Авторы

  • Jurayeva Zulfiyaxon

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124519

Ключевые слова:

kasbiy ta’lim mehnat bozori aniq fanlar matemaika ehtimollik ta’lim rejasi texnologik xarita model.

Аннотация

 Mazkur maqolada kasbiy ta’limda “Ehtimollikni hisoblashda kombinatorika formulalaridan foydalanish” mavzusining ta’lim texnologiyasining modelini ishlab chiqish masalalari muhokama qilingan. Shuningdek, mavzuni samarali yoritish rejasiga ham alohida e’tibor qaratilgan. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

402

2181-

3187

KASBIY TA’LIMDA “EHTIMOLLIKNI HISOBLASHDA

KOMBINATORIKA FORMULALARIDAN FOYDALANISH”

MAVZUSINING TA’LIM TEXNOLOGIYASINING MODELINI ISHLAB

CHIQISH

Jurayeva Zulfiyaxon

Asaka tuman 1-son politexnikum o‘qituvchsi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada kasbiy ta’limda “Ehtimollikni hisoblashda

kombinatorika formulalaridan foydalanish” mavzusining ta’lim texnologiyasining

modelini ishlab chiqish masalalari muhokama qilingan. Shuningdek, mavzuni samarali

yoritish rejasiga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Kalit so‘zlar:

kasbiy ta’lim, mehnat bozori, aniq fanlar, matemaika, ehtimollik,

ta’lim rejasi, texnologik xarita, model.

Kirish

Globallashgan davrda jaxon bozoridagi talablar iste’molga qarab o‘zgarib

bormoqda. Bu esa yangi iqtisodiy qarashlar, tovar va xizmatlarga yangicha

yondashuvlarni olib kirmoqda. Natijada mehnat bozori zamonaviy kadrlarga extiyoj

sezmoqda. Mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq uzluksiz ta’lim

tizimini takomillashtirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim xizmatlarining

ochiqligi va sifati masalalariga davlat tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu

maqsadda O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan professional ta’limi tizimiga

doir qabul qilingan qator qarorlarning amalga oshirilishini ta’minlashda mazkur ta’lim

tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar hamda pedagog kadrlarining professional

ta’limi sohasida davlat siyosati va uni modernizatsiyalashga doir huquqiy asoslarini

chuqurroq bilishlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Jumladan, Kasbiy ta’lim sohasida institutsional yaxlitlikni ta’minlash va

boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish hamda

ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh o‘rta bo‘g‘in kadrlari


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

403

2181-

3187

tayyorlash tizimini isloh qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 16 oktabrdagi “Kasbiy ta’limda

malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim

dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoni imzolandi.

Unga ko‘ra tashkilotlari turlarini maqbullashtirish hamda kasbiy ta’limning

barcha darajalari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan yagona ko‘p tarmoqli o‘quv

muassasalari tizimini joriy qilish hamda kasbiy ta’lim tashkilotlarining akademik

mustaqilligini ta’minlash hamda ularning iqtisodiyot tarmoqlari talablariga mos

kadrlar tayyorlash imkoniyatini kengaytirish kabi muxum vazifalar belgilandi.

Asosiy qism

Aynan kasbiy ta’lim muassasasida maxsus fanlar bilan bir qatorda aniq fanlar ham

interasalashgan xolda o‘tilishi belgilangan. Galdagi vazifa ularni sifatli, xayotiy

misollar va dalillar bilan hamda amaliy, qiziqarli tarzda tashkil etish zarur hisoblanada.

Jumladan yoshlarni aniq fanlarga bo‘lgan qiziqtirishlarini rivojlantirish, ularda

matematik ongni yuksaltirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

Masalan boshlang‘ich professional ta’limi tizimi o‘quvchilariga o‘quv dasturi

doirasida “Ehtimollikni hisoblashda kombinatorika formulalaridan foydalanish” ta’lim

texnologiyasining modelini ishlab chiqsh muxokama qilinadi.

“Ehtimollikni hisoblashda kombinatorika formulalaridan foydalanish” fani

modeli jami 80 soatdan iborat bo‘lib, ta’lim oluvchi soni 30 nafargacha bo‘lgan

guruhlarda ma’ruza tarzda tashkil etiladi. (1-rasm)

1-rasm

Jami 80 soat ajratilgan

Ajratilgan soat

30 nafardan iborat guruhlarda

Ta’lim oluvchilar soni

• Ma’ruza, misol yechish

O‘quv mashg‘ulotining

shakli

• 1. Ehtimollikning klassik ta’rifi

. 2. Ehtimollikni

hisoblashda kombinatorika formulalaridan foydalanish.
3.

Ehtimollikning statistik ta’rifi

Mashg‘ulotining rejasi


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

404

2181-

3187

O’quv mashg’ulotining maqsadi:

O‘quvchilarda Ehtimollikni hisoblashda

kombinatorika formulalaridan foydalanish haqida bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish

rivojlantirish, hamda xayotiy misollarda qo‘llanishini o‘rgatish.

O‘qitish natijasi: Ushbu mavzuni o‘zlashtirish natijasida o‘quvchida

shakllanadigan asosiy bilim, ko‘nikma yoki kompetensiyalar. (1-jadval)

Pedagog vazifalari:

O’quv faoliyatining natijalari:

Pedagog vazifalari:

O‘qituvchi:

-

Ehtimollikni

hisoblashda

kombinatorika

formulalaridan

foydalanish

haqida

haqida

tushuncha hosil qilish;

-Ehtimollikni

hisoblashda

kombinatorika

formulalaridan

foydalanishni tasniflash

-

Ehtimollikni

hisoblashda

kombinatorika

formulalaridan

foydalanishga oid misollar

yechish ko‘nikmasini hosil qilish;

O‘quv faoliyatining natijalari:

O‘quvchi:

- Ehtimollikni hisoblashda kombinatorika

formulalaridan

foydalanish haqida o‘z

tushunchalarini aytadilar

-Ehtimollikni hisoblashda kombinatorika

formulalaridan

qanday

foydalanishni

izoxlaydilar,

-Ehtimollikni

hisoblashda

kombinatorika formulalaridan foydalanish

tasniflaydilar;

- Ehtimollikni hisoblashda kombinatorika

formulalaridan foydalanish oid misollar

yechadilar;

1-jadval.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

405

2181-

3187

Dars mashg‘uloti modul doirasida uni to‘la yoritib berishga xizmat qiladigan va

bir-birini to‘ldiradigan qisqa rejalardan iborat bo‘lishi maqsadga muvofiq. (

2-rasm

)

2-расм

Ta’lim berish usullari sifatida “ma'ruza”, “tushuntirish” hamda “aqliy hujum”,

“zig-zag usuli” kabi metodlardan foydalanilib, zarur vosita va tarqatmalar asosida

tashkil etiladi. Masalan, ma’ruzalar matni, darslik, doska, bo’r, tarqatma materiallar.

Ta’lim shakli ommaviy va individual tarzda olib boriladi. Mashg‘ulot davomida

o‘quvchilarni o‘zlashtirish natijalarini nazorat qilish va baholash darsning asosiy qismi

hisoblanadi. Bunda og’zaki so’rov: mavzu asosida nazorat savollarini beradi.

Topshiriqlar asosida yozma misollar berib baholaydi.

Ma’ruza mashg‘ulotlari (muammoli ma’ruza, suhbat-munozara, ma’ruza-dialog)

audiovizual vositalarni qo‘llangan holda evristik suhbat, munozaralar shaklida, amaliy

mashg‘ulotlar esa aktiv, interaktiv metodlar hamda axborot va pedagogik

texnologiyalarni qo‘llagan holda tashkil etish orqali ishtirokchilarda fanga bo‘lgan

qiziqishlarini oshirishga erishiladi. Shunda o‘quvchilarda qoldiq bilm miqdori yuqori

bo‘lishga erishilib, zamon talablariga mos, salohiyatli kasb-hunar egalarini

tayyorlashga erishish mumkun.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

406

2181-

3187

Xulosa

Mashg‘ulotlarni shu ko‘rinishda aniq rejalar asosida tashkil etish mashg‘ulot

vaqtidan samarali foydalanishni ta’minlaydi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, kundalik hayotimizda ehtimollikni hisoblashda

kombinatorika formulalaridan foydalanish birmuncha faoliyatni yengillashtiradi va

aniqlashtiradi.

Bu kabi mavzularni yoshlarga o‘rgatish mamlakatimizda aniq va texnik fanlar

rivojiga xissa qo‘shadi. Bu esa yangi innovatsiyalarga, iqtisodiy rivojlanishlarga sabab

bo‘lib xizmat qiladi.

Adabiyotlar ro‘yxati

1.

Murtozaqulov Z. M., Abdujabborov S. H. F. Tenglamalar sistemasini

yechishda qulay bo'lgan metod va ko'rsatmalar //EKONOMIKA. - S. 898-904.

2.

Muslimov N.A. va boshqalar. Innovatsion ta’lim texnologiyalari. O‘quv-

metodik qo‘llanma. – T.: “Sano-standart”, 2015. – 208 b.

3.

Ro‘zieva D. va bosh.Interfaol metodlar: mohiyati va qo‘llanilishi, Met.qo‘ll.

– T.: TDPU, 2013 y.

4.

www.bimm.uz Bosh ilmiy-metodik markaz.

Библиографические ссылки

Murtozaqulov Z. M., Abdujabborov S. H. F. Tenglamalar sistemasini

yechishda qulay bo'lgan metod va ko'rsatmalar //EKONOMIKA. - S. 898-904.

Muslimov N.A. va boshqalar. Innovatsion ta’lim texnologiyalari. O‘quv

metodik qo‘llanma. – T.: “Sano-standart”, 2015. – 208 b.

Ro‘zieva D. va bosh.Interfaol metodlar: mohiyati va qo‘llanilishi, Met.qo‘ll. – T.: TDPU, 2013 y.

www.bimm.uz Bosh ilmiy-metodik markaz.