ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–2_ июня–2025
188
2181-
3187
JINSNING SHAKLLANISHIDA GARMONLARNING AHAMIYATI
Andijon davlat pedagogika intituti
Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Biologiya
va geografiya kafedrasi
o‘qituvchisi
Yo’ldashev Abduvali
Andijon davlat pedagogika intituti
Aniq va tabiiy fanlar fakulteti
biologiya yo’nalishi 303- guruh
talabasi
Sheraliyeva Mohizoda
Organik olam evolyutsiyasining ma’lum bosqichida Yer yuzida ayrim jinsli
organizmlar paydo bo‘lgan. Ayrim jinsli organizmning tarixiy jarayonda paydo bo’lishi
katta biologik ahamiyatga ega. Har xil jinsli organizmlarning o‘zaro qo‘shilishi irsiy
axborotning ko‘payishiga, muhit sharoitiga moslashishiga imkon bergan.
Jins
- organizmlaming gametalar hosil qilish orqali nasi qoldirish, irsiy axborotni
kelgusi avlodga uzatishni ta’minlaydigan belgi va xossalari majmuasi. Jinsni
aniqlashning uch: progam, epigam, singam xili mavjud. Jinsni aniqlashning
progam
xilida jins urug’languncha ma’lum bo‘ladi. Masalan, ba’zi bir chuvalchanglar,
kolovratkalarda urg‘ochi organizm odatda yirik, sitoplazmaga boy hamda mayda
sitoplazmasi kam bo‘lgan tuxum qo‘yadi. Sitoplazmaga boy tuxum hujayra urug’langach
urg‘ochi, mayda sitoplazmasi kam tuxumdan esa erkak organizm rivojlanadi. Jinsni
aniqlashning
epigam
xilida jins shakllanishi tashqi muhitga bog‘liq bo’ladi. Misol uchun,
0‘rta Yer dengizi va Atlantika okeanida tarqalgan halqali chuvalchanglardan
Bonella
Viridis
ni olsak, otalangan tuxum hujayrada rivojlangan lichinka mustaqil hayot kechirsa
urg‘ochi, aksincha urg‘ochi organizmning jinsiy organida parazitlik qilib yashasa erkak
jinsi hosil bo’ladi. Jinsni aniqlashning
singam
xilida jins urug’lanish davrida ma’lum
bo’ladi. Jinsni aniqlashning singam xili keng tarqalganligi va amaliy ahamiyatga ega
ekanligini ta’kidlab o’tish joizdir.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–2_ июня–2025
189
2181-
3187
Har qanday ayrim jinsli organizm tabiatan qo‘sh jinsli -
biseksual
hisoblanadi.
Embrion taraqqiyotining dastlabki bosqichida jinsiy bezlar -
gonadlarda
erkak yoki
urg‘ochiga xos jinsiy tafovutlar bo’lmaydi. Jinsiy bezlar - gonadlar ikki xil tashqi -
kortikal va ichki - medulyar qatlamdan tuzilgan. Rivojlanish jarayonida «Y» jinsiy
xromosomali homilada kortikal qatlami yemirilib, medulyar qatlamdan urug‘dan
rivojlanadi. XX genotipli homilada aksincha medulyar qatlam yemirilib, kortikal
qatlamdan tuxum shakllangandan so‘ng ulardan ajralgan gormonlar ta’sirida jinsiy
organlaming qolgan qismlari rivojlanadi. Sut emizuvchilar shu jumladan, odamlarda
jinsni taraqqiy qilish jarayoni ikki bosqichdan iboratdir. Birinchi bosqichda jinsni
zigotaning xromosomalar to‘plami, gonadlarni jinsiy tabaqalanishi belgilaydi, oqibatda
yo tuxumdon, yo urug‘don rivojlanadi. Agar urug‘donlar rivojlansa, ular ajratgan
testosteron
gormonini embrion bo‘yicha sirkulyatsiyasi tufayli somatik hujayralarning
erkaklik jinsi bo‘yicha rivojlanishi ta’minlanadi. Mobodo tuxumdon shakllangan bo’lsa,
u holda testosteron gormoni ishlab chiqarilmaydi va natijada somatik hujayralarda
urg‘ochilik jins bo‘yicha rivojlanish ro‘y beradi. Demak, jins shakllanishining birinchi
bosqichida asosiy rolni jinsiy xromosomalar, ikkinchi bosqichida gonadlardan ajratilgan
gormonlar o‘ynaydi. Aniqlanishicha, erkak jinsining rivojlanishi X xromosoma
tarkibidagi maxsus genga bog’liq. Chunki, bu gen ishtirokida sintez qilingan oqsil
molekulasi urg‘ochi va erkak jinsida regulyatorlik funksiyasini o‘taydi. Bu oqsil
molekulasi Y jinsiy xromosoma geni ta’siri tufayli sintez qilingan testosteron gormoni
bilan birikib effektor rolini bajaradi. Agar X xromosomadagi maxsus gen mutatsiyaga
uchrasa, u holda Y xromosoma testosteron gormon ta’sirini sezmaydi, natijada
homilaning urug‘doni bilan birga, yetilmay qolgan tuxumdon hosil bo’ladi va erkak
genotip bo‘yicha XY kariotipiga egaligiga qaramay, fenotip jihatdan ayol ko‘rinishida
bo’ladi.
