ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–2_ июня–2025
192
2181-
3187
AROMATIK UGLEVODORODLAR.BENZOL.
Haydarov Nafisaxon Mirzavaliyevna
Furqat tuman kasb-hunar
maktabi kimyo fan o’qituvchisi.
Annotatsiya
:Ushbu maqolada o’quvchi Aromatik uglevodorodlar. Benzolni
nomlanishi ,olinishi va xossalari, hayotda ishlatilishi haqida tushunchaga ega
bo’lishlari haqida yoritilib o’tilgan.
Kalit so’zi:
M. Faradey ,A. Kekule , toshko'mir va neftni ,Ko'p halqali aromatik
uglevodorodlar, Sh. Fridel — D. Krafts
Molekulasi tarkibida benzol yoki uning gomologlarini saqlaydigan karbosiklik
birikmalarga aromatik uglevodorodlar deb aytiladi. Ularning birinchi vakili benzol
bo’lib, uni 1825-yilda ingliz kimyogari va fizigi M. Faradey koks gazidan ajratib olgan.
Empirik formulasi C
6
H
6
. Benzol +80,1°C da qaynaydigan o'ziga xos hidga ega bo'lgan
harakatchan rangsiz suyuqlik. Bu qator uglevodorodlar C
n
H
2n-6
umumiy formulaga
ega. Umumiy formuladan foydalanib, aromatik uglevodorodlar gomologik qatorini
hosil qilish mumkin:
C
n
H
2n-6
n=6
C
6
H
6
n=7
C
7
H
8
n=8
C
9
H
12
Benzol qatori uglevodorodlari o'ziga xos aromatik xususiyatga ega ekanligi
birikmalarni almashinish reaksiyasiga oson kirishishi va oksidlovchilarga nisbatan
turg'un ekanligi bilan tushuntiriladi. Buning sababi benzoldagi har bir uglerod atomida
uchtadan
-bog' (ikkitasi qo'shni uglerod atomiga, uchinchisi vodorod atomiga) va
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–2_ июня–2025
193
2181-
3187
bittadan
-bog'larni borligi hamda bu bog’lar elektron bulutini molekula tekisligiga
perpendikular joylashib harakatlanishidadir.
Demak, benzoldagi oltita uglerod atomining hammasi bir xil holatda bo'lib,
ularning qaysi biri oddiy bog' bilan, qaysi bid qo'shbog' bilan bog'langanligini ko'rsatib
bo'lmaydi. Shuning
uchun 1865-yilda nemis kimyogari A. Kekule benzol tuzilishini quyidagi ikki
ko'rinishda ifodalaydi.
Olinish usullari.
Aromatik uglevodorodlar, asosan, toshko'mir va neftni qayta
ishlab olinadi.
Metallurgiya sanoatida ishlatiladigan koks olish uchun toshko'mir yuqori
temperaturada quruq haydaladi. Natijada koks gazi, toshko'mir smolasi, ammiakli suv
va koks hosil bo'ladi. Koks gazi yonilg'i va xomashyo sifatida ishlatiladi. Toshko'mir
smolasini maxsus haydaydigan asbobda qayta haydab fraksiyalarga ajratiladi.
Fraksiyalarni qayta ishlab benzol, toluol, ksilol, naftalin, antratsen, fenantren va
boshqa aromatik uglevodorodlar olinadi.
Arenlar quyidagi usullar bilan sintez qilinadi:
1. 1877-yilda Sh. Fridel — D. Krafts usuli bo'yicha ham laboratoriyada, ham
sanoatda aromatik uglevodorodlar aromatik yadroga aluminiy xlorid ishtirokida alkil
xlorid ta'sir ettirib olinadi.
Ko'p halqali aromatik uglevodorodlar
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–2_ июня–2025
194
2181-
3187
Molekulada bir necha benzol halqasini saqlagan aromatik birikmalarga ko'p
halqali aromatik uglevodorodlar deyiladi.
Bu
uglevodorodlarning ichida eng
ahamiyatligi naftalin, antratsen va fenantren hisoblanadi.
Naftalin.
Toshko'mir smolasini 210—230°C oralig'ida haydalgan fraksiyasidan
olinadi. U yaltiroq kristall modda, 80°C da suyuqlanadi, suvda erimaydi, o'ziga xos
hidga ega. Naftalin molekulasidagi vodorod atomlari reaksiyaga kirishish xususiyatiga
qarab ikkita izomerga bo'linadi, Molekuladagi 1,4,5, 8 uglerod atomlaridagi vodorodlar
-izomer, 2,3,6,7 uglerod atomlaridagi vodorodlar esa
-izomer hisoblanadi.
Naftalin ham galogenlash, sulfolash va nitrolash reaksiyalariga kirishadi.
Ishlatilishi.
Benzol va uning gomologlaridan sanoatda plastmassa, bo'yoqlar,
dorilar, portlovchi moddalar, erituvchilar, lavsan tolalari va o'simliklarning
zararkunanda hasharotlariga qarshi ishlatiladigan moddalar olinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
S. Masharipov, I. Tirkashev “kimyo” Akademik litsey va kasb- hunar
kollejlari uchun darslik. Toshkent “O’qituvchi” 2005y.
2.
Z.N.Saidnosirova, T.V.Dergunskaya. “Ximiyadan ruscha-
o‘zbekcha qisqacha izohli lug‘at. Toshkent “O‘qituvchi”, 1975 y.
3. Kimyo Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma.