Авторы

  • Matquliyev Jasurbek Davlatnazar o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124509

Ключевые слова:

Pedogogik kasbiy ko‘nikma pedogogik mahorat Kreativ fikrlash “Yangi pedagogik texnologiyalar” “Innovatsion uslublar” “Interaktiv metodlar” didaktik qobiliyat akademik qobiliyat avtoritar qobiliyat perseptiv qobiliyat va nutq qobiliyati.

Аннотация

:Ushbu maqolada pedogogik mahorat va pedogogik kasbiy ko‘nikmalarning ta’lim jarayonidagi ahamiyati yoritilib, bugungi zamon ta’limi yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste’dodi va qobiliyatlarini to’liq amalga oshirishga e’tibor berishga bog’liq ekanligi pedagogika orqali yoritiladi. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

24

2181-

3187

PEDOGOGIK KASBIY KO‘NIKMALARNING TA’RIFI, TURLARI VA

UNING PEDOGOGIK JARAYONLARDAGI AHAMIYATI

Osiyo Xalqaro Universiteti magistranti

Matquliyev Jasurbek Davlatnazar o‘g‘li

Annotatsiya:

Ushbu maqolada pedogogik mahorat va pedogogik kasbiy

ko‘nikmalarning ta’lim jarayonidagi ahamiyati yoritilib, bugungi zamon ta’limi

yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste’dodi va qobiliyatlarini to’liq amalga

oshirishga e’tibor berishga bog’liq ekanligi pedagogika orqali yoritiladi.

Kalit so‘zlar:

Pedogogik kasbiy ko‘nikma, pedogogik mahorat, Kreativ

fikrlash,“Yangi pedagogik texnologiyalar”, “Innovatsion uslublar”, “Interaktiv

metodlar”, didaktik qobiliyat, akademik qobiliyat, avtoritar qobiliyat

,

perseptiv

qobiliyat va nutq qobiliyati.

Bugungi kunda pedagogika yo`nalishida olib borilgan tadqiqotlar va ilmiy

yondoshuvlar pedagogik mahorat o`qituvchining kasbiy faoliyatidagi eng zaruriy

bo`lgan qobiliyatlardan ekanligini ta`kidlab, asoslamoqda. Pedagogik mahorat kasbiy

faoliyatdagi induviduallikning yorqin ko‘rinishi sifatida tushuniladi chunki xar bir

pedagogning mahorati boshqa pedagognikidan tubdan farqlanadi.

Hozirgi zamon pedagog shaxsi uchun eng muhim asos- xar taraflama

rivojlanganlikdir. Pedagog juda yuksak darajadagi madaniyatga ega bo‘lgan shaxs

sifatida o`zi o`tadigan fan sohasidagi yutuqlardan, yangiliklardan xabardor bo‘lish

bilan birga bilimlarni yetkazib berish mahoratiga ham ega bo`lishi shart. Pedagogik

mahorat arab tilidan tarjima qilinganda “mohirlik”, “ustalik”, “epchillik” degan

ma`nolarni bildirib kasbiy faoliyatni ustalik, mohirlik bilan, san’atkorona tashkil

etilishiga imkon beradigan bilim, kо‘nikma va malakalar majmui xisoblanadi.

Pedagogik mahorat – tug‘ma yoki nasldan–naslga o‘tuvchi xususiyat emas, balki

izlanish, ijodiy mehnat mahsulidir. Ko‘p qirrali pedagogik faoliyat zamirida ijodiy

mehnat yotadi. Agar pedagogning kasbiy rivojlanganlik dasturiga qaralsa, u holda

birinchi o‘ringa uning integral sifati –mahoratidan iborat ekanligini ko`rishimiz


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

25

2181-

3187

mumkin. Pedagogik keng qamrovli tushuncha bo`lib, o`qituvchining kasbiy va shaxsiy

sifatlarini tahlilliy o`rganish natijasida pedagogik mahoratga berilgan taʼriflar shuncha

ko‘p bo‘lishiga qaramay, ularda mahoratning qaysidir jihatlari ifodalanadi.

Mashhur o`zbek pedagogi Abdulla Avloniy o’z asarlarida o’qituvchi shaxsi va

uning faoliyati borasidagi qarashlarni ifodalashga alohida to`xtalib o`tib bolaning

sog’lom bo’lib o’sishida ota-onalar o’ziga xos rol o’ynasalar, uning fikriy jihatdan

taraqqiy etishida o’qituvchining o’rni beqiyos ekanligini ta`kidlaydi. Xususan,

«fikrning quvvati, ziynati, kengligi, muallimning tarbiyasiga bog’liqdur»[2] - deydi.

Buyuk pedagog olim Yan Amos Komenskiy o’z davrida o’qituvchining bola

dunyoqarashini rivojlantirishdagi roli katta deb xisoblaydi, uning fikricha, pedagog o’z

burchlarini chuqur anglay olishi hamda o’z qadr-qimmatini to’la baholay bilishi zarur.

Ya.A.Komenskiy o’qituvchi obrazini tasvirlar ekan, uning shaxsida quyidagi

fazilatlarning namoyon bo’lishi maqsadga muvofiqligiga urg’u beradi: vijdonli,

ishchan, sabotli, axloqli, o’z ishini sevuvchi, o’quvchilarga otalaridek muomala

qiluvchi, ularda bilimga havas uyg’otuvchi, o’quvchilarni o’z ortidan ergashtiruvchi.

K.D.Ushinskiy o’qituvchi ma`naviyati va kasbiy faoliyatiga yuqori baho beradi

hamda ularning kasbiy malakalarini doimiy ravishda takomilashtirib borish maqsadga

muvofiq ekanligi to’g’risidagi fikrni ilgari suradi. Mazkur g’oyaning ijtimoiy

ahamiyatini tasdiqlovchi tizim – o’qituvchilarni tayyorlovchi tizimni ilk bor asoslaydi.

Pedagogning kasbiy mahorati – bu maʼlum shaxsiy (xayrixoxlik, tushunish,

hamdard bo`lish) va kasbiy (bilimdonligi, javobgarlikni his qilishi, ijodkorligi

eruditsiyasi, kommunikativligi, tashkilotchiligi va h.k.) fazilatlarining yig‘indisi

hisoblanib, u pedagogik-psixologik tayyorgarligida, talabalarga ta`lim va tarbiya

berishning optimal yo‘llarini izlab topishida namoyon bo‘ladi.

Pedagogning kasbiy kompetentligi keng doirada o`rganilib, egallashi zarur

bo`lgan qobiliyatlari ham bir nechtani tashkil etadi. Masalan:

Didaktik qobiliyat-

bu talabalarga o’quv materialini aniq va ravshan tushuntirib,

oson qilib yetkazib berish, talabalarda fanga qiziqish uyg’otib ularda mustaqil faol

fikirlashni rivojlantira oladigan qobiliyatdir. Didaktik qobiliyatga ega bo’lgan


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

26

2181-

3187

o’qituvchi zarurat tug’ulganda qiyin materialni osonroq murakkabrog’ini soddaroq,

tushunish qiyin bo’lganini tushunarliroq qilib talabalarga yetkazib bera oladi.

Akademik qobiliyat - bu o’qituvchining o’zi o’qitadigan fani shuningdek boshqa

fanlardan ham chuqur va keng bilimlarga ega bo’lish qobiliyatidir. Ko’pchilik tajribali

pedagoglarning aytishlaricha o’qituvchi o’z fani bo’yicha bunday yuksak bilim

saviyasiga erishishi, boshqalarni qoyil qilib hayratda qoldirishi, o’quvchilarda katta

qiziqish uyg’ota olishi uchun yuksak madaniyatli har tomonlama mazmunli keng

dunyoqarashli odam bolmog’i zarur.

