ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–2_ июня–2025
59
2181-
3187
TARIXIY ASARLARNI TARJIMA QILISH MUAMMOLARI: USLUB,
OBRAZLILIK VA MILLIY KOLORIT
Umida Abdullayeva Abdumutal qizi
O’zMU tayanch doktoranti
umidaabdullayeva0306@icloud.com
Annotatsiya.
Mazkur maqolada tarixiy asarlarning tarjimasi murakkab va ko‘p
qirrali lingvistik hamda madaniy jarayon sifatida tahlil qilinadi. Tarjimada muallif
uslubining saqlanishi, obrazlilik vositalarining adekvat talqini va milliy koloritning
tabiiy uzatilishi kabi jihatlar alohida urg‘uga ega. Muallif tarjima jarayonining
madaniyatlararo kommunikatsiyadagi o‘rni, tarjimonning dunyoqarashi va individual
yondashuvlari, shuningdek, pragmatik adaptatsiya zarurati haqida batafsil to‘xtaladi.
Maqolada Yujin Nayda, Roman Jakobson kabi tarjima nazariyotchilari fikrlariga
tayanilgan holda ekvivalentlik, stilizatsiya va zamonaviylashtirish kabi tarjima
strategiyalari muhokama qilinadi. Abdurauf Fitrat va G‘afur G‘ulom singari o‘zbek
tarjimonlarining faoliyati misolida milliy ruhni saqlagan holda muvaffaqiyatli tarjima
namunalariga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, tarixiy matnlarni tarjima qilishda
lingvistik, madaniy va tarixiy bilimlarning uyg‘unligi zarurligi ta’kidlanadi. Maqola
tarixiy asar tarjimasini samarali amalga oshirish uchun kompleks yondashuvning
muhimligini asoslab beradi.
Kalit so‘zlar:
tarixiy asar, tarjima nazariyasi, madaniyatlararo kommunikatsiya,
ekvivalentlik, stilizatsiya, milliy kolorit, pragmatik adaptatsiya.
Tarixiy asarlarning tarjimasi murakkab lingvistik va madaniy jarayon bo’lib,
bunda asarning uslubi, obrazlilik xususiyatlari hamda milliy koloritining adekvat
uzatilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Uslubiy jihatdan, tarjimon muallifning
individual yozuv uslubini saqlab qolishi, leksik-semantik o’ziga xosliklarni iloji
boricha aniq aks ettirishi lozim
1
. Obrazlilik esa metaforalar, simvolik ma’nolar hamda
1
N.M.O
’
rmonova. Tarjimada tarixiy-arxaik leksikani aks ettirish prinsiplari va tarjima aniqligi (o
’
zbek klassik
adabiyotidan fransuz tiliga qilingan tarjimalar tahlili asosida), Fil.fan.nomzodi dissertatsiyasi, Toshkent, 2008
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–2_ июня–2025
60
2181-
3187
tarixiy konnotatsiyalarning to’g’ri talqin qilinishini talab qiladi, chunki ular asarning
estetik va semantik yaxlitligini ta’minlaydi. Milliy kolorit masalasida esa tarjimon
muayyan xalqning tarixiy-madaniy kontekstini chuqur anglab, etnografik tafsilotlarni,
folklor elementlarini va lingvistik realiyalarni buzib ko’rsatmasdan, ularni maqsad til
tizimida tabiiy va adekvat uzatishi zarur. Shu bois, tarixiy asar tarjimasi nafaqat til va
adabiyotga oid bilimlarni, balki madaniyatshunoslik, tarix hamda semiotika singari
fanlar bilan uzviy aloqador yondashuvni talab etadi.
Tarjima qilinayotgan asar madaniyati (manba tiliga mansub muhit) va tarjimani
qabul qiluvchi muhit madaniyati (tarjima amalga oshirilayotgan til va madaniyat)
o’rtasidagi muqarrar tafovutlar sababli, manba matni ikki xil qarash tizimi – mahalliy
va “begona” dunyoqarash sistemalarining parallel qabul qilinishi sifatida namoyon
bo’ladi
2
. Bunda asliy matn muallifi hamda tarjimon, shaxs sifatida o’ziga xos
dunyoqarash, obrazlilik darajasi, hissiylik kabi turli xususiyatlarga ega bo’lib, bu holat
manba asliyatiga ham, uning tarjimasiga ham ta’sir ko’rsatadi va ular o’rtasida
muayyan tafovutlarning yuzaga kelishiga olib keladi. Shunday ekan, tarjimonning
vazifasi – manba tilining madaniy asoslarini anglash va muallif maqsadini to’g’ri
yetkazib berishning individual usulini shakllantirishdan iborat bo’lib, bu jarayonda
ikkita turli til va madaniyatni imkon qadar mohirona va aniq yaqinlashtirish muhim
ahamiyat kasb etadi.
