ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–3_ Мая –2025
185
2181-3187
“ XAMSACHILIK AN’ANASI VA ALISHER NAVOIY IJODIDA UNING
BADIIY TALQINI”
Ismoilava Madina Rashid qizi
Farg’ona shahar 1-sonli politexnikumi
ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
Annotatsiya:
Xamsachilik — Sharq xalklari adabiyotida dostonnavislik
shakllaridan biri; "Xamsa" yozish bilan bogʻliq adabiy anʼana. Nizomiy Ganjaviy asos
solgan.Alisher Navoiyning ijodi haqida ham keng ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so’z
:Xamsa, Iskandarnoma", "Haft paykar, "Xusrav va Shirin", "Mahzan
ulasror",
"Panj ganj"
,
Farhod, Shirin, Dilorom, Layli, Majnun.
Xamsachilik — Sharq xalklari adabiyotida dostonnavislik shakllaridan biri;
"Xamsa" yozish bilan bogʻliq adabiy anʼana. Nizomiy Ganjaviy asos solgan.Ijodkorlar
Nizomiy "Panj ganj"ini ("Besh xazina") tashkil etuvchi "Mahzan ulasror", "Xusrav va
Shirin", "Layli va Majnun", "Haft paykar", "Iskandarnoma" dostonlarining mavzui,
syujet va kompozitsiyasi, qaxramonlari, vazni, joylashish tartibini saqlagan holda
mustaqil asar yaratganlar. Bu badiiy ijodda katta mahorat maktabi sanalgan. Xamsa
dostonlarining har biri mavzui, qahramonlari, hatto qoʻyilgan masalalarigacha
aniqlikka ega boʻlib, bu janrda ijod qilgan yozuvchi oʻz mahoratini ana shu anʼanaviy
vositalar yordamida koʻrsatishi, shu orqali oʻz davri ideallarini ifodalashi lozim
boʻlgan. Anʼanaga ko’ra, xamsadagi 1-dostonning asosini falsafiy axloqiy masalalar
tashkil etgan. 2-3 dostonlar sevgi orqali aks ettirilgan ijtimoiy maʼnaviy masalalarni
yorituvchi mavzu asosida uyushgan. 4-doston sarguzasht asar boʻlib, unda adolatli
shoh masalasi koʻtarilgan. Soʻnggi doston avvalgilarining xulosasi, umumlashmasi
boʻlib, unda ijodkorning maʼnaviy axloqiy, ijtimoiy siyosiy, falsafiy qarashlari aks
etgan. Sharqda badiiy qimmati turlicha boʻlgan 50 dan ortiq xamsalar vujudga kelgan.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–3_ Мая –2025
186
2181-3187
Xamsaning aloxida dostonlariga javoblar ham yozilgan. Lekin bizgacha bu asarlarning
hammasi ham yetib kelgan emas. Xamsa dostonlaridan faqat birigagina javob yozib,
yuksak darajada shuhrat qozongan ijodkorlar ham boʻlgan (Fuzuliy, "Layli va
Majnun"). Xamsada eng koʻp dostonlar "Layli va Majnun" mavzuida yaratilgan.
Keyingi oʻrinlarda tegishli ravishda "Xusrav va Shirin", "Mahzanul asror",
"Iskandarnoma", "Haft paykar" mavzuidagi dostonlar turadi.
Xamsanavislar o’z asarlarida epikromanik, qaxramonlik yoki so’fiylik mavzusini
birinchi o’ringa qoʻyganlar. Nizomiy Ganjaviy "Xamsa"sining syujet va mavzulari
turli xalqlar badiiy adabiyotlariga taʼsir etib, 13-20-asrlar mobaynida 600 dan ortiq asar
yaratilgan.Turkiy xalqlar adabiyotida Xamsachilikka qiziqish 13-14-asrlardan
boshlangan. Qutb Xorazmiy Nizomiyning "Xusrav va Shirin" dostonini, Haydar
Xorazmiy sheʼriy shaklini saqlagan holda ayrim oʻzgarishlar bilan "Mahzan ulasror"
dostonini turkiy tilga tarjima qilgan. Turkiy (uzbek) tilida "Hayrat ulabror", "Farhod
va Shirin", "Layli va Majnun", "Sabʼai sayyor", "Saddi Iskandariy" nomlari bilan 5
doston — "Xamsa" yaratgan Alisher Navoiy Xamsa taraqqiyotiga beqiyos hissa
qoʻshgan va Xamsani turkiy xalqlar adabiyotida Nizomiy darajasiga ko’tardi. Bunda
Navoiy o’zigacha bo’lgan buyuk xamsanavislar — Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav
Dexlaviy va Abdurahmon Jomiylarni o’ziga ustoz deb bildi va ularning Xamsadagi
gʻoyaviy badiiy anʼanalarini mahorat bilan rivojlantirdi. Xamsani yuqori pogʻonaga
olib chiqdi. Navoiy Xamsada anʼanaviy obrazlar hisoblangan Farhod, Shirin, Dilorom,
Layli, Majnun, shohlardan Xusrav, Baxrom, Iskandar obrazlarini yangicha, o’z davri
adabiyotining insonparvarlik gʻoyalari nuqtai nazaridan talqin etdi
Navoiyning “Xamsa” yozish istagi bu yo‘ldagi zahmatli mehnati shoirning o‘zid
an ilgari o‘tgan ustozlariga bo‘lgan muhabbati, ayniqsa, xamsachilikdagi iste’dodiga
oid ilmiy talqinlar O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi B.Valixo‘jayevni
ng ilmiy – nazariy xulosalarida o‘zining yorqin ifodasini topa olgan.Bu buyuk
shoir masnaviy janrida “Xamsa” yaratar ekan, uning mas’uliyatini chuqur his eta
di, buyuk Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviylarning xamsachilikdagi iste’dod va
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–3_ Мая –2025
187
2181-3187
san’atlariga qoyil qolganligini tan oladi. Shu bilan birga o‘zining bilim, kuchi, san’ati
ni sinab ko‘rishni ham maqsad qilib qo‘yadi:
Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasiga panja urmoq…
Kerak sher oldida ham sher jangi
Agar sher bo‘lmasa, bore palange.
