Авторы

  • Raximjonova Xusnira Xusanovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124499

Ключевые слова:

Ona tili kasbiy yo‘nalish innovatsion metod politexnikum interaktiv usullar nutq madaniyati kasbiy kompetensiya dars samaradorligi texnik ta’lim raqamli texnologiyalar.

Аннотация

Ushbu maqolada kasb-hunar ta’limi tizimida ona tili darslari orqali kasbiy terminlarni o‘rgatishning dolzarbligi, ularni samarali o‘zlashtirish usullari, hamda bu jarayonda o‘qituvchi faoliyatining yangicha metodik yondashuvlarga asoslanishi zarurligi haqida so‘z yuritiladi. Maqolada kasbiy terminlarning o‘quvchilarning so‘z boyligini kengaytirish, nutq madaniyatini 
shakllantirish va kasbiy kommunikatsiya malakalarini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, terminlarni o‘qitishda kontekst asosida ishlash, lug‘atlar tuzish, integratsiyalashgan darslar tashkil etish, AKT vositalaridan foydalanish kabi samarali 
usullar taklif etilgan. Maqola ona tili fani bilan kasbiy ta’lim o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni mustahkamlashga qaratilgan metodik tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

100

2181-

3187

ONA TILI DARSLARIDA KASBIY TERMINLARNI O‘RGATISH

USULLARI

Bo‘stonliq tuman 2-son politekxnikumi

Ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi

Raximjonova Xusnira

Xusanovna

email.

raximjanovaxusnira@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada kasb-hunar ta’limi tizimida ona tili darslari

orqali kasbiy terminlarni o‘rgatishning dolzarbligi, ularni samarali o‘zlashtirish

usullari, hamda bu jarayonda o‘qituvchi faoliyatining yangicha metodik

yondashuvlarga asoslanishi zarurligi haqida so‘z yuritiladi. Maqolada kasbiy

terminlarning o‘quvchilarning so‘z boyligini kengaytirish, nutq madaniyatini

shakllantirish va kasbiy kommunikatsiya malakalarini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil

qilinadi. Shuningdek, terminlarni o‘qitishda kontekst asosida ishlash, lug‘atlar tuzish,

integratsiyalashgan darslar tashkil etish, AKT vositalaridan foydalanish kabi samarali

usullar taklif etilgan. Maqola ona tili fani bilan kasbiy ta’lim o‘rtasidagi uzviy

bog‘liqlikni mustahkamlashga qaratilgan metodik tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Kalit so‘zlar:

Ona tili, kasbiy yo‘nalish, innovatsion metod, politexnikum,

interaktiv usullar, nutq madaniyati, kasbiy kompetensiya, dars samaradorligi, texnik

ta’lim, raqamli texnologiyalar.

ANNOTATION

This article explores the importance of teaching professional

terminology through native language lessons in the vocational education system. It

emphasizes the necessity of applying innovative methodological approaches to

enhance students’ language proficiency and communicative competence within their

future professional fields. The article analyzes how professional terms contribute to


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

101

2181-

3187

expanding students’ vocabulary, developing speech culture, and improving their ability

to engage in professional communication. Effective methods such as context-based

learning, compiling thematic glossaries, organizing integrated lessons, and utilizing

ICT tools are proposed. The article also provides methodological recommendations

aimed at strengthening the connection between native language instruction and

vocational training.

Key words

Mother tongue, vocational education, innovative methods, interactive

teaching, communicative competence, professional language, technical education, ICT

in education, language integration, project-based learning.

KIRISH

Ona tili – har bir millatning ma’naviy boyligi, madaniyati va tafakkuri

aks etgan eng asosiy vositadir. Til nafaqat muloqot vositasi, balki xalqning tarixiy

xotirasi, ijtimoiy taraqqiyot ko‘zgusi hamdir. Shu boisdan, ta’lim jarayonida ona tilini

o‘qitish har doim dolzarb masala bo‘lib kelgan. Ayniqsa, bugungi globallashuv,

texnologiyalar taraqqiyoti va kasb-hunar ta’limi tizimining isloh qilinishi jarayonida

ona tili fani oldida yangicha vazifalar vujudga kelmoqda.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

102

2181-

3187

Bugungi kundagi ta’lim siyosati kompetensiyaviy yondashuv asosida shakllanib

bormoqda. Bu yondashuvga ko‘ra, o‘quvchi nafaqat bilim olishi, balki u bilimdan

amalda foydalanishni o‘rganishi kerak. Demak, ona tili fani ham endilikda nazariy

bilimlar berish bilan cheklanmay, o‘quvchilarning yozma va og‘zaki nutq malakasini,

kasbiy muloqotda to‘g‘ri fikr bildirish qobiliyatini shakllantirishga xizmat qilishi zarur.

Xususan, kasb-hunar va texnikumlarda ta’lim olayotgan o‘quvchilar uchun ona tilini

o‘qitishda kasbiy terminologiya bilan ishlash katta ahamiyatga ega. Chunki har bir

kasbning o‘ziga xos so‘z boyligi, atamalari va tushunchalari mavjud. Ushbu atamalarni

to‘g‘ri tushunish, ulardan to‘g‘ri foydalanish o‘quvchining kelgusidagi kasbiy

faoliyatida samarali ishlashiga xizmat qiladi. Misol uchun, elektrotexnika yo‘nalishida

tahsil olayotgan o‘quvchi “rezistor”, “vol’taj”, “sxema”, “kuchlanish” kabi terminlarni

nafaqat texnik fanlardan, balki ona tili darslaridan ham anglab, ularni og‘zaki va yozma

nutqda ishlatishni o‘rganmog‘i kerak. Shuningdek, kasbiy terminlarni o‘zlashtirish til


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

103

2181-

3187

madaniyatini rivojlantiradi, mutaxassislikka oid hujjatlarni (texnik topshiriqlar,

bayonnomalar, texnologik kartalar) tuzishda yengillik yaratadi. Afsuski, amaliyotda

ona tili darslarida kasbiy terminologiyaga yetarli e’tibor berilmaydi, buning natijasida

o‘quvchilarda nutqning lo‘ndaligi va aniqligi sust rivojlanadi.

Mazkur maqolada ona tili darslarida kasbiy terminlarni samarali o‘rgatish

usullari, ularning amaliy ahamiyati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari

tahlil qilinadi. Maqola kasb-hunar ta’limi tizimi uchun dolzarb bo‘lgan

integratsiyalashgan ta’lim metodlarini targ‘ib etishga xizmat qiladi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI.

Kasbiy terminlarning o‘rni va

zarurati.

Har bir kasb sohasida ishlatiladigan maxsus terminlar — o‘sha sohaning

bilim bazasini tashkil etadi. Bu atamalar orqali kasbiy tushunchalar aniqlik, qisqalik va

ravonlik bilan ifodalanadi. Masalan, axborot texnologiyalari yo‘nalishida “dasturlash

algoritmi”, “ma’lumotlar bazasi”, “interfeys”, “kompilyator” kabi terminlar mavjud

bo‘lib, ular umumiy til vositalari bilan emas, balki maxsus kasbiy atamalar orqali

ifodalanadi. Ushbu terminlar o‘rganilmas ekan, kasbning mohiyati chuqur

anglanmaydi, muloqotda noaniqlik yuzaga keladi.

Ona tili darslarida kasbiy terminlarni o‘rgatish ikki maqsadga xizmat qiladi:

Talabaning kasbiy savodxonligini shakllantirish;

Ularning yozma va og‘zaki nutq madaniyatini, muloqot kompetensiyasini

rivojlantirish.

Kasbiy terminlarni o‘rgatishning samarali usullari.

Bu usulda terminlar

sodda, tushunarli va kasbga oid matnlar asosida tushuntiriladi. Misol uchun,

“Elektromagnit induksiya” mavzusida matn beriladi, matn ichida uchraydigan

terminlarga alohida e’tibor qaratilib, ularning ma’nosi va ishlatilishi tahlil qilinadi. Bu

orqali o‘quvchi terminni sun’iy yodlash emas, balki tushunish asosida o‘zlashtiradi.

O‘quvchilar bilan birgalikda har bir bo‘lim uchun “Kasbiy terminlar lug‘ati” tuzish


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

104

2181-

3187

tavsiya etiladi. Har bir termin izohlab yoziladi, unga sinonimlar yoki tasviriy misollar

keltiriladi. Bu lug‘atlar darsda, uyga vazifalarda va mustaqil ishlarda faol qo‘llaniladi.

Bu metodda ona tili fani boshqa kasbiy fanlar bilan bog‘langan holda o‘qitiladi.

Masalan, texnologik jarayonlar haqidagi darsda “yozma nutqni rivojlantirish” mavzusi

birlashtirilib, “Texnologik jarayon bayoni” matni yoziladi. Bu yondashuv

o‘quvchining kasbiy terminlarni kontekstda qo‘llash malakasini shakllantiradi.

“Ustoz-shogird” rolli o‘yini, “Texnik topshiriq berish” sahnalari orqali o‘quvchilar

kasbiy terminlardan foydalanib, muloqotga kirishadi. Bu usulda nutqiy faoliyat, ijodiy

fikrlash va kasbiy muloqot madaniyati shakllanadi.