Perseptiv qobiliyat-

bu psixologik kuzatuvchanlik, o’quvchi shaxsining individual

psixologik xususiyatlarini

inobatga olgan

xolda yondashish,o’qituvchining

vaqtinchalik psixik xolatlarini tushuna bilishdan iborat qobiliyatdir.

Nutq qobiliyati-

O’qituvchining o’z his tuyg’ularini nutq yordamida, shu bilan

birgalikda mimika va pantamimika yordamida aniq va ravshan qilib ifodalab berish

qobiliyatidir. Bu o’qituvchilik kasbidagi muhim xislatlardan biri hisoblanadi. Chunki

o’qituvchidan o’quvchilarga uzatiladigan axborot asosan ikkinchi signal tizimi – nutq

orqali beriladi. O’qituvchining nutqi, talaffuzi aniq – ravshan, oddiy va o’quvchilar

uchun tushunarli bo’lishi kerak. Qobiliyatli o’qituvchining nutqi ifodali, emotsiyaga

boy bo’lib, bunda stilistik va gramatik xatolar bolmasligi lozim. Bir xil oxangdagi nutq

o’quvchilarni juda tez toliqtiradi. Shuning uchun auditoriyaga moslab o’qituvchi o’z

nutqini kuchli yoki pastroq qilib o’zgartirib turishi kerak.

Tashkilotchilik qobiliyati

bu dars jarayonini va darsdan tashqari faoliyatlarni

tashkil eta bilish o’quvchilar jamoasini uyushtira bilish shuningdek o’z shaxsiy

ishlarini to’g’ri tashkil qila olish qobiliyatidir. Aytaylik darsning 10,20,30, daqiqalari

davomida mabodo, ko’zda tutilmagan vaqt ortib qolgan taqdirda foydalanish uchun

qanday qo’shimcha materiallarni tayyorlash yoki yetmay qolganda qanday materialni

keyingi darsga qoldirish mumkinligi haqida bilishimiz kerak.

Avtoritar qobiliyat

bu o’quvchilarga bevosita emotsional-irodaviy ta’sir etib

ular o’rtasida obro’ ortira olishdan iborat qobiliyatdir. Avtoritar qobiliyat


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

27

2181-

3187

o’qituvchining rostgo’yligi, irodaviy uddaburonligi, o’zini tuta bilishi, farosatliligi,

talabchanligi kabi hislatlar bilan bog’liqdir.

Pedagogik xayol-

bu talabalar shaxsini tarbiyaviy tomondan loyixalashtirishda

o’z ish harakatlarining natijasini oldindan ko’ra bilishda namoyon bo’ladigan

qobiliyatdir. bu qobiliyat o’qituvchi ma’lum o’quvchidan kelgusida kim chiqishini

ko’z oldiga keltirishida talabalarda u yoki bu hislatlarni rivojlanishini oldindan ko’ra

bilishida namoyon bo’ladi.

Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati

– bu qobiliyat bir vaqtning o’zida diqqatni

bir qancha faoliyatga qarata olishda namoyon bo’lib, o’qituvchi ishida muhim

ahamiyatga egadir. Qobiliyatli tajribali pedagog bir vaqtning o’zida diqqat e’tiborini

o’quv materialning mazmuniga, uning qanday bayon etilishiga o’quvchi fikriga

qaratadi va shu bilan birgalikda barcha o’quvchilarni kuzatib ularning hissiy

emotsional holatlari darsga tushunish yoki tushunmayotganligini kuzatish shu bilan

birgalikda o’zining shaxsiy xulq atvoriga ham e’tibor berishi kerak.

Sanab o`tilgan qobiliyatlarni barchasini o`zida mujassam etadigan pedagoglarni

topish murakkab masala, ammo tarbiyalash mumkin bo`lgan jarayon xisoblanadi.

