirish, texnik vositalardan foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilishda muhim

vosita sifatida baholangan. Shu jihatdan, umumiy o‘rta ta’lim tizimi oldida

o‘quvchilarning kasbiy yo‘nalishini aniqlash va uni to‘g‘ri shakllantirishdek

mas’uliyatli vazifa turadi.

Kasbga yo‘naltirish tizimi – bu har bir shaxsning o‘ziga xos xususiyatlarini

aniqlash, mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olib, jamiyat iqtisodiy manfaatlariga mos

keladigan kasbni ongli ravishda tanlashga tayyorlovchi uzviy, izchil va ilmiy

asoslangan faoliyatdir. Bu tizim o‘z ichiga maqsadlar, tamoyillar, metodlar, vositalar

va samaradorlik mezonlarini qamrab oladi. Ayniqsa, bu jarayonda psixologlar, sinf

rahbarlari, fan o‘qituvchilari va ota-onalar hamkorligining izchil yo‘lga qo‘yilishi

kasbga yo‘naltirishning natijadorligini belgilaydi. Kasbga yo‘naltirishda turli fan

o‘qituvchilari o‘z fanlari doirasida kasbga oid bilim va malakalarni bog‘lab,

integratsiyalashgan yondashuv orqali o‘quvchilarda kasbiy tasavvurni mustahkamlashi

mumkin. Kasb-hunar mohiyati bilan amaliy tanishtirish o‘quvchida qiziqish uyg‘otadi,

mustaqil o‘rganishga undaydi va bu ko‘nikmalar asta-sekin odatga aylanadi.

Shuningdek, maktablarda kasbga yo‘naltirish haftaliklari, mehnat yarmarkalari, kasb

egalari bilan uchrashuvlar, mahorat darslari, interaktiv loyihalar, ijtimoiy so‘rovlar

kabi tadbirlar orqali o‘quvchilarda kasbiy motivatsiyani shakllantirish muhimdir.

Bunday yondashuvlar o‘quvchining o‘z imkoniyatlarini anglashiga, kelajakdagi kasb

tanloviga ongli tarzda yondashishiga zamin yaratadi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

288

2181-

3187

Kasbga yo‘naltirish barcha o‘quv tarbiya ishlari bilan ko‘nikib olib boriladi. Ongli

kasb tanlash еtarli darajadagi umumiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan taqdirdagina

mumkin bo‘ladi. O‘quvchini u yoki bu kasbga maqsadli yo‘naltirishdan avval uning

shaxsini o‘rganish lozim. Buning uchun uni kuzatish (bevosita, bilvosita) o‘quvchining

maktabdagi, jamoat joylaridagi, oila va mehnatdagi amaliy harakatlarning tahlil qilish,

so‘rovnoma o‘tkazish, suhbat, test, interv'yu olish mumkin. Kasbga yo‘naltirishda turli

kasblar, ularga qo‘yiladigan talablar, bu kasbni qayerda egallashlari mumkinligi

to‘g'risida o‘quvchilarga ma'lumot berish katta ahamiyatga ega. Bu esa o‘quvchilarni

aniq kasbni tanlashga ongli munosabatda bo‘lishga tayyorlaydi. O‘quvchilar kasblar

to‘g'risidagi ma'lumotlarni-bilimlarni faqat maktabda emas, balki ommaviy axborot

vositalaridan, tanishlari, qarindoshlaridan ham oladilar. Yoshlar o‘z oldilarida haqiqiy,

keng hayot yo‘li ochilishi uchun ko‘p kuch- g'ayrat sarflashlari kerak va eng asosiysi-

o‘z ko‘ngillariga yoqqan, jamiyatga zarur va foydali ishni tanlashlari lozim. Shu

boisdan ham o‘rta maktabni bitirayotgan yigit va qizlarning ko‘pchiligi qanday kasb

egasi bo‘lish to‘g'risida ko‘p o‘ylaydilar.

Mamlakatimizda turli kasblarni egallash uchun barcha sharoit yaratilgan.

Ayniqsa, ishchi kasblarni o‘rganishning juda keng imkoniyatlari mavjud, jumladan,

Respublikamizda ishchi kadrlar tayyorlashga jiddiy e'tibor berilmoqda, kasb-hunar


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

289

2181-

3187

kollejlarida yoshlar turli kasblarga o‘rgatilmoqda. Yoshlarga maktabdayoq, mazkur

rejaning xalq xo‘jaligini rivojlantirish uchun eng kerakli bo‘lgan aniq ixtisos bo‘yicha

kasbiy tayorgarlik berish lozim.

Bugungi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan amaliy psixologlarning vazifalari asosan

6 ta yo‘nalish bilan belgilanadi, jumladan:

1.Psixologik xizmat ko‘rsatish faoliyatini maktabni xozirga zamon psixologiya

fani yutuqlari bilan ilmiy-uslubiyot bo‘yicha ta’minlashga;

2.Insonning shaxsiy va intellektual (aqliy) jihatdan rivojlanishini diagnostika

qilishga;

3.Ta’lim va tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlashga;

4.Eng

muhim

mavjud

kamchilik

va

buzilishlarning

oldini

olish

(psixoprofiaktika)ga yo‘naltirilgan bo‘lishi;

5.Kasbga yo‘naltirish;

6.Psixologik maslahatlar berish.