Quyidagi vositalar terminlarni o‘rgatishda juda samaralidir:

Quizlet

– terminlarni kartochkalar usulida yodlash;


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

105

2181-

3187

Kahoot

yoki

Mentimeter

– interaktiv testlar bilan mashq qilish;

Google Jamboard

yoki

Padlet

– vizual lug‘atlar yaratish;

Telegram botlar

– terminlarni mobil qurilmalar orqali o‘rganish.

O‘quvchilarga terminlarga asoslangan matnlar yozish, kasbiy maqolalar tarjimasi

bilan ishlash, kasbiy intervyular tashkil etish orqali mustaqil fikrlashga asoslangan

yondashuvlar qo‘llaniladi. Masalan: “Mening kasbim: elektrotexnik” mavzusida ese

yozish; “Payvandlash texnologiyasi haqida bayon tuzish” topshirig‘i.

Amaliy natijalar va tajriba asosida kuzatilgan o‘zgarishlar.

Tajribalar shuni

ko‘rsatadiki, ona tili darslarida kasbiy terminlarga alohida vaqt ajratilgan guruhlarda:

O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqi ancha ravonlashgan;

Kasbiy sohalar bo‘yicha atamalarni qo‘llash faolligi ortgan;

Matn bilan ishlash va hujjat tuzish malakasi mustahkamlangan;

O‘quvchilar mustaqil ishlarni (referat, ese, prezentatsiya) ko‘proq va sifatli

bajarishni boshlagan.

Muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari.

Muammo

Tahlil

Yechim

O‘quvchilar terminlarni

yodlashda qiynaladi

Terminlar ko‘p va

murakkab

Vizual, kontekstual va

o‘yin orqali o‘rgatish

Terminlar

ona

tili

dasturiga

integratsiyalanmagan

Darsliklarda

joy

ajratilmagan

Kasbiy fanlar bilan

qo‘shma darslar o‘tkazish

O‘qituvchilarda metodik

yetishmovchilik

Tayyor

metodik

qo‘llanmalar kam

Mustaqil

metodik

vositalar yaratish, tajriba

almashish

O‘quvchilar

so‘z

boyligini ishga solmaydi

Terminni

biladi,

lekin ishlatmaydi

Dialog, bayon, esse

yozdirish orqali faol nutqqa

jalb qilish


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

106

2181-

3187

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib aytganda, Bugungi ta’lim jarayonida

har bir fan, har bir dars talabaning hayotiy va kasbiy faoliyatiga bevosita ta’sir

ko‘rsatishi zarur. Ayniqsa, kasb-hunar ta’limi tizimida o‘quvchilarning kommunikativ

savodxonligini shakllantirishda

ona tili fani

beqiyos o‘rin tutadi. Ma’lumki, kasbiy

muloqotda aniqlik, lo‘ndalik va tushunarlilik asosiy talab hisoblanadi. Bu esa bevosita

kasbiy terminlarni to‘g‘ri va o‘rinli ishlata olish

qobiliyatiga borib taqaladi.

Maqolada tahlil qilingan metodik yondashuvlar va tajriba asosida quyidagi

asosiy

xulosalar

ni chiqarish mumkin:

Ona tili darslarida kasbiy terminlarni o‘rgatish zarurati

nafaqat til

savodxonligini oshirishga, balki o‘quvchilarning kasbiy fikrlash doirasini

kengaytirishga xizmat qiladi. Ular o‘z sohalariga doir matnlarni tushunish, bayon qilish

va muloqotda qatnashish qobiliyatiga ega bo‘ladilar.

Terminlarni kontekstual asosda

o‘rgatish

– ularni sun’iy yodlashdan ko‘ra samaraliroq. O‘quvchilar real kasbiy

matnlar, texnik topshiriqlar, hujjatlar orqali terminlarni o‘zlashtirar ekanlar, bu bilim

amaliy ko‘nikmaga aylanadi.

Kasbiy fanlar bilan integratsiyalashgan darslar

o‘quvchilarning til va kasb

o‘rtasidagi bog‘liqlikni chuqurroq anglashiga, ular o‘z bilimlarini hayotda va mehnat

jarayonida qo‘llashga tayyor bo‘lishiga xizmat qiladi.

Interaktiv usullar, zamonaviy

axborot texnologiyalari va o‘yin asosidagi yondashuvlar

– o‘quvchilarning darsga

bo‘lgan qiziqishini oshiradi, faol ishtirokini ta’minlaydi. Shu bois, o‘qituvchi o‘z

faoliyatida innovatsion metodlarni doimiy qo‘llab borishi zarur.