Jinsiy gormonlar bosh miyaga ham ta’sir etib, odamlarning xatti-harakatini
o‘zgartirishi mumkin. Chunonchi, homilador ayolga progestin gormoni yuborilsa,
tug’ilgan qiz bola erkakshoda, ya’ni ko‘proq o’g’il bolalar o’yinini o‘ynash, yosh
bolalarga enagalik qilishni yoqtirmaslik kabi xislatlar namoyon bo’ladi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–2_ июня–2025
190
2181-
3187
1955-yili Eychvald va Silmserlar Y jinsiy xromosoma nazoratidagi H-Y antigen
mavjudligini ixtiro qildilar. Chamasi H-Y antigeni homilaning dastlabki «erkak»
hujayralaridan ajratiladi. Hozirgi vaqt da H-Y retseptorlar gonadlarning ikkala turi
yuzasida borligi aniqlangan. Bu antigen ta’sirida gonadlar keyinchalik urug‘donlarning
rivojlanishiga olib keladi. Agar H-Y antigenining faolligi anti H-Y zardobi tomonidan
neytrallashtirilsa, u holda gonadlar tuxumdonni hosil qiladi. Keyingi olingan ma’lumot
larga ko‘ra H-Y antigeni Y jinsiy xromosoma geni bilan emas, balki uning nazoratidagi
autosoma geni tomonidan kodlanadi. Bu gen Y jinsiy xromosoma bo‘lmagan individlarda
repressiyaga uchraydi. Kamdan-kam mutatsiyalarda Y jinsiy xromosoma hujayralarda
uchramasa ham, erkak jins H-Y gen ta’sirida shakllanadi. Ehtimol, bunday holatda Y
jinsiy xromosoma dagi H-Y antigeni translokatsiya tufayli autosomaga o‘tgan boiishi
mumkin. Ikkinchi tomondan oz miqdorda ham hujayrada H-Y geni boisa, XX jinsiy
xromosomali individlar erkak organizm bo’ladilar. Shunga o‘xshash olingan ma’lumotlar
erkak jinsi faqat XY, ayol jinsi faqat XX jinsiy xromosomalar ishtirokidagina emas, balki
autosomalardagi ba’zi genlar ta’sirida ham shakllanishidan dalolat beradi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–2_ июня–2025
191
2181-
3187
Yuqorida bayon etilgan ma’lumotlar odamlarda erkak va ayol jinsining qaror
topishi bir tomondan X va Y jinsiy xromosomalarga, ikkinchi tomondan ularda
joylashgan genlarga, uchinchi tomondan gormonlar faoliyatiga bog’liq ekanligidan
dalolat beradi. Jinsni aniqlashda gormonlarning ahamiyati juda muhim bo‘lib, bu jarayon
organizmdagi biologik va fiziologik tizimlar bilan chambarchas bog‘liq. Gormonlar,
ayniqsa jinsiy gormonlar (estrogen, testosteron va boshqalar), jinsiy rivojlanish,
ikkilamchi jinsiy belgilar va reproduktiv tizimning shakllanishida hal qiluvchi rol
o‘ynaydi. Genetik jins (XX yoki XY) belgilansa ham, organizmda gormonlarning to‘g‘ri
ishlab chiqilishi va ta’siri natijasida haqiqiy jinsiy holat yuzaga keladi. Jinsni aniqlashda
gormonlar genetik axborotni fiziologik va tashqi belgilar bilan uyg‘unlashtiruvchi asosiy
omildir. Gormonal disbalanslar esa jinsiy rivojlanishdagi buzilishlarga olib kelishi
mumkin. Shu bois, jinsni to‘liq tushunish va aniqlashda gormonal omillarni hisobga olish
zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
“Tibbiy biologiya va umumiy genetika” A.K.Jamolov;
Y.B.Muqumov; N.M.Muxtorova // Toshkent 2022.
2.
“Odam genetikasi” S.Fayzullayev; A.G’afurov //Toshkent
3.
“Endokrinologiya asoslari” U.T.Musayev
4.
“Tibbiyot fiziologiyasi” O’zbekiston tibbiyot akademiyasi uchun
darslik H.T.Jo’rayev; S.M.Mahmudov
5.
“Umumiy biologiya” G.M.G’ofurova
6.
Wikipedia