Alisher Navoiyning “Xamsa”si buyuk beshlik tarzida shuhrat qozongan bo‘lib, u
ning maydonga kelishi ham mavjud an’ana hamda zamonadagi badiiy – estetik talab
lar natijasi sifatida qaraladi. Ma’lumki, xamsa yozish an’anasi islomiy svilizatsi
ya tarqalgan o‘lkalardagi uyg‘onish davri mahsulidir. Xamsa deb ataluvchi asarlarnin
g maydonga kelishigacha, ya’ni XII asrgacha bo‘lgan davrda turkum qissa va dostonl
ardan iborat “Kalila va Dimna”, “Sindbodnoma”(Rudakiy),“Shohnoma”(Firdavsiy), “
Qutadg‘u bilig”(Yusuf Xos Hojib) kabi forsiy va turkiy tillarda bitilgan turkum asarla
r mavjud edi. Eslatilgan asarlarning ayrimlari bir syujetli (“Qutadg‘u bilig”) bo‘lsa, b
oshqalar ko‘p syujetli (“Kalila va Dimna”, “Shohnoma”) asarlaridir. Xuddi ana shu d
avrda xamsa o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan badiiy janr sifatida shakllandi. Sh
uning natijasida u ham bir syujetli, ham ko‘p syujetli hamda syujetsiz – maqolotlarda
n iborat asarlardan tashkil topdi, ya’ni qurilish jihatidan ko‘pqirrali janr bo‘ldi. Uning
asosiy mavzusi ham insonning ko‘pqirrali faoliyatini badiiy obrazlar misolida aks ett
irishdan iboratdir.Alisher Navoiy , Nizomiy va Xusrav Dehlaviy xamsalarining o‘zig
a xosliklari hamda ularning forsiy tilda ekanini ta’kidlab, bir tomondan, o‘zigacha ma
vjud bo‘lgan xamsa yozish an’anasini takmillash, kamolot bosqichiga ko‘tarish va ikk
inchi tomondan esa ana shunday nodir kashfiyot bilan turkiy xalqlarni bahramand etis
hni o‘z oldiga maqsad qilib, ularni sharaf bilan uddalagani haqida haqli ravishda shun
day yozadi:
Kim bu yil ichraki alar soldi gom, Bir necha gom o‘lsa manga ham xirom.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–3_ Мая –2025
188
2181-3187
Forsi chu bo‘ldi alarg‘a ado, Turki ila qilsam ani ibtido.
Alisher Navoiyning “Xamsa”si, deb yozadi S. Ayniy,Sharq mumtoz adabiyotini
ng eng go‘zal namunalaridan biridir. Mashhur adib va olim Oybek esa shunday yozga
n edi:”Navoiyning gigant mehnatining mahsuli bo‘lgan ajoyib kitob- “Xamsa” o‘z z
amonasiga qadar inson fikriy taroqqiyotining juda asl, juda qimmatli quymalarini o‘zi
da to‘plagan xazinadir”. Alisher Navoiy “Xamsa” yozishga 1483yildakirishib, uni 14
84yilning sentabr oylarida tugatgan bo‘lsada, ammo unga sarf qilingan vaqt, ya’ni be
vosita yozishga sarf qilingan muddat olti oydan iborat bo‘lgan. Alisher Navoiyning “
Xamsa”si quyidagi dostonlardan iborat:“Hayratulabror” (1483yil), “Farhod va Shirin
”, “Layli va Majnun”, “Sab`ai sayyor” va “Saddi Iskandariy” (1484yil). Bu dostonlar
xamsa janri talablari asosida o‘zaro bog‘liq yaxlit tukumni tashkil etadi. Shuning uch
un uning birinchi dostoni (“Hayrat ulabror”) fikriy – nazariy qurilmaga asoslangan b
o‘lsa, boshqalari ana shu dostondagi fikriy – nazariy dasturni badiiy timsollarda ifoda
etadigan dostonlardir. Shu jihatdan “Xamsa”ning birinchi dostoni bo‘lgan “Hayrat ul
- abror” (“Yaxshilarning hayratlanishi”) butun turkumning fikriy – nazariy dasturi sif
atida badiiy timsol sarguzashti qurilmasiga emas, balki fikriy – nazariy masalalarning
bayoni – maqolot hamda ularni tasdiqlaydigan kichik hikoya va masalalardan tashkil
topgan qurilmaga asoslangan .
Foydalanilgan adabiyotlar
:
G‘aniyeva S. Alisher Navoiy va Sharq mumtoz adabiyoti. – Toshkent: Fan, 2000.
Sirojiddinov S. Navoiyshunoslik asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2014.
Komilov N. Navoiy va tasavvuf. – Toshkent: Fan, 1991.
Bertels E.E. Navoiy ijodi va xamsachilik an’anasi. – Moskva: Nauka, 1965 (rus tilida).
Navoiy A. Xamsa. – Toshkent: G‘afur G‘ulom.