Ushbu vazifani amalga oshirish quyidagi ikki yo’nalishda olib boriladi:
1.
“Begona” muhitning real voqeligini qayta yaratish;
2.
Ushbu voqelik faktlarini qayta idrok etish va ularni qabul qiluvchi
muhit auditoriyasi uchun tushunarli bo’lgan til vositalari orqali tasvirlash.
Manba matnida aks ettirilgan “begona” muhit realiyalarini aniq qayta yaratish
uchun uning madaniy va tarixiy rivojlanish xususiyatlarini batafsil o’rganish talab
etiladi. Ushbu realiyalarni aks ettirish jarayonida semantik birliklarning uzatilishida
jiddiy qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin, chunki har bir xalqning madaniy, tarixiy,
etnografik va boshqa o’ziga xos jihatlari mavjud bo’lib, bu tarjima jarayonida hisobga
2
Ю.Е.Комлева. Проблемы и методы исторического
перевода. ИСТОРИЧЕСКИЙ ПЕРЕВОД. 2008. Стр, 202
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–2_ июня–2025
61
2181-
3187
olinishi kerak. Tarjima jarayonida turli tillar tizimi va madaniy an’analar solishtiriladi,
bu esa matnning pragmatik adaptatsiyasini talab qiladi. Bunday moslashuv manba
matnining butun axborot hajmini qabul qiluvchi muhit auditoriyasiga yetkazish va
manba muallifi erishmoqchi bo’lgan hissiy va semantik ta’sirni yaratish imkonini
beradi. Demak, tarjimon boshqa til “ruhi”ning mohiyatiga chuqur kirib borishi va
boshqa madaniyat kodlari orqali predmetli matnning anglashilishiga yordam berishi
lozim.
Bunday holatlarda samarali tarjima faqat kompleks yondashuv yordamida amalga
oshirilishi mumkin, ya’ni lingvistik, madaniy, tarixiy, falsafiy va boshqa omillarni
hisobga olgan holda bajarilishi zarur. Shu jihatdan, tarjima jarayonida pragmatik
adaptatsiya muhim rol o’ynaydi. Masalan, tarjimon manba madaniyatiga xos
ma’nolarni qabul qiluvchi auditoriya uchun tushunarli tarzda ifodalashi kerak.
Jakobson (1959) o’zining tarjima nazariyasida lingvistik kodlarning transformatsiyasi
haqida so’z yuritgan bo’lib, uning fikricha, tarjimon faqat so’zlarni emas, balki
ularning orqasidagi ma’no tizimini ham tushunishi lozim
3
.
Bunga misol sifatida Abdurauf Fitrat, G’afur Gulom va boshqa adabiyotshunos
olimlarning milliy koloritni saqlagan holda qilgan tarjimalarini keltirish mumkin.
Masalan, Fitrat o’z tarjimalarida milliy ruhni saqlashga katta e’tibor qaratgan. Uning
"Hind ixtilolchilari" asarining tarjimasida hind madaniyatining o’ziga xos iboralari va
ruhiy holati juda aniq aks ettirilgan bo’lib, tarjimon tomonidan o’zbek tilidagi mos
ifodalar topilgan. Shuningdek, u xalq maqollari va iboralarini tarjimada samarali
qo’llagan, bu esa asarning milliy koloritini yo’qotmasdan yetkazish imkonini bergan.
G’afur G’ulom esa o’zbek adabiyotini jahon adabiyotiga tarjima qilishda ham,
jahon adabiyotini o’zbek tiliga o’girishda ham o’ziga xos uslubga ega bo’lgan. Uning
Pushkinning "Yevgeniy Onegin" asarini tarjima qilishdagi yondashuvi bunga yaqqol
misoldir. U ruscha she’riy qofiyalar tizimini saqlash bilan birga, o’zbekcha poetik
mazmun va milliy ohangni ham asliyatga mos ravishda kiritishga intilgan. Bu tarjima
3
Jakobson, Roman. Language in Literature.
