Авторы

  • Mardanov Eshim Muratovich
  • Murtazayeva Basida Saidmurod qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124538

Ключевые слова:

matematikadan sinfdan tashqari ishlar 2-sinf o‘quvchilar matematik tafakkur matematik o‘yinlar to‘garaklar.

Аннотация

 Ushbu maqolada 2-sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning ahamiyati va samarali usullari ko‘rib chiqiladi. 
O‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish va matematik tafakkurlarini shakllantirishga qaratilgan turli usullar, jumladan, matematik o‘yinlar, musobaqalar, to‘garaklar va amaliy mashg‘ulotlar tahlil 
qilinadi. O‘qituvchining bu jarayondagi roli va samarali tashkil etish tamoyillari ham yoritiladi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

289

2181-

3187

"

2-SINFLARDA MATEMATIKADAN SINFDAN TASHQARI ISHLAR

SHAKLLARINI TASHKIL ETISH"

Mardanov Eshim Muratovich

O‘zbekiston-Finlandiya Pedagogika

Instituti, Boshlang‘ich ta’lim kafedra dotsenti

Murtazayeva Basida Saidmurod qizi

O‘zbekiston-Finlandiya Pedagogika

Instituti talabasi

Annotatsiya.

Ushbu maqolada 2-sinflarda matematikadan sinfdan tashqari

ishlarni tashkil etishning ahamiyati va samarali usullari ko‘rib chiqiladi.

O‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini

rivojlantirish va matematik tafakkurlarini shakllantirishga qaratilgan turli usullar,

jumladan, matematik o‘yinlar, musobaqalar, to‘garaklar va amaliy mashg‘ulotlar tahlil

qilinadi. O‘qituvchining bu jarayondagi roli va samarali tashkil etish tamoyillari ham

yoritiladi.

Kalit so‘zlar.

matematikadan sinfdan tashqari ishlar, 2-sinf, o‘quvchilar,

matematik tafakkur, matematik o‘yinlar, to‘garaklar.

Аннотация

. В данной статье рассматривается значение и эффективные

методы организации внеклассных занятий по математике во 2-х классах.

Анализируются различные методы, направленные на повышение интереса

учащихся к предмету, развитие их самостоятельного мышления и формирование

математического мышления, включая математические игры, соревнования,

кружки и практические занятия. Также раскрывается роль учителя в этом

процессе и принципы эффективной организации работы.

Ключевые слова.

внеклассные занятия по математике, 2-й класс,

учащиеся, математическое мышление, математические игры, кружки.

Annotation

. This article examines the importance and effective methods of

organizing extracurricular mathematics activities in the 2nd grade. Various methods


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

290

2181-

3187

aimed at increasing students' interest in the subject, developing their independent

thinking, and shaping mathematical thinking are analyzed, including mathematical

games, competitions, clubs, and practical activities. The teacher's role in this process

and the principles of effective organization are also highlighted.

Keywords.

extracurricular mathematics activities, 2nd grade, students,

mathematical thinking, mathematical games, clubs

Mаtemаtikа fаni оldidа turgаn mаqsаdlаr: umumiy tа’lim, аmаliy vа tаrbiyаviy

mаqsаdlаridаn ibоrаtdir. Аmаliy mаqsаdlаr: mаtemаtik bilim berishdаn kuzаtilgаn

аmаliy mаqsаdlаr bоlаlаrning nаzаriyаni аmаliyоtgа bоg‘lаy оlishidаn, yа‘ni оlingаn

bilimlаrni аmаliy mаsаlаlаrni hаl qilishgа, bоlаlаr tо‘plаm vа sоn hаqidа; kаttаlik

(miqdоr)lаrning bir-birigа nisbаti hаqidа, eng оddiy geоmetrik figurаlаr hаqidа

bоshlаng`ich tаsаvvurgа egа bо’lаdilаr, jоy vа vаqtni bilishni о’rgаnаdilаr: bоlаlаr

оlgаn bilimlаrini о’zlаrining kundаlik mehnаt vа о’yin fаоliyаtidа vа mаishiy hаyоtidа

uchrаydigаn mаtemаtikаgа dоir sаvоl vа mаsаlаlаrni hаl qilishgа tаtbiq etа bilish

mаlаkаlаrini hоsil qilish kerаk.

Matematikadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar deganda o‘quvchilaming

matematik bilimlarini kengaytirish va chuqur!ashtirish maqsadida tashkil qilingan

mashg‘ulotlatlami

tushunamiz.

