Авторы

  • Abduvaliyeva Muhabbat Ma’rufjonovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124536

Ключевые слова:

substansiya tibbiy buyumlar farmasevtik faoliyati muqobillik sertifikat infeksion eritma.

Аннотация

Dorilarning xususiyatlarini aniqlash, bazi dori turlari haqida qisqacha ma’lumot berib o’tish va uni saqlanish sharoiti va dorivor o‘simlik 
xomashyosi - dori vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun foydalaniladigan, tarkibida biologik faol moddalar bo‘lgan o‘simliklar yoki ularning qismlari haqida mulohazalar ilgari surilgan. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

303

2181-

3187

“DORILAR HAQIDA MA’LUMOT.DORILARNING FARMAKALOGIK

XOSSALARI” MAVZUSIDA

Abduvaliyeva Muhabbat Ma’rufjonovna

ning

Beshariq Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat

salomatligi texnikumi Farmakologiya

va retseptura fani o’qituvchisi

Annotatsiya:

Dorilarning xususiyatlarini aniqlash, bazi dori turlari haqida

qisqacha ma’lumot berib o’tish va uni saqlanish sharoiti va dorivor o‘simlik

xomashyosi - dori vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun foydalaniladigan,

tarkibida biologik faol moddalar bo‘lgan o‘simliklar yoki ularning qismlari haqida

mulohazalar ilgari surilgan.

Kalit so‘z:

substansiya, tibbiy buyumlar, farmasevtik faoliyati, muqobillik

sertifikat, infeksion eritma.

Asosiy qism:

Dori vositalari - kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va ularni

davolash, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini o‘zgartirish uchun

tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori moddalari (substansiyalar) va

yordamchi moddalar asosida olingan vositalar, dori moddalari (substansiyalar), dori

preparatlari;

Dori moddalari (substansiyalar) - farmakologik, immunologik yoki metabolik

faollikka ega bo‘lgan yoxud tashxis qo‘yish maqsadi uchun foydalaniladigan, tibbiyot

amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan, kelib chiqishi tabiiy yoki sintetik moddalar;

Dori preparatlari - dozalangan, idishga joylangan-o‘ralgan, qo‘llanish uchun

tayyor dori vositalari;

Sifatsiz dori vositasi va tibbiy buyum - yaroqsiz holga kelgan va (yoki) yaroqlilik

muddati o‘tgan dori vositasi va tibbiy buyum;

Tibbiy buyumlar - kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va ularni

davolash uchun, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini o‘zgartirish


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

304

2181-

3187

uchun tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan buyumlar; farmatsevtika

faoliyati - dori vositalari va tibbiy buyumlar yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini,

shuningdek ularni ishlab chiqarish, tayyorlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda

ularni realizatsiya qilishni qamrab oladigan faoliyat;

Muvofiqlik sertifikati - sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga

muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan

berilgan hujjat; dori vositalari kesishgan kontaminatsiyasi - xomashyo, oraliq

mahsulot yoki tayyor mahsulotning boshqa xomashyo yoki tayyor mahsulot bilan

texnologik jarayon vaqtida, tashish yoki saqlashda ifloslanishi.

Dori - kasalliklarni davolash yoki oldini olish uchun ishlatiladigan modda. Har

qanday dorini odamlarga qoʻllashdan oldin hayvonlarda sinab koʻriladi va klinikalarda

kuzatiladi. Dorilar kimyo-farmatsevtika zavodlarida sintetik moddalardan, oʻsimlik,

hayvon yoki mikrobiologik mahsulotlardan, tez buziladigan ayrim dorilar esa

dorixonalarda tayyorlanadi. Dorilar turli xilda, mas, suyuq (qaynatma, tindirma,

eritma, suspenziya va boshqalar), yumshoq (surtma, liniment, krem, pasta va

boshqalar), qattiq (sochma, tabletka, draje, granula va boshqalar) hamda alohida

inʼyeksiya maqsadlari uchun ampula holida chiqariladi. Taʼsiriga koʻra, yurak dorilari,

surgi, siydik haydaydigan, ogʻriq qoldiradigan, issiq tushiradigan, narkotik, uyqu

keltiradigan va boshqa dorilar boʻladi. Bevosita kasallikning qoʻzgʻatuvchisiga taʼsir

qiladigan doŕilar alohida guruhni tashkil etadi, bularga bezgak, zaxm, silga qarshi va

boshqa dorilar kiradi. Ular kimyoviy terapevtik vositalar deb ataladi. Dorilarning

shifobaxsh taʼsiri bemorning yoshi, ahvoli va dozaga bogʻliq. Katta doza organizmni

zaharlashi, kam doza esa kasallik qoʻzgʻatuvchisini oʻsha doriga chidamli qilib

qoʻyishi mumkin. Shuning uchun dorìni faqat vrach buyurgan dozada qabul qilish

kerak. Dorilar sirtga ishlatiladi, ichiriladi, nafas yoʻli orqali yuboriladi va inʼyeksiya

qilinadi. Ularning kuchi, taʼsiri organizmga qay yoʻl bilan va qanchalik tez kiritilishiga

bogʻliq. Baʼzi dorilar takror yuborilganda organizmda toʻplanib taʼsir etadi. Dorini

koʻrkoʻrona qabul qilish yaramaydi, chunki koʻp kasalliklar belgisi bir-biriga

oʻxshaydi, uning uchun keraksiz dorilarni qabul qilish sogʻliqqa zarar yetkazadi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

