ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
150
2181-
3187
ARUZ VAZNI HAQIDA
Saidova Dildora Baxtiyarovna
TDSI akademik litseyi
o’zbek tili va adabiyot fani
o’qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Aruz vazni. Bu vaznda aruzni bo’g’inlarga
emas, balki harflarga qarab bo’ladilar.
A.Navoiyning quyidagi satrlari aruzning ramali musamma maqsur turida
yozilgan.
Na bo’lg’ay bir/ nafas men ham/ yonog’ing uz/ra xol bo’lsam,
Labing yapro/g’idan tomgan/ki go’yo qat/ra bol bo’lsam
Kalit so‘zlar:
Aruz arab tilidan olingan bo’lib “Arz qilish” degan ma’noni
bildiradi g‘oya, talqin, tahlil, falsafiy yondashuv, badiiy mahorat, estetik ideal, poetik
joziba, ijodkor fenomeni.
Men adabiyot fanini go’zallik, nafosat tuyg’ularining rivojini, odamni
tarbiyalaydigan, komillik sari yetaklaydigan nodir vosita deb hisoblayman. Zero,
buyuk adib Abdulla Qahhor aytganlaridek “Adabiyot atomdan kuchli. Uning kuchini
o’tin yorishga sarflamaslik kerak”
Adabiyot-so’z san’ati. So’z orqali biz inson qalbini zabt etamiz. Ayniqsa
nazm bilan odam ruhiyatini obod etishimiz, uning qalbiga ezgulik, mehr-oqibat singari
noyob tuyg’ular bosh ko’tarib g’alaba qilganini guvohi bo’lganmiz. O’zbekiston Xalq
shoiri A.Oripovda shunday satrlar bor.
Hamdam bo’lding men bilan har qandayin damlarda,
Suhbat qurdik goh shodon, goho g’amgin onlarda.
Eng oliy baxtim mening onajonim she’riyat,
Topgan toj-u taxtim mening jonajonim she’riyat.
Asosan nazmda 3 ta vazn bor.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
151
2181-
3187
1.Barmoq vazni. Misralardagi bo’g’inlar miqdorini barmoqlar bilan sanash
juda qulay va oson bo’lgani sababli, mazkur she’r qurilishi barmoq vazni deb yuritish
rasm bo’lgan.
3 3
5
Yigitlar/ maktubin/ bitganda qondan
3
3
5
Kelinlar/ firoqdan/ chekkanda yohu
3
3
5
Uning ham/ panohi/ qaytmadi jangdan
3
3
5
O’n to’qqiz/ yoshida / beva qoldi u
3+3+5=11
A.Oripovning “Ayol” she’ri 3 turoq, 11 bo’g’indan iborat.
2. Aruz vazni. Bu vaznda aruzni bo’g’inlarga emas, balki harflarga qarab
bo’ladilar.
Ey sabo ho/lim borib sar/vi xiramo/nimga ayt,
Yig’larimning/ shiddatin gul/bargu xando/nimga ayt/
A.Navoiyning quyidagi satrlari aruzning ramali musamma maqsur
turida yozilgan.
Na bo’lg’ay bir/ nafas men ham/ yonog’ing uz/ra xol bo’lsam,
Labing yapro/g’idan tomgan/ki go’yo qat/ra bol bo’lsam
H.Olimjonning quyidagi satrlari aruzning hazaji musammani solim
tarzida yozilgan.
3. Erkin vazn
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
152
2181-
3187
Bu she’riy tizimda misralardagi bo’g’inlar miqdorining tengligi (barmoq)
hijolarning cho’ziq va qisqaligi (aruz) qonunlari hukm surmaydi. Musiqiylik-
ohangdorlik doimo barq urib turadi.
G’afur G’ulomning “Sen yetim emassan” she’ri erkin sistemada yozilgan.
Sen yetim emassan
Tinchlan, jigarim
Quyoshday mehribon,
Vataning
Onang…
Lutfiyni “Malik ul-kalom” (so’z podshosi) deb e’zozlaymiz.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov Alisher Navoiy
haqida shunday degan edi.
“Alisher Navoiy bobomizni avliyo desak, ul zot avliyolarning avliyosi,
mutafakkir desak mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak shoirlarning sultonidir”.
Lutfiy, Navoiy singari “Zullisonayn” (ikki tili) ijodkor va mumtoz
adabiyotimizning tayanchli vakillari ijodini o’rganishimiz uchun aruz sistemasini
tushunishimiz lozim.
Maktabning 8-9-10-11-sinf adabiyot darsliklarida aruz vaznining rukn va
taqte’si ko’rsatilgan.
Aruz vaznini bilish nazmiy satrlarni ifodali, ravon, chiroyli o’qish uchun
katta ahamiyatga ega. Aruz tizimida undosh va o unlisi bilan tugagan bo’g’inlarga
cho’ziq – belgisi, unlilar a, i, u, o’, e bilan tugasa qisqa v belgisi qo’yiladi.