Sinfdan

tashqari

ishning

asosiy

maqsadi

o‘quvchilardagi fanga bo‘lgan qiziqishni rivojlantirish, ulami darsda olgan bilimlarini

to‘ldiruvchi matematik bilim, malaka va ko‘niknialar bilan qurollantirishdan

foydalanish mumkin. Quyidagi ana shunday mashg‘ulot formalari haqida to‘xtalamiz.

Matematik o‘n minutlik. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari

mashg‘ulotlar uyushtirishdagi dastlabki qadam matematik o‘n minutliklardir. O ’n

minutlik dars yoki darsdan tashqari vaqtlarda butun sinf o‘quvchilari ishtirokida

xaftada bir marta uyushtiriladi. O ’quvchi o‘n minutlik uchun shunday masala misol,

mashq va o‘yinlar tanlashi kerakki, ular hajm jihatdan kichik bo‘lsin, lekin

o‘quvchilaming aktivligini oshirsin, o‘quvchilarning kelajakda uirtumiy bilish

faoliyatlarini hamda nutq madaniyatlarining kamol topishida yo‘naltiruvchi vosita

bo‘lib qolsin. O ’n minutlikni faqat sinfda o ’tkazilmasdan, balki maktab hovlisida va


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

291

2181-

3187

hatto rnaktabdan tashqarida o‘tkazish mumkin. Bunda o‘quvchilar bilan tevarak - atrof

va tabiatdagi matematik mutanosiblikni sekin -asta mushohada qilish asosida o

’tkaziladi. Qiziqarli matematika soatlari. M ashg‘ulotlaming bu turi nisbatan ko‘proq

vaqtga (taxminan 45 minut) m o‘ljallangati bo‘lib, qiziqarli o‘yin, sonli topishmoqlar,

she’riy masala, hazil masala va sahnalashtirilgan masalardan tarkib topadi. Bunday

mashg‘ulotlatlar 1 - sinf o‘quv yilining II yarmidan boshlab avval bir oyda bir marta,

keyinchalik 2 martadan o‘tkazilishi mumkin. Unda o‘quvchilaming o‘zlari tashabbus

ko‘rsatishlariga erishmoq kerak.

Matematikadan sinfdan tashqari ishlami tashkiliy fcrmalari. Matematikadan

sinfdan tashqari ish, aslida, sinfdagi mashg‘ulotlarda vujudga keladi. Boshlang‘ich sinf

darsliklarida berilgan qiyin masalalar, aslini avtganda sinfdan tashqari mashg‘ulotlarga

doir mashqlardir. Ammo bu mashqlaming bir qismi sinfda hamma o‘quvchilar oldida

yechilishi mumkin va zarur (bu mashqlami har bir o‘quvchi yecha bilishi talab

qilinmasa ham), Xuddi shu mashqlar yoki shularga o‘xshash mashqlar sinfdagi va

sinfdan tashqari ishlaming mazmun va formalarini bir-biriga bog‘laydi. O ’quvchilar

bilan o‘tkaziladigan sinfdan tashqari ishlar o‘z nomi bilan uni hamma uchun majburiy

bo‘lgan darsdan tashqari vaqtda o‘tkazilishini nazarda tutadi. Sinfdan tashqari

ishlaming asosiy formalari: to‘garak mashg‘ulotlari, konkurslar, masalalar yechish,

kechalar va yig‘ilishlar, matematik devoriy gazetalar va hokazolardir. Boshlang‘ich

sinflarda o ’tkaziladigan sinfdan tashqari ishlar kuchli ta’sir o‘tkazuvchi pedagogik

vosita ekanini aytmay o‘tib bo‘lmaydi. Bu vosita foyda keltirishi mumkin, ammo ishga

e’tiborsiz qaraydigan o‘qituvchining qo‘lida bu ish o‘quvchilami matematika bilan

shug‘ullanishdan bezdirib, ularga qarshi ishga aylanishi va sog‘liqlariga zararli ta’sir

ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli har bir o‘quvchini quyida berilgan mashqlaming

hammasini yechishga majbur qilishning zamrati yo‘q. Bolalar nechta masalani yecha

olishsa, shuncha masalani yechishsin. Har bir o‘quvchining va butun sinfning sekin-

asta matematik jihatdan kamol topishiga shuning o ’zi yetarlidir. O ’quv yili davomida

taxminan 25 ta to‘garak mashg‘uloti, 1 marta maktab olimpiadasi (bir turda) va 1— 2

ta matematika kechasi o‘tkazish m o‘ljallanadi. Agar buning ustiga 4 - sinf


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

292

2181-

3187

o‘quvchilarining tuman olimpiadalari qo‘shilishi hisobga olinsa, u holda 4— sinf

o‘quvchilarining ba’zilari sinfdan tashqari ish bilan yiliga 29 marta band bo‘lishadi.

