ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–3_ Мая –2025
181
2181-3187
TILIM BOYLIGIM-“O’ZBEK TILIDAGI SO’Z BOYLIGI VA INING
NUTQ JARAYONIDA NAMOYON BO’LISHI.
Luqmonova Yoqutxon Shavkatjon qizi
Farg’ona shahar 1-sonli politexnikumi
ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi.
Annotatsiya
: Til nima, til va nutq tushunchalari,so’z tarixi, so’z mas’uliyati, asos
va qo’shimchalar imlosi ,shevaga xos so’zlar, haqida o’quvchilar yetarli ma’lumot
olishadi.
Kalit so’z
: soʻz yasalishi“, „yasama soʻz , fonema,
,leksema,
morfologik soʻz, modal soʻzlar.
Ona tili – millatning ruhidir. Til — davlatning timsoli, mulki. Tilni asrab-avaylash
orqali millat yuksaladi. Respublikamiz Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi
huquqiy
jihatdan
belgilab
qo‘yilgan.
Ona tilimizga 1989 yil 21 oktyabrda davlat tili maqomi berildi. Bu yurtimiz hayotidagi
tarixiy voqea bo‘ldi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy
mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlaridan edi.
Soʻz
narsa-hodisalar, jarayonlar va xususiyatlarni nomlash uchun
xizmat qiladigan eng muhim strukturmaʼnoviy birligi; oʻz tovush qobigʻiga ega
boʻlgan, borlikdagi narsalar haqidagi tushunchani, ular oʻrtasidagi aloqani yoki ularga
munosabatni ifodalay oladigan, turli grammatik maʼno va vazifalarda qoʻllanadigan
eng kichik nutq birligi, leksemaning nutqda muayyan shakl va vazifa bilan voqelangan
koʻrinishi. Soʻz ran uchun qurilish materiali boʻlib xizmat qiladi, lekin, undan farqli
ravishda, xabar yoki tugal fikr bildirmaydi. Oʻzida leksik va grammatik maʼnoni
birlashtirgan hodda soʻz muayyan soʻz turkumiga mansub boʻladi, oʻz tarkibida
muayyan til tizimida oldindan tayin boʻlgan barcha grammatik maʼnolarni ifodalaydi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–3_ Мая –2025
182
2181-3187
Tilshunoslikda „soʻz“ atamasi leksemaga nisbatan ham qoʻllanadi va leksik soʻz
deb yuritiladi. Masalan, „soʻz yasalishi“, „yasama soʻz“ birikmalarida „soʻz“ xuddi shu
maʼnoda qoʻllanadi. Leksemaning nutqda muayyan shaklda voqelangan holati
tilshunoslikda soʻz shakl, leksema shakl yoki morfologik soʻz deb ham yuritiladi.
Soʻzning tovush va maʼno tomoni bor. Lekin har qanday tovush yigʻindisi soʻz
boʻlavermaydi. Tovush yoki tovush birikmasi soʻz boʻlishi uchun maʼnoga ega
boʻlishi, yaʼni muayyan til egalari shu tovushlar vositasida biror narsani anglashi yoki
birbiriga anglatishi kerak. Soʻz maʼnosida umumiylik va yakkalikning, barqarorlik va
oʻzgaruvchanlikning dialektik oʻzaro munosabati aks etadi. Maʼnoning barqarorligi
oʻzaro tushunishni qulaylashtirsa, uning oʻzgaruvchanligi (soʻzning aniq, bir
maʼnosidagi oʻzgarishlar) soʻzdan borlikdagi yangi tushuncha va narsalarni nomlashda
foydalanishga imkon beradi, badiiy soʻz sanʼatining muhim omillaridan hisoblanadi.
Soʻzning koʻp maʼnoliligi ham aynan maʼnoning oʻzgaruvchanligi bilan bogʻliq.
Soʻzlovchining nomlanayotgan narsaga munosabati soʻz maʼnosining soʻzlovchi
histuygʻusini, shaxsiy fikrini ifodalovchi emotsional jihatini tashkil etadi. Soʻz tilda
muayyan tizimni shakllantiradiki, bu tizim soʻzning grammatik belgilariga (soʻz
turkumlari), soʻz yasalishi aloqalariga va semantik munosabatlariga (sinonimlar,
omonimlar, antonimlar) asoslanadi.
Bulardan tashqari, lugʻaviy maʼnoga ega boʻlmagan, lekin oʻz tovush qobigʻiga,
oʻziga xos maʼno, vazifasiga ega boʻlgan, shu bilan birga soʻz yasash yoki soʻz shaklini
hosil qilish uchun foydalaniladigan morfemalardan farqlanuvchi til birliklari ham
„soʻz“ deb yuritiladi. Bular yordamchi soʻzlar (bilan, lekin, kabi, xuddi), undovlar
(obbo, ehhe, voy), taqlid soʻzlar (miyov, dukur dukur, yal tyult) va modal soʻzlar
(shubhasiz, demak, ehtimol)dir.
Til va nutq bir - biriga bog’liq hodisalardir. Til uchun nutq moddiy materialdir.
Shu
material
asosida
nutq
tashkil
topadi.