Великобритания
: Belknap Press, 1987.p 428
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–2_ июня–2025
62
2181-
3187
nafaqat lingvistik jihatdan, balki poetik tafakkur nuqtai nazaridan ham muhim tajriba
bo’lgan.
Tarjima nazariyasi jihatidan esa, Yujin Nayda (1964) tomonidan ilgari surilgan
ekvivalent dinamik tarjima tamoyillari tarjimaning faqatgina lug’aviy jihatdan to’g’ri
bo’lishini emas, balki uning ma’nosi va ta’sirchanligi jihatidan ham mos kelishini
ta’kidlaydi
4
. Nayda “dinamik ekvivalentlik” tushunchasini ilgari surgan bo’lib, u
matnni qabul qiluvchi auditoriya uchun eng tabiiy va tushunarli shaklda yetkazish
zarurligini qayd etadi. Masalan, Bibliyaning turli tillarga tarjimasida u metaforalar va
diniy atamalarni har bir til va madaniyatga mos tushadigan shaklda tarjima qilishga
urg’u bergan. Shu jihatdan, tarjimon nafaqat so’zlarni, balki ular ortidagi semantik va
madaniy yukni ham to’g’ri anglab, tegishli uslub va ifodalash vositalarini topishi zarur.
Tarixiy tarjima amaliyoti, shubhasiz, ikki professional tadqiqotchi – tarixchi va
tarjimon faoliyat doirasiga kiradi. Biroq ta’lim tizimida professional tarjimonlarni
tayyorlash fanlari qatoriga tarixiy fanlar kiritilmaydi, xuddi shuningdek, professional
tarixchilar uchun tarjima nazariyasi va lingvistik fanlar yetarlicha o’qitilmaydi. Biroq
yuqorida qayd etilganidek, tarixiy matnning adekvat tarjimasi ushbu davr va mamlakat
tarixini chuqur bilishsiz, hamda tarjima faoliyatining ko’nikma va malakalariga ega
bo’lmasdan to’g’ri amalga oshirilishi mumkin emas. Ushbu muammoni hal etishda
tarixchi mutaxassislarga tarjimaning asosiy qonunlari va usullarini o’rgatish,
tarjimonlarni esa tarix faniga chuqur singdirishdan ko’ra maqsadga muvofiqroq bo’lib
tuyuladi.
Shunday qilib, tarixiy manbani tarjima qilish jarayonida nafaqat matnni yaxshi
tushunish, balki quyidagilar ham zarur
5
:
1.
manba tili va tarjima tilining leksikasi va grammatikasi, ularning
lingvistik xususiyatlarini chuqur bilish;
2.
informatsion mazmunni to’liq yetkazish qobiliyati: mazmunni
imkon qadar to’laqonli ifodalash, madaniy va tarixiy kontekstni qayta yaratish;
4
Nida E. Towards a science of translating. Special reference to principles and procedures involved in Bible translating.
Leiden, 1964
5
Ю.Е.Комлева. Проблемы и методы исторического перевода. ИСТОРИЧЕСКИЙ ПЕРЕВОД.
2008.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–2_ июня–2025
63
2181-
3187
3.
uslub, kompozitsiya va asl matn atmosferasini tiklash qobiliyati:
yakuniy matn ravon o’qilishi, qisqartmalar, kinoyalar, idiomalar va
aforizmlarning ma’nosi ochib berilishi lozim.
Ekvivalent dinamik tarjima nazariyasi asoschisi Y. Nayda (1964) tarixiy
stilizatsiyaning muhimligini ta’kidlab, tarjimon faqat lug’aviy ekvivalentlarni emas,
balki matnning kontekstual ruhini ham yetkazishi lozimligini qayd etgan . Masalan,
Bibliyaning inglizcha tarjimalarida qadimgi ibroniy va yunon matnlaridagi poetik va
ritmik tuzilmani saqlash uchun maxsus usullar qo’llangan.
Demak, tarixiy stilizatsiya tarjimada muhim usul bo’lib, u matnning davriga xos
ruhini yetkazish, o’quvchiga o’sha zamon atmosferasini his qilish imkoniyatini taqdim
etadi. Bu uslubni qo’llash tarjimondan chuqur lingvistik, madaniy va tarixiy bilimlarni
talab qiladi.
