ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–3_ июня–2025
282
2181-
3187
BOLALARDA YUQUMLI ICHAK KASALLIKLARI
Yusupaxmedova Rafoatxon Ibragimovna
Asaka Abu Ali ibn Sino
nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi
Pediatriya kafedrasi
o‘qituvchisi.
Annotatsiya.
Ushbu maqolada bolalar orasida keng tarqalgan yuqumli ichak
kasalliklari, ularning sabablari, klinik belgilari, diagnostikasi, davolash va oldini olish
choralari haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, gigiyena qoidalariga rioya qilishning
ahamiyati va ota-onalarning bu boradagi roli ham yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
yuqumli ichak kasalliklari, diareya, gigiyena, dezinfeksiya, bolalar
salomatligi, infeksiya, immunitet
Zamonaviy davrda sog‘liqni saqlash tizimi dunyo miqyosida ijtimoiy jihatdan
nihoyatda muhim o‘rin egallamoqda. O‘zbekiston Respublikasida ham ushbu tizimni
takomillashtirish borasida keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Xususan, onalik
va bolalikni muhofaza qilish, aholi salomatligini saqlash, birlamchi tibbiy-sanitariya
yordami ko‘rsatish hamda shoshilinch tibbiy yordam xizmatlarini rivojlantirishga
qaratilgan bir qator me’yoriy hujjatlar va qarorlar qabul qilindi. Bularning barchasi
mamlakatda tibbiy ta’lim tizimini zamon talablari asosida isloh qilish zaruratini yuzaga
chiqardi. Ayniqsa, tibbiy oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalarning nazariy
bilimlari bilan birga amaliy ko‘nikmalarini chuqurlashtirish, klinik mashg‘ulotlarni
sifatli tashkil etish bugungi kundagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
So‘nggi yillarda bolalar salomatligi bilan bog‘liq muammolar orasida perinatal
davr kasalliklari, nafas yo‘llari infeksiyalari hamda o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari
(O‘YUIK) yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda. Aynan shu guruhdagi kasalliklar
bolalar orasida o‘lim ko‘rsatkichining asosiy sabablari sifatida qayd etilmoqda. O‘tkir
yuqumli ichak kasalliklari zamonaviy pediatriyaning eng dolzarb masalalaridan biri
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–3_ июня–2025
283
2181-
3187
bo‘lib qolmoqda. Ushbu kasalliklar bolalar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib,
ko‘plab diagnostik va terapevtik muammolarni keltirib chiqaradi.
Ayniqsa, ushbu kasalliklarni erta aniqlashdagi murakkabliklar, tez-tez qaytalanib
turishi, surunkali kechishga moyilligi va bemor bolalarning umr ko‘rish
davomiyligining qisqarishi sog‘liqni saqlash tizimi oldida jiddiy masalalarni yuzaga
keltirmoqda. Shu sababli, o‘tkir yuqumli ichak kasalliklarini o‘z vaqtida aniqlash,
ularning klinik kechishini chuqur o‘rganish, laborator diagnostika usullarini
takomillashtirish, samarali davolash va profilaktika choralarini ishlab chiqish muhim
vazifalardan biridir.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, oilaviy poliklinikalar va shifoxonalarga murojaat
qilayotgan bolalar orasida eng keng tarqalgan shikoyatlar aynan O‘YUIK bilan
bog‘liqdir. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, bu holat kasallik qo‘zg‘atuvchilarining – ya’ni
bakterial va virusli infeksiyalar – xilma-xilligi va ularning turlari o‘zgarib borayotgani,
davolash usullarining ba’zida yetarli darajada samarali bo‘lmayotgani, bolalar orasida
immunitetning pasayishi kabi omillar bilan bevosita bog‘liq.