Tildagi hamma narsa til jamoasi uchun umumiy bo’ladi. Tilda ruhiy va moddiy
material mavjud. So’z, morfema, fonemalarning kishi xotirasidagi obrazlari ruhiy
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–3_ Мая –2025
183
2181-3187
material hisoblanadi. Nutq tuzishda nomoyon bo’ladigan so’z shakllari, morfemalar,
tovushlar moddiy materialdir. Bunda til bir tomondan moddiy hodisa bo’lsa, ikkinchi
tomondan ruhiy hodisadir, degan xulosa kelib chiqadi. Tilning ruhiy hodisaligini uning
ongda
saqlanishi
ko’rsatadi.
Biz xotiramizda saqlanayotgan qoidalardan tezkorlik bilan foydalanib, biror fikrni
yuzaga chiqarish uchun so’zlar va grammatik so’z birikmasi va gaplarni hosil qilamiz.
Masalan, ongimizda u kitobni qayerdan olganini bilish fikri tug’ildi, deylik. Uni savol
tariqasida
shunday
yuzaga
chiqaramiz:
Sen
kitobni
qayerdan
olding?
Bunda biz sen, kitob, qayer, ol leksemalaridan: -ni, -dan, -da, -ng grammatikalaridan
va so’roq gap modelidan hamda qoidasidan foydalandik. Bu gapni aytish jarayonida
ongimizdagi leksemalar alohida morfemalarni qabul qilib, so’z shakllariga aylandi. Til
ruxiy hodisadan moddiy hodisaga aylandi. Bu jarayon tugashi bilan tilga tegishli
narsalar yana alohidalik holiga qaytadi va ongimizda avvalgidek saqlana beradi.
Demak, ma`lum til jamoasidagi kishilar ongida tovush obrazlari sifatida saklanadigan
va hamma vaqt haqiqatga aylanishga tayyor turgan so’z, fonema,
gaplarning modellari tilga tegishlidir. Tilga oid narsalar chegaralangan miqdordadir.
Ularning soni turli tillarda turlicha bo’ladi. Qaysi tilda til vositalari nisbatan ko’p
bo’lsa, usha til boy til hisoblanadi. Jamoa hayotining butun sohalarini o’zida qamragan
til jamiyat taraqqiyoti bilan rivojlanib boradi. Jamiyat extiyojiga javob bermay qolgan
til elementlari iste`moldan chiqa boradi, ular urnida yangi ifoda vositalari paydo
bo’ladi.
Asos
va
qo’shimchalar
imlisi.
1.
a
unlisi bilan tugagan fe’llarga
-v, -q, -qi
qo‘shimchalari qo‘shilganda a unlisi o
aytiladi va shunday yoziladi:
sayla — saylov, qayna — qaynoq, sayra — sayroqi.
Shuningdek,
o ‘qi — o‘quvchi, sovi — sovuq, to‘qi — to ‘quvchi
so‘zlarida
i
unlisi u
ga
aylanishi
mumkin.
2.
Kk
harfi bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo`shilsa, ular
g
va
g‘
ga
aylanadi:
yurak — yuragi, bilak — bilagim,tilak - tilagim; buloq — bulog‘im, quloq
— qulog`ing, qishloq – qishlog‘i
kabi.
, huquqi, ravnaqi
singari
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–3_ Мая –2025
184
2181-3187
so`zlarda
bunday
holat
kuzatilmaydi.
3.
Singil, o`rin, ko`ngil
,
o`g`il, shahar
kabi so‘zlarga egalik qo‘shimchasi,
qayir,
ayir
so‘zlariga nisbat yasovchi qo'shimcha,
ikki, olti, yetti
so‘zlariga jamlovchi son
hosil qiluvchi qo‘shimcha qo'shilsa, asosda tovush tushishi hodisasi ro‘y beradi.
4.
U, shu, o‘sha
kabi olmoshlarga
da, -dan, -day, -dagi, -cha
qo‘shimchalari qo'shilsa,
bitta
n
men,
sen
olmoshlariga
-ni
va
–ning
qo‘shimchalari
qo‘shilsa, bitta
n
tushirib qoldiriladi:
bunda, shundan, o‘shancha, meni, sening
kabi.
5.
Parvo, obro‘, mavqe
so'zlariga egalik qo‘shimchalari (I va II shaxsda) qo‘shilsa,
bitta y tovushi orttiriladi va shunday yoziladi:
parvoyi, obro‘yim, mavqeyim
kabi.
6
. -boz, -bon
qo‘shimchalari
-vos, -von
, doimo asl shakli bo‘yicha
yoziladi:
dorboz,
bog‘bon
kabi
.
7.
-dir
nisbat yasovchi qo‘shimchasi jarangli undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli
so‘zlarga qo‘shiladi:
yondir, bordir, quvdir
kabi (
kel
so'zi bundan mustasno), qolgan
o‘rinlarda
-tir
shaklida aytiladi va shunday yoziladi:
ektir, quyultir, kestir
kabi.
8.
-ga, -gacha, -gach, -guncha, -gani, -gudek, -gan, -gin, -gina
qo‘shimchalari uch
xil aytiladi va yoziladi:
ertaga, ertagacha, borgach, borguncha, borgudek, borgan;
, chiqquncha,
Foydalanilgan adabiyotlar
:
Quronov D. Til va tafakkur. – Toshkent: Fan, 2008.
Jo‘rayev N. O‘zbek tili leksikasi va uslubiyati. – Toshkent: O‘zbekiston, 2007.
Bozorov M. Nutq madaniyati asoslari. – Toshkent: TDPU, 2019.
Rajabov A. O‘zbek tili leksikologiyasi. – Toshkent: Fan, 2005.