Bu sinflarda butun o ’quv yili hammasi bo‘lib 35 ta o‘quv haftasidan iborat. Shunday

qilib, sinfdan tashqari ish olib borishning kitobda tavsiya etilgan rejasi ancha zich, shu

sababli bu rejadagi mashg‘ulotlar soni va hajmini qisqartirish tomoniga chetlashish

mumkin.

TO ’GARAK MASHG‘ULOTLARI

Arximed haqida ba’zi bir malamotlargitta bizgacha etib kelgan. Bugungi

mashg‘ulotga Arximedning hayoti bilan bog‘lik bo‘lgan quyidagi rivoyatlami

keltiramiz.

Arximed qadimgi Gresivaning buyuk matematigi va mexanigi edi.

Arximedning xayoti haqida ma’lumotlar juda kam. Aytishlariga qaraganda Arximed

eramizdan avval 287-yilga vaqin tug‘ilgan. Uning otasi Fiddiv mashxur astronom

bo‘lib, Sirakuz podshosi Gieron bilan qarindosh edi.

Arximed o‘z zamondoshlari orasidaSirakuzni rimliklar hujumidan faol himoya

qilivchi sifatida shuhrat qozondi. Bu urushda Arximedning injernik zakovati namayon

bo‘ladi... Arximed yaratgan turli o ’ta "aqlli" mashinalar ba'zan afsonaga aylanib

ketardi. Aytishlariga qaraganda, rimliklaming Sirakuzga quriqlikdan va dengizdan

xujum qilishga birinchi marta urinishlardayoq qudratli katapukalar (palakmonlar)

katta-kichik toshlarni guldek yog‘dirib turardi, bu toshlar odamlarning dushman

kemalarini yo‘q qilib yuborar edi. Gigant kranlar dnshman kemalarini ilib, olib, ulami

ko‘tarib, suvga cho‘ktirar edi. Sirakuz aholisi Arximed qurolini yordamida shahami

rimliklar hujumidan ikki yil mobaynida muvaffaqiyatli himoya qilib turdi. Rimliklar

Sirakuz aholisidan bir necha marta kuchli edi. Oxiri sirakuzliklar taslim bo‘ldilar.

Arximed ham halok bo‘ldi.

Arximedining o‘limi to‘g‘risida ko‘p afsonalar bor, himoyasining ham

tugashi bir-xil. Arximedni rimlik askar o‘ldirgan. Masalan, rivoyatlardan birida

shunday deyiladi. Andmed qumga chizilgan qandaydir bir chizma ustida o ’ylab yerda

o‘tirar edi. Shu vaqt Rim jangchilari shahar bostirib kiradilar, ulardan biri Arximed


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

293

2181-

3187

yoniga kelib, ketidan yurishni buyuradi. Masala yechishga berilib ketgan Arximed:

"Qech chizmalarimga tegma ", -dedi. Jangchi g ’azablanib kelib, Arximedni o‘ldiradi.

Arximed o‘limidan ikki ming yil keyingina ulug‘ olimdan qolgan meros birinchi marta

Angliyada nashr etiladi. Ikki ming yil ichida Arximedning ko‘p asarlari yo‘q bo‘lib

ketgan albatta, lekin qolganlari ham uning buyuk olim ekanligiga guvohlik beradi

MATEMATIK ERTAKLAR

Ma'ruza matni. Matematika fanning asoschilaridan biri al-Xorazmiy 783- yilda

Xorazmning qadimiy poytaxti Kot yaqinida tug‘ilgan.

Xorazmiy yoshligidanoq o‘tkir zehnli va mehnat sevar bo‘lgan. U o‘qish va

yozishni tez o‘rgandi, o‘z ustida mustaqil ishlab, fan asoslarini egallashga qattiq intildi.

U ayniqsa matematikani zo‘r qiziqish bilan o‘rgandi. Xorazmiy o‘z ona tilidan tashqari

fors, arab, qadimiy hind tili, yunon tillarini o‘rgandi. U ko‘p mamlakatlarda bo‘ldi.

Yetuk olim bo‘lib tanilgan Xorazmiy o‘z bilimini oshirish va fan bilan shug‘ullanish

maqsadida Baxzodga keladi. Bu erda boshqa olimlar bilan birgalikda ilmiy ishlar olib

boradi.

Xorazmiyning matematika faniga doir ikki asari yetib kelgan. U o‘zining

arifmetikaga doir asarida hindlarning to‘qqizta raqami 1,2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, va 0

yordamida har qanday sonni oson va qisqacha ifodalagan. Hind raqamlari tarqalgunga

qadar Evropada Rim raqamlari ishlatiladi, lekin bu raqamlar o‘zining murakkabligi

bilan noqulay edi. Shaklda esa raqamlami so‘zlar yoki harflar bilan ifodalanar edi.

Xorazmiy arifmelikaning qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish qoidalarini

yaratgan. Xorazmiy bulardan tashqari turli fanlarga oid bir qancha asarlar ham

yaratgan.

2. O‘quvchilardan ikki-uchtasi qo‘shiq aytadi, qolganlari naqoratiga qo‘shiladi.

O‘N BESHMIZ "5'' OLDIK. (P.Mo‘min.)

O‘qish fikru zikrimiz.

Ishga sodiq zexnirniz.

Qiyin demay masala.

Qildik rosa hafsala.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

294

2181-

3187

Naqorat

Masalani yecholmadik,

O‘n beshimiz "5" oldik,

Naqorat:

Mana bizning kundalik,

Ozodadir shunchalik.

Qator-qator baxolar,

Matematika ta’limining samaradorligini oshirish va o‘quvchilarning fanga

bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish uchun sinfdan tashqari ishlar muhim ahamiyat kasb

etadi. Ayniqsa, 2-sinfda bu faoliyat turli shakllarda olib borilishi lozim. Chunki aynan

shu yoshda bolalarning bilishga bo‘lgan ishtiyoqi ortadi, mantiqiy tafakkuri rivojlanadi

va ijodiy yondashuvi shakllanadi. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy shakllaridan biri

– qiziqarli matematik mashg‘ulotlar, intellektual o‘yinlar, musobaqalar va loyihalardir.

Bunday tadbirlar bolalarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga, ularning

matematik bilimlarini hayotiy tajriba bilan bog‘lashga xizmat qiladi. Shuningdek,

guruhli va individual ishlar orqali har bir o‘quvchining imkoniyatlarini inobatga olib,

ularga o‘z salohiyatini namoyon etish imkoniyati yaratiladi. Sinfdan tashqari ishlarni

rejalashtirish va tashkil etishda muallimning roli juda katta. O‘qituvchi bolalarning

yosh xususiyatlarini hisobga olib, o‘yin va musobaqalar orqali ularga matematikani

sevdirishi lozim. Shu bilan birga, ota-onalar bilan hamkorlik qilish, ularni bolalarning

o‘quv jarayoniga jalb etish muhim ahamiyatga ega. Umuman olganda, sinfdan tashqari

ishlarning samarali tashkil etilishi nafaqat bolalarning matematik savodxonligini

oshirishga, balki ularda mantiqiy tafakkur, kreativ yondashuv va mustaqil qaror qabul

qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Shunday ekan, maktabgacha va

boshlang‘ich ta’lim bosqichida sinfdan tashqari ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish kelajak

avlodning intellektual rivoji uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

O‘zbekiston Respublikasining ‘Ta’lim to‘g‘risidagi qonun” // Barkamol avlod -

O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.- Toshkent.: Sharq, 1997, 20 29 bet.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

295

2181-

3187

2.

O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida” gi

qonun // Barkamol avlod- O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-Toshkent.: Sharq.

1997, 31-61 bet.

3.

Barkamol avlod orzusi-Toshkent.: 1999, 205-b.

4.

Azizxodjayeva N.H “Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat”- Toshkent:

TDPU, 2003,174 bet,

5.

Axmedov M va boshqalar Matematika 1, Toshkent.: O‘zinkomsentr, 2003, 160-

bet

6.

E.M.Mardonov. Maktabgacha taʼlim tashkilotida matematik oʻyinlarni tashkil

etish.Samarqand.2022.

7.

Q.Ostonov,E.M.Mardonov,H.Toshqulov.Matematika tarixi.Samarqand.2005.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining ‘Ta’lim to‘g‘risidagi qonun” // Barkamol avlod -

O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.- Toshkent.: Sharq, 1997, 20 29 bet. 2.

O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida” gi

qonun // Barkamol avlod- O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-Toshkent.: Sharq.

, 31-61 bet.

Barkamol avlod orzusi-Toshkent.: 1999, 205-b.

Azizxodjayeva N.H “Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat”- Toshkent:

TDPU, 2003,174 bet,

Axmedov M va boshqalar Matematika 1, Toshkent.: O‘zinkomsentr, 2003, 160

bet

E.M.Mardonov. Maktabgacha taʼlim tashkilotida matematik oʻyinlarni tashkil

etish.Samarqand.2022.

Q.Ostonov,E.M.Mardonov,H.Toshqulov.Matematika tarixi.Samarqand.2005.