Bolalar kasalliklari deganda, asosan bolalar orasida uchraydigan yoki aynan
bolalik davriga xos tarzda kechadigan kasalliklar majmuasi tushuniladi. Inson
hayotining bu bosqichida organizm hali to‘liq shakllanmagan va immunitet tizimi
to‘liq rivojlanmagan bo‘lgani sababli, bolalar turli yuqumli va ichki kasalliklarga
nisbatan ko‘proq moyil bo‘lishadi. Bolaning fiziologik va psixologik rivojlanishi
bosqichma-bosqich kechadi, shunga ko‘ra bolalik davri bir necha davrlarga bo‘linadi:
•
Ona qornida rivojlanish (prenatal) davri,
•
Chaqaloqlik (neonatal) davri – tug‘ilgandan keyingi dastlabki 4 hafta,
•
Emizikli davr – taxminan 1 yoshgacha bo‘lgan davr,
•
Yasli davri – odatda 3 yoshgacha bo‘lgan bosqich,
•
Maktabgacha davr – 7 yoshgacha,
•
Boshlang‘ich maktab yoshi – 7 yoshdan 12 yoshgacha,
•
O‘smirlik yoki balog‘atga yetish davri – 12 yoshdan 18 yoshgacha.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–3_ июня–2025
284
2181-
3187
Har bir davrning o‘ziga xos fiziologik ehtiyojlari va kasallikka nisbatan
sezuvchanlik darajasi mavjud. Jumladan, ona qornida rivojlanish jarayoni bolaning
sog‘lom shakllanishida juda muhim ahamiyatga ega. Agar homiladorlik davrida ona
sog‘ligida muammolar bo‘lsa, noto‘g‘ri ovqatlansa, zararli moddalar (masalan, dori
vositalari, ichimlik, sigaret, zaharli kimyoviy moddalar) ta’siriga uchrasa yoki turmush
sharoitlari yomon bo‘lsa, bu holatlar nafaqat onaning, balki homilaning normal o‘sish
va rivojlanishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ayniqsa, tug‘ruq paytidagi xavfli omillar – kislorod yetishmovchiligi (asfiksiya),
tug‘ruq vaqtida olingan shikastlar, markaziy asab tizimining falajlanishi yoki tug‘ma
infeksiyalar, masalan, stafilokokk infeksiyasi kabi holatlar yangi tug‘ilgan chaqaloq
salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Bu kabi holatlar chaqaloqda kindik atrofida
yiringli yallig‘lanish – omfalit, chilla yara va hatto sepsis (qonning yiringli
zararlanishi) kabi og‘ir kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Chaqaloqlar, ayniqsa, to‘liq muddatda tug‘ilganlarga nisbatan chala tug‘ilgan
bolalar infeksiyalarga nisbatan sezuvchanroq bo‘ladi. Ular immuniteti zaif bo‘lgani
sababli yiringlatuvchi mikroorganizmlarning ta’siriga tez berilishadi. Bu davrda nafas
yo‘llarining yallig‘lanishi – masalan, zotiljam (pnevmoniya) kabi kasalliklar ham juda
xavfli hisoblanadi.
Emizikli davrda esa bola ona suti yoki sun’iy aralashmalardan foydalana
boshlaydi. Bu davrda ovqatlanish tizimining o‘zgarishiga organizm hali to‘liq
moslashmagan bo‘ladi. Shu sababli noto‘g‘ri ovqatlantirish – vaqtida yoki yetarli ovqat
bermaslik, gigiyena qoidalariga amal qilmaslik, sun’iy oziq-ovqatlar bilan tez-tez
tajriba qilish holatlari bola sog‘lig‘ida jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Eng
ko‘p uchraydigan kasalliklar bu – me’da-ichak tizimi bilan bog‘liq muammolar,
masalan, diareya (ich ketish), dispepsiya (hazm buzilishi), ichak infeksiyalari,
shuningdek, metabolik (modda almashinuvi) buzilishlardir.
Ya’ni, har bir yosh bosqichi bola organizmi uchun muhim davr bo‘lib, ushbu
davrda yuzaga keladigan kasalliklar nafaqat hozirgi, balki keyingi hayotiga ham katta
ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun bolalarning sog‘ligini himoya qilishda har
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–3_ июня–2025
285
2181-
3187
bir bosqichga mos ravishda profilaktika, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish,
ovqatlanish va tashqi muhit omillariga e’tibor qaratish zarur.
Yuqumli ichak kasalliklari — bu ovqat hazm qilish tizimini zararlovchi
mikroorganizmlar (viruslar, bakteriyalar, parazitlar) sababli kelib chiqadigan
kasalliklardir. Ular ayniqsa bolalar orasida keng tarqalgan bo‘lib, yosh bolalarda
immun tizimi yetarlicha rivojlanmaganligi tufayli bu kasalliklar og‘ir kechishi
mumkin.
Bolalarda ichak infeksiyalariga sabab bo‘ladigan omillar quyidagilardir:
•
Gigiyena qoidalariga rioya qilinmasligi;
•
Yuqoriligi ishonchsiz suv yoki yuvilmagan oziq-ovqat mahsulotlarining
iste’moli;
•
Bolalarning tuproq, iflos qo‘llar yoki o‘yinchoqlar orqali infeksiyani
qabul qilishi;
•
Virusli (masalan, rotavirus), bakterial (masalan, salmonella, shigella),
parazitar (masalan, lyambliya) infeksiyalar.
1
Xulosa qilib aytganda, yuqumli ichak kasalliklari bolalarda tez-tez uchraydigan
va og‘ir asoratlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan holatlardandir. Ushbu
kasalliklarning oldini olish uchun gigiyenaga qat’iy rioya qilish, sifatli oziq-ovqat
iste’mol qilish va bolalar sog‘lig‘iga doimiy e’tibor zarur. Ota-onalar va tarbiyachilar
bu borada yetarli bilimga ega bo‘lishlari kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Islomov S.A., “Yuqumli kasalliklar”, Toshkent tibbiyot akademiyasi nashriyoti,
2020.
2.
Khasanova D.R., “Pediatriyada yuqumli kasalliklar”, Toshkent: 2021.
3.
Nasriddinov M., “Gigiyena va sanitariya asoslari”, TMA nashriyoti, 2019.
1
Nasriddinov M., “Gigiyena va sanitariya asoslari”, TMA nashriyoti, 2019.