305

2181-

3187

Organizmga kirgan dorilar qisman parchalanadi va oʻzgaradi, keyin buyrak, hazm va

nafas yoʻllari, ter va boshqa orqali chiqib ketadi. dorilar uyda bolalarning boʻyi

yetmaydigan joyda saqlanishi kerak. Har bir dorini yaroqlilik muddati yorligʻida qayd

qilinadi, belgilangan mudsatdan uzoq saqpanganda taʼsirini yoʻqotadi. Keyingi yillarda

xorijdan keltirilgan dorilar xili bir qadar ortdi, shu bois uni faqat vrach maslahati bilan

qabul qilish zarur. Dorixonalarda tayyorlanadigan dori vositalarining tarkibi, yaroqlilik

muddati, saqlash sharoitlari va sterilizatsiya rejimlari Inyeksion va infuzion eritmalar

Inyeksiya uchun suv 1 l gacha Omborxonada barcha dori vositalari va tibbiy buyumlar

stellajlarda va

tagliklarda joylashtirilishi kerak. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni polda

tagliklarsiz joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tagliklar polda bir qatorda yoki

stellajlarning balandligi hisobga olingan holda stellajlarda bir necha qavatda

joylashtiriladi. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlash xonalari va ulardagi

asbob uskunalar, jihozlar toza holatda saqlanishi kerak. Ishlab chiqaruvchilar va ulgurji

realizatsiya qiluvchi tashkilotlar dori vositalari va tibbiy buyumlarning buzilishi

(to‘kilishi, sochilishi, sinishi), mikroorganizmlar tomonidan shikast yetkazilishi va dori

vositalari kesishgan kontaminatsiyasining oldini olish uchun tegishli choralarni

ko‘rishi kerak. Omborxonada hasharotlar, kemiruvchi va boshqa turdagi hayvonlardan

saqlanadigan sharoitlarni yaratish va ularga qarshi qo‘llaniladigan vositalar bilan

ta’minlanish talab etiladi. Bunda kuchli ta’sir etuvchi vositalar ishlatilishi taqiqlanadi.

Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlash quyidagicha tizimlashtirilgan tarzda

bo‘lishi mumkin: farmakologik guruhlari bo‘yicha; qo‘llanish usullari bo‘yicha.

Barcha dori vositalarini va tibbiy buyumlarni o‘ramlarda tamg‘alanishi tashqi tomonga

qaratilgan holda taxlanishi va joylashtirilishi kerak. Ishlab chiqaruvchilar va ulgurji

realizatsiya qiluvchi tashkilotlarda dori vositalarining hisobi yaroqlilik muddatlari

bo‘yicha elektron yoki qog‘oz shaklida yuritiladi. Dori vositalari omborxonalarda

fizik-kimyoviy xususiyatiga qarab alohida, ishlab chiqaruvchilar tomonidan

belgilangan sharoitlarda harorat, namlik va yorug‘lik rejimlariga rioya qilgan holda

saqlanishi kerak. Omborxonada harorat va namlik har kuni maxsus elektron dasturda


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

306

2181-

3187

yoki sahifalari raqamlangan, tikilgan va muhrlangan (tadbirkorlik subyektlaridan muhr

bilan tasdiqlash talab qilinmaydi) jurnalda qayd etilishi lozim. Yorug‘likdan himoya

qilishni talab qiladigan dori vositalari qorong‘i xonada yoki qora rangga bo‘yalgan,

eshiklari zich yopiladigan shkaflarda yoxud qopqog‘i zich yopilgan yashiklarda

saqlanishi kerak. Termolobil dori vositalarini saqlashda ular tamg‘alanishi yoki

qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatilgan harorat rejimiga rioya etilishi kerak.

XULOSA: Dorivor o‘simlik xomashyolari (avvaldan quritilgan) havo yaxshi

aylanadigan, quruq xonalarda, yopiq (shisha, metall, yog‘och) idishlarda saqlanishi

kerak. Bog‘lovchi materiallardan iborat tibbiy buyumlarni saqlashga quyidagi talablar

qo‘yiladi: bog‘lovchi materiallar quruq, havo yaxshi

aylanadigan, chang va kemiruvchilardan himoyalangan xonalarda saqlanadi.

Sterillanmagan materiallarni isitilmaydigan xonalarda saqlashga ruxsat etiladi.

buyumlar solingan qutilar va shkaflar markaziy isitish batareyasidan 1 metrdan kam

bo‘lmagan, shuningdek pechlardan 5 metrdan kam bo‘lmagan uzoqlikda

joylashtirilishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. «Dori vositalari sifat standartlarining asosiy qoidalari»

2. Davlat farmakopeyasining amaldagi nashrlari .

3.M.M.Mirolimov “Farmatsevtik texnologiya asoslari” Toshkent Ibn Sino nashriyoti.

2014 yil

Библиографические ссылки

«Dori vositalari sifat standartlarining asosiy qoidalari»

Davlat farmakopeyasining amaldagi nashrlari .

M.M.Mirolimov “Farmatsevtik texnologiya asoslari” Toshkent Ibn Sino nashriyoti.

yil