Doimiy ravishda o`z ustida ishlash orqali barcha qobiliyatlarni o`zida mujassam etgan

pedagogga aylanish mumkin. O`z ustida ishlashda nimalarga e`tibor qaratish ijobiy

natijalarni beradi, yani:

Malakali pedagoglarning darslarini kuzatish;

Malaka oshirish va seminar-treninglarda ishtirok etish;

O`z-o`ziga tanqidiy baho bera olish va boshqalar tomonidan berilgan tanqidlarni

qabul qilib bartaraf etish ishlarini amalga oshirish;

Ilmiy va badiiy adabiyotlarni mutolaa etish.

Mashhur rus pedagogi A.S. Makarenko “Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni,

xazillashishni, quvnoq, jahldor bo’lishni bilishi lozim, u o’zini shunday tutishi kerakki,

uning har bir harakati tarbiyalasin”, degan edi. Pedagogik mahorat tizimida pedagogik

nazokat (takt)–pedagogning pedagogik maqsadga muvofiq, foydali, qimmatli

harakatlarining o‘lchovi, meʼyori va taʼsir vositasining chegarasi sifatida


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

28

2181-

3187

xarakterlanadi. Pedagogik mahoratning qayd qilingan tarkibiy qismlari pedagogning

kasbiy xususiyatlarini boyitadi va uni mohirlik sari yetaklaydi va o`qituvchida

pedagogik mahorat malakalarining tarkib topishiga yordam beradi. Ammo, o‘z

kasbining mohir ustozi bo‘lish uchun faqatgina ularga tayanib, ish tutish kutilgan

natijani bermasligi mumkin. Buning uchun muntazam ravishda pedagogik fikrlash,

pedagogik o‘ylash, pedagogik ish tutish lozim bo‘ladi. Bu deganimiz, o‘z faoliyatini

pedagogik hodisalarni, vaziyatlarni tahlil qilish, ularning har bir bog‘lanish joylarini

anglashga intilish, kunlik natijalarni mustaqil ravishda tahlil qilishi va yangi taʼlim-

tarbiyaga doir g‘oyalarni avvalgilari bilan taqqoslay olishga odatlanishi ham lozim

bo‘ladi. Shuningdek A.S. Makarenko aytganidek talabalarga namuna ham bo`la olishi

lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Pedagogika: 1000 ta savolga 1000 ta javob/ Met.qo‘ll.U.I.Inoyatov, N.A.Muslimov,

M.Usmonboyeva, D.Inog‘omova. – T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2012

2. Mahkamov U, Tillaboeva N, Tillaboeva SH. Pedagogik mahorat. O’quv qo’llanma.

T.: 2003 y

3. Уринова Ф.У. (2020). Didactic games in preschool educational system. Проблемы

современной науки и образования, (4-2 (149)), 27-29.

4. Yusupova K. Proceedings of International Conference on Modern Science and

Scientific Studies Hosted online from Paris, France. Date: 19th December,

5. Komiljanova H. Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o‘qituvchi

faoliyatidagi o‘rni va ahamiyati , Educational Research in Universal Sciences. volume

2 | special issue 6 | 2023

Библиографические ссылки

Pedagogika: 1000 ta savolga 1000 ta javob/ Met.qo‘ll.U.I.Inoyatov, N.A.Muslimov,

M.Usmonboyeva, D.Inog‘omova. – T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2012

Mahkamov U, Tillaboeva N, Tillaboeva SH. Pedagogik mahorat. O’quv qo’llanma.

T.: 2003 y

Уринова Ф.У. (2020). Didactic games in preschool educational system. Проблемы

современной науки и образования, (4-2 (149)), 27-29.

Yusupova K. Proceedings of International Conference on Modern Science and

Scientific Studies Hosted online from Paris, France. Date: 19th December,

Komiljanova H. Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o‘qituvchi

faoliyatidagi o‘rni va ahamiyati , Educational Research in Universal Sciences. volume

| special issue 6 | 2023