Tarjimada strategiyalar turli vaziyatlarga qarab farqlanadi. Tadqiqotchilar tarixiy
matnlarni tarjima qilishda ikki asosiy yondashuv mavjudligini ta’kidlaydilar: birinchisi
– “asliyatdagi matn vaqtini yaqinlashtirish”, ya’ni tarixiy stilizatsiyadan foydalanish,
ikkinchisi esa – matnni zamonaviylashtirish orqali “asliyatdagi matn vaqtini
uzoqlashtirish”.
Ko’pchilik tadqiqotchilar tarixiy matn o’z davridagi o’quvchilar uchun ularning
tili va uslubi asosida yozilganini hisobga olib, tarjima ham tarjimonning zamonaviy tili
vositasida amalga oshirilishi lozimligini qayd etadilar. Shu bilan birga, ayrim leksik va
grammatik birliklar tanlab ishlatilishi natijasida matn tarixiy ruhiyatini saqlab qolishi
kerak.
Rus filologi V. S. Vinogradov “osovremenivanie” (zamonaviylashtirish) usuli
matnning asliyatdagi funksional jonliligini saqlashga xizmat qilishini ta’kidlagan .
Masalan, Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa” dostonlari tarjimasi chog’ida o’rta asr
terminlarini zamonaviy o’quvchi tushunishi uchun moslashtirish talab etiladi. Agar
“shahanshoh” so’zi “imperator” deb tarjima qilinsa, bu tarixiy kontekstni to’g’ri
anglashga yordam beradi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–2_ июня–2025
64
2181-
3187
Boshqa olim, I. A. Kashkin, tarjimonning tarixiy matnni zamonaviy o’quvchining
ko’zi bilan o’qish huquqiga ega ekanligini ta’kidlaydi . Uning fikricha, tarjimon tarixiy
obrazni zamonaviy talqinda tushuntirishi, lekin ayni vaqtda matnning uslubiy o’ziga
xosligini va tarixiy ishonchliligini saqlashi kerak. Masalan, Abdurauf Fitratning “Chin
sevish” pyesasini tarjima qilishda qadimiy arabcha va forscha istilohlarni to’g’ridan-
to’g’ri qoldirish yoki ularga izoh berish muhim muammolardan biri hisoblanadi. Agar
bu iboralar zamonaviy muqobillari bilan almashtirilsa, o’quvchi matnni oson
tushunadi, ammo badiiy ta’sir zaiflashishi mumkin.
Demak, tarixiy matnlarni tarjima qilishda tarjimonning asosiy maqsadi – matn
mazmunini saqlagan holda uni zamonaviy o’quvchi uchun tushunarli qilishdir. Bu esa
tarjimondan lingvistik bilim bilan birga madaniy va tarixiy anglashni ham talab qiladi.
Tarixiy tarjima strategiyalarining eng maqbul varianti, shubhasiz, modernizatsiya
va tarixiylashtirish o’rtasidagi “oltin o’rtalik” bo’lib, bu yondashuv ikkala uslubning
elementlarini muvozanatli tarzda uyg’unlashtirishni talab etadi. Tarjima jarayonida
matnning tarixiy kontekstini saqlash bilan birga, uni zamonaviy o’quvchiga tushunarli
shaklda yetkazish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
[1] N.M.O’rmonova. Tarjimada tarixiy-arxaik leksikani aks ettirish prinsiplari va
tarjima aniqligi (o’zbek klassik adabiyotidan fransuz tiliga qilingan tarjimalar tahlili
asosida), Fil.fan.nomzodi dissertatsiyasi, Toshkent, 2008
[2]
Ю.Е.Комлева.
Проблемы
и
методы
исторического
перевода.
ИСТОРИЧЕСКИЙ ПЕРЕВОД. 2008. Стр, 202
[3]
Jakobson, Roman. Language
in
Literature. Великобритания: Belknap
Press, 1987.p 428
[4] Nida E. Towards a science of translating. Special reference to principles and
procedures involved in Bible translating. Leiden, 1964
[5]
Ю.Е.Комлева.
Проблемы
и
методы
исторического
перевода.
ИСТОРИЧЕСКИЙ ПЕРЕВОД. 2008.