ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
76
2181-
3187
ICHKI ISHLAR ORGANLARI NAVBATCHILIK QISMLARINI
TASHKIL ETISH VA TAKOMILLASHTIRISH
Xamidov Diyorjon o‘rol o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi IIV Аkademiyasi
kunduzgi taʼlim Huquqbuzarliklar
profilaktikasi faoliyati fakulьteti
ixtisosligi boʼyicha taʼlim olayotgan
3-oʼquv kursi 322-oʼquv guruhi kursanti
Mustofaqulov Bobur Asror o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi IIV
Аkademiyasi huquqbuzarliklar profilaktikasi
faoliyati kafedrasi o‘qituvchisi, kapitan
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Ichki ishlar organlarida navbatchilik qismi
xodimlari faoliyatida olib borilayotgan islohotlar, faoliyatida uchrayotgan nazariy va
amaliy muommolar, kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish borasida olib
borilayotgan siyosat masalasi, muommolarni bartaraf etish usullari hamda amaliy
tajriba yordamida sohaga oid shaxsiy qarashlar bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
navbatchilik, kirish-chiqish, maxsus vositalar, ta`sir doira,
normalar, vijdonan yondashuv, xizmat vakolat, voqea-hodisa, rasmiylashtirish, jinoyat
ochilishi
ОРГАНИЗАЦИЯ И СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ II
ДЕЖУРНОЙ ЧАСТ
Аннотация:
В данной статье рассматриваются принципиальные реформы в
деятельности сотрудников органов внутренних дел, теоретические и
практические проблемы, встречающиеся в их работе, недостатки и политические
вопросы их устранения, методы решения проблем, а также личные взгляды на
ситуацию с помощь практического опыта.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
77
2181-
3187
КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА: обязанность, вход-выход, специальные средства,
сфера влияния, нормы, добросовестный подход, орган службы, происшествие,
формализация, раскрытие преступления
ORGANIZING AND
IMPROVING THE ACTIVITY OF
THE IIO DUTY PART
Annotation:
In this article, there are fundamental reforms in the activities of the
staff of the internal affairs bodies, theoretical and practical problems encountered in
their work, shortcomings and policy issues for their elimination, methods of solving
the problems, and personal views on the field with the help of practical experience.
Key words:
duty, entry-exit, special tools, sphere of influence, norms,
conscientious approach, service authority, incident, formalization, crime detection
O'zbekiston Respublikasi IIV navbatchilik qismi xodimlari shaxsiy tarkibdan
belgilangan kundalik tartibga qat'iy amal qilishni ta'minlab kelmoqdalar.
Barcha sohaviy yo'nalishlari bo'yicha tarkibiy xizmatlarning faoliyatini
muvofiqlashtirish va o'zaro hamkorligini yo'lga qo'yib, xavfsizlik, kirish-chiqish tartibi
hamda shaxsiy tarkibni maxsus rejalar asosida jangovar shayligini ta'minlash,
navbatchilik qismining faoliyatini takomillashtirish borasida xizmat olib bormoqdalar.
Navbatchilar institutni qo'riqlashga jalb qilingan xodimlarning xizmat faoliyatini
nazorat qilish, shuningdek, tashvishgoh va qo'ng'iroqlarning, qo'riqlash va video-
kuzatuv texnikalarining, aloqa vositalarining ishchi holatini tekshirib bormoqda.
Navbatchilik qismiga kelib tushgan barcha xizmatga oid xabar va ma'lumotlar
ro'yxatga olinib ijroga qaratilmoqda. Darhaqiqat, navbatchilik qismlari ichki ishlar
organlari ish faoliyatini to'g'ri tashkil etish va fuqarolarning murojaatlari yuzasidan o'z
vaqtida qonuniy qarorlar qabul qilinishini ta'minlashda asosiy o'rin tutadi. Navbatchilik
qismi xodimi faoliyatiga IIB navbatchilik qismi xodimlari hodisa, huquqbuzarliklar va
jinoyatchilik yuzasidan xabarlar, shuningdek fuqarolarning ariza hamda murojaatlarini
qabul qilib olisharkan, darhol ularning ijrosiga kirishadi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
78
2181-
3187
IIV Navbatchilik qismi Tergov-tezkor guruhining voqea joyiga to‘liq epikirovka
va aloqa vositalari bilan chiqishini ta’minlaydi hamda ular bilan doimiy aloqada bo‘lib
turadi.Sohaning eng qaynoq nuqtasi bo‘lgan navbatchilik qismida faoliyat yuritishning
o‘ziga yarasha qiyinchiligi va murakkab tomonlari bor. Ushbu vazifani sidqidildan
bajarishga harakat qilayotgan xodimlarning ham boshqa yo‘nalishdagi hamkasblari
kabi, har bir daqiqasi fuqarolar xavfsizligi va tinchligi uchun qaratilganligi bilan
e’tiborga molik. Navbatchilik qismlariga jinoyat va hodisalar sodir bo‘lgan joylarga
xodimlar zudlik bilan yetib borishi uchun 330 xizmat avtomashinasi ajratilgan.
