ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–2_ июня–2025
393
2181-
3187
NAQD PULLARNING KELIB CHIQISH TARIXI
Toshkent islom instituti
402-guruh talabasi
Zikiryoyev Hojimurod
Zamonaviy dunyoda telefondan foydalanib, soniyalar ichida millionlab pullarni
bir manzildan ikkinchisiga ko‘chirish mumkin. Asrlar davomida esa insoniyat
tasavvurida pul – metall tangalardan iborat bo‘lib kelgan.
Pul insoniyat tarixi 3-ming yilligining ajralmas bo‘lagi sanaladi. U ixtiro
qilinishidan oldin esa odamlar o‘zaro ayirboshlash munosabatidan foydalanishgan.
O‘zaro ayirboshlashda tovarlar bilan tovarlar yoki tovarlar bilan xizmatlar yoxud
xizmatlar bilan xizmatlar ayirboshlangan. Lekin bunda ma’lum qiyinchiliklar va vaqt
yo‘qotish holatlari ko‘p bo‘lgan. Masalan, kimdir bitta toshdan yasalgan bolta evaziga
biror ovchidan mamontni otib berishini so‘rasa, ovchi haqiqatan ham, bitta bolta
evaziga xizmat qilishi arzirli yoki yo‘q ekanini aniqlashga vaqt ketgan.
Keyinchalik esa hali pul ixtiro qilinmay turib ham odamlar oson sotilishi mumkin
bo‘lgan buyumlardan, masalan, hayvon terisi, tuz va o‘q-dorilardan o‘rtacha qiymatli
ayirboshlash vositalari sifatida foydalanishgan.
Taxminan miloddan avvalgi 770-yillarda xitoyliklar ma’lum turdagi buyum va
qurollarni ayirboshlash uchun ularning bronzadan yasalgan kichik shakllaridan
foydalanishgan. Biroq odamlar cho‘ntaklaridan kichik xanjar, belkurakni olish paytida
qo‘llarini jarohatlab olishi mumkin edi va tabiiyki, buni hech kim xohlamagan.
Shuning uchun vaqt o‘tib, bu kabi bronza buyumchalar dumaloq shakldagi qulay
tangalarga aylanib borgan. Garchi birinchi tangalar (bronza shakldagi aylana jismlar)
Xitoyda muomalaga kiritilgan bo‘lsa-da, ilk tangalar tarixiy Lidiyada (hozirgi g‘arbiy
Turkiya) zarb etila boshlangan. Birinchi tangalar tarixiy Lidiyadan (hozirgi g‘arbiy
Turkiya) uncha uzoq bo‘lmagan hududlardan topilgan.
Miloddan avvalgi 600-yillarda Lidiya qiroli Alyattes birinchi rasmiy tangani zarb
ettirdi. Bu tangalar oltin va kumush aralashmasidan yasalgan va muhr bosilgan
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–2_ июня–2025
394
2181-
3187
ko‘rinishda bo‘lgan. Lidiya pul birligi mamlakatning ichki va tashqi savdosi
rivojlanishiga yordam berdi, shuningdek, davlatni Osiyoning eng boy imperiyasiga
aylantirdi. Keyinchalik hatto Lidiya bilan bog‘liq tarzda «Krezdek badavlat» degan
ibora ham odamlar orasida tarqaladi. Buning bilan ilk oltin tangalarni zarb ettirgan
Lidiyaning so‘nggi hukmdori Krezga ishora qilingan. Pul birligi borasida Lidiya
dunyoda lider bo‘lib turgan davrlarda xitoyliklar tanga o‘rniga qog‘oz pullar ishlab
chiqara boshlaydi.
Mark Polo Xitoyga safar qilgan milodiy 1271-yilga qadar ham Xitoyda pul
siyosati ancha yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lgan. Hatto Xitoy pullariga: «Kim
qalbakilashtirishga urinsa, boshi kesiladi», deb yozib qo‘yilgan. Yevropada esa 16-
asrga qadar hanuz tanga pullardan foydalanish ommabop bo‘lgan. Sababi –
yevropaliklar o‘sha davrda turli hududlardagi koloniyalaridan qimmatbaho metallarni
ko‘p miqdorda tashib keltirishgan.
Va nihoyat, Yevropada banklarda pul saqlovchi va qarz oluvchilar uchun
banknotalar ishlab chiqarila boshlagan. Bu banknotalar ma’lum qiymatga teng bo‘lgan
va o‘z qimmatiga mos oltin va kumush tangalarga ayirboshlangan. Birinchi qog‘oz pul
birliklari Yevropa davlatlari tomonidan Shimoliya Amerika bilan koloniya
munosabatlarini tartibga solish uchun jiddiy o‘ylab chiqilgan. Sababi Yevropadan
koloniyalargacha bo‘lgan yo‘l uzoq edi va kolonistlarning naqd pullari yo‘lda tugab
qolgan. Bunday vaziyatda ayirboshlash usulidan foydalanish o‘rniga mustamlakachilar
«IOU» («I owe you» – «Sizdan qarzdorman») usulidan, ya’ni ma’lum pulni to‘lash
majburiyatini olganlik haqida yozma va’da berish usulidan foydalanishgan. Masalan,
Fransiyaning koloniyalarda xizmat qilayotgan askarlariga hukumat tomonidan ma’lum
miqdordagi pul va’da qilingan, imzolangan ko‘rinishdagi qog‘ozlar tangalar o‘rniga
tarqatilgan.
Valuta bozori va u bilan bog‘liq urushlar: Qog‘oz pullarning ommalashishi
xalqaro savdo imkoniyatini oshirdi. Banklar va hukmron sinflar esa turli davlatlarning
valutalarini sotib ola boshladilar va ular birinchi valuta bozorini yaratishdi. Biror
davlatning barqarorligi uning valuta siyosati bilan ham belgilanadigan bo‘ldi. Davlatlar
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–2_ июня–2025
395
2181-
3187
o‘rtasidagi raqobat valuta urushlariga ham sabab bo‘ldi. Bunda bir-birining valutasini
qadrsizlantirish va uning xarid quvvatini pasaytirishga harakatlar boshlandi.
Nomoddiy puldan foydalanish davri
XX asrda monetar hayot keskin burilishlarga uchradi. Umumiy valuta bozori
shakllandi, oltin-valuta standarti qabul qilindi. 21-asrda esa pul bilan bog‘liq ikkita
o‘ziga xos tendensiya ommalashdi: elektron to‘lovlar va kriptovaluta. Endilikda
nomoddiy elektron pullar odamlarning og‘irini yengil qilmoqda. Virtual puldan
foydalanish qog‘oz banknota ishlatishdan ko‘ra qulayroq, mablag‘ni virtual shaklda
saqlash xavfsizroq sanaladi.
2008 yilda ishlab chiqilgan bitkoin – eng mashhur kriptovaluta bo‘lib turibdi.
Hozirga kelib, dunyodagi jami pullarning 0,4 foizi bitkoindan iborat. 1 bitkoin 9400
dollar yoki 96 mln so‘mga yaqin qiymatga ega.