Aruz arab tilidan olingan bo’lib “Arz qilish” degan ma’noni bildiradi. Bu
sistema arab olimi Xalil ibn Ahmad (719-791-yil) tomonidan yaratilgan . Aruz ayniqsa,
o’zbek mumtoz adabiyotida (X1-X11 asrlar) yetakchilik qildi. Aruz vazni A.Navoiy
(“Mezon ul-avzon”), Mirza Bobur (“Muxtasar”) asarlarida o’rganildi. Ular turkiy
she’riyatdagi aruzning nazariy asoslarini, qonun va qoidalarini ishlab chiqdilar.
Aruz vaznini tushunish uchun mumtoz she’riyatning turlari o’rganiladi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
153
2181-
3187
Musammat arab tilida “Ipga terilgan marvarid” degan ma’noni bildiradi.
Musammatga sakkizta she’riy tur kiradi.hammasi arab tilida nomlangan.
Musallas- uchlik
Murabba- to’rtlik
Muxammas- beshlik
Musaddas- oltilik
Musabba- yettilik
Musamman- sakkizlik
Mustasne yoki tasne-to’qqizlik
Muashshar yoki mashru- o’nlik.
Aruzda sakkizta asl rukin mavjud
Rukn taqte
1.Fa-ul-un v--
2.Fo-i-lun -v-
3.Fo-i-lo-tun -v--
4.Ma-fo-iy-lun v---
5.Mus-taf-i-lun --v-
6.Ma-fo-i-lo-tun v-vv-
7.Mu-ta-fo-i-lun vv-v-
8.Ma-fu-lo-tun ---v-
Maktab
darsliklarida
asosan
1-2-3-4-ruknlar
qo’llangan.
Ramal,hazaj,razaj va mutaqorib bahrlari (dengiz) o’zbek mumtoz adabiyotida eng ko’p
ishlatiladi. Shuningdek maktab darsliklarida 3-rukn ramal, 4-rukn hazaj bahrlar keng
qo’llangan.
v v - - v v - - v v - - v - -
Meni shaydo/ qiladurg’on/bu ko’nguldur/bu ko’ngul,
- v - - v v - - v v - - v - -
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
154
2181-
3187
Xor-u rasvo/ qiladurg’on/ bu ko’nguldur/ bu ko’ngul
8-sinf darsligida
Lutfiyning “Bu ko’nguldur, bu ko’ngul” g’azalini tahlili. G’azalning birinchi
misrasi 4, ikkinchi misrasi ham 4, bir bandi sakkizta.
Demak, musamman-sakkizlik. Bandning ikkinchi qatorida “Xor-u rasvo” so’zlari
uchinchi ruknga to’g’ri keladi. U shu sababli g’azalning barcha qismlari shunday
belgilanadi.
foilotun
foilatun
foilatun
faulun
Taqte’si - v - -, - v - -, - v - -, v - -
G’azal ramali musammani mahzuf (yoki maqsur)
G’azal to’liq bo’lsa solim, noto’liq bo’lsa mahzuf (yoki maqsur) deyiladi.
Alisher Navoiy 8-sinf darsligidagi “Etmas” radifli g’azali.
Meni men is/tagan o’z suh/batiga ar/jumand etmas
Meni istar/ kishining suh/batin ko’nglum/ pisand etmas.
Taqte’ v---, v---,v---,v---
Hazaji musammani solim
10-sinf darsligidagi Atoyi g’azali
Jamoling vas/lini qildim/ chamanda,
Qizardi gul/uyottin an/jumanda.
v---, v---, v—
mafoilun, mafoilun, mafoil
Hazaji musaddasi mahzuf.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
155
2181-
3187
Aruz vaznining ikkinchi nomi (ustun) deb ataladi. Darhaqiqat, bu she’riy
sistema nazmning ustuni hisoblanadi.
Ilmu aruzni alohida fan sifatida o’rganish davrning taqozosidi . Chunki, aruz
mumtoz she’riyatimizning asosidirki, uni yetarli tushunmasdan mumtoz
adabiyotimizning salohiyatini, mumtoz shoirlarimiz badiiy mahoratlarini to’liq
tasavvur etish mumkin emas.
Aruzni o’rganish uchun birinchi qadam maktab ostonasidan boshlanadi.
Yoshlarni ma’naviy barkamol, ruhan sog’lom qilib tarbiyalashda aruzning o’rni
bebahodir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.Sirojiddin Sayyid. Tuz oh Zahiriddin Muhammad Bobur. T.: 2011
2.Sirojiddin Sayyid So`z yo`li Ikki jildlik tanlangan asarlar 2-jild. –T.:Sharq,2008
3. V.Zohidov. Bobirning faoliyati va ilmiy-adabiy merosi haqida.
Kitobda: Bobir Bobirnoma. -T.:1960
4.E.Ochilov.Zahiriddin Muhammad Bobur. T.:O ‘zbekiston ,2012
5.Hayitmetov A. Navoiyxonlik suhbatlari. – T.: 1993.