Psixoprofilaktikaning asosiy vazifalari bo‘lib:

1. Har bir yosh bosqichida insonning shaxs sifatida shakllanishi aqlan

barkamollikni ta’minlashning oqiloni shart-sharoitlarini yaratish.

2. Shaxs kamoloti va intellektual taraqqiyoti bo‘sag’asida vujudga kelishi

mumkin bo‘lgan psixologik buzili shva nuqsonlarning o‘z vaqtida oldini olish

hisoblanadi [6.47.b].

Bugungi kunda o‘quvchilar tomonidan kasb tanlash masalasi tobora

murakkablashib borayotgan dolzarb muammolardan biriga aylanmoqda. Ijtimoiy

hayotning jadal sur’atlar bilan rivojlanib borishi, yangi-yangi kasblarning paydo

bo‘lishi va mehnat bozoridagi raqobat muhiti shundan dalolat beradiki, har bir yosh

yigit-qiz uchun o‘ziga mos, istiqbolli kasb tanlash zarurati kundan kunga ortib

bormoqda. Prezidentimiz qayta-qayta ta’kidlayotganidek, O‘zbekistonda har bir yigit-

qiz o‘z salohiyatiga, layoqatiga, kasb-hunar malakasiga va jamiyat ehtiyojlariga mos

ravishda ish tanlash huquqiga egadir. Ushbu huquqni amaliyotda to‘liq ta’minlash esa


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

290

2181-

3187

o‘quvchilarning ongli, maqsadli va puxta tayyorgarlikka asoslangan kasb tanlovi orqali

ro‘yobga chiqadi.

Kasb tanlash — bu shunchaki ishsiz qolmaslik uchun biror yo‘nalishni tanlash

emas, balki insonning butun hayot faoliyati, ijtimoiy mavqei, ma’naviy qoniqishi va

iqtisodiy farovonligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan muhim qarordir. Shuning uchun

bu jarayonni to‘g‘ri tashkil qilish, o‘quvchilarga kasb tanlash bo‘yicha zarur

ko‘nikmalar va psixologik tayyorgarlik berish umumta’lim maktablari oldida turgan

eng dolzarb vazifalardan biridir.

Aksar hollarda o‘quvchilar kasb tanlashda bir necha muammolarga duch

keladilar. Bular orasida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

Kasblar haqida yetarli ma’lumotga ega emaslik;

O‘z qiziqishi va qobiliyatlarini to‘g‘ri baholay olmaslik;

Ota-ona yoki atrofdagilarning bosimi ostida noto‘g‘ri tanlov qilish;

Mehnat bozoridagi real talablar bilan tanishmaslik;

O‘z-o‘zini anglash, mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmasining

pastligi.

Mazkur muammolarni bartaraf etishda quyidagi amaliy yo‘llar muhim ahamiyat

kasb etadi:

1.

Ta’limning erta bosqichlaridan boshlab kasbga yo‘naltirish

ishlari

ni tizimli tashkil etish. Bu orqali o‘quvchilar o‘zlari haqida, ijtimoiy-

iqtisodiy muhit haqida, kasblarning mazmun-mohiyati haqida dastlabki

tasavvurlar hosil qiladilar.

2.

Kasbga oid axborotlarning keng taqdimoti

— kasb

ko‘rgazmalari, mutaxassislar bilan uchrashuvlar, kasb-hunar yarmarkalari orqali

o‘quvchilar kasblarning real sharoitlari, mehnat bozori talablari bilan

tanishtiriladi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

291

2181-

3187

3.

Kasb tanlashda psixologik maslahatlar

— maktab psixologlari

o‘quvchilarning

individual

qiziqishlari,

qobiliyatlari,

temperament

xususiyatlarini aniqlash orqali ularga mos keluvchi kasblar bo‘yicha tavsiyalar

beradi.

4.

Ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash

— o‘quvchilar kasb

tanlashida ota-onalar fikrini inkor etmaydi, shu bois ota-onalarni bu jarayonga

ongli jalb etish, ular orasida kasb tanlash madaniyatini shakllantirish muhimdir.

5.

Ijtimoiy sheriklik

— mahalliy korxona va tashkilotlar, hunar

markazlari bilan hamkorlikda amaliy mashg‘ulotlar va stajirovkalarni yo‘lga

qo‘yish orqali o‘quvchilarda kasbga bo‘lgan qiziqish uyg‘otiladi.