O‘quvchilar

tomonidan tuziladigan soha lug‘atlari, kasbiy esse va bayon topshiriqlari, rolli

o‘yinlar

nafaqat ularning yozma nutqini, balki ijodiy fikrlash salohiyatini ham

rivojlantiradi. Amaliy kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, ona tili darslarida kasbiy

terminlarni maqsadli va tizimli o‘rgatish orqali o‘quvchilarda quyidagi ko‘nikmalar

shakllanadi: So‘z boyligi kengayadi; Kasbiy matnlar bilan ishlash malakasi ortadi;

Kasbiy suhbat va rasmiy hujjatlarda ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan til madaniyati

rivojlanadi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

107

2181-

3187

Tavsiya va takliflar:

Ona tili darslarining amaliy yo‘nalishini kuchaytirish,

ularga kasbiy tarkib kiritish tavsiya etiladi; Darslik va qo‘llanmalarga kasbiy

terminologiyalardan iborat bo‘limlar kiritilishi maqsadga muvofiq; O‘qituvchilarga

kasb yo‘nalishi bo‘yicha metodik materiallar, dars ishlanmalari, terminologik lug‘atlar

taqdim etilishi zarur; Ta’lim muassasalarida ona tili fanini kasbiy fanlar bilan

integratsiyalashgan shaklda o‘qitish tajribasi kengaytirilishi lozim; Talabalar

ishtirokida kasbiy terminlar bo‘yicha tanlovlar, viktorinalar, ijodiy yozuvlar tanlovlari

o‘tkazilishi foydali natija beradi.

Xulosa o‘rnida

, aytish joizki, ona tili fanini faqat nazariy bilim manbai deb emas,

balki kasbga tayyorlovchi, muloqotga yo‘naltiruvchi, fikrini aniq va ravon bayon eta

oladigan barkamol mutaxassisni tarbiyalaydigan vosita sifatida qarash lozim. Shunday

yondashuvgina o‘quvchining hayotda o‘z o‘rnini topishiga, kasbiy va ijtimoiy

faoliyatda muvaffaqiyatli bo‘lishiga poydevor bo‘la oladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Navoiy, A.

Xamsa

. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at

nashriyoti, 1991.

2.

Navoiy, A.

Lison ut-tayr

. – Toshkent: Sharq, 1993.

3.

Oripov, A.

Saylanma

. 2 jildlik. – Toshkent: O‘zbekiston, 2001.

4.

Oripov, A.

Hijron dardlari

. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996.

5.

G‘aniyev, A.

Alisher Navoiy: Hayoti, ijodi, merosi

. – Toshkent: Fan, 2002.

6.

Qodirov, S.

Abdulla Oripov poetikasi

. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy

ensiklopediyasi, 2010.

7.

Karimov, I. A.

Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch

. – Toshkent:

Ma’naviyat, 2008.

8.

Abdug‘aniyeva, M.

O‘zbek she’riyati va vatanparvarlik ruhining ifodasi

// O‘zbek tili va adabiyoti. – 2020. – №2. – B. 45–50.

9.

Xolmirzayev, O.

O‘zbek adabiyoti va milliy g‘oya

. – Toshkent: Ma’naviyat,

2004.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

108

2181-

3187

10.

To‘xtaboyev, Z.

Adabiyotda vatanparvarlik: nazariy yondashuvlar

//

Adabiyotshunoslik ilmi rivoji. – 2019. – №1. – B. 30–38

.

Библиографические ссылки

Navoiy, A. Xamsa. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at

nashriyoti, 1991.

Navoiy, A. Lison ut-tayr. – Toshkent: Sharq, 1993.

Oripov, A. Saylanma. 2 jildlik. – Toshkent: O‘zbekiston, 2001.

Oripov, A. Hijron dardlari. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996.

G‘aniyev, A. Alisher Navoiy: Hayoti, ijodi, merosi. – Toshkent: Fan, 2002.

Qodirov, S. Abdulla Oripov poetikasi. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy

ensiklopediyasi, 2010.

Karimov, I. A. Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. – Toshkent:

Ma’naviyat, 2008.

Abdug‘aniyeva, M. O‘zbek she’riyati va vatanparvarlik ruhining ifodasi

// O‘zbek tili va adabiyoti. – 2020. – №2. – B. 45–50.

Xolmirzayev, O. O‘zbek adabiyoti va milliy g‘oya. – Toshkent: Ma’naviyat,

10.

To‘xtaboyev, Z. Adabiyotda vatanparvarlik: nazariy yondashuvlar //

Adabiyotshunoslik ilmi rivoji. – 2019. – №1. – B. 30–38.