“Xavfsiz shahar” konsepsiyasi doirasida insonning tashqi qiyofasini tezkorlik bilan
aniqlovchi va boshqa innovatsion videokuzatuv kameralarini o‘rnatish choralari
ko‘rilmoqda.Jumladan, “Yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd qilish bo‘yicha
avtomatlashtirilgan tizim” loyihasi asosida shaharlar markaziy chorrahalari, gavjum
jamoat joylarida videokuzatuv moslamalari o‘rnatilgan.
Aytish joiz, ichki ishlar organlarida navbatchilik qismlari muhim o’rin tutadi.
Boisi navbatchilik qismlari jinoyat va hodisalar haqidagi xabar asosida tergov tezkor
guruhining voqea joyiga zudlikda yetib borishi va jinoyatlarni issiq izidan fosh qilish
yoki sodir etilishi mumkin bo’lgan qonunbuzarliklarning oldini olishda muhim o’rin
tutadi.Ichki ishlar organlarining malakasini oshirish IIV Navbatchilik qismlari tezkor
navbatchilari hamda yordamchilarining bilim va ko’nikmalari, sohaga oid hujjatlar,
yangilik va o’zgarishlardan xabardorlik darajasini oshirish, xizmat vazifalarini bajarish
chog’ida to’g’ri harakatiga oid bilimlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Shu
ma’noda xodimlarga Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar organlari navbatchilik
qismlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi hamda “Ichki ishlar
vazirligi tizimida navbatchilikni o’tash tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi
buyruqlarining mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda. Shuningdek, ichki ishlar
organlarida jinoyat va hodisalarga oid arizalar, xabarlar hamda boshqa ma’lumotlarni
qabul qilish, ro’yhatga olish, ko’rib chiqish va hisobini yuritish tartibi, shuningdek
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash talablari ham
yetkazilmoqda. Shu o’rinda xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar, navbatchilik
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
79
2181-
3187
qismlarida maxsus vositalarni saqlash, xodimlarga xizmatda foydalanish uchun
tarqatish va qabul qilish tartiblari hamda bu yo’nalishdagi me’yoriy hujjatlar mazmun-
mohiyati, jinoyat va hodisalar haqidagi xabarlarni qabul qilish va ro’yhatga olishda 102
avtomatlashtirilgan ma’lumotlar tizimida ishlash, boshqarma navbatchilik qismiga
uzatish tartiblari bo’yicha ham bilimlari oshirilmoqda. Bundan tashqari, qurollar,
ularning turlari, foydalanilishi va xavfsizlik qoidalariga rioya etish tartiblari va
xususiyatlari haqida ma’lumotlar berilmoqda.Shunday bo’lishiga qaramay IIV
Navbatchilik qismi xodimlari tomonidan ish faoliyatlarida va fuqarolarning
murojaatlarini qabul qilish jarayonida kamchiliklar kuzatilmoqda.Shu asnoda xulosa
qilib aytganda navbatchilik qismlari ichki ishlar organlarida ish faoliyatini to’g’ri
tashkil etish va fuqarolarning murojaatlari yuzasidan o’z vaqtida qonuniy qarorlar
qabul qilinishini ta’minlashda asosiy o’rin tutadi.Shu sababli, ichki ishlar organlaridagi
navbatchilik qismlari hamda axborot-tahlil va tashkiliy-inspektorlik xizmati
xodimlarining kasb mahoratlarini muttasil ravishda oshirib borish maqsadida seminar-
treninglar tashkil etish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. T.B.Mamatqulov, A.B.Babamurodov, F.E.To‘rayev va boshq.Voyaga yetmaganlar
jinoyatchiligi: Ma’ruzalar kursi – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi,
2.. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi PF-5953-son «2017-
2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi farmon
3. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (2020 yil 26 martgacha bo‘lgan
o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan). Rasmiy nashr / O‘zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligi. – T.: Adolat, 2020.
4.http://utube.uz/(Ta’lim videoportali)
5.
http://my.gov.uz/(Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali)
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
80
2181-
3187
6.
http://ziyonet.uz/(Ta’lim portali)
7.
http://lex.uz(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari milliy bazasi) 8.
http://wikipedia.org/(Ochiq ensiklopediyasi)