Shu bois, o‘quvchilarni kasb tanlashga puxta tayyorlash, ularning hayot yo‘lini

to‘g‘ri belgilashda maktab pedagoglari, psixologlar, ota-onalar va jamiyatning boshqa

ijtimoiy institutlari o‘zaro hamkorlikda harakat qilishi zarur. Kasb tanlashdagi

xatoliklar kelgusida insonning mehnatga nisbatan befarqligiga, ishsizlikka, ijtimoiy

muammolarga olib kelishi mumkin. Aksincha, to‘g‘ri tanlangan kasb esa – shaxsiy

baxt, jamiyat manfaatlariga xizmat, mustahkam ijtimoiy maqom va iqtisodiy

barqarorlik garovidir.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

292

2181-

3187

Kasblarni egallash yo‘llari bilan atroflicha tanishtirish juda muhim. Maktab

tizimida to‘garaklar muhim o‘rin tutadi, fan to‘garaklari, elektrotexnika, radiotexnika,

avtomobil', traktor, pillachilik, o‘simlikshunoslik to‘garaklarida bolalar bilimlarini

kengaytirish bilan, kasb tanlashga amaliy tayyorlanadi. O‘quvchilarni kasbga

yo‘naltirish ularning maktabdagi ko‘zda tutilgan unumli mehnati va ijtimoiy foydali

ishlaridan ham foydalanish zarur. Masalan, o‘quvchilarning qishloq xo‘jalik ishlari

bilan shug'ullanishlari, ko‘rgazmali qurollar yasash, shanbaliklar, obodonlashtirish

ishlarida mehnat madaniyatini egallaydilar, ma'lum kasbga yo‘nalishlar hosil bo‘ladi.

O‘quvchilarni kasb tanlashga tayyorlashda xalq pedagogikasida ko‘rsatilganidek,

o‘quvchilarning uy mehnatidan foydalanish kerak. Ular uy hayvonlarini parvarish

qilish, sabzavot ekinlarini o‘stirish, taom tayyorlash, texnika asboblarini tuzatish kabi

ishlar o‘quvchilarning kasb to‘g'risidagi tushunchalarini kengaytiradi.

Kasbga yo‘naltirishga oid ma'ruza va suhbatlarda; kasb mazmuni, ixtisoslar

ahamiyati, istiqboli, ishning tashkiliy shakllari va metodlari, mehnat qurollari,

imkoniyatlar, moddiy ahvoli, o‘rganish yo‘llari haqida fikr yuritish lozim. O‘quvchilar

diqqatini kasb tanlash masalalariga jalb etish va ularga kasblar haqida tushuncha berish

uchun maktablarda kasbga yo‘naltirish xonasi, burchak tashkil etadi. Unda quyidagilar

bo‘lishi lozim: adabiyotlar ro‘yxati, kasb obyektlari, fotosuratlar, rasmlar, plakatlar,

sxemalar, shu maktabni bitirgan va hozirgi kunda xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida

faol ishlayotgan o‘quvchilar haqida ma'lumot va boshqalar. O‘quvchilarni kasblar

bilan tanishtirish uchun kasb va uning vakillari haqida ma'lumot beradigan

adabiyotlarni, fan, texnika, san'at ishlab chiqarish kishilari haqida hikoya va

ocherklardan foydalanish kerak. O‘quvchilarni kasblar bilan tanishtirish maqsadida

ular uchun turli kasb va ixtisos vakillari bilan uchrashuv va suhbatlar o‘tkazish lozim.

O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishda ota-onalar ham manfaatdordirlar. Shuning uchun

ham o‘quvchilarning ota-onalari bilan aloqa o‘rnatish zarur. Ota-onalar ham maktabga

yordam berishlari, maktabda o‘z kasblari bo‘yicha suhbat, ma'ruza, konsul'tasiya,

uchrashuvlar uyushtirishlari mumkin bo‘ladi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

293

2181-

3187

Xulosa

Kasbga yo‘naltirish – o‘quvchi shaxsining o‘zini anglash, mehnatga munosabati

va kelajakdagi ijtimoiy roli haqida tasavvurlarni shakllantirishning muhim bosqichidir.

Bu jarayonda ijtimoiy va psixologik omillar, pedagogik yondashuvlar, ota-ona va

jamiyat bilan hamkorlik asosiy o‘rinda turadi. Shuning uchun ham kasb tanlash

jarayonini faqat axborot berish emas, balki tarbiyaviy, ma’naviy, ilmiy va psixologik

jihatdan qo‘llab-quvvatlash tizimi sifatida qarash zarurdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Nishanova Z.T. Mustaqil ijodiy fikrlash. — Т.: Fan. 2003.

2. Nishanova Z.T., Dusmuxamedova Sh.A. va b. «Yosh davrlari va pedagogik

psixologiya». — Т.: Fan va texnologiyalar nashriyotining bosmaxonasi. 2013. - 344 b

3. Эльконин Д.Б., Давыдов В.В. Возрастные возможности усвоения знаний. - М:

Просвещение, 1966. -442с

4.

www.ziyonet.uz

5. Saviya.uz

Библиографические ссылки

Nishanova Z.T. Mustaqil ijodiy fikrlash. — Т.: Fan. 2003.

Nishanova Z.T., Dusmuxamedova Sh.A. va b. «Yosh davrlari va pedagogik

psixologiya». — Т.: Fan va texnologiyalar nashriyotining bosmaxonasi. 2013. - 344 b

Эльконин Д.Б., Давыдов В.В. Возрастные возможности усвоения знаний. - М:

Просвещение, 1966. -442с

www.ziyonet.uz

Saviya.uz