Авторы

  • Ismoil Salomov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124475

Ключевые слова:

Oliy ta’lim muassasalari fakultet kafedra gumanitar fanlar tarix adabiyot arxeologiya filologiya ilmiy-tadqiqot aspirant dotsent tadqiqotchi pedagog.

Аннотация

Ushbu maqolada Ikkinchi jahon urushi yillarida O’zbekistonda faoliyat yuritgan ba’zi oliy ta’lim muassasalari misolida respublikada gumanitar fanlar sohalarida amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlar ko’rib o’tiladi. Davr nuqtayi nazaridan olib 
qaraganda bu paytda olib borilgan ilmiy izlanishlar o’zining dolzarbligi bilan alohida ajralib turgan. Qolaversa, ko’pgina ilmiy masalalarga aniq javoblar berilganligi ham bu davrning asosiy jihatlaridan biri sifatida baholanadi.    


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

274

2181-

3187

IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA OLIY TA’LIM

MUASSASALARIDA GUMANITAR FANLAR RIVOJI

Ismoil Salomov

Qarshi davlat texnika universiteti

katta o’qituvchisi

Ismoilsalomov6661@gmail.com

Annotatsiya

Ushbu maqolada Ikkinchi jahon urushi yillarida O’zbekistonda faoliyat yuritgan

ba’zi oliy ta’lim muassasalari misolida respublikada gumanitar fanlar sohalarida

amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlar ko’rib o’tiladi. Davr nuqtayi nazaridan olib

qaraganda bu paytda olib borilgan ilmiy izlanishlar o’zining dolzarbligi bilan alohida

ajralib turgan. Qolaversa, ko’pgina ilmiy masalalarga aniq javoblar berilganligi ham

bu davrning asosiy jihatlaridan biri sifatida baholanadi.

Аннотация

В данной статье рассматриваются научно-исследовательские работы,

осуществлённые в Узбекистане в области гуманитарных наук в годы Второй

мировой войны на примере деятельности отдельных высших учебных заведений.

С позиции рассматриваемого периода следует отметить, что проводимые в то

время научные исследования отличались своей актуальностью. Более того,

одним из характерных аспектов данного периода является то, что на многие

научные вопросы были даны конкретные и обоснованные ответы.

Annotation

This article explores the scientific research carried out in the field of the

humanities in Uzbekistan during the years of the Second World War, based on the

example of several higher educational institutions operating at that time. From the

perspective of the historical period, the scholarly investigations conducted during this

era are notable for their particular relevance. Furthermore, the fact that many academic


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

275

2181-

3187

questions received clear and well-founded answers is also regarded as one of the

defining characteristics of the period.

Kalit so’zlar

Oliy ta’lim muassasalari, fakultet, kafedra, gumanitar fanlar, tarix, adabiyot,

arxeologiya, filologiya, ilmiy-tadqiqot, aspirant, dotsent, tadqiqotchi, pedagog.

Ключевые слова:

Bысшие учебные заведения, факультет, кафедра, гуманитарные науки,

история, литература, археология, филология, научно-исследовательская работа,

аспирант, доцент, исследователь, педагог.

Keywords

Higher educational institutions, faculty, department, humanities, history,

literature, archaeology, philology, scientific research, postgraduate student, associate

professor, researcher, educator.

Kirish

Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi murakkab siyosiy-

iqtisodiy sharoitlarga qaramasdan o‘z faoliyatini davom ettirdi. Bu yillarda ilm-fan

sezilarli darajada rivojlandi, ilmiy va akademik muhit sezilarli darajada jonlandi,

ayniqsa gumanitar fanlar – tarix, adabiyot, tilshunoslik, falsafa, arxeologiya va

madaniyatshunoslik sohalarida muhim tadqiqotlar amalga oshirildi. Urush yillarida,

ayniqsa gumanitar fanlarning dolzarbligi yanada ortdi. Shuningdek, bu davrda oliy

ta’lim muassasalarida gumanitar fanlarni chuqur o’rganish, sohadagi davr bilan bog’liq

muammolarni tezkorlik bilan hal qilish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari

qaytadan tuzildi. Respublikada mavjud oliy ta’lim muassasalarining barchasida bu

sohadagi ilmiy-tadqiqot ishlariga alohida e’tibor berildi.

Natijalar

Urush davrida gumanitar sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda

mamlakatdagi yetakchi oliy ta’lim muassasasi hisoblangan O‘rta Osiyo davlat

universiteti alohida o’rin egallaydi. Xususan, universitetda 1942-yil oktyabrda I.I.

Umniyakov (1890-1976) “Eng qadimiy turk xaritasi” mavzusida ilmiy-tadqiqot


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

276

2181-

3187

ishlarini olib borgan hamda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1943-yil may

oyida V. Shishkin (1893-1966) “Buxoro vohasining qadimiy madaniyati masalasi”

mavzusida ilmiy izlanishlarini muvaffaqiyatli yakunlagan va tarix fanlari nomzodi

ilmiy darajasini olish bo‘yicha dissertatsiya ishini himoya qilgan. Birgina 1942-yilda

O‘rta Osiyo davlat universitetida 26 ta doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari

himoyalari amalga oshirilgan.

1

Bu davrdagi yana bir fundamental ishlardan biri A.Y. Yakubovskiyning ilmiy-

tadqiqot ishidir. Sharqshunos va arxeolog A.Y. Yakubovskiy Toshkentda o‘zbek va

rus tillarida nashr etilgan “O‘zbek xalqining kelib chiqishi tarixi” risolasida: Bu

davrdagi yana bir fundamental ishlardan biri A.Y. Yakubovskiyning ilmiy-tadqiqot

ishidir. Sharqshunos va arxeolog A.Y. Yakubovskiy Toshkentda o‘zbek va rus tillarida

nashr ettirgan “O‘zbek xalqining kelib chiqishi tarixi” risolasida: “Shayboniyxon

boshchiligidagi o‘zbek ko‘chmanchilari O‘zbekistonning butun hududida bo‘lmasa-

da, uning ma’lum qismida uzoq vaqt madaniy hayot kechirgani va bu jarayonda o‘ziga

xos rivojlangan turkiyzabon millat shakllanganligi, ya’ni shayboniylar mahalliy aholi

bilan yaqindan aloqa o‘rnatganligi va assimilatsiyaga uchraganligini ta’kidlab o‘tgan.

Ko‘chmanchilar − o‘zbeklar ushbu turkiyzabon aholini bosib oldilar, faqat oxirgi

atama sifatida biz ularning nomini beramiz”

2

− degan fikrlarni bildiradi.

Urush davrida O‘rta Osiyo davlat universitetida tarix fani bo‘yicha asosiy ilmiy

izlanishlar O‘rta Osiyo va O‘zbekistonning XIX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davri tarixi

va arxeologiyasini o‘rganishga qaratilgan. Xususan, Tarix fakulteti professorlari I.P.

Petrushovskiy va A.A. Semyonovlar O‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda feodalizm

muammolari, O‘rta Osiyodagi xalqlarning o‘rta asrlarda qo‘shni xalqlar bilan o‘zaro

madaniy aloqalari va munosabatlarini o‘rganishgan. M.Y. Masson esa o‘rta asrlar

arxeologiyasi va O‘rta Osiyodagi iqlim o‘zgarishlari(Meteorologiya ilmiy-tadqiqot

institut topshirig‘iga asosan)ni o‘rgangan. Y.A. Dvornikov esa “Turkistonda 1867-

1881-yillarda Chor Rossiyasi hukmronligi davrida milliy mustamlakachilik siyosati”

1

Salomov I. O’zbekistonda Ikkinchi jahon urushi davrida oliy ta’lim va fan (1941-1945). ‒Qarshi, 2025. ‒B. 63

2

Якубовский А. Ю. К вопросу об этногенезе узбекского народа. –Т.: Фан, 1941. − C. 9.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

277

2181-

3187

mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirgan. I.K. Dodonov esa “1917-yilgi

Fevral inqilobi” bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan. Prof. A.Y. Yakubovskiy

“O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi” bo‘yicha, dots. E.A. Voskoboynikov “O‘zbek

xalqi Ikkinchi jahon urushi yillarida” mavzusidagi risola ustida ilmiy izlanishlarni olib

borganlar.

O‘zbek filologiyasi va o‘zbek adabiyoti kafedrasida A.I. Mo‘minov “Hozirgi

o‘zbek badiiy adabiyotida forsiy leksik elementlar” mavzusida, A.D. Saadi esa “O‘rta

Osiyo va O‘zbekistonda she’riyat nazariyalarining rivojlanish tarixi haqida ocherklar”

mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordilar.

Rus filologiyasi va adabiyoti tarixi kafedrasida A.V. Mirtov “Ikkinchi jahon

urushi lug‘ati” mavzusida ilmiy izlanish olib borib, bu mavzu doirasida 12000 dan ortiq

kartochka to‘pladi. I.I. Vekoler esa L.N. Tolstoy ijodi ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini

amalga oshirdi.

3

Toshkent davlat pedagogika va o‘qituvchilar instituti Umumiy tarix kafedrasi

professori, tarix fanlari doktori Georgiy Andreyevich 1941-1942-yillarda “Islom −

marksizm-leninizm asoschilarining talqinida”, “Antik tarix va o‘rta asrlar tarixining

tanqidiy tahlili”, “Tarixda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish metodikasi” kabi mavzular

bo‘yicha ilmiy ishlarni amalga oshirgan. Shuningdek, u “Turkistondagi rus sanoat

kapitalining siyosati” mavzusini o‘rgangan. Bu davrda kafedra dotsenti, tarix fanlari

nomzodi Xaytun “Ibtidoiy jamiyat” haqida darslik yozib, “Totemizmning kelib

chiqishi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Katta o‘qituvchi

Gabitov “O‘zbekistondagi qabila tizimining qoldiqlari” mavzusida ilmiy-tadqiqot

ishlarini olib borgan.

4

SSSR xalqlari tarixi kafedrasi professori Vladimir Kun “Vladimir Monomax va

rus yerlari himoyasi” mavzusida ilmiy ishlarni olib borgan bo‘lib, uni faqat II bobini

yozishni uddalagan. Urush vaziyatidan kelib chiqib, Leningrad arxividan

3

O‘zMA. R-94-jamg‘arma, 5-ro‘yxat, 4449-ish, 3-4-varaqlar

4

Salomov I. Ikkinchi jahon urushi yillarida oliy ta’lim muassasalarida fanlar rivoji. Fundamental fanlar sohasida asosiy

tadqiqotlar. //Turkiston ma’rifatparvar ziyolilar merosining fan, adabiyot, madaniyat hamda ma’naviyat taraqqiyotidagi
o‘rni (Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami) ‒Qarshi, 2024-yil 21-22-may. ‒B. 196


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

278

2181-

3187

foydalanishning imkoni bo‘lmaganligi sababli qolgan boblar bo‘yicha ma’lumot

to‘plash imkoni bo‘lmagan. Natijada mavzuni o‘zgartirib, “General Suvorov” mavzusi

ustida ilmiy faoliyat olib borgan. Kafedra dotsenti H.Sh. Inoyatov “1875-1876-yillarda

Qo‘qon xonligida xalq qo‘zg‘olonlari” mavzusi bo‘yicha dissertatsiyasini 1942-yilda

muvaffaqiyatli tamomlagan hamda taniqli rus tarixchisi, moskvalik olim prof.

Ivanovdan taqriz olishga muvaffaq bo‘lgan. Yana bir kafedra professori A.P. Fituni

“Qadimgi davrdan mo‘g‘ullar bosqiniga qadar O‘rta Osiyo tarixi”, “O‘zbek xalqi

etnogenezi”, “Spitamen qo‘zg‘oloni” mavzulari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib

borgan. Katta o‘qituvchi Galim Nakanov “Qo‘qon xonligining Rossiya podsholigi

tomonidan bosib olinishi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanishlar

olib borgan hamda muvaffaqiyatli himoya qilgan. Katta o‘qituvchi Hamrayev esa

“Buxoro xonligida yer-suv munosabatlari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini

tayyorlagan.

5

Umumiy adabiyot kafedrasi professori L.D. Tarasov “Rim satiralari haqida

ocherklar” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini bajarib, uni muvaffaqiyatli tarzda

himoya qilgan. Prof. Berezovskiy “Gi de Mopassan va klassik burjua realizmi”

mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yozib tugatgan. Ilmiy maslahatchi sifatida

professor Eyxengolts taklif etilgan. Dots. H.S. Sulaymonov fan nomzodi darajasini

olish uchun “Farhod va Shirin − Tristan va Izolda” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini

olib borgan.

6

O‘zbek adabiyoti kafedrasi dotsenti Maqsud Shayxzoda “Navoiy va ijtimoiy

madaniyat” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirgan. Maqsud Shayxzoda

SSSR Fanlar Akademiyasining ilmiy sessiyasida Navoiy ijodi haqida ma’ruza qilgan.

Shuningdek, Toshkent davlat pedagogika institutida va SSSR Fanlar akademiyasining

O‘zbekiston filialida

ham ilmiy ma’zulari bilan ishtirok etgan. Shunday ilmiy

anjumanlardan birida “Navoiy − o‘zbek klassik adabiyoti asoschisi” mavzusida nutq

so‘zlagan. Shuningdek, katta o‘qituvchi Abdullayeva “Eski o‘zbek adabiyotida ayollar

5

O‘zMA. R-94-jamg‘arma, 5-ro‘yxat, 4101-ish, 8-varaq

6

O‘zMA. R-94-jamg‘arma, 5-ro‘yxat, 4101-ish, 9-varaq


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

279

2181-

3187

roli” nomli dissertatsiya ishi ustida ishlagan va uni muvaffaqiyatli himoya qilganligini

qayd etish lozim.

O‘zbek tili kafedrasi professori A.K. Borovkov SSSR Fanlar akademiyasining

ilmiy sessiyasida “O‘zbek adabiy tilini o‘rganishda Navoiy roli” mavzusida ilmiy

ma’ruza qilgan. Bundan tashqari oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun “Zamonaviy

o‘zbek tilining qisqacha tasnifi” mavzusida kitob nashr ettirgan.

Rus tili kafedrasi o‘qituvchisi S.S. Simin “Yozuvchilar tilini o‘rganish”

mavzusida uslubiy qo‘llanma tayyorlagan. B.M. Yatsimirskiy “Rus tilidagi murakkab

so‘zlar” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan. D.Y. Viflemovich

“Pedagogika o‘quv yurtlarida Mayakovskiy ijodini o‘rganish” mavzusida nomzodlik

dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanishlarni amalga oshirgan.

7

Buxoro pedagogika va o‘qituvchilar instituti kafedralari ham o‘quv yilining

boshida urush holatidan kelib chiqib o‘zining ilmiy-tadqiqot mavzularini o‘zgartirdi.

Institutning Tarix kafedrasida Qo‘ldoshev va Aripovlar “O‘zbek xalqining o‘tmishdagi

qahramonliklari” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishini amalga oshirganlar. Bundan tashqari

Qo‘ldoshev “Buxoro xonligida soliq va boshqaruv siyosati” mavzusida ham ilmiy

izlanishlarni amalga oshirgan.

8

Samarqand davlat pedagogika va o‘qituvchilar instituti Filologiya kafedrasi ilmiy

tadqiqotchisi, filologiya fanlari nomzodi Vohid Abdullayev tomonidan “O‘zbek va

tojik she’riyatida Alisher Navoiy izdoshlari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida

ilmiy izlanishlar olib borilgan va muvaffaqiyatli tarzda himoya qilingan. Ushbu

tadqiqot ishi Sadriddin Ayniy boshchiligida amalga oshirilganligi alohida ahamiyatga

molikdir.

Mazkur institut Tarix kafedrasining a’zosi, ilmiy tadqiqotchi Inayatov tomonidan

“Chorizm hukmronligi davrida Semirechiyadagi taranchin xalqining tarixi (1882-

1917)” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi bajarilgan va muvaffaqiyatli himoya

qilingan. Ilmiy ishda taranchin (sovet) xalqi tarixini marksizm-leninizm klassiklari

7

O‘zMA. R-94-jamg‘arma, 5-ro‘yxat, 4101-ish, 9-varaq

8

Salomov I. O’zbekistonda Ikkinchi jahon urushi davrida oliy ta’lim va fan (1941-1945). ‒ Qarshi, 2025. ‒ B. 68.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

280

2181-

3187

nuqtayi nazaridan rivojlantirish konsepsiyasi ilgari surilgan. Ilmiy ish bevosita

taranchin xalqining O‘rta Osiyo xalqlaridan biri ekanligini ochib berishga

bag‘ishlangan bo‘lib, ular Qozog‘istonning bir bo‘lagi ekanligi ta’kidlanib, taranchin

va tatar tillaridagi manbalar yordamida fikrlar dalillangan.

Kafedraning yana bir a’zosi, tarix fanlari nomzodi I. Umniyakov “Hofiz Tanish

Buxoriyning “Abdullanoma” asari − XVI asr Markaziy Osiyo tarixining asosiy

manbayi sifatida” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirgan. Tadqiqot

ishining asosiy maqsadi Hofiz Tanish Buxoriy ilmiy ijodining o‘ziga xos xususiyatlari

va “Abdullanoma” asarining o‘sha davrdagi boshqa manbalar orasidagi ahamiyatini

aniqlashlashdan iborat bo’lgan.

9

Falsafa kafedrasi tadqiqotchisi I. Mo‘minov 1942-1945-yillar orasida “Mirzo

Abdulqodir Bedilning falsafiy dunyoqarashi” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishini

amalga oshirgan. Tadqiqot ishida Osiyo xalqlarining jahon sivilizatsiyasi rivojidagi

o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatish hamda shu orqali oliy va quyi irqlar haqidagi fashistik

nazariyalarning ilmiy jihatdan bir-biriga zidligini ochib berish ko‘zda tutilgan. Shuning

ushbu ilmiy-tadqiqot ishi 2 ta bo‘limga bo‘lingan holda o‘rganilgan: O‘rta Osiyo va

Hindistondagi XVII-XVIII asrlardagi asosiy falsafiy qarashlar; Bedil va uning

biografiyasiga qisqacha ta’rif.

Xulosa

Yuqorida O‘rta Osiyo davlat universiteti, O‘zbekiston davlat universiteti,

Toshkent davlat pedagogika instituti, Toshkent kechki o‘qituvchilar insitituti, Buxoro

pedagogika va o‘qituvchilar instituti, Samarqand davlat pedagogika va o‘qituvchilar

institutlari misolida O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi davrida oliy ta’lim

muassasalari fakultetlari va kafedralarida gumanitar fanlar doirasida amalga oshirilgan

ilmiy-tadqiqot ishlarini ko‘rib o‘tdik. Mazkur ilmiy-tadqiqot ishlari respublikada

gumanitar fanlar sohalari rivojiga ulkan hissa qo’shganligi bilan ahamiyatlidir. Amalga

oshirilgan ko’pgina fundamental izlanishlar natijasida mamlakatda mavjud bo’lgan

ko’pgina ilmiy muammolarga yechim topilganligini ham alohida qayd etish lozim. Bu

9

Salomov I. O’zbekistonda Ikkinchi jahon urushi davrida oliy ta’lim va fan (1941-1945). ‒ Qarshi, 2025. ‒ B. 69.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

281

2181-

3187

davrda qo‘yilgan ilmiy asoslar keyinchalik O‘zbekiston ilm-fanining shakllanishida

muhim poydevor bo‘lib xizmat qilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1.

Salomov I. O’zbekistonda Ikkinchi jahon urushi davrida oliy ta’lim va fan

(1941-1945). ‒Qarshi, 2025. ‒B. 63

2.

Salomov I. Ikkinchi jahon urushi yillarida oliy ta’lim muassasalarida fanlar

rivoji. Fundamental fanlar sohasida asosiy tadqiqotlar. //Turkiston ma’rifatparvar

ziyolilar merosining fan, adabiyot, madaniyat hamda ma’naviyat taraqqiyotidagi o‘rni

(Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami) ‒Qarshi, 2024-yil 21-22-

may. ‒B. 196

3.

Salomov I. O’zbekistonda Ikkinchi jahon urushi davrida oliy ta’lim va fan

(1941-1945). ‒ Qarshi, 2025. ‒ B. 68.

4.

O‘zMA. R-94-jamg‘arma, 5-ro‘yxat, 4101-ish, 8-varaq

5.

O‘zMA. R-94-jamg‘arma, 5-ro‘yxat, 4101-ish, 9-varaq

6.

O‘zMA. R-94-jamg‘arma, 5-ro‘yxat, 4449-ish, 3-4-varaqlar

7.

Якубовский А. Ю. К вопросу об этногенезе узбекского народа. –Т.: Фан,

1941. −C. 9.

Библиографические ссылки

Salomov I. O’zbekistonda Ikkinchi jahon urushi davrida oliy ta’lim va fan

(1941-1945). ‒Qarshi, 2025. ‒B. 63

Salomov I. Ikkinchi jahon urushi yillarida oliy ta’lim muassasalarida fanlar

rivoji. Fundamental fanlar sohasida asosiy tadqiqotlar. //Turkiston ma’rifatparvar

ziyolilar merosining fan, adabiyot, madaniyat hamda ma’naviyat taraqqiyotidagi o‘rni

(Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami) ‒Qarshi, 2024-yil 21-22

may. ‒B. 196

Salomov I. O’zbekistonda Ikkinchi jahon urushi davrida oliy ta’lim va fan

(1941-1945). ‒ Qarshi, 2025. ‒ B. 68.

O‘zMA. R-94-jamg‘arma, 5-ro‘yxat, 4101-ish, 8-varaq

O‘zMA. R-94-jamg‘arma, 5-ro‘yxat, 4101-ish, 9-varaq

O‘zMA. R-94-jamg‘arma, 5-ro‘yxat, 4449-ish, 3-4-varaqlar

Якубовский А. Ю. К вопросу об этногенезе узбекского народа. –Т.: